X. U. Aliyev Darslikda umumiy patofiziologiya, tipik patologik jarayonlar asoslari va



Download 5,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/199
Sana24.04.2022
Hajmi5,26 Mb.
#578682
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   199
Bog'liq
Abdullayev N Patologik fiziologiya asoslari 2007

m e ’yorda 
bo'ladi, agar boshqarishning markaziy bo'g'in- 
lari buzilgan bo'lsa bu giperplaziya va-regeneratsiya ko'rinishida 
yuzaga chiqadi.
Gen mexanizmlari buzilganda, hujayra markaziy va hujayraviy 
boshqarish omillariga noadekvat (mos kelmagan) javob bera 
boshlaydi, hujayra bo'linishini boshqarib bo'lmay qoladi va bu 
o'sma rivojlanishiga asos bo'ladi.
Agar to'qim a yoki a’zo massasi har bir hujayra massasi o'zga­
rishi natijasida ortsa, unga 
gipertrofiya,
kamaysa — 
atrofiya
deyiladi. Bunda hujayralar miqdori o'zgarmaydi.
Hujayralarning miqdor jihatdan ortishi natijasida to'qima massa- 
sining oshishi 
giperplaziya
deb ataladi. Odatda, giperplaziya 
ko'payish qobiliyati yuqori bo'lgan to'qimalarga (epitelial, birik­
tiruvchi, qon ishlab chiqaruvchilarga) ko'proq xosdir. Gipertrofiya 
va giperplaziya jarayonlari bir vaqtning o'zida kuzatilishi ham 
mumkin.
0 ‘S M A L A R P A T O F IZ IO L O G IY A S I VA A T IP IZ M
H A Q ID A U M U M IY T U S H U N C H A
O'sma
— bu organizmga hech qanday zaruriyat bo'lmasdan 
turib, m utatsiyalangan hujayralarning nazoratsiz o'sishi va 
cheksiz ko'payishi bilan tavsiflanuvchi patologik jarayon.
O'sma jarayoni asosiy nuqtayi nazardan kasallik tarzida bosh- 
qalardan farq qilmaydi, chunki u ham organizmning tashqi va 
ichki zararli ta ’sirotlarga nisbatan javobi sifatida yuzaga keladi. 
Ammo bunda zararli omillar to'qima va hujayralarga xos bo'lgan 
modda almashinuvi tabiatini, ularning tarkibi hamda tuzilishini 
va umuman ularning biologik xususiyatlarini tubdan o'zgartirib 
yuboradi. Ana shu o'zgarishlar 
atipizm
deb yuritiladi. Atipizm 
(yunoncha atypicus — me’yordan chetga chiqish, g'ayri tabiiy) 
o'sma hujayralarining normal hujayradan farqini bildiradi. O'sma- 
larga xos biologik atipizmlar 2 turga bo'linadi:
1
) o'smalarning barcha, ya’ni ham xavfli, ham xavfsiz tur- 
lariga xos xususiyatlar;
2) faqat xavfli o'smalarga xos xususiyatlar. Barcha o'smalarga
184


xos biologik xususiyatlar ko'payish, metabolik, fizik-kimyoviy, 
funksional va boshqa-atipizmlami o‘z ichiga oladi.
1
. 0 ‘smalarning ko'payish atipizmi yuqorida aytib o'tilgani- 
dek, awalo nazoratsiz ko'payishi bo'lib, bu o‘z navbatida quyi- 
dagilardan iborat:
a) hujayraning boshqarib bo'lmaydigan ko'payishi. Bunga 
hujayralarning bir-biriga o‘zaro ta ’siri tufayli mitotik davri tor- 
mozlanish xususiyatining yo'qolishi xosdir. Hujayralarning o‘zaro 
ta’sir etishida bo'linishining tormozlanishi ayni vaqtda hujayra 
harakatining to'xtashi bilan birga kechadi;
b) yuqori bo'linish (Xayflik limiti) limitining yo'qolishi.
Normal hujayra- ko'payganda u ma’lum chegaragacha — ttmit-
gacha bo'linib (sut emizuvchilarda 30—50 gacha bo'linish), so'ngra 
ular halok bo'ladi. O'sma hujayralari esa cheksiz bo'linish 
xususiyatiga egaki, bu shu hujayraning o'lmasligi — o'sish va 
bo'linishda to'xtovsiz davom etish, ya’ni immortalizatsiyasi 
demakdir. 0 ‘smani hayvondan hayvonga ko'chirib o'tkazilganda 
ham ular o'n yillar davomida uzluksiz ko'payib o'saveradi. Erlix- 
ning sichqonlarda hosil qilgan assitli karsinomasi 1905-yildan 
hozirgacha emlanib, ya’ni «saqlanib» kelinadi;
d) bo'linayotgan hujayralarining betartib joylashishi, ko'p 
qavatli tuzilma hosil qilishi;
e) normal izogen hayvonlarga o'sma rivojlangan hayvonlar- 
dan ko'chirib o'tqazilganda, uning hujayralarining ko'payish 
atipizmi differensiyalanish (farqlanish) atipizmi bilan birga boradi 
va u hujayra yetilishini qisman yoki batamom to'xtatib qo'yadi. 
Bu holat xavfli o'smada keskin rivojlangan, xavfsiz o'smada esa 
sust yoki ba’zan umuman bo'lmaydi.
2. Metabolik va energetik atipizm. U quyidagi o'zgarishlami o'z 
ichiga oladi:
a) 
oqsillar sintezi — hosil bo'Iishining jadal kechishi. Bu 
oqsillar hujayrada o'smaga xos xususiyat paydo qiladi (nazoratsiz 
ko'payish, bo'linish limitining yo'qolishi, immortalizatsiya-va 
boshqalar). Onkooqsillar sintezi asosan faol hujayra onkogenlari 
tomonidan dasturlashtiriladi («o'smali genlar»), ularning juda oz
185


miqdorigina faol bo'lmagan protoonkogenlar tomonidan dastur- 
lashtiriladii-Faol onkogenlar faqat o'sma hujayralaridar protoon­
kogenlar esa hamma normal hujayralarda bo‘ladi. Normal hujay­
rada (juda oz miqdorda)gi onkooqsillar organizmda fiziologik rol 
o‘ynaydi, ular o‘sish va differensiallanishni rag‘batlantiradi. Bir 
qism onkooqsillaming tuzilishi bo‘yni o'stiruvchi fiziologik omiliga 
o'xshash;
b) 
gistonlar (DNK sintezining oqsil supressorlari) miqdori 
va sintezining kamayishi RNK matritsasi va DNK .sintezining 
kuchayishiga imkon yaratadi. Bu o'z navbatida oqsil hujayra 
massasi va xromosomalami, shuningdek, genlaming ikki baravar 
ko'payishiga imkon beradi va hujayraning bo'linishiga olib keladi;
d) embrional oqsillarning hosil bo'lishi (masalan, A-feto- 
protein AFP). AFP me’yorida antenatal davrda homila gepa- 
tositlaridan hosil bo'ladi, shuning uchun fetoprotein (fetus — 
homila) deyiladi, u postnatal «yetilgan» gepatositlarda deyarli 
hosil bo'lmaydi va aksincha, o'sma gepatositlarida esa tez hosil bo'la 
boshlaydi. Bu o'sm a hujayralari dagi embrional genlam ing 
depressiyasi va ularda gistonlar hamda boshqa DNK-supressorla- 
rining kamayishi bilan shartlanadi;
e) energiya hosil bo'Iishining o'zgarishi, aerob va anaerob 
glikolizning oshishi tufayli ro'y beradi va to'qimaning nafas olishi 
hisobiga hosil bo'ladigan energiya kamayadi. Normal hujayra va 
to'qimalarda anaerob sharoitda glikoliz kuchayadi, lekin kislorod 
bo'lsa, u ingibitsiyalanadi (Pasteming musbat effekti). O'sma hu- 
jayralarida jadal anaerob glikoliz aerob glikoliz bilan almashgan- 
da esa normal hujayralardan farqli ravishda glikoliz pasaymaydi, 
balki saqlanib qoladi (Pasterning manfiy effekti). O 'sm a 
hujayralarida glikolizning kuchayishi gipoksiya sharoitida ularning 
yuksak chidamliligi va barqarorligini ta ’minlaydi, bu holat 
o'sm aning boshlanish bosqichida, invaziv tarzda o'sish va 
metastaz berish vaqtida kuzatiladi;
0
metabolik «tuzoq» fenomeni, ya’ni hujayralar tomonidan 
energiya hosil qilish uchun — glukozani, sitoplazma va membrana 
qurish uchun aminokislotalar (azot tuzog'i), xolesterinni, erkin 
radikallardan himoyalanish va turg'unligini saqlash uchun
186


antioksidant — tokoferol substratlarini zo‘r berib ushlash va undan 
foydatenish bilan namoyon bo'ladi. Bu xususiyat o'sma hujay- 
ralarini jadal o'sishi va ko'payishi uchun kerak bo'lgan substratlar 
bilan ta’minlaydi. Undan tashqari, invaziv o'sish sharoitida va me- 
tastaz berayotganda o'sma hujayrasining normal hujayraga nisbatan 
raqobatlik qobiliyatini ham kuchaytiradi;
g) hujayra bo'linishini tormozlovchi siklik adenozin-mono- 
fosfat (s-AMF) miqdorining kamayishi va siklik guanozin mono- 
fosfat (s-GMF) ning ko'payishi orqali hujayra b.o'linishi rag'bat- 
lantiriladi. Bu esa o'sma hujayrasining jadal ko'payishiga qulay 
sharoit yaratadi.

Fizik-kimyoviy atipizm. O'sma hujavrasida suv va kaliy 
miqdori ortadi, kalsiy va magniy miqdori kamayadi. Suvning 
ko'payishi substratlaming diffuz (tarqoq) yo'l bilan hujayra ichiga 
kirishini va modda almashinuvi mahsulotining tashqariga chiqishini 
yengillashtiradi. Bu hujayraning o'sish va ko'payish metabolizmi 
uchun zarur sharoitdir. Kalsiyning kamayishi hujayralararo ad- 
geziyani kamaytiradi va u o'z navbatida hujayraning o'sma to'qi- 
masidan ajralib, ularning invaziv tarzda o'sishini, atrofdagi nor­
mal to'qimalarga tarqalishini yengillashtiradi. Kaliyning ko'payishi 
glikolizni kuchaytiradi va sut kislotasi to'planib, hujayra atsidozi- 
ning rivojlanishiga ma’lum darajada to'sqinlik qiladi. Glikoliz tez- 
lashishi tufayli o'smaning o'sish chegarasida vodorod ionlari 
konsentratsiyasining ortishi hisobiga atsidoz kuchayadi.
O'sma hujayrasi yuzasida manfiy zaryad ko'payadi, bu esa 
ularning o'zaro bir-biridan itarilishiga va qo'shni normal to'qimaga 
kirishiga imkon beradi. Hujayra yuzasida manfiy zaryadning 
ko'payishi esa unda neyramin kislotasi manfiy radikallarining 
to'planishi natijasida sodir bo'ladi. Elektr o'tkazuvchanlik kucha­
yadi, kolloidlar yopishqoqligi esa kamayadi.
4. 
Funksional atipizm. U uch xil buzilish sifatida namoyon 
bo'ladi:
a) funksiyaning susayishi (m asalan, oshqozon o'smasida 
uning shira sekretsiyasining, jig ar o'smasi-da esa o 't hosil 
bo'Iishining kamayishi va boshqalar);
b) funksiyaning kuchayishi (foydasiz, organizm uchun zararli
187


kuchayish, masalan, insulinomada insulin sintezi kuchayishi 
gipoglikemiyaga, u esa o‘z navbatida komaga olib-keladi);
d) 
funksiyaning tubdan o'zgarishi (masalan, sut bezlarining 
o'smasida uning hujayralari qalqonsimon oldi bezining gormoni — 
kalsitoninni sintez qilishi).
5. Antigenlik atipizmi. Bu atipizm o'sma hujayralari yuzasida 
mavjud antigenlaming turli yo'nalishlarda o'zgarishi bilan ifoda­
lanadi. Normal hujayralarga xos antigenlar yo'qolib, ularning 
o'rniga yangi, asosan embrional davrga xos antigenlar paydo 
bo'ladi. Ammo bu antigenlar organizmning o'z antigenlariga yaqin 
bo'lgani tufayli ularga qarshi antitanalar hosil bo'lmaydi. Shu yo'l 
bilaa o'sm a hujayralari «niqoblanadi.» va jm m u n sistema 
tomonidan yot antigen sifatida «tanilmaydi» va shu tufayli o'smaga 
nisbatan immun befarqlik (ba’zi mualliflarning iborasiga ko'ra 
«falajlik») kuzatiladi.
6
. Morfologik atipizm — to'qima hamda hujayra darajasida 
kechishi mumkin. To'qima atipizmi faqat xavfsiz o'smalaigagina xos 
bo'lib, u to'qima tuzilishi va ishlashining me’yorida buzilishi bilan 
ifodalanadi. Masalan, bez o'smalarida bez yo'llarisiz bez o'choqlari 
(har xil kattalik va shaklda) hosil bo'ladi. Bu holat hujayra 
bo'linishi va harakati, kontaktli tormozlanishining pasayishi yoki 
yo'qolishiga bog'liqdir. Hujayra atipizmi esa xavfli o'smalaiga xosdir. 
U hujayra polimorflzmi (har xil shakl va o'lchamda bo'lishi), yadro 
polimorfizmi, yadro-sitoplazma nisbatining o'zgarishi, yadro 
giperxromiyasi, xromosomalar miqdori, shakli va o'lchamining 
o'zgarishi, sitoplazmadagi erkin ribosomalar miqdorining k o '­
payishi, shuningdek, yadrodagi yadrochalar soni va o'lchamining 
ortishi, mitoz sonining ko'payishi, shakli va hajmi jihatdan ano- 
mal mitoxondriyalaming paydo bo'lishi bilan namoyon bo'ladi.-
7. Organizm bilan hujayraning o'zaro munosabati atipizmi. Bu 
atipizm, o'sma hujayralari va to'qimalarini normal hujayra va 
to'qimalardan farqli ravishda bir butun organizm hayot-faoliyati 
uchun foyda keltirmasligi, uning buzilishi va qator chuqur o'zga­
rishlar oqibatida yemirilishi bilan ifodalanadi. Yaxlit organizmga 
xos buzilishlarga quyidagilarni misol sifatida keltirish mumkin:
a) 
immunodepressiya, u antiblastom rezistentlik (chidam-
188


lilik) ning pasayishi bilan birga yuz berib, o ‘smaning o ‘sishini 
kuchaytiradi;
b) 
o‘sma hujayralari gormonlami sekretsiya qilganda ektopik 
endokrin sindromlar rivojlanadi, masalan, o‘pka o'smasining 
hujayrasi AKTG ni ajratganda Isenko-Kushing kasalligining 
ektopik ko‘rinishlari paydo boMadi;
d) 
metabolik fenomen (ya’ni, o'sma o ‘z hujayralari bilan 
muhim substrat va metabolitlami ushlab olishi) tufayli o‘sma 
organizmni o'rnini qoplab boMmaydigan aminokislotalar, anti­
oksidantlar va boshqalardan mahrum qiladi;
e) bundan tashqari, o'sma organizmga stress ta ’sir ko'rsata­
di, u rivojlanishning ma’lum bir bosqichida buyrak usti bezi 
po'stloq qavati va gipofiz oldingi boMagining giperfunksiyasiga sabab 
bo'lib, AKTG mahsulotlari va glukokortikoidlarni ko'paytiradi. 
Bu esa giperglikemiya va immunodepressiyaga olib keladi hamda 
o'smaning o'sishiga yanada qulay sharoit yaratadi.
FAQAT XAVFLI 0 ‘SM ALARGA X O S
B O 'L G A N B IO L O G IK X U SU SIY A TLA R
Bu xususiyatlar infiltrativ o'sish, metastazlar berish, qayta- 
lanish (residiv berish) va organizmni o'ta ozishga olib kelishdan 
iboratdir.
1. 
Infiltrativ tarzda o'sish (lotincha infiltratio — kirish) — 
o'sma hujayrasining atrofdagi normal to'qimaga o'sib kirib to '­
qimalar tuzilishini buzishi (destruksiya). Xavfsiz o'sm a esa 
atrofdagi to'qimalarni surib, destruksiyasiz ekspansiv tarzda o'sish 
xususiyatiga ega. Adabiyotdagi ma’lumotlami umumlashtirib, in- 
filtrativ o'sish mexanizmining 4 asosiy bosqichini ajratish mum­
kin.
1. 
O'sma hujayrasining o'sma to'qimasidan ajralib chiqishi, 
bunga:
a) hujayra adgeziyasining kamayishi (Ca++ kamayishi, hujayra 
yuzasi zaryadining ortishi va ularning o'zaro bir-biridan qochishi);
b) hujayralararo komponentlarning fermentlar (proteaza va 
gialuronidaza) ta’sirida depolimerlanishi;

Download 5,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish