X. U. Aliyev Darslikda umumiy patofiziologiya, tipik patologik jarayonlar asoslari va



Download 5,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/199
Sana24.04.2022
Hajmi5,26 Mb.
#578682
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   199
Bog'liq
Abdullayev N Patologik fiziologiya asoslari 2007

GEMIK (QO N) GIPOKSIYA
Gipoksiyaning bu turi qon sistemasidagi patologik o'zgarishlar 
asosan qonning effektiv kislorod sig'imi kamayishi tufayli yuzaga 
keladi. Gemik gipoksiya kamqonlik va gemoglobinning faoliyati 
.buzilishi natijasida hosil bo'ladigan gipoksiyalarga bo'linadi. Ane­
miyaning gipoksiyaga olib kelishi haqida «qon sistemasining pa­
tologik fiziologiyasi» bo'limida batafsil ma’lumot berilgan.
169


Patologik sharoitlarda gemoglobinning shunday birikmalari 
hosil boMishi mumkinki, ular kislorod tashish vazifasini bajara 
olmaydi. Bularga misol qilib karboksigemoglobinni, ya’ni gemo­
globinning uglerod oksidi ( C 0 2) bilan birikmasini ko'rsatish 
mumkin. Gemoglobinning C 0 2 ga birikish qobiliyati kislorodga 
nisbatan 300 marta yuqori, bu esa is gazini juda zaharli ekanligini 
anglatadi; zaharlanish havoda hatto uning ozgina miqdorida ham 
yuz beradi. Bunda faqat gemoglobin emas, balki tarkibida tem ir 
boMgan nafas fermentlarining faoliyati ham buziladi. Nitrat, nitrit 
va anilin mahsulotlari bilan zaharlanishda metgemoglobin hosil 
boMib, u o'zida uch valentlik (Fe3+) temir tutadi va kislorodni 
biriktira olmtiydi.
TO'QIMA GIPOKSIYASI
To'qima gipoksiyasi
— bu to'qimalarda kisloroddan yetarli 
foydalanishning buzilishidir. Bunda to'qima kislorod bilan yetarli 
miqdorda ta’minlanayotgan bir paytda, biologik oksidlanish buzi­
ladi. To'qima gipoksiyasining asosiy sababi nafas fermentlari 
faolligi yoki miqdorining pasayishi hamda oksidlanish va fosfor- 
lash jarayonlarining buzilishidir.
Sitoxromoksidaza, ya’ni nafas olish zanjiridagi oxirgi ferment- 
ning sianid monoyodasetatdan zaharlanishi to'qima gipoksiyasiga 
yorqin misol boMishi mumkin.
Alkogol va boshqa giyohvand moddalar (efir, uretan)dan za­
harlanganda ham degidrogenazalar parchalanadi va to'qim a 
gipoksiyasi ro'y beradi.
T o'qim a gipoksiyasini paydo qiluvchi nafas ferm entlari 
sintezining pasayishi avitaminozlarda ham kuzatiladi. Bu holat 
ayniqsa riboflavin va nikotin kislotasi kamayganda kuzatiladi. 
Chunki ular flavin fermentlarining prostetik guruhiga va degidro­
genazalar tarkibiga kiradi.
Oksidlanish va qaytarilishning uzilib qolishi natijasida biologik 
oksidlanishning samaradorligi pasayadi, energiya erkin issiqlik 
sifatida tarqalib ketadi, makroergik birikmalaming resintezi pasa­
yadi. Energetik ochlik va metabolik siljishlar ro'y beradi.
170


To‘qima gipoksiyasida erkin radikal oksidlanishning faollashuvi 
ham-ahamiyatga ega bo'lishi mumkin. Bunda erganik moddalar 
molekular kislorod tomonidan nofermentativ oksidlanishga uch­
raydi. Yog'laming o‘ta oksidlari mitoxondriyada va lizosomada 
membranalar beqarorligini chaqiradi. Erkin radikal oksidlanishi- 
ning oshishi, shuningdek uning tabiiy ingibitorlari yetishmaganda 
(tokoferol, rutin, glutation, serotonin, ba’zi bir steroid gormon- 
lar), ionli nurlanish ta ’sirida, atmosfera bosimi ortganda kelib 
chiqadigan to'qima gipoksiyasida ham kuzatiladi.

Download 5,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish