Klinik o'lim —
hayotning asosiy tashqi alomatlarining — yurak
urishi, nafas olish va es-xushning yo'qolishi bilan ifodalanadi.
Organizmning to'qimalarida moddalar almashinuvi nihoyatda past
darajada kechadi, ammo u markaziy nerv sistemasi tomonidan
boshqarilmaydi. Normotermiya (+36° +37°C) da klinik o'lim 5
minutgacha davom etsa, gipotermiyada bu hodisa 40—50 minut,
hatto 2 soatgacha davom etishi mumkin. Agar reanimatsion yordam
va intensiv
(ja d a l)
terapiya usullari qo'llanilmasa, bu davr
tugagandan so'ng moddalar almashuvida qayta tiklanmaydigan
o'zgarishlar yuzaga keladi va klinik o'lim biologik o'limga aylanadi.
Shunday qilib, o'lish jarayoni yaxlit bir butun organizmning
yemirilishi, parchalanishidan iborat. Har xil organ va sistemalari
funksiyalarining to'xtashi hamda so'na borishi ularning filogenetik
yoshiga teskari ravishda sodir boMadi. Filogenetik jihatdan eng
«yosh» sistemalar (masalan, markaziy nerv sistemasi va hokazo)
eng aw al faoliyatdan to'xtaydi, eng «qadimgi» va soddaroq
sistemalar esa keyinroq to'xtaydi.
O R G A N IZ M N I T IR IL T IR IS H
Terminal holatdagi bemorlarga samarali yordam ko'rsatish,
organizmni ushbu ahvoldan chiqarish, ya’ni tiriltirish uchun
quyidagi patofiziologik asoslariga amal qilish lozim:
195
1. Tiriltirish — zaruriyat yuzaga kelganda nihoyatda zudlik
bilan boshlanishi lozim.
2. Tiriltirish tadbirlarini amalga oshirishda o'lishning har xil
turlarining awalo etiologiya va patogenetik xususiyatlarini e’tiborga
olish shart. Shuni esda tutish lozimki, asfiksiyadan yuzaga
keladigan o‘lim, qon yo'qotishdan yoki elektr va shu kabilardagi
jarohatlanishdan yuzaga keladigan o'limdan farqlanadi.
3. Tiriltirishning maqsadga muvofiq usullarining asosini gipo
ksiyaga qarshi kurash, ya’ni terminal holat patogenezining asosiy
bo‘g‘inini yo'qotishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilishi kerak.
4. Har bir alohida kasaldagi terminal holatning xususiyat
larini (odamning yoshi, jinsi, kasal bo‘lganiga qadar sog‘lig‘ining
ahvoli va hokazo) e’tiborga olib tiriltirishning kompleks usullarini
qo'llamoq zarur.
5. Sun’iy qon aylanish (yurakni vositali massaj qilish,
«og‘izni og'izga» yoki «og'izni burunga» to ‘g‘rilab sun’iy nafas
oldirish)ni yaratish hamda tananing haroratini pasaytirish (sun’iy
gipotermiya) yo'llari bilan klinik o‘lim muddatini uzaytirishga
harakat qilish lozim.
Organizmni tiriltirishning quyidagi patofiziologik usullari
mavjud:
1. Y urak fao liy atin i q ay tad an tiklash uchun arterial
tomirlarga suyuqlikni jo'natish. Bu usul koronar (toj) tomirlar
orqali yurak mushaklarining qon bilan ta ’miilanishi tezlik bilan
yaxshilanishiga olib keladi.
2. Yurak orqali uning foydali qo‘zg‘olish vaqtining davomiy-
ligiga yaqin, ya’ni qisqa muddat — 0,01 sekund ichida yuqori
kuchlanishli (3000 V) elektr razryadini defibrillyator yordamida
o'tkazish.
3. Har xil apparatlardan foydalanib, o ‘z vaqtida sun’iy nafas
olish usulini qo'llash. Buni bemor yoshini hisobga olib amalga
oshirish kerak, masalan, har bir nafas olganda katta yosh-
dagilarning o'pkasiga 1000—1500 ml, yangi tug'ilgan chaqaloq
lar o'pkasiga esa 95—105 ml havo kiritiladi.
4. Q onning buzilgan gomeostazi (m asalan, atsidoz) ni
bartaraf qilish, normallashtirish.
196
REANIMATSION PATOLOGIYA
Bemor terminal holatdan chiqarilib, reanimatsiya va jadal terapiya
tadbirlari o'tkazilgandan so'ng paydo bo'ladigan har xil asoratlar
reanimatsion patologiya yoki «postreanimatsion kasallik» tushun-
chasiga kiradi. Postreanimatsion asoratlar ko'pincha asosiy kasallikni
chetga surib, o'limning bevosita sababiga aylanadi. Postreanimatsion
asoratlar quyidagi hollarda paydo bo'lishi mumkin:
1. Yurakni bevosita massaj — uqalash natijasida bemorni
'jarohatlab qo'yish mumkin (ko'krak qafasi suyaklarining sinishi,
pariyetal plevraning yirtilishi, jigar, taloq pardalarining yorilishi
oqibatida qorin bo'shlig'iga ko'p miqdorda qon quyilishi, oshqozon
devorining jarohatlanishi va hokazo).
2. Jarrohlik xatti-harakatlari ham jarohatlarga sabab bo'lishi
mumkin (yurak punksiyasi, yirik venalar punksiyasi va katete-
rizasiyasi, traxeostomiyalar), bunday hollarda yurak tamponadasi,
o'mrov osti venalarining yorilishi, ko'ks oralig'iga qon quyilishi,
ovoz boylamlarining shikastlanishi, traxeya sfiilfiq pardasining
zararlanishi paydo bo'lishi mumkin.
3. O'pkaning sun’iy ventilatsiyasi tufayli traxeya, bronxlar va
o'pkaning yalligManishi, o'pka atelektazi, bosim yoki jarohat (o'pka
to'qimasining yorilishi, emfizemasi)lar yuzaga kelishi mumkin.
Jarohatlanishsiz asoratlarga transfuzion terapiya, parenteral
ovqatlantirish bilan aloqador asoratlar kiradi. Bular qatoriga
trombozlar, emboliyalar, pirogen reaksiyalar, anafilaktik reak
siyalar, giperglikemiyalar, glukozuriyalar, osmotik diurezlar, qon
ivishining buzilishi, suv-tuz muvozanati ning o'zgarishi, septik
tromboflebitlar kiradi. Giperbarik oksigenatsiyada oksigendan
intoksikatsiya yuzaga keladi.
Reanimatsion terapiyaning jarohatlanishsiz kechadigan asorat-
lariga markaziy nerv sistemasining har xil shikastlanishlari kiradi.
Bular ichida turg'un deserebratsiya alohida o'rin egallaydi. Bunda
yurak faoliyati saqlangani holda nafas mustaqil ravishda kuza-
tilmaydi va shu tufayli o'pkaning uzoq muddatli sun’iy ventilatsiyasi
amalga oshiriladi. Bosh miyaning bunday postreanimatsion pa-
tologiyasini miyaning o'limi deyiladi.
197
Miya o'limida miya yarim sharlari, miyacha, orqa miyaning
birinchi va ikkinchi bo'-yin segmentlarining umumiy nekrozi pay
do boMadi, bunda yurak faoliyati saqlanadi, tashqi nafas esa
sun’iy nafas apparati yordamida ta’minlanadi.
Miya o'limining klinik manzarasi markaziy nerv sistemasi
hamma funksiyalarining to'xtashi bilan ifodalanadi: bularga es-
xush, mustaqil nafas olish, hamma shartsiz reflekslar (og‘riq va
hokazo), shartli reflekslar, miyaning elektrik faoliyati so‘nishi
hamda arterial bosimning «0» gacha tushishi kabi belgilar kiradi.
Miya o‘limi sharoitida reanimatsion tadbirlar va jadal terapiya
usullari ta’sirida nafas qayta tiklanmaydi. Gemodinamikaning orqa
miya yordamida boshqarilishi saqlanganligi tufayli arterial bosim
past ko‘rsatkichlar darajasigacha (80—50 mm simob ustuni hiso
bida) qayta tiklanishi mumkin.
Miya o'limi sodir bo'lgandan 6—48 soat o‘tgach orqa miya
ning reflekslari qaytadan tiklanishi mumkin. 0 ‘pkaning sun’iy
ventilatsiyasi saqlangan kasallar miya o‘limi holatida 2—3 hafta
davomida yashashlari mumkin, so'ngra esa ularda yurak faoliya
tining qayta tiklanmaydigan to'xtashi sodir bo'ladi.
Miya o'limi quyidagi sabablardan yuzaga kelishi mumkin:
1. Yurakning birlamchi to'xtashidan, so'ngra bosh miyada
qon aylanishining 3—4 minut davomida to'xtashi oqibatida.
2. Qon aylanishi saqlanib, 3 kecha-kunduzdan ko'proq
muddatda o'pkaning sun’iy ventilatsiyasidan foydalanish tufayli.
3. Insultlarda nafas markazining falajlanishi yurak faoliyati
o'zgarm ay qolganda ham. Nafas va nafas harakatlarining
yo'qolishi, P o C 0 2 ning qonda miqdori 60 mm simob ustunidan
ham ortishi (nafas markazini qo'zg'otish uchun zarur miqdorga
yetganda), angiografiya usuli bilart miyada qon aylanishining
to'xtashining qayd etilishi, miya to'qim asining har 100 g
og'irligiga 0,3—0,48ml oksigenning sarflanishi (normada miya
to'qimasini 100 g ga bir minutda o'rtacha 3,3 ml
Do'stlaringiz bilan baham: |