ortishi hamda miya ichidagi qon aylanishining butunlay to'xta
shi va buning oqibatida ekstrakranial tomirlar bilan shuntlanishi
muhim ahamiyatga egadir. Bosh miya shishining zo'raya borishi
miya vaznining ortishiga olib keladi, nerv to'qimasi esa shalvirab
qoladi, subaraxnoidal qon quyilishlar paydo bo'ladi. Shish tufayli
bosh miyaning har xil bo'limlarining
qisilishi yuzaga keladi, bu
esa to'qimaning parchalanishi va autoliziga olib keladi. Shuni alohida
qayd qilish kerakki, «miya o'limi» «biologik o'lim«ga aynan
o'xshash holat emasdir. Miya o'lim i holatida organizmning
miyadan boshqa hujayralari, organlari va sistemalari o'z faoliyatini
davom ettiradi.
Reanim atsion terapiyaning shikastlanishsiz asoratlariga,
yuqoridagilardan
tashqari, yana kardiopulmonal sindrom (bosh
miyada jiddiy shikastlanishlar bo'lmagani holda yurak-o'pka
yetishmasligi yuzaga kelishi), jigar-buyrak sindromi, post-
anoksemik gastroenteropatiya (oshqozon va o'n ikki barmoq
ichakning eroziyalari,
yaralari, ularning teshilishi va qon
quyilishi), postanoksemik endokrinopatiyalar (ichki sekretsiyasini
zaiflashishi yoki butunlay to'xtashi natijasida yuzaga keladigan
disgormonal holat) kabilar misol bo'ladi.
I l l QISM
. XUSUSIY PATOFIZIOLOGIYA
Q O N T I Z I M I P A T O F IZ IO L O G IY A S I
Qon tizimi
—
periferik qon, qon yaratuvchi va uni parcha-
lovchi a ’zolar hamda idora qiluvchi nerv-gumoral apparatdan
tashkil topgan bo‘lib, organizmda gomeostazni saqlab turishda
asosiy va alohida o‘rin tutadi.
Periferik qon suyuq biriktiruvchi to'qTma, u organizmning
hamma a ’zolari bilan bevosita munosabatda bo‘lib, awalo orga
nizmning
butunligini, tashqi muhit bilan doimo aloqada boMi
shini ta ’minlaydi va shu asosda transport — tashuvchi vositasi
sifatida qator muhim jarayonlami ( 0 2 va C 0 2 ni nafasda, hujayra
to'qim alariga oziq moddalarini yetkazib berib,
ularni oziq-
lantirishda, chiqindi moddalarni chiqarish — ekskretsiyasida)
bajarishda, issiqlik energiyasini tarqatishda, suv-tuzlar almashi
nuvida, turli gumoral moddalar, hujayralar, gorm onlar va
biologik faol moddalarni tashish
orqali esa himoyaviy, umuman
hayot uchun nihoyatda zarur reaksiyalar-faoliyatni bevosita
amalga oshiruvchi manba hisoblanadi.
Organizmning har xil a’zolarida ro'y beruvchi kasallik jarayon
lari qonda hamma vaqt u yoki bu darajada o‘z aksini topib, turli
o'zgarishlar va ularning qonda ko'rinadigan
belgilarining paydo
bo'lishiga olib keladi (7- rasm). Birlamchi har xil qon kasallik-
larining kechishi va oqibatlari turli boshqa tizim, a ’zo va
to'qimalarda namoyon bo'ladi.
■Qonning suyuq qismi — plazmasi va unda suspenziya holida
suzib yuruvchi asosan qizil qon tanachalari —
Do'stlaringiz bilan baham: