1-Mavzu: KIRISH.
Reja:
1.
Zoogigiyena fanining ta’rifi, maqsadi va vazifalari
2.
Zoogigiyena fanini o‘rganish usullari
3.
Fanning qisqacha rivojlanish tarixi
Tayanch iboralari:
Fanning ta’rifi, maqsadi, vazifalari, o‘rganish usullari, tajriba, fizik,
kimyoviy, biologik, fiziologik kuzatuv, sanitariya tekshiruv, havo, tuproq, suv,
oziqa, molxona, mikroiqlim ko‘rsatgichlari, tashqi muhit va organizm.
Zoogigiyena
fani chorva mollari va parrandalarga tashqi muhitni, ya’ni
iqlim, tuproq, suv, o‘simliklar, saqlash va boqish usullarining ta’sirlarini,
chorva mollari, parrandalarni saqlash sharoitlarini, chorvachilik fermalarini
sanitariya holatini himoya qilish hamda zararli ta’sirlarning oldini olish
usullarini o‘rganadi.
Zoogigiyena
( grek tilida Zoon – hayvon, gigienos –
sog‘liq) hayvonlar sog‘ligiga tashqi muhit ta’sirini o‘rganadigan fandir.
Sanitariya – gigiyena me’yorlari, talablari va qonun qoidalarini amalga
oshirish demakdir. Uning asosiy muammosi – organizm bilan tashqi
muhitning o‘zaro munosabati – hozirgi vaqtda muhit bilan organizmning
o‘zaro ta’siri va birligi deb talqin qilinadi.
I. M.Sechenov fikricha
«Organizmning hayotini quvvatlab turadigan tashqi muhitsiz tasavvur qilib
bo‘lmaydi». SHuning uchun ham organizmning ilmiy ta’rifiga unga ta’sir qilib
turadigan muhit ham qushilishi kerak, chunki organizm shu muhitsiz
yashay olmasligi va chambarchas bog‘ligligini I.P.Pavlov ham ilmiy yo‘l
bilan asoslab bergan.
Organizm bilan muhitning birligi ular kimyoviy tarkibining umumiyligi,
shuningdek, ular o‘rtasida bo‘ladigan moddalar va energiya almashinuvi
jarayonlarining tinmay bo‘lib turishi bilan isbot etiladi. Tashqi muhitning
organizmga ko‘rsatadigan ta’siri organizm jarayonlaridan nafas olish,
oziqlantirish, issiqlikni boshqarilishi (termoregulyasiya) va boshqalarni
o‘zgartirish bilan namoyon bo‘ladi. Organizmning eng muhim hayotiy
jarayonlari tashqi muhitning ana shu ta’sirlari, sifati va miqdoriga bog‘liqdir.
Tashqi muhit omillari hayvonlar va parrandalar sog‘lig‘iga yaxshi ta’sir qilish
ham, yomon ta’sir qilishi ham mumkin.
I.Pavlov odam kuchi va sifati odatdan tashqari bo‘lgan omillar
ta’siriga uchrab qolganida kasallik kelib chiqadi, chunki bunda tashqi muhit
bilan organizm o‘rtasidagi muvozanat buziladi deb ko‘rsatib o‘tgan edi. Tirik
organizmga ta’sir ko‘rsatib turadigan tashqi muhit omillarini, ularning
tabiatiga qarab, bir necha guruhga bo‘lish mumkin.
Fizik omillar jumlasiga havoning harorati, namligi, harakat tezligi,
atmosfera bosimi, quyosh nurlari (radiatsiya), shovqin, tebranish va
boshqalar kiradi. Kimyoviy omillarning ta’siri havo, suv va oziqa tarkibiga
kiradigan elementlar va birikmalarning organizmga ko‘rsatadigan ta’siri
bilan ifodalanadi. Patogen mikroblar, zamburug‘larni ba’zi turlari, gelmintlar,
hashoratlar biologik omillardir. Bular organizmga ta’sir qilar ekan infeksion
yoki parazitar kasalliklarni keltirib chiqaradi
Fanning maqsadi
- chorvachilikni rivojlantirishning gigienik ahamiyati,
xalq xo‘jaligiga keng joriy qilinishi, turli chorva mollari va parrandalarni
saqlashda gigiyena talablarini amalga oshirishdir. Hayvonlarni sogligi va
tabiiy chidamliligi, yangi sharoitga moslashishi, tashqi muhit faktorining
o‘rni, har xil sharoitlarda hayvonlarni saqlash usullari, chorvachilik
mahsulotlarini etishtirishda zoogigienik chora tadbirlar, tuproq, suv, xavo,
oziqa, molxonalar gigiyenasi, zoogigienik tadbir choralarini iqtisodiy
samaradorligini o‘rganish bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma
va malaka shakllantirishdan iboratdir.
Fanning vazifasi
- hayvonlarni saqlash, boqish, oziqlantirish qoidalari
bilan birgalikda chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish, mahsuldorligini
oshirish, chorvachilik mahsulotlarining sifatini yaxshilash, ekologik muhitni
himoya
qilish
uchun
bajariladigan
tadbirlarni
amalga
oshirish,
zooveterinariya tadbirlarining xalq xo‘jaligini rivojlantirishdagi ahamiyatini
o‘rganish hisoblanadi. Bundan tashqari chorvachilik aholini xilma – xil sifatli
oziq – ovqat mahsulotlari bilan, engil sanoatini xom – ashyo bilan
ta’minlaydigan muhim tarmoqdir. Sut, go‘sht va tuxum inson uchun yuqori
kaloriyali va to‘la qiymatli oziq – ovqat hisoblanadi. Jun, tivit, teri kiyim –
kechak, poyafzal va boshqa sanoat mollari ishlab chiqarish uchun asosiy
xom – ashyo hisoblanadi. Mollarning shoxi, tuyog‘i va suyagi ham qayta
ishlash uchun foydalaniladi. Ulardan har xil buyumlar, elim va hokazolar
tayyorlanadi. Qushxona chiqitlaridan, yaroqsiz nimtalardan go‘sht – suyak
uni, qon uni, ba’zi bir organ va to‘qimalardan esa dorivor preparatlar
tayyorlanadi. Ot, xachir, ho‘kiz, tuya, bug‘i va boshqa hayvonlardan har xil
ishlarni bajarishda foydalaniladi. Chorva mollarining go‘ngi qimmatli
organik o‘g‘it hisoblanadi.
CHorvachilik
qishloq
xo‘jaligining
bir
tarmog‘i
hisoblanib
qoramolchilik, cho‘chqachilik, qo‘ychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik,
quyonchilik va muynachilik, parrandachilik sohalarini o‘z ichiga oladi. Har xil
hayvon turlarini boqib ko‘paytirish, xilma – xil oziq – ovqat mahsulotlari va
xom – ashyo etishtirishni ta’minlaydi. Chorvachilikning bosh vazifasi aholini
sifatli oziq – ovqat mahsulotlari va sanoatni qishloq xo‘jalik xom – ashyosi
bilan ta’minlashdir.
Bu vazifalarni bajarishda mustahkam va sifatli ozuqa bazasini
yaratishda agronomiya, zootexniya, veterinariya fanlarining yutuqlaridan va
ilg‘or tajribalaridan foydalanish hamda qishloq xo‘jaligining hamma
tarmoqlarida mexanizatsiya, elektrofikatsiya va avtomatizatsiyani keng
qo‘llashni taqozo qiladi. Hayvonlar va parrandalar bosh sonini ko‘paytirish,
ularning mahsuldorligini oshirish va mahsulot tannarxini kamaytirish
yo‘llarini izlash zarur. Bunga ixtisoslashtirish, mehnat unumdorligini
oshirish va hayvonlarni bir joyga yig‘iish hisobiga erishish mumkin.
Hayvonlarni saqlash, oziqlantirish va ulardan foydalanishda jadal
texnologiyani, mexanizatsiya va avtomatizatsiyani keng joriy etib
ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida, parrandachilik fabrikalarida mehnat
unumdorligini 5–6 martaga oshirib, mahsulot tannarxini 20 – 30% ga
pasaytirish hamda ishlab chiqarilgan mahsulotga oziqa harajatini 1,5 – 2
marta tejashga erishish zarur.
Chorvachilikni ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida ko‘paytirish, ishda
ilg‘or texnologiyani qo‘llash, hayvonlar va parrandalar organizmining
fiziologik talabiga qarab tuyimli oziqa ratsionini tuzish, sifatli oziqa va suv
bilan ta’minlash,
mikroiqlim talabiga javob beradigan binolar qurish,
hamma
ishlab
chiqarish
jarayonlarini
mexanizatsiyalash
va
avtomatlashtirishga ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi. YUqori mahsuldor
hayvonlarni ko‘paytirish, xo‘jaliklarga har xil yuqumli kasalliklarni kirib
kelishini oldini olish, veterianriya – sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish
kabi ishlar hozirgi davr talabidir. SHu tadbirlar asosida qabul qilingan,
texnologik loyiha me’yorlariga, ayniqsa chorvachilik ferma, ayrim binolarni
qurish, loyihalash va qayta qurishda zoogigienik, veterinariya sanitariya
talablariga qat’iy amal qilish kerak.
Fermer xo‘jaligi sharoitida hayvonlarni oziqlantirish, saqlash va turli
kasalliklarni oldini olishda zoogigiyena va veterinariya – sanitariya qoidalari
va talablariga rioya qilish lozim. Zoogigiyena va veterinariya – sanitariya
tadbir choralarga qat’iy amal qilingandagina hayvonlarni sog‘lig‘ini, yuqori
mahsuldorligi va nasldorligini saqlab qolish mumkin. Chorvachilikda
zoogigienik me’yor, qoida va talablarni keng qullash chorva mollarining
mahsuldorligini oshirishda alohida ahamiyatga egadir.
Hozirgi vaktda zoogigiyena fanining rivojlanishida bir- biriga
chambarchas bog‘langan asosiy uchta vazifani ajratib ko‘rsatish mumkin;
1. Hayvonlarni mahsuldorligini, tabiiy chidamlilik qobiliyatini oshirish uchun
ularning turiga, yoshiga qarab optimal sharoitlarni yaratish. 2. Yuqumli va
yuqumsiz kasalliklarni ayniqsa antropozoonoz kasalliklar oldini olish
xamda ulardan olinadigan maxsulotning sifatini yaxshilash buyicha chora
tadbirlarni ishlab chiqish 3. Tashqi muhitni chorvachilik chiqindilarni bilan
ifloslanishini oldini olish.
Zoogigiyena fanini o‘rganish usullari.
1. Fizik usul - havoning harorati, nisbiy namligi, bosimi, harakat tezligi,
yorug‘ligi, tuproqning g‘ovakligi, shimuvchanligi va x.k.larni aniqlash.
2. Kimyoviy usul - havoning, suvning, tuproqning va ozuqalarning
kimyoviy tarkibini aniqlash; suvda va ozuqalarda zaharli moddalar,
pestitsidlar, alkaloidlar, nitritlar, glyukozidlar, og‘ir
metal tuzlari va
boshqalarni aniqlash.
3. Biologik usul - bino havosidagi umumiy mikroorganizmlar soni;
ichak tayoqchalari bilan ifloslanishi; Endo, Ploskirev, Chapeka va boshqa
usullar.
Buning
uchun
mikrobiologik,
toksikologik,
bioprobalardan
foydalaniladi.
4. Kliniko - fiziologik kuzatish usuli - organizmda bo‘ladigan
o‘zgarishlar kuzatiladi. Tajriba va nazorat guruhidagi hayvonlarni turli xil
sharoitda saqlash, boqish va ishlatishda yuz beradigan fiziologik
o‘zgarishlar aniqlanadi.
5. Zoogigienik tajriba usuli - bunda laborotoriya, tabiiy sharoit,
klimatik kamera va tabiiy sharoitni modellashtirish usullaridan foydalaniladi.
6. Sanitariya statistik tekshiruv usuli - o‘tkazilayotgan gigienik chora –
tadbirlarni iqtisodiy samaradorligi o‘rganiladi. Bunda alohida tuman, viloyat,
respublika sharoitida mollarni bosh sonini, mahsulotini ko‘payish yoki
kamayishi, kasalliklari o‘rganiladi yoki gigienik chora – tadbirlar amalga
oshirilmasdan
oldin
va
bundan
keyin
hayvonlarning
qancha
kasallanganligiga oid ma’lumotlarni bir – biriga solishtirib ko‘rib, shu chora
– tadbirlarni samaradorligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Birinchi uchta usul tashqi muhitni hayvonlar organizmiga ta’siri,
gigienik parametrlarni asoslash uchun hamda hayvonlarni kasalliklarini
oldini olish va mahsuldorligini oshirishga karatilgan. Tabiiy sharoitni
modellashtirish usuli - tashqi muhitdagi o‘zgarishlarni oldindan bilish ya’ni
ichimlik suvlarini o‘z-o‘zidan tozalanishi, tuproqda mikroorganizimlarni
yashash muddatini aniqlashni oldindan bilish uchun qo‘llaniladi.
Zoogigiyena bir qancha boshqa fanlar: fiziologiya, mikrobiologiya,
patologiya, klinik diagnostika, epizootologiya, ximiya, fizika, matematika,
toksikologiya va boshqalar bilan chambarchas bog‘liq. Zoogigiyena fani
ikkiga bo‘lib o‘rganiladi:
Umumiy gigiyena
– Havo, tuproq, suv, oziqa, molxonalar gigiyenasi,
mollarni yaylovda boqish-saqlash, mollarni parvarish qilish, hayvonlarni
tashish va haydash, chorva xodimlarini shaxsiy va umumiy gigiyenasini
o‘rganadi.
Xususiy gigiyena
- qoramol, cho‘chqa, qo‘y, parranda, ot, quyon va
mo‘ynali hayvonlar, itlar, asalari va havza baliqchiligi gigiyenasini o‘rganadi.
Zoogigienistlar turli tashqi muhit omillarining hayvonlar sog‘lig‘iga va
mahsuldorligiga qanday ta’sir qilishini o‘rganib, zararli ta’sirlarni bartaraf
etish va yo‘qotishni, kasalliklarga qarshi kurashni, mollarni saqlash va
boqish sharoitlarni yaxshilash, odam va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan
kasalliklardan insoniyatni quriqlashni kuzda to‘tadigan me’yor va qoidalarni
ishlab chiqadilar.
Zoogigiyena o‘z kuzatuvlarini qayd qilib boradigan talab hamda
me’yorlarni beradigan fan bo‘libgina qolmay, sanitariya ishi bilan
chambarchas bog‘langan bo‘lib atrof – muhitni muhofaza qilish bilan birga
uni zarur bo‘lganda o‘zgartirishga ham intiladigan amaliy fandir.
Fanning qisqacha rivojlanish tarixi - har qanday fanning taraqqiyoti
ijtimoiy formatsiyalar evolyusiyasi bilan, texnika va madaniyat taraqqiyoti
bilan mahkam bog‘langandir. SHu nuqtai nazardan gigiyena tarixi turli
davrlardagi ijtimoiy va iqtisodiy shart – sharoitlar ta’sirini aks ettiradigan bir
necha bosqichlarga bo‘linadi. Zoogigiyenaning rivojlanish tarixi X1X asrning
yarmidan sistemaga solinib, mustaqil fan holida birlashtirildi. Biroq,
odamlarning kuzatishlari va hayot tajribalariga asoslangan amaliy
sanitariya chora tadbirlari juda qadim zamonlardayoq amalga oshirilgan.
Ba’zi bir gigienik chora tadbirlar mollarni saqlash va ularni parvarish qilish,
ularni sog‘lig‘ini saqlash, naslini yaxshilash kabilar o‘tgan eradan boshlagan.
Bu ishda arablarning xizmati katta, ya’ni universitetlarda otlar gigiyenasi
borasida darslar olib borilgan, natijada arab ot zotlari kelib chiqqan.
Rossiya sharoitida zoogigiyena fani krepostnoylik huquqi bekor
qilinishi, chet davlatlardan naslli mollar keltirilishi davrida rivojlana borgan.
Natijada ba’zi bir o‘quv qullanmalari bosmadan chiqarilgan. XX asr boshida
G‘arbiy Evropada M.Klimerni «Veterinariya gigiyenasi» o‘quv qullanmasi
chiqadi.
I.P.Popov,
G.I.Svetlov,
N.P.CHervenskiylarni
«Zootexniya»
qullanmasi chiqadi. Bunga qadar zoogigiyena faniga fan tariqasida
yaqindan e’tibor berilmagan. 1930 yillarga kelib chorvachilikni rivojlantirish,
olinadigan mahsulotni sifatini yaxshilash, miqdorini oshirish borasida katta
ishlar
qilinishi
tufayli
ilmiy
tekshirish
institutlarida
zoogigiyena
laboratoriyalari va institutlarda kafedralari ochildi.
Zoogigiyena
fanining
rivojlanishiga
mamlakatimiz
olimlaridan
A.K.Skaroxodko,
K.A.Kotlyar,
A.V.Ozerov,
A.P.Onegov,
V.A.Alikaev,
N.M.Komarov, V.F.Matusevich, I.M.Golosov, I.F.Xrabustovskiy, P.T.Lebedev,
A.T.Semenyuta, G.K.Volkov, A.I.Karelin, U.Q.Izbosarov va boshqalarni
hissalari katta. Hozirgi kunda uzoq yillik ilmiy ishlar natijalari yakunlanib,
texnologik loyiha me’yorlari tavsiya qilindi. Ferma, parranda fabrikalarini
kurish, ularni zamonaviy talab darajasida qurilish materiallari va ichki
jihozlar bilan ta’minlash, mollarni molxona va yaylovlarda yoz va qishda
saqlash, suv, tuproq, o‘simliklar tarkibini o‘rganish, parhez ozuqalarni
ishlatish, suv havzalarining sifatini yaxshilash, chorvachilikni sanoat
asosiga kuchirish, loyiha asosida qurilgan joylarni veterinariya ekspertizasi
qilish, gungi tozalash va zararsizlantirish kabi ishlarda salmoqli yangiliklar
yaratilmoqda.
Nazorat savollari:
1. Zoogigiyena fanining ta’rifi.
2. Zoogigiyena fanini o‘rganish usullari.
3. Zoogigiyena fanining rivojlanish tarixi.
4. Tashqi muhit va organizm orasidagi munosabatlar.
Test savollari:
1. Fizik usuli?
A. havoning, suvning, tuproqning va ozuqalarning kimyoviy tarkibini
aniqlash; suvda va ozuqalarda zaharli moddalar, pestitsidlar, alkaloidlar,
nitritlar, glyukozidlar, og‘ir metal tuzlari va boshqalarni aniqlash.
B. bino havosidagi umumiy mikroorganizmlar soni; ichak tayoqchalari
bilan ifloslanishi; Endo, Ploskirev, Chapeka va boshqa usullar.
C. havoning harorati, nisbiy namligi, bosimi, harakat tezligi, yorug‘ligi,
tuproqning g‘ovakligi, shimuvchanligi va x.k.larni aniqlash.
2. Kimyoviy usuli?
A. havoning, suvning, tuproqning va ozuqalarning kimyoviy tarkibini
aniqlash; suvda va ozuqalarda zaharli moddalar, pestitsidlar, alkaloidlar,
nitritlar, glyukozidlar, og‘ir metal tuzlari va boshqalarni aniqlash.
B. bino havosidagi umumiy mikroorganizmlar soni; ichak tayoqchalari
bilan ifloslanishi; Endo, Ploskirev, Chapeka va boshqa usullar.
C. havoning harorati, nisbiy namligi, bosimi, harakat tezligi, yorug‘ligi,
tuproqning g‘ovakligi, shimuvchanligi va x.k.larni aniqlash.
3. Biologik usuli?
A. havoning, suvning, tuproqning va ozuqalarning kimyoviy tarkibini
aniqlash; suvda va ozuqalarda zaharli moddalar, pestitsidlar, alkaloidlar,
nitritlar, glyukozidlar, og‘ir metal tuzlari va boshqalarni aniqlash.
B. bino havosidagi umumiy mikroorganizmlar soni; ichak tayoqchalari bilan
ifloslanishi; Endo, Ploskirev, Chapeka va boshqa usullar.
C. havoning harorati, nisbiy namligi, bosimi, harakat tezligi, yorug‘ligi,
tuproqning g‘ovakligi, shimuvchanligi va x.k.larni aniqlash.
4. Kliniko usuli?
A. o‘tkazilayotgan gigienik chora – tadbirlarni iqtisodiy samaradorligi
o‘rganiladi.
B. organizmda bo‘ladigan o‘zgarishlar kuzatiladi.
C. bunda laborotoriya, tabiiy sharoit, klimatik kamera va tabiiy sharoitni
modellashtirish usullaridan foydalaniladi.
5. Zoogigiyenik tajriba usuli?
A. o‘tkazilayotgan gigienik chora – tadbirlarni iqtisodiy samaradorligi
o‘rganiladi.
B.i - organizmda bo‘ladigan o‘zgarishlar kuzatiladi.
C. bunda laborotoriya, tabiiy sharoit, klimatik kamera va tabiiy sharoitni
modellashtirish usullaridan foydalaniladi.
6. Sanitariya statistik tekshiruv usuli?
A. o‘tkazilayotgan gigienik chora – tadbirlarni iqtisodiy samaradorligi
o‘rganiladi.
B. - organizmda bo‘ladigan o‘zgarishlar kuzatiladi.
C. bunda laborotoriya, tabiiy sharoit, klimatik kamera va tabiiy sharoitni
modellashtirish usullaridan foydalaniladi.
7. Xususiy gigiyena?
A. Qoramol, cho‘chqa, qo‘y, parranda, ot, quyon va mo‘ynali hayvonlar, itlar,
asalari va havza baliqchiligi gigiyenasini o‘rganadi.
B. Havo, tuproq, suv, oziqa, molxonalar gigiyenasi, mollarni yaylovda boqish
-saqlash, mollarni parvarish qilish, hayvonlarni tashish va haydash, chorva
xodimlarini shaxsiy va umumiy gigiyenasini o‘rganadi.
C. havoning, suvning, tuproqning va ozuqalarning kimyoviy tarkibini
aniqlash; suvda va ozuqalarda zaharli moddalar, pestitsidlar, alkaloidlar,
nitritlar, glyukozidlar, og‘ir metal tuzlari va boshqalarni aniqlash.
8. Umumiy gigiyena?
A. Qoramol, cho‘chqa, qo‘y, parranda, ot, quyon va mo‘ynali hayvonlar, itlar,
asalari va havza baliqchiligi gigiyenasini o‘rganadi.
B. Havo, tuproq, suv, oziqa, molxonalar gigiyenasi, mollarni yaylovda boqish
-saqlash, mollarni parvarish qilish, hayvonlarni tashish va haydash, chorva
xodimlarini shaxsiy va umumiy gigiyenasini o‘rganadi.
C. havoning, suvning, tuproqning va ozuqalarning kimyoviy tarkibini
aniqlash; suvda va ozuqalarda zaharli moddalar, pestitsidlar, alkaloidlar,
nitritlar, glyukozidlar, og‘ir metal tuz
9. Zoogigiyena
Fanining maqsadi
?
A. chorvachilikni rivojlantirishning gigienik ahamiyati, xalq xo‘jaligiga keng
joriy qilinishi, turli chorva mollari va parrandalarni saqlashda gigiyena
talablarini amalga oshirishdir
B. Havo, tuproq, suv, oziqa, molxonalar gigiyenasi, mollarni yaylovda boqish
-saqlash, mollarni parvarish qilish, hayvonlarni tashish va haydash, chorva
xodimlarini shaxsiy va umumiy gigiyenasini o‘rganadi.
C. hayvonlarni saqlash, boqish, oziqlantirish qoidalari bilan birgalikda
chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish, mahsuldorligini oshirish,
chorvachilik mahsulotlarining sifatini yaxshilash, ekologik muhitni himoya
qilish uchun bajariladigan tadbirlarni amalga oshirish, zooveterinariya
tadbirlarining xalq xo‘jaligini rivojlantirishdagi ahamiyatini o‘rganish
hisoblanadi.
10. Zoogigiyen
Fanining vazifasi
?
A. chorvachilikni rivojlantirishning gigienik ahamiyati, xalq xo‘jaligiga keng
joriy qilinishi, turli chorva mollari va parrandalarni saqlashda gigiyena
talablarini amalga oshirishdir
B. Havo, tuproq, suv, oziqa, molxonalar gigiyenasi, mollarni yaylovda boqish
-saqlash, mollarni parvarish qilish, hayvonlarni tashish va haydash, chorva
xodimlarini shaxsiy va umumiy gigiyenasini o‘rganadi.
C. hayvonlarni saqlash, boqish, oziqlantirish qoidalari bilan birgalikda
chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish, mahsuldorligini oshirish,
chorvachilik mahsulotlarining sifatini yaxshilash, ekologik muhitni himoya
qilish uchun bajariladigan tadbirlarni amalga oshirish, zooveterinariya
tadbirlarining xalq xo‘jaligini rivojlantirishdagi ahamiyatini o‘rganish
hisoblanadi.
Asosiy adabiyotlar:
Suvanqulov Y.A. «Qishloq xo‘jalik hayvonlari gigiyenasi» Toshkent, 1994
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1.
Kuznetsov A.F., Demchuk M.V. – «Gigiyena selskoxozyaystvennыx
jivotnыx» Moskva, 1991
2.
Medvedskiy V.I. «Soderjanie, kormlenie i uxod za jivotnыmi». Minsk,
2007
3.
Kochish I.I., Kolyujnыy N.S., Volchkova L.A., Nesterov V.V.
«Zoogigiyena», Moskva, 2008
Do'stlaringiz bilan baham: |