k a s a llik retsid ivi, q a yta la n ish i
deb ataladi.
Kasallikning qaytalanishi bemor organizmidan etiologik omil-
ning toMa chetlatilm aganligi — b arta ra f etiTmagariligi yoki
kasallikning patogenetik mexanizmlari toMa-to‘kis yo'qotilmagan-
ligidan guvohlik beradi. Kasallikning qaytalanishiga bemoming
kasalxonaga kech yotqizilishi, noto‘g‘ri davolanishi, bemor tomo
nidan ovqatlanish (shu jum ladan, gilovitaminozlar), davolash va
boshqa tavsiyanomalar tartibining buzilishi sabab boMishi mum
kin. Kasallik retsidivlari o'rtasidagi bemor ahvolining biroz boMsada,
vaqtincha yaxshilanish davriga
remissiya
(lotincha —
remissio —
kuchsizlanish, pasayish — kasallikka nisbatan) deyiladi.
Remissiya ko'pincha yetarli darajada samarali davolanmaganda,
ya’ni patologik jarayon butunlay bartaraf qilinmay, faqat uning
kechishi, ko‘rinishlari kuchsizlanib bemorga e’tibor pasayganda
yuzaga keladi. Bunday remissiyani
terapevtik rem issiya
deyiladi.
Remissiyaning bunday turi, masalan nur bilan davolanganda,
o'smaga qarshi kimyoviy dorilar ishlatilganda, yurak poroklari,
psoriaz, po'rsildoq yara (pemfigus) kabilar bilan kasallangan be-
morlarda ko'proq kuzatiladi. Boshqa hollarda, afsuski remissiyaning
sabablari aniqlanmay qoladi. Bupday hollarda «o‘z-o‘zidan» yuzaga
keladigan remissiya haqida so‘z yuritiladi.
Remissiyaning teranligi, kasallik alomatlari paydo bo'Iishining
sekinlashuvi yoki «to'xtash» muddatining darajasiga bog'liqdir.
Remissiyaning barqarorligi yoki davomiyligi o'zgarib turadi, ya’ni
u bir necha kundan bir necha oy, hatto bir necha yillar davom
etishi ham mumkin. Bu esa ekzogen (tashqi m uhit) va endogen
(organizm faoliyati va qarshilik qilish qobiliyatiga) omillarning
ta ’siri hamda nisbatiga bog'liq.
O 'tkir yoki keskin kechuvchi kasalliklardan farq qilib surun
kali kasalliklarning oqibati va kasallik boshlanishiga sabab bo'lgan
omillar ham da organizm xususiyatlariga k o 'ra uzoq kechishga
moyillik bilan ifodalanishi mumkin. Bunga misol sifatida revmatizm
kasalligida uning surunkali holatga o'tishi, yurak nuqsonlarining
shakllanib rivojlanishi yoki poliomiyelitning keskin davridan so'ng
skelet mushaklarida atroflk jarayonlar paydo bo'lishini ko'rsatish
mumkin.
DAVOLASHNING UMUMIY ASOSLARI
H ar qanday kasallikka duchor bo'lgan bem orni davolash
uchun amaliy tibbiyotda umumlashtirilgan holda quyidagi muolaja
usullaridan foydalanish tavsiya etiladi:
1. Etiotrop yoki kauzal (sababga qarshi), ya’ni bevosita terapiya
— kasallikning paydo boMishiga olib keluvchi sabab hamda shart-
sharoitlami bartaraf qilishga, ayni vaqtda kasallikning yuzaga keli-
shiga to'sqinlik qiluvchi tashqi va ichki omillar, sharoitlarni ham
hisobga olish va shunga ko'ra davolash chora-tadbirlarining asosiy
yo'llarini ishlab chiqish.
2. P atogenetik terapiya, ya’ni patologik reaksiyalam ing
a w a lo y e ta k c h i h a lq a va b o s q ic h la rin i b a r ta r a f q ilish ,
o rg an izm n in g him o y a-m o slash u v va tik la n ish reaksiyalari
imkoniyatini kuchaytirish choralarini qo'llash.
3. Sim ptom atik terapiya — bemorni noxush ahvolga soluv-
chi, unga azob beruvchi alom atlar — sim ptom larni yo'qotishga
y o 'n altirilg an usullar ham da d o ri-d arm o n lard an unum li va
maqsadga muvofiq foydalanish.
4.
Reabilitatsion terapiya — bemor organizmi a ’zolari va sis-
18
tem alarining strukturaviy (tuzilish) funksiyalari, xususiyatlarini
tiklashga qaratilgan davolash — farmakologik, parhez ovqat-
lanish, fizioterapevtik va hokazo chora-tadbirlami amalga oshirish,
shu tariqa uni to ‘la -to ‘kis davolab, m ehnat qobiliyatini tiklash.
5.
0 ‘rnini bosuvchi terapiya — organizm ning yo'qolgan
funksiyalarini k o m p en sa to r — o ‘rnini bosishga qaratilgan
davolash usuli.
Etiotrop (kauzal) terapiya organizmdan kasallik sabablarini
bartaraf etish, hech bo‘lmasa kuchini kamaytirish, ko'payishi,
urchishi uchun noqulay sharoit yaratishga va boshqalarga moMjal
langan (m asalan, gijjalarni haydash, zaharlarni neytrallash,
mikroorganizmlarni yo‘q qilib tashlash va shu kabi vositalarini
qoMlash). Kasallikning sababi maMum boMganda unga nisbatan
maxsus etiotrop terapiya qoMlanilganda samaradorligi albatta yuqori
boMadi. Ammo quyidagi sabablarga ko'ra etiotrop davolashning
imkoniyatlari chegaralangan boMishi mumkin.
1. Jadal a n tib a k te ria l terap iy a (m a salan , yalTig'lanish
kasalliklarida) maxsus antitanalar hosil bo'Iishining to'xtashi,
bu esa o 'z navbatida um um an im m unitet xususiyatlarining
pasayishiga olib kelishi.
2. Kasallik sababi va sharoitlarini bartaraf etish hamma vaqt
ham shakllangan ikkilam chi patologik jaray o n lar ko'rinishi,
bo'lajak asoratlarning barham topishiga olib kelmaydi.
3. Kasallikning etiologiyasi aniq bo'lm agan hollarda bilar
bilmas davolash usulini qoMlash m um kin emas.
4. Yuqumli bo'lm agan ayrim kasalliklarda (masalan, giper
toniya kasalligi, nevrozlar va hokazo) bunday usullarni qoMlash
nihoyatda murakkab masala hisoblanadi.
5. Uzoq muddatli etiotrop terapiya, dorilam i qo'shimcha va
noxush ta ’sirlari mavjudligi sababli bem or salomatligi uchun
anchagina zararli (ayniqsa, disbakterioz, kandidoz, dori aller-
giyasi, shu jum ladan o 'lim bilan yakunlanishi mumkin boMgan
anafilaktik shok) va mikroorganizmlaming dorilarga, chunonchi
antibiotiklarga chidamli shakllari paydo boMganda ularni qo'llashga
ruxsat etilmaydi.
19
Patogenetik davolash usuli aslida kasallikning yetakchi omili
hamda zvenolarini aniqlab, unga faol ravishda aralashishga va
patogenezning ana shu m a’lum halqalarini yo‘qotishga mo'ljal-
langan bo'lishi shart. Masalan: antigistamin dorilar tez kechadigan
allergik reaksiyalaming patokimyoviy davrida ishlatish uchun
mo'ljailangan (masalan, Kvinke shishi va hokazo).
Yo'qolgan funksiyalami tiklash va ulami kompensatsiya qilish
uchun (masalan, oshqozon axiliyasida xlorid kislota berilishi,
pernitsioz anemiyada B12 vitamini, qandli diabetda insulin yubo
rish va hokazo) qo'llaniladigan terapiya shular jumlasidan. H ar
qanday shifokor o'z ixtisosligidan qatiy nazar quyidagilarga rioya
qilishi shart:
1. Davolash (terapiya) kasal odam uchun bexatar bo'lishi
lozim. Bundan o'sma kasalliklarining operatsiya qilib bo'lmaydi-
gan shakllari bilan xastalangan bem orlar istisnodir, chunki ular
davolanmaganda 100% halok bo'lishi mumkin.
2. Buyuriladigan dorilaming shifobaxsh yoki salbiy ta ’sirini,
shuningdek bemorga nisbatan noxush, masalan, allergik reak
siyalar bo'lish-bo'lmasligini nazorat qilib turish va hatto arzima-
gandek tuyulgan o'zgarishlarni hisobga olish zarur. Bunda
quyidagilar farqlanadi: a) bemor hayotini saqlashga yo'naltirilgan
davolash choralari; b) sababini bartaraf qilish, etiotrop davolash
imkoniyatlari; d) kasallik asosiga qaratilgan patogenetik terapevtik
vositalar; e) simptomatik terapiya choralari.
3. Terapevtik dozani to'g'ri aniqlash va davolash muddatla-
rini belgilash.
4. D ori-darm onlar bilan davolanayotgan bem or holatini
diqqat bilan kuzatish va muntazam ravishda tekshirib borish.
5. Dori-darmonlaming oiganizmga ikkilamchi noxush ta’sirlari
yuzaga kelishining oldini olish va davolash choralarini ishlab
chiqish.
6. Bemorga bir vaqtning o'zida bir necha, ayniqsa bir-biriga
qarama-qarshi xususiyatga ega bo'lgan dori-darmonlami buyurish
man etiladi.
7.
Dorisiz davolash usullarining turlarini va muddatlarini to'g'ri
20
aniqlash. Bunday usullarga psixoterapiya, fizioterapiya, parhez
bilan davolash, shuningdek reabilitasion tiklanishga oid vositalar
kiradi.
UMUMIY ETIOLOGIYA. ETIOLOGIYA HAQIDA
UMUMIY TUSHUNCHA
Etiologiya (yunoncha so‘z bo‘lib,
Do'stlaringiz bilan baham: |