X. U. Aliyev Darslikda umumiy patofiziologiya, tipik patologik jarayonlar asoslari va



Download 5,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/199
Sana24.04.2022
Hajmi5,26 Mb.
#578682
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   199
Bog'liq
Abdullayev N Patologik fiziologiya asoslari 2007

Terminal pauza
— preagonal holatdan so'ng paydo boMadi 
va to'satdan nafas to'xtashi, bradikardiya, stvol (o'zak) refleks­
lari — ko'z qorachig'i va shox pardasi reflekslarining yo'qolishi 
bilan ifodalanadi. Es-xush yo'qoladi. Bosh miyaning elektrik 
faolligi ham yo'qoladi. Terminal pauza 5—10 sekunddan 3—4 
minutgacha davom etadi.
Agoniya
(yunoncha — agonla — kurash) o'layotgan organizm­
ning eng so'nggi bosqichi hisoblanadi. Agoniya klinik o'limdan 
oldin sodir boMadi va organizmning hayotiy kuchlari so'na 
borishiga qarshi himoya-kompensator mexanizmlar faolligining 
ko'tarilishi bilan ifodalanadi. Agoniyaning klinik manzarasida 
organizmning hayotiy zarur funksiyalarining chuqur va keskin 
pasayishi kuzatiladi. Shartli va shartsiz reflekslar va es-xush ham 
yo'qoladi. Agoniyaning eng muhim klinik alomati agonal nafas deb 
nomlangan nafasning buzilishi hisoblanadi. Bunda kuchsiz va 
kichik amplitudali nafas olish, nihoyatda kam yoki onda-sonda 
(bir minutda 2—6 marta) paydo bo'luvchi katta maksimal ampli­
tudali nafas bilan navbatlanishi kuzatiladi.
Nafas harakatlarida butun tana va bo'yin mushaklari ishtirok 
etadi. Har bir nafas olganda bosh orqaga tashlanadi, og'iz keng 
ochiladi (o'layotgan go'yo havoni yutayotganday bo'ladi). O'p-
194


kaning minutlik ventilatsiya hajmi dastlabki hajmniig 15% ga 
yaqinini tashkil qiladi, xolos. Agoniya holatida o'pka shishi ’(atamaal 
shish) paydo boMadi. Bevosita atamaal pauzadan so‘ng yurakning 
qisqarish soni biroz ko‘payadi, arterial qon bosimi 20—50 mm 
simob ustunigacha ko'tariladi, EKGda sinusli avtomatizm tiklanadi, 
ritm tezlashadi, buning natijasida es-xush joyiga keladi.
Ammo bunday alomatlarning paydo boMishi reanimatsion 
chora-tadbirlarni to ‘xtatish uchun asos boMmasligi kerak, chunki 
ular agonal holatning boshlanishidan dalolat beradi. Agoniyaning 
oxirlarida yurakning qisqarish ritmlari kritik past darajagacha 
kamayadi, deserebratsion rigidlik (skelet mushaklarining tarang 
qotib qolishi) va umumiy tonik titrashlar, beixttyor siyish, 
defekatsiya kabilar paydo boMadi.Tana harorati pasaya boshlaydi.

Download 5,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish