X. U. Aliyev Darslikda umumiy patofiziologiya, tipik patologik jarayonlar asoslari va


IMMUNOPATOLOGIK HOLATLAR VA REAKSIYALAR



Download 5,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/199
Sana24.04.2022
Hajmi5,26 Mb.
#578682
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   199
Bog'liq
Abdullayev N Patologik fiziologiya asoslari 2007

IMMUNOPATOLOGIK HOLATLAR VA REAKSIYALAR
Spetsifik yoki immunogen reaktivllik — bu tom ma’noda ayt- 
ganda organizmning antigen ta’siriga nisbatan javobi bilan ifodala- 
nadigan xususiyatdir.
Immunogen reaktivlikning moddiy asosi, immun yoki immuno- 
kompetent sistema (IKS) bo'lib, u organizmning unga genetik 
jihatdan yot bo'lgan axborot tutuvchi omillarni topish, ularning 
tuzilishini buzish va ajratib olib (eliminatsiya qilib), ularning 
biokimyoviy, struktur, funksional va umuman biologik xususiyat­
larini bartaraf etishni ta’minlovchi maxsus organlar, to'qimalar, 
hujayralar va gumoral omillar, ularni idora etuvchi mexanizmlar 
to'plamidan iborat.
Morfologik jihatidan tarqoq (limfoid va qon ishlab chiqaruvchi 
organlar, tananing turli qismlarida joylashgan limfoid hujayralar
^
IM M UN SISTEMA PATOFIZIOLOGIYASI
173


yig'indisi — tugunlari va hokazo), ammo qon va limfaning doimiy 
harakati tufayli yaxlit kompleks sifatida ishlovchi immun sis- 
temaning markaziy (timus, Fabritsius qopchasi, insonda uning 
rolini ko'mik bajaradi) va periferik organlari (limfatik tugunlar, 
taloq) tafovut etiladi.
Evolutsiya nuqtayi nazardan IKS har bir shaxsning antigen 
tarkibini nazorat qilib turuvchi mexanizm sifatida shakllangan. 
Ushbu mexanizmning asosida IKS hujayralarining organizmning 
q'ziga xos oqsillarini tutuvchi hujayralar va birikmalarini unga yot 
bo'lganlaridan farqlay olish qobiliyati yotadi. Ana shunday 
omillarning organizmda borligini aniqlash, odatda, ularni faol- 
sizlantirish, yemirish va organizmdan ch.iqarib tashlash bilan ku­
zatiladi.
Immun reaksiyaning dastlabki davri organizmga begona bo'lgan 
antigenni aniqlash, u to'g'risidagi axborotni IKS ning ish baja­
ruvchi hujayralariga yetkazishdan boshlanadi.
Antigen bu — ekzo— yoki endogen kelib chiqishga va odatda 
immun reaksiyani chaqirish qobiliyatiga ega bo'lgan moddadir. 
Bunday reaksiya, asosan, antigen bilan o'zaro ta’sir etib, uni 
faolsizlantirish va organizmdan chiqarish bilan kuzatiladigan 
immun, ya’ni spetsifik antitanalar va (yoki) limfositlarni ishiab 
chiqarishdan iborat.
Biokimyoviy tuzilishi, kelib chiqishi, organizmga tushish yo'l­
lari, xususiyatlari va boshqa ko'rsatkichlariga ko'ra antigenlaming 
bir necha turlari tafovut etiladi. Masalan: biokimyoviy tuzilishiga 
ko'ra ularni oqsillar, oqsil tutuvchi birikmalar (to'la qimmatli), 
antigenlar va oqsil bo'lmagan agentlar (to'la qimmatli bo'lmagan 
antigenlar — gaptenlar)ga bo'linadi. Kelib chiqishi bo'yicha esa 
ekzogen (infeksion, parazitar va infeksion bo'lmagan) va endo­
gen (autoantigenlar, infeksion, parazitar va infeksion bo'lmagan) 
antigenlar farqlanadi.
Oqsil bo'lmagan birikmalar — gaptenlarga polisaxaridlar
lipidlar, ba’zi sintetik polimerlar, noorganik moddalar (masalan, 
•yod, brom, vismut dori vositalari va hokazo) kiradi. Gaptenlar 
yakka holda noimmunogen bo'lib, faqat organizm oqsillari va 
hujayralari bilan o'zaro ta’sirdan keyingina immun reaksiyani
174


chaqirish qobiliyatiga ega boMadi. Antigenlaming immunogenlik 
darajasi turlicha bo'lib, bu bir tomondan, antigenning tebiati, 
uning xususiyatlariga, ikkinchi tomondan esa, organizm IKSi- 
ning holatiga bogMiq. Ammo antigenning immunogenligini 
oshiruvchi asosiy omillar uning molekular massasining kattaligi 
(1—2 daltondan ortiq), kimyoviy jihatidan turli tabiatli boMganligi 
(chunonchi, uning molekulasida aromatik birikmalaming mav­
judligi), genetik jihatidan qanchalik begona boMish (filogenetik 
farq qancha kQ£p boMsa, immun reaksiya ham shunchalik kuchli 
ifodalangan boMadi), antigen dozasining yuqoriligi, antigenning 
organizmga tushish yoMi (ayniqsa, parenteral tushganda reaksiya 
maksimal darajada boMadi) katta ahamiyatga ega.
Antigenni topish, yemirish va organizmdan chiqarishni IKS 
hujayralari amalga oshiradi. IKS A—B va T — hujayralarning sub- 
sistemasiga ega. A — hujayralar subsistemasi (lotincha adhaeso — 
yopishish) asosan mononuklear hujayralar — monositlar va 
to'qim a makrofaglaridan tashkil topgan bo'lib, ularning yot 
antigenlarni topish, yutish va ular haqidagi axborotni T- va B- 
limfositlarga yetkazish qobiliyati nihoyatda katta.
B — hujayralar subsistemasi limfositlarning klon (oila)laridan 
tashkil topgan. Ularning bunday nomlanishiga sabab, Fabrisius 
xaltasi (qushlarda topilgan) so'zlaridagi «vursa» so'zining bosh 
harfidan olingan. Odamda va boshqa sut emizuvchilarda bu 
xaltachaga o'xshash tuzilmalar, guruhli limfatik follikulalar
Peyer tugunlari, bodomsimon bezlar zonalarida aniqlangan.
Antigen bilan birinchi bor to'qnashganda B — limfositlarning 
bir qismi antitana ishlab chiqaruvchi plazmatik hujayralarga, 
qolganlari esa uzoq yashovchi va qayta aylanib yuruvchi immun 
xotira hujayralariga aylanadi. O'sha antigen bilan bu hujayralarning 
qayta uchrashuvi xotira limfositlarining ko‘plab blast-transfor- 
matsiyalanishi, ularning esa differensiallashib — takomillashib 
spetsifik antitanalar ishlab chiqaruvchi plazmatik hujayralarga 
aylanishiga olib keladi.
Spetsifik(maxsus) antitanalar oqsillarning globulinlar frak- 
siyasiga oid, ularning hosil boMishini chaqirgan antigen bilan 
o'zaro reaksiyaga kirishadi va antigen-antitana kompleksini hosil
175


qiladi. Ko'pchilik immunoglobulinlar komplementning ma’lum 
fraksiyalarini bog'lash qobiliyatiga ega.
Odamda immunoglobulinlaming 5 ta asosiy (A, E, J, M, D) 
sinflari tafovut etiladi. T — hujayralarning subsistemasi T — 
lim fositlarning turli klonlari sifatida mavjuddir. U larning 
proliferatsiyasi va yetilishi asosan ayrisimon bez — tim us 
ishtirokida boradi va shuning uchun ular timusga qaram T — 
limfositlar deb belgilanadi.
T — hujayralarning antigen bilan ilk bor to'qnashishi, ular­
ning blast-transformatsiyasi va differensiallanib uzoq yashovchi 
turli subpopulatsiyalarni, shu jum ladan xotira limfositlariga 
aylanishi bilan davom etadi. Antigen bilan takroran to'qnashuvda 
xotira hujayralari blast-transformatsiya va differensiatsiyaga uchrab, 
turli klonlarning spetsifik T — limfositlarga aylanishi kuzatiladi.
Immun javob IKS ning barcha subsistema hujayralari tomonidan 
«tashkil etiladi». Bunda T va B — subsistemalarda «bajaruvchi» 
hujayralaridan tashqari idora etuvchi (T — xelperlar, T — sup- 
ressorlar, B — supressorlar va boshqalar) hujayralar ham borligi 
diqqatga sazovor. IKS faoliyatining buzilishi, odatda qonuniy ravishda 
turli immunopatologik holatlaming rivojlanishiga olib keladi.

Download 5,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish