X. U. Aliyev Darslikda umumiy patofiziologiya, tipik patologik jarayonlar asoslari va



Download 5,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/199
Sana24.04.2022
Hajmi5,26 Mb.
#578682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   199
Bog'liq
Abdullayev N Patologik fiziologiya asoslari 2007

athia
— sabab, 
logos —
ta’li­
mot) kasallikning paydo bo'lish sabablari va sharoitlari haqidagi 
ta ’limotdir. Bu tushunchani tor m a’noda ayrim kasallik sababini 
anglatish uchun ham qo'Ilanadi. Ammo, bu atamani ushbu ma’­
noda qo'llab bo'lmaydi, chunki bunda sharoit tushunchasi nazar 
doirasidan chetda qoladi. Shuning uchun shifokorlar organizmda 
kasallik sabablarini aniqlayotganda uning sababi ta ’sir qilayotgan 
vaqtidagi muayyan sharoitlam i ham e ’tiborga olishlari kerak.
Shifokor kasallik sababini o'rganayotganda, bundan tashqari 
organizmning reaktivlik holatini, uning qarshilik qilish qobiliya­
tini ham aniqlashi lozim, chunki ular kasallikning yuzaga kelishi, 
rivojlanishi va kechishida muhim ahamiyatga egadir. Umumiy va 
xususiy etiologiya farq qilinadi.
Umumiy etiologiyaning vazifasi kasallik paydo bo'Iishining 
um um iy qonuniyatlarini aniqlash b o'lib, u um um iy patolo- 
giyaning bir bo'lagi hisoblanadi.
Xususiy etiologiyaning vazifasi esa har bir kasallikning paydo 
bo'lish sabablarini va sharoitlarini aniqlashdan iboratdir. Umumiy 
va xususiy etiologiya bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Xususiy 
etiologiyaning har xil tomonlarini o'rganishda olingan m a’lumot­
lar umumiy etiologiyaning ilmiy-amaliy nazariyalarini ishlab chi­
qish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Shu bilan birga etiologiya­
ning umumiy qonuniyatlarini faqat xususiy etiologiya m a’lum ot­
lari asosida yaratish mumkin.
UMUMIY PATOGENEZ.PATOGENEZ HAQIDA TUSHUNCHA
Patogenez — kasallikning paydo bo'lish va rivojlanish mexa­
nizmlari haqidagi tibbiyotda nihoyatda muhim o 'rin tutuvchi 
ta ’limot.
21


Patogenez etiologiya bilan chambarchas bog'liq, ammo bun­
dan u faqat sabab ham da shart-sharoit xususiyatlarini aks ettiradi 
xolos, degan tushuncha kelib chiqmaydi. Ba’zida bu ikki mustaqil 
tushunchalarni suniy ravishda yagona atama sifatida birlashtirib, 
etiopatogenez deb qo'llaydilarki, bu mutlaqo noto'g'ridir. U lar­
ning ma’nosi ham, mazmuni ham o'zgachadir, chunki 
etiologiya
deganda kasallikni paydo qiluvchi sabab va sharoitlar nazarda 
tutilsa, 
patogenez
deganda reaksiyalaming yuzaga kelish va rivoj­
lanish mexanizmlari tushuniladi.
Kasallikning sababi ta ’siriga organizmning javob reaksiyalari 
ko'p qirrali va nihoyatda murakkab bo'lib, u faqat sabab xossa- 
larigina emas, balki organning turli xususiyatlari bilan ham 
belgilanadi. Aslida organizmning javob reaksiyalari aw alo evo- 
lutsion taraqqiyoti jarayonida shakllangan uning hayot-faoliya- 
tini ta ’minlovchi holatni — gomeostazni saqlashga qaratilgan.
Umumiy va xususiy patogenez tafovut qilinadi. 
U m u m iy
patogenez
umuman kasallanish va kasalliklar vaqtida struktur, 
funksional ham da m etabolik o'zgarishlam ing paydo bo'lishi, 
rivojlanishi hamda oqibatlarining mexanizmlariga oid qonuniyat­
larini o'rganadi. 
X u su siy p a to genez
esa ayrim, aniq, masalan, 
pnevmoniya, bronxial astma kabi kasalliklarning paydo bo'lishi, 
rivojlanishi va oqibatlarining mexanizmlarini o'rganadi. Albatta, 
um um iy va xususiy patogenezlar bir-biri bilan cham barchas 
bog'liq, chunki aniq kasalliklar patogenezini mukammal aniq 
lash patogenezning um um iy qonuniyatlarini shakllantirishga, 
davolash va umuman organizm sog'ligini tiklash chora ham da 
vositalarini ishlab chiqishga imkoniyat beradi. O 'z navbatida 
umumiy patogenez asoslarining shakllanishi, qonun-qoidalarini 
aniqlash esa ayrim kasalliklarning rivojlanish mexanizmlarini 
o'rganishda va muvaffaqiyatli to'g'ri yo'lni tanlashda asos bo'ladi.
H ar bir kasallik patogenezini o'rganishda quyidagi umumiy 
masalalarga e’tibor qaratilishi lozim: etiologik omilning tabiati va 
xususiyatlariga; organizmning reaktivligiga va boshqa xususiyat- 
lariga; paydo bo'luvchi mahalliy va umumiy o'zgarishlarga hamda 
ularning o'zaro aloqadorligi m unosabatlariga: kasallik pato-
22


genezining asosiy halqasiga va sabab-oqibat munosabatlariga; 
organizm organ va sistemalari funksiyalarining buzilishiga hamda 
ularning yo'nalishiga va hokazo.
SHIKASTLANISH PATOGENEZNING 
BOSHLANG‘ICHI SIFATIDA
Patogenezning har jihatlarini tahlil qilishda organizmda paydo 
b o ‘lgan shikastlanish alomatlari bilan uning himoya-moslashuv 
xususiyatlari o'rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o'rganish masalasi 
muhim ahamiyatga ega.
Birlamchi shikastlanish organizmning turli integral darajasida 
molekular, hujayra, organ, sistema va yaxlit organizmda paydo 
boMishi mumkin. Ana shu darajalaming hammasida shikastlanish 
va unga javoban himoya-moslashuv reaksiyalari qo'shilib ketadi. 
Masalan, mutagen etiologik omillar ta ’sirida shikastlanish, odat­
da, genetik apparatda, ya’ni molekular darajada o'zgarish sifatida 
sodir boMadi. Bunda moddalar almashinuvining buzilishi qayd 
qilinadi, bu esa organlar, sistemalar va qolaversa, butun organizm 
faoliyatiga salbiy ta ’sir qiluvchi morfologik hamda funksional 
o'zgarishlaming paydo boMishiga olib keladi. Natijada organizm­
ning rezistentligi pasayadi, genlar yoki xromosomalar shikast- 
lanishiga xos patologiya yuzaga keladi. Bunday shikastlanishga javob 
tariqasida organizmning organlari va sistemalarida spetsifik hamda 
nospetsifik him oya-kom pensator m exanizmlari paydo boMadi.
Hujayralar shikastlanganida va halok bo'lganida kompensator 
mexanizmlar ular atrofini o'rab turgan shikastlanmagan hujayra­
lar populatsiyasining regeneratsiyasi hisobiga amalga oshadi. Agar 
bunday kompensator o'rin bosish reaksiyasining imkoniyati bo'l- 
masa, yetishmovchilik biriktiruvchi to 'q im a hisobiga boMadi. 
Hujayralar ichidagi tuzilmalar ham regeneratsiyaga uchraydi. 
Bunday reaksiya ko'payish qobiliyatiga ega bo'lmagan hujayralarda 
ayniqsa yaxshi rivojlangan.
Birlamchi shikastlanish organ darajasida boMishi mumkin 
bularga: yurak poroklari, nefritlar, pnevmoniyalar, gepatitlar, 
kolitlar va boshqalar misol boMadi. Bunday hollarda kompensator-
23


himoya reaksiyalari organlar, sistem alar va butun organizm dara­
jasida kuzatiladi. M asalan, yurak qopqoqlari (klapanlari) shikast- 
langanida yurakning gipertrofiyasi, o ‘pkaning bir tom oni ishdan 
chiqqanda, qolgan sog'lom qism ining funksional faolligining o r­
tishi, xuddi shuningdek b u y rak lard an biri olib tash lan g an d a 
saqlanib qolgan buyrakning funksional faolligi, ortishi — vikar 
gipertrofiya yuzaga keladi, organizm dan zararli qoldiq m ahsulot- 
larning ajratib chiqarilishi t a ’m inlanadi.
Shikastlanish sistem a darajasida yuzaga kelganida m urakkab 
patologik o ‘zgarishlar paydo bo'lib, organizm organlari va sistema- 
larining tuzilishi va funksiyasiga salbiy t a ’sir ko'rsatadi. Bunday 
vaqtda o rg a n la r fu n k siy alari va m o d d a la r alm a sh in u v in in g
gumoral va nerv-reflektor boshqarilishi buziladi. Ammo, him oya- 
kom pensator m exanizm lar bu holda ham paydo bo'lib, u la r o 'z - 
gargan m uvozanatni — gom eostazni tiklashga qaratilgan bo'ladi.
Shuni qayd qilish kerakki, ko'pchilik hollarda birlam chi sh i­
kastlanish hujayra va uning organoidlari darajasida kuzatiladi. 
B u n d ay v a q td a h u ja y ra o r g a n e lla la rin in g qay si b ir in i va 
m em branalarining buzilish darajasi m uhim aham iyatga ega.
Birlamchi shikastlanishlar albatta kasallikka olib kelishi shart 
em as. Bu o rg an izm n in g h im o y a-m o slash u v q o b iliy atlarin in g
yetarli darajada yaxshi nam oyon bo'lishiga, organlar va sistem a- 
larning tuzilishi va funksional jihatdan to'la qimmatligiga, rezerv 
(zaxira)larga va hokazolarga bog'liq. D em ak, kasallikning paydo 
bo'lish yoki bo'lm aslik masalasi pirovardida shikastlanishning d a­
rajasi bilan organizm ning him oya-m oslashuv reaksiyalarining 
o'zaro nisbatiga bog'liq bo'ladi. Kasallik ham m a vaqt shikastlanish­
nin g s a lm o g 'i k a tta , o rg a n iz m n in g h im o y a - k o m p e n s a to r
reaksiyalari esa zaif bo'lganda yuzaga keladi.
PATOGENEZNING ASOSIY BOSQICHI HAMDA YETAKCHI 
OQIBAT ZYENOLARI VA SABAB MUNOSABATLARI
Kasallik yoki patologik jarayonning patogenezi k o 'p va turli 
hodisalarni o 'z ichiga olib, q at’iy qonuniyatlarga asoslangan holda 
ketma-ket paydo bo'ladi. Ba’zi hodisalar birinchi navbatda, bosh-
24


qalari esa keyinroq yuzaga keladi, shu sababli patogenezning asosiy 
halqasi va yetakchi zvenolari-farq qilinadi.
Patogenezning asosiy yoki bosh bosqichi quyidagi xususiyat- 
laiga ega bo'ladi:
1. Asosiy bosqichi — patogenezning qolgan zvenolari bosh- 
lanib ketishi uchun m utlaqo zarur.
2. 
Patogenez jarayonining b arch a to 'liq k o ‘rinishlari asosiy 
bosqichining paydo b o ‘lishidan boshlanadi, ya’ni yetakchi zveno 
bo'lib, patogenezning boshqa ham m a zvenolaridan aw al yuzaga 
keladi.
3. Asosiy bosqichi h ar b ir kasallik patogenezining maxsus 
(spetsifik) xususiyatlarini • belgilaydi.
4. Asosiy bosqichini o 'z vaqtida b a rta ra f etish, patogenez­
ning qolgan zvenolarining yo‘qolishiga olib keladi.
Shunday qilib, kasallik patogenezi o ‘rganilganda asosiy bosqichi 
bilan birga uning boshqa zvenolarini ham sinchiklab aniqlash, 
sab a b -o q ib a t m u n o sab atlarin i h am belgilash lozim . B unday 
yondashish bem orlarni patogenetik davolash usulini ishlab chiqish 
uchun nihoyatda zarur. H ar b ir kasallik yoki patologik jarayon 
patogenezining o'ziga xos asosiy bosqichi va zvenosi mavjuddir. 
B oshqacha qilib aytganda, h ar b ir kasallik ikkinchisidan faqat 
klinik alomatlari bilangina farqlanmay, balki patogenezining asosiy 
yetakchi zvenosi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, etiologiyasi, 
patogenezi va klinik alom atlari b o 'y ich a farq qiluvchi h ar xil 
kasalliklarda b ir xil, ya’ni um um iy patogenetik zvenolar ham
bo'lishi aniqlangan. Masalan, m oddalar almashinuvining buzilishi, 
kislorod tanqisligi, organlar va sistem alar funksiyalarining bir 
tarzda o'zgarishi kabilar shular jum lasidandir. Shuning uchun ka­
sallik rivojlanishida va shakllanishida hodisalarning ketm a-ket 
rivojlanish h alq alarin in g b a rc h asin i an iq lash ularning nisbiy 
salmog'ini va ahamiyatini bilish zarurdir. Faqat shundagina bemorga 
ilmiy, am aliy, p ato g en etik nuq tay i n azard an h ar to m o n lam a 
asoslangan davolashni amalga oshirish sam arali natija beradi.
Shunday qilib, kasallik patogenezi o'rganilganda quyidagilarga 
e ’tib o r qilish zarur:
25


1) h ar xil hodisalar ichidan asosiysi (zvenosi)ni ajratib olish;
2) patogenezning yetakchi zvenolarini aniqlash;
3) asosiy, yetakchi zvenolar paydo b o ‘lish, rivojlanish m exa­
nizm larini ch u q u r tahlil qilish va ularning sabab-oqibat m unosa- 
batlarini belgilash.
PATOGENZDA «XAVFLI HALQASIMON MUNOSABATLAR»
H ar xil kasalliklarda ko ‘pincha yuz beruvchi hodisalar zanjiri 

Download 5,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish