X. U. Aliyev Darslikda umumiy patofiziologiya, tipik patologik jarayonlar asoslari va



Download 5,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/199
Sana24.04.2022
Hajmi5,26 Mb.
#578682
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   199
Bog'liq
Abdullayev N Patologik fiziologiya asoslari 2007

Kaxeksiya
(yomon holat) — o'ta ozish va umu­
miy holsizlanish sindromi. Xavfli o'smalarda bo'ladigan kaxek­
siya rak kaxeksiyasi degan nom olgan. Rak kaxeksiyasining 
rivojlanishida quyidagi bir qancha omillar rol o'ynaydi:
1. Modda almashinuvi neyrogumoral boshqarilishining buzilishi. 
Tajriba hayvonlarida o'sma hosil qilinganda gipotalamusda distrofik 
o'zgarishlar sodir bo'lishi bunga dalildir.
2. O'sma nekrozi omili tom onidan lipoproteid lipazaning 
ingibitsiya qilinishi. Bu ferment organizmda lipidlar yig'ilishini 
katalizlaydi.
3. Adipositlar yetilishi, takomillashishi (differensiatsiyasi) ni 
ta ’minlovchi maxsus RNK sintezining kamayib ketishi.
4. Taxminiy maxsus oqsil «kaxektin» hosil bo'lishi.
5. Katalaza sintezining kamayishi.
6
. O'smalar tomonidan qondagi substratlar (glukoza, almash- 
tirib bo'lmaydigan aminokislotalar, antioksidantlar)ning ushlanib 
qolinishi.
7. O'sma asoratlari — og'riq, qon ketishi, oshqozon-ichak sis­
temasi sekretor va motor faoliyatining buzilishi.
191


Kaxeksiya faqatgina xavfli o'smalarda bo'lmay, balki joyla- 
shuviga qarab ayrim xavfsiz o'smalarda ham kuzatilishi mumkin. 
Masalan, hazm sistemasida o'sma bo'lsa, uning sekretor, motor 
va so‘rish faoliyatlari buziladi; bosh miyada, trofik markazlarda 
o ‘sma boMsa, modda almashinuvi va energiya almashinuvining 
boshqarilishi buziladi.
O 'L IM H A Q ID A T U S H U N C H A
04im —
organizm hayot-faoiiyatining asli holiga qayta 
olmaydigan to ‘xtashidir. Tabiiy yoki biologik o'lim har qanday 
tirik mavjudot hayotining m uqarrar yakuni hisoblanadi. U 
organizmning tabiiy keksayib borishT natijasida sodir bo'ladi.
Patologik o'lim har qanday yoshda muddatidan erta, g'ayri 
tabiiy sabablarga ko'ra (qotillik, o'z joniga qasd qilish, baxtsiz 
hodisalar — falokatlar tufayli) va kasalliklar natijasida ham sodir 
bo'ladi. O'lim aslida birdaniga yuz beradigan oqibat emas, balki 
ma’lum jarayon bo'lib, bir necha davrlarni o'z ichiga oladi. 
Organizmning tirikligi bilan o'lim orasidagi davrga terminal holat 
deyiladi. Bu hayotning oxirgi bosqichi (lotincha — terminalis — 
intiho, poyon, xotima, yakun ma’nolarida qo‘llaniladi), hayot bi­
lan o'lim o'rtasidagi chegara holat davrini anglatadi.
Terminal holatga organizmning o'la borish jarayonidagi holat­
lari kirib, u bir necha davrlarni va postreanimatsion davrning 
boshlang'ich bosqichlarini o'z ichiga oladi. O'lim jarayoni gomeo- 
staz va hayotni ta’minlovchi asosiy organ hamda sistema funksiya- 
larining buzilishi rivojlanishi bilan (qon aylanishi va nafas 
olishning) ifodalanadi. Bunday chuqur o'zgarishlar organizm­
ning o'z kuch va imkoniyatlari hisobiga kompensatsiyalana 
olmaydi va agar tegishli chora-tadbirlar o'z vaqtida qo'llanilmasa 
va rivojlanish mexanizmlari buzilsa muqarrar ravishda o'limga olib 
keladi. Terminal holatlarining paydo bo'lishida gipoksiya hal 
qiluvchi ahamiyatga ega, ya’ni organizm hujayralarining normal 
faoliyati uchun oksigen(kislorod)ning yetarli bo'lmasligidir. Orga­
nizm o'limining quyidagi sabablari farq qilinadi:
1. Yurak urishining to'xtashi.
2. Nafas olishning to'xtashi.
192


3. 
Bosh miya jarohatlanishi, bunda ham nafas markazi, ham 
qon tomirlami harakatlantiruvchi markazlarining falajlanishidan 
o'lim sodir boMishi mumkin.
OMish jarayonida patologik o'zgarishlaming kuchaya borishi 
bilan birga organizm himoya-kompensator xususiyatlarining ham 
zaiflasha borishi qayd qilinadi. Terminal holatlaming muhlati 
(davomiyligi) patogen etiologik qo'zg'ovchilar kuchi bilan 
organizmning himoya — kompensator xususiyatlarining o‘rtasidagi 
o‘zaro munosabat hamda nisbatlarga bogMiq. Masalan, oMimga olib 
kelishi mumkin boMgan elektrdan shikastlanish oqibatida keskin 
yurak yetishmovchiligida himoya-kompensator reaksiyalar deyarli 
yetarlicha amalga oshmaydi va shu tufayli atamaal holatlar juda qisqa 
vaqt davom etadi. Pnevmoniyada, og'ir shikastlanishda, peritonitda 
va boshqa kasalliklarda gipoksiya asta-sekin ortib borishi tufayli 
himoya-kompensator — moslashuv mexanizmlari kuchliroq 
namoyon boMadi, bu esa terminal holatning u yoki bu muddat 
davom etishini ta’minlaydi.
OMish jarayonida paydo boMadigan patologik o'zgarishlaming 
asosida generalizatsiyalangan gipoksiya bilan bevosita aloqador 
boMgan moddalar almashuvining buzilishlari yotadi. Oksigen 
yetishmovchiligini awalo bosh miya his qiladi. Bosh miyada qon 
aylanishining to'satdan to‘xtashi natijasida miya to'qimasida 1—5 
minut oraligMda glikogen jamg‘armasi, fosfokreatinni, ATFning 
yo‘qolishiga olib keladi.
Bosh miyada qon aylanishi to'xtagandan so‘ng 7—5 minut 
o‘tgach miya to'qimasining energik imkoniyatlari ayniqsa nochor 
holatga tushadi. Shu bilan birga bosh miya to‘qimasida boshqa modda 
almashuvi jarayonlari: oqsil sintezi, aminokislotalar almashuvi 
buziladi, va buning natijasida miya to'qimasida zaharli moddalar
jumladan, T4H4 to'yinmagan yog' kislotalari va shuningdek, li- 
zosomal fermentlaming to'planishi kuzatiladi.
Moddalar almashuvining shunga o'xshash o'zgarishlari bosh 
miyadan boshqa oiganlarda ham asta-sekinlik bilan rivojlana boradi. 
Terminal holatda organlar funksiyalarining zaiflashishi ularning 
darajasi va yuzaga keladigan patologik o'zgarishlar ham jiddiyligiga 
ko'ra har xil boMadi. Shu sababli o'lim jarayoni rivojlanishida 
shartli ravishda 4 bosqich farq qilinadi.
193


1. 
Preagonal holat; 2. Terminal pauza; 3. Agoniya; 4. Klinik 
o‘lim.
Preagonal holat es-xushning saqlanishi, ko'pincha esa ongning 
xiralanishi, esning kirib-chiqib turishi bilan ifodalanadi. Ko‘z 
reflekslari saqlangan. Arterial bosimi kritik (eng past) darajagacha 
pasaygan, puls tez va ipsimon holatda boMadi. Nafas keskin 
tezlashadi. Jarayon boshlanishida reflektor ravishda harakat 
qo‘zg‘olishi kuzatiladi. Qo‘zg‘olish davridan so'ng es-xushning 
buzilishi va gipoksik koma rivojlanadi. Miya to'qimasidagi oksigen 
parsial bosimining (PO,) kritik darajasi (eng past miqdori) 30 
mm simob ustuniga yaqinlashganda xushdan ketish sodir boMadi. 
Xushdan ketgan vaqtda energetik taqchillik alomatlari namoyon 
boMmaydi va es-xush o'zgarishi sinaptik, neyromediator jara­
yonlarning buzilishi bilan bogMiq deb qaraladi va ular himoya 
ahamiyatiga ega.

Download 5,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish