temalar va nihoyat uning yaxlit o'zida, ya’ni organizm darajasida
yuzaga kelishi, rivojlanishi, kechishi va oqibatlarini,
umumiy va
xususiy qonuniyatlarini o ‘rganadi.
M a’lumki, patologik hodisalarning (patologik reaksiyalar,
jarayonlar, holatlar hamda kasallik) rivojlanish mexanizmi um u
miy qonuniyatlarini har tomonlama bilish va buning asosida ularni
bartaraf etish, oldini olish, oqilona davolash, to'la tiklash chora-
tadbirlarining asoslarini ishlab chiqish tibbiyotning fundamental —
zaminiy muammolari hisoblanadi. Aslida esa bunday masalalami hal
etish ularga keng ilmiy-amaliy nuqtayi nazardan yondashishni
tom m a’nosi bilan aytganda klinik fikr yurita bilish qobiliyatini
talab etadi. Kasalliklarga, har bir bemorga ana shunday analitik-
sintetik yondashish va klinik m ulohaza
yurita bilish prinsiplarini
shakllantiruvchi zaminiy fanlardan biri — patofiziologiyadir.
Bunday yondashish asosan nim ani anglatadi?
Birinchidan, har bir kasallik m a’lum bir sabab (yoki sabablar
to 'p la m i) t a ’siridan, uning xususiyati va xossalariga k o 'ra ,
mavjud bo'lgan m a’lum shart-sharoitda, aw alo tashqi muhitning
organizm bilan murakkab o'zaro munosabatlari natijasida yuzaga
keladi. Kasallikni chaqiruvchi sabablar nihoyatda ko'p va ular
biologik (bakteriyalar, viruslar, parazitlar, mavjudotlar zahari va
hokazo), fizik (mexanik zarba, issiqlik, sovuqlik,
tezlanishlar,
nur va hokazo), kimyoviy (kislota, ishqor, og'ir metallar, tuzlar
va hokazo) kabi omillardir. Ikkinchidan, ularning ta ’sirida kasal
likning yuzaga kelishi hamda rivojlanishiga faqat sababning tabiati
emas, balki tashqi muhit ijtimoiy va ekologik omillar ham da
bem orning xususiyatlari kabi shart-sharoitlar o'rtasidagi muno-
sabatlarga ham bevosita va bilvosita bog'liq bo'lgan murakkab bir
hodisa deb qarashni uqtiradi.
Agar shu kunga qadar rasmiy axborotlarga ko'ra kasalliklar
ning sinfi, turi, guruhlari va ayrim shakllarining nihoyatda ko'pligi
va ular sonining borgan sari ortib borayotganligi nazarga olinsa,
tibbiyotning asosiy mavzuyi — obyekti kasallik va bemorga nis
batan bunday yondashish fundam ental bilimni talab qilishi o 'z -
o'zidan ayon bo'ladi.
6
Patofiziologiya fan sifatida ushbu masalalami o'iganishda o'ziga
xos to 'rt guruhdagi metodologik asoslardan foydalanadi.
1. Tirik obyekt (jonivor)larda tajriba o'tkazish uslubi. Eksperi-
m ent turli hayvon va boshqa tirik mavjudotlarda,
hujayra ichi,
hujayra, to'qim a, organ, sistema va yaxlit organizm darajasida har
xil patologik jarayonlam i, imkoniyati boricha kasalliklarning
modellarini hosil qilish va ularda taxmin etilayotgan kasallik sa-
bablari, rivojlanish mexanizmlarini, uning yuzaga kelishida tashqi
m uhit omillarining rolini va turli dori-darm onlar ta ’sirini (eks-
perim ental terapiya asoslarini) o'rganish va ishlab chiqishni o'z
oldiga maqsad qilib qo'yadi. Zamonaviy tibbiyot umumiy va
xususiy muammolariga oid masalalarni yechishda eksperimental
usuldan keng foydalanadi. Bu usul organizmda patologik jarayon-
larni har xil (o'tkir va surunkali) ta ’sirotda dinamik ravishda va
har integral darajada hayvonlarda o'rganish imkoniyatini bersa-
da, olingan natijalami to'g 'rid an -to 'g 'ri insonga tatbiq qilib b o 'l
maydi, albatta.
Ammo,
shuni ham qayd qilib o'tish lozimki, tib
biyotning ko'pchilik yutuq va natijalari
u yoki bu darajada tirik
mavjudotlarda o'tkazilgan tajribalarga bevosita bog'liqdirki, eks
perim ental usul — ya’ni patologik jarayonlam i modellash pato-
fiziologiya, umuman barcha tibbiy-biologik fanlar uchun o'ziga
xos ahamiyatga ega ekanligi va m a’lum o 'rin tutishi tan olingan
haqiqat.
2. Klinik tadqiqotlar uslubi. Takomillashgan klassik va zamona
viy biologik, funksional, biokimyoviy, biofizik, elektrofiziologik,
immunologik va boshqa turli klinik laboratoriyaga xos funksional-
diagnostik uslublardan foydalanib bemorlarni tekshirish pato-
logiyaning tipik shakllari va ayrim kasalliklami o'rganish hamda
olingan natijalarini umumiy va xususiy patofiziologiya nuqtayi
nazaridan tahlil etish nihoyatda m uhim ahamiyatga ega bo'lgan
m a’lum otlarni beradi.
3. Zamonaviy hisoblash texnika vositalarini qo'llab,
fizikaviy
va m atem atik modellash uslublari ham , ayniqsa tibbiy biologik
nuqtayi nazaridan imkoniyati bo'lm agan ko'rsatkichlam i, turli
patologik jarayonlarning rivojlanish m exanizm larini, oqibat-
7
larining oldini olish va davolash choralarini ishlab chiqishda katta
ahamiyat kasb etadi.
4.
Olingan natijalam i chuqur, har tom onlam a tahlil etish
va ilmiy nazariyalarning konsepsiyalarini shakllantirish uslubi.
Ilgari olingan va borgan sari ortib borayotgan m a’lumotlarni
to'plash, ulam i obyektiv falsafiy va metodologik asoslarda to ‘g‘ri
tahlil etish, tartibga tushirish, xulosa chiqarish, qolaversa m a’lum
n azariyalarning am aliy tibbiyot uchun zaru r bo 'lg an
ilmiy
asoslarini ishlab chiqish — patofiziologiyaning va ushbu muam-
molarga shu nuqtayi nazardan yondashuvchi barcha boshqa soha
mutaxassislarining muhim vazifalaridan biridir.
Kasallikda hayot-faoliyatning buzilishlarini u yoki bu yo'na-
lishda o'rganish barcha tibbiyot sohalarining ko'zda tutgan asosiy
maqsadidir.
«Patofiziologiya» degan qisqartma nom ikki atam adan —
«patologiya» va «fiziologiya» so'zlaridan tashkil topgan bo'lib, «pato-
logiya» grekcha — pathos — azoblanish, ozor chekish,
logos —
ta ’limot, fan, «fiziologiya» esa —
physic
— tabiat va logos so'z
laridan kelib chiqqan.
Tavsiya etilayotgan darslik patofiziologiyaning tushunchasi,
maqsad-vazifalari va asosiy obyektlariga ko'ra yirik mavzudagi
masalalarni o 'z ichiga olgan uch qismdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: