Reduktorlar
Reduktor ballondagi yoki tarmoqdagi gaz bosimini ish bosimigacha pasaytirish hamda ballon yoki tarmoqdagi gaz bosimidan qat’i nazar, ish bosimini avtomatik ravishda o‘zgarmas kattalikda saqlab turish uchun xizmat qiladi.
Vazifasiga va o‘rnatilish joyiga qarab ballon reduktorlar, rampali, tarmoqli, markaziy va yuqori bosimli markaziy universal reduktorlar farqlanadi. To‘g‘ri ishlaydigan va teskari ishlay-' digan reduktorlar ham farqlanadi. To‘g‘ri ishlaydiganlarda kelayotgan gaz bosimi klapanni ochishga intiladi, bu klapan orqali gaz reduktoming ish kamerasiga kiradi. Teskari ishlaydiganlarida bu bosim klapanni berkitishga intiladi. To‘g‘ri ishlaydigan reduktorda ish bosimi ballondagi gaz sarf boMa borishi bilan biroz pasayadi. Bu reduktoming pasayuvchi tavsifi. Teskari ishlaydigan reduktorning tavsifi o‘suvchi, ballondagi gaz bosimi kamayishi bilan gazning reduktordan chiqishdagi ish bosimi ortadi. Teskari ishlaydigan reduktorlar qulay va ishlatishda xavfsiz.
Gaz turi bo‘yicha reduktorlar kislorodli, asetilenli (2.2.8-rasm), propan-butanli va metanli reduktorlarga bo‘linadi. Ular tashqi tomondan bo‘yalishi bilan farq qiladi, rangi ayni gaz uchun mo'ljallangan ballon rangida bo‘lishi kerak. Kislorod reduktori
tamoyillari bir xil (2.2.9-rasm).
Kislorodli (a) Reduktorda ikkita: yuqori bosim
va asetilenli (b) reduktorlar. 2 va past bosim 6 kamerasi bor.
havorang, asetilen rekduktori oq
rang, propan reduktori qizil rang
bo‘ladi. Boshqa farqi — reduktorlami
ballonga mahkamlash uchun birik-
tiruvchi konstruksiyalaridir (asetilen
generatorlarida tirak vintli chaspak,
qolgan reduktorlarda ballon
jo‘mragidagi rezbaga mos keluvchi
rezbali qoplama gayka).
Reduksiyalash sxemasi bo‘yicha
reduktorlar bir bosqichli (bir
kamerali) va bosim ikki bosqichda
pasayadigan ikki bosqichli (ikki
kamerali) qilib tayyorlanadi.
Hamma reduktorlarning ishlash
а
b
Reduktoming tuzilish va ishlash sxemasi: a — ishlamayotganda; b — ishlayotganda.
Yuqori bosirn kamerasi 2 bevosita ballonga tutashadi va undagi gaz bosimi ballondagi gaz bosimiga teng. Birinchi va ikkinchi kameralar orasida klapan 1 bo‘lib, unga prujinalar 3 va 8 ta’sir qiladi. Gaz klapan 1 dan o‘tib katta qarshilikni yengadi va bosimni yo‘qotadi. Bu prujinalar siqish kuchlarining nisbatiga qarab klapan yopiq (prujina 3 kuchi prujina 8 kuchidan katta) yoki ochiq (prujina 8 kuchi prujina 3 kuchidan katta) bo‘ladi. Prujina 8 qancha ko‘p siqilgan bo‘lsa, klapan shuncha katta ochiladi va kamera 6 dagi bosim shuncha yuqori bo‘ladi.
Prujinaning siqilish kuchi vint 9 ni burib rostlanadi. Vint burab kiritilganda prujina siqiladi, vint burab chiqarilganda prujinaning siqilish kuchi kamayadi. Klapanni yopish uchun prujina 8 ni batamom bo‘shatish kerak. Reduktorda saqlash klapani 4 mavjud.
Ikkala kameradagi bosim manometrlar yordamida o‘lchanadi.
Agar vint 9 ning qandaydir holatida sarflangan va reduktorga kelgan gaz miqdori teng bo‘Isa, u holda ish bosimi o‘zgarishsiz qoladi va membrana 7 bir vaziyatda turadi. Agar reduktordan olinayotgan gaz miqdori unga kelgan gaz miqdoridan ko‘p bo‘lsa, u holda kamera 6 da bosim pasayadi. Bunda siquvchi prujina 8 uzaya boshlaydi va membranani deformatsiyalaydi;
klapan ochiladi, natijada kameraga keladigan gaz miqdori ortadi. Ishlash jarayonida gaz sarfining kamayishi reduktor kame- rasidagi bosimning oshishiga sabab bo‘ladi, membranaga ta’sir etayotgan kuch ortadi, membrana qarama-qarshi tomonga bukiladi va prujina 8 ni siqadi.
Klapan berkila boshlaydi va gaz kelishi kamayadi. Shunday qilib, membrana gaz bosimining avtomatik ravishda saqlab turilishini ta’minlaydi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan bir bosqichli (bitta kamerali) reduk^ tordan tashqari ikki bosqichli (ikki kamerali) reduktorlar ham ishlab chiqariladi, ularda gaz bosimi ikki bosqichda pasayadi, masalan, kislorod reduktorida — 15 dan 5 MPa gacha va 5 MPa dan ish bosimigacha (2.2.10-rasm).
Ikki bosqichli reduktorlar belgilangan bosimni ancha aniq saqlab turadi, past haroratlarda muzlamaydi va ishlatish jarayonida gaz ish bosimini tez-tez rostlab turishning hojati yo‘q, lekin ulaming konstruksiyasi ancha murakkab.
Sanoatda ДКП-1-65 (bir bosqichli) kislorod balloni reduk- torlari, ДКД-8-65 va ДКД-15-65 ikki bosqichli, ДАП-1-65 asetilen balloni reduktorlari, ДАД-1-65 ikki bosqichli asetilen balloni reduktorlari hamda ДВП-1-65 vodorod va ДПП-1-65 propan-butan reduktorlari ishlab chiqariladi.
ЦКД-8-65
ikki kamerali kislorodli
reduktor:
1 — gaz kirish shtutseri;
2 — membrana;
3 — asosiy prujina;
4 - richag;
5 - saqlagich klapan;
6 — ikkinchi
bosqichni reduksiya-
lovchi klapan;
7 — birinchi bosqichni
reduksiyalovchi klapan.
Gaz uzatish quvurdan ta’minlanadigan payvandlash post- larida tarmoq reduktorlari: ДСК-66 kislorod reduktori, ДАС-66 asetilen reduktori, ДСП-66 propan reduktori va ДМС-66 metan reduktori o‘matiladi.
Gazlar bilan markazlashtirilgan tarzda ta’minlash uchun 0,3—1,6 MPa ish bosimida maksimal gaz o‘tkazish xususiyati tegishlicha 250 va 6000 m3/soatga mo‘ljallangan ДКР-250 va ДКР-6000 markaziy (rampali) kislorod reduktorlaridan (2.2.11- rasm), gaz o‘tkazish xususiyati 15 m3/soatgacha bo‘lgan ДАР-64 asetilen va gaz o'tkazish xususiyati 25 m3/soatgacha bo‘lgan ДПР-1-64 propan-butan reduktorlaridan foydalaniladi.
ДКР-250 rampali reduktor:
1 — gaz kirish shtutseri; 2 — yordamchi reduktor; 3 — yuqori bosim mano- metri; 4 — reduksiyalovchi klapan; 5 — past bosim manometri; 6 — gaz chi- qish shtutseri; 7 — ishchi kamera; 8 - membrana; 9 - kanal; 10 — dyuza.
Do'stlaringiz bilan baham: |