GIPOKSIK HOLATLARNING OLD INI OLISH VA DAVOLASH
Gipoksiyani davolash bir qancha tadbirlarni o'z ichiga olib,
gipoksiyaning turiga, bosqichiga va darajasiga hamda organizmning
gipoksiyaga qarshi javob reaksiyasiga bog'liqdir. Birinchi navbatda
kislorod yetishmovchiligiga olib keladigan asosiy sababni yo'q qilish
zarur. To'qimada kislorod yutilish qobiliyati buzilmaganda kislorod
yuborish asosiy mezon hisoblanadi. Bir qator kasalliklarda kislo
rodni baland bosim ostida yuboriladi (giperbarik oksigenatsiya). Bu
esa qonda va to'qimada fizik eritilgan kislorod zaxirasini tashkil etadi.
Bu usul is gazi va
barbituratlardan zaharlanganda, tug'ma yurak
poroklarida hamda yurak operatsiyalarida, vaqtinchalik qon aylanishi
va nafas olish to'xtatib qo'yilganda qo'llaniladi.
Kuchsiz gipoksiyada qon aylanish va nafas olish sistemalari
tom onidan himoya reaksiyalarini oshirish maqsadida asab
sistemasini rag'batlantirish muhim ahamiyatga ega. Organizmning
umumiy chidamliligini oshiradigan buyrak usti bezi po'stlog'i va
gipofiz gormonlarining ishlatilishi patogenetik jihatdan isbotlangan.
Gipoksiyada patologik o'zgarishlaming to'xtashiga, anaerob alma-
shinuvdagi zaharli moddalarni zararsizlantirishga
qaratilgan tad-
birlar muhim ahamiyatga ega.
To'qima va hujayralardagi buzilishlarning oldini oladigan,
gipoksiyaga qarshi ishlatiladigan dorilar ishlab chiqarishga katta
ahamiyat berilmoqda. Nafas olish zanjiridagi elektronlami tashuvchi
sun’iy dorilar (sitoxrom C, gidroxinon) ishlab chiqarilmoqda.
Fosforlangan karbonsuvlarning tekshiruvi o'tkazilmoqda, ular
anaerob yo'l bilan ATF hosil bo'lishiga sharoit tug'dirishi mumkin.
Glikolizni kuchaytiruvchi va organizmni kislorodga bo'lgan talabini
pasaytimvchi moddalami ishlatish ham maqsadga muvofiqdir.
Gipoksiyada chiniqtirish usuli organizm chidamliligini faqat
shu ta’sirotga oshirib qolmasdan, balki boshqa ko'pgina noqulay
omillarga,
jumladan, jismoniy zo'riqishga, tashqi muhit harorati
o'zgarishiga, infeksiyaga, zaharlanishga nisbatan ham oshiradi.
Bir so'z bilan aytganda, gipoksiyaga chiniqtirish organizmni
umumiy nospetsifik chidamliligini oshiradi.
172
ImmunTistemaning patologiyasi haqida fikr yuritilganda, gap
birinchi navbatda allergiyaga
oid ilmiy va amaliy, ayniqsa uning
klinik ko'rinishlariga, turlari va nihoyat davolash masalalari,
awalo immun sistemasining anatomik, morfologik tuzilmalari
hamda fiziologik faoliyatiga doir masalalarga borib taqaladi. Ilmiy
tibbiyotda allergiya ta’limoti XX asrda (1902-y.)
Porte va Rishe-
larning anafilaksiyaga oid izlanishlari (1906-y.) Pirkening aller
giya tushunchasini tibbiyotga kiritishidan boshlangan deb hisob-
laydilar. Aslida esa, tarixiy nuqtayi nazardan qaralsa, qadimiy
yunon olimlari (Gippokrat va uning maktabi) bu haqda sodda
bo'lsada; o'z fikr-mulohazalarini qo'lyozmalarda
aks ettir-
ganliklari ma’lum.
0 ‘rta asrda Ibn Sinoning bugungi kunda ham o‘z mavqeini
yo‘qotmagan bronxial astma kasalligi haqidagi fikri va tasnifi bilan
tanishib, hayratda qolish mumkin xolos. Angliyalik shifokorlar
Jon Bostok va Charlz Bleyush (1873) pichan isitmasining klinik
belgilari va uning kelib chiqishida gullar va o'tlar changining
etiologik roli bo‘yicha tadqiqotlarida Ibn Sino bergan m a’lu-
motlarini yuqori baholab e’tirof etganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: