II.Asosiy qism
1.Asosiy vositalar bilan ta’minlanish darajasining tahlili
2.Asosiy vositalaridan foydalanish samaradorligi tahlili.
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan Adabiyotlar
KIRISH
Bozor munosabatlari sohasida har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z tasarrufidagi barcha resurslar – moliyaviy, moddiy, mehnat va pul resurslari harakati hamda ulardan foydalanish samaradorligini to‘g‘ri boshqarishni ta’minlashi zarur bo‘ladi. Ko‘pgina korxona va tashkilotlar iqtisodiy mustaqillik hamda ichki va tashqi bozorda bitimlar tuzish huquqini qo‘lga kiritganlaridan so‘ng xo‘jalik yuritishning yangi sharoitlariga bosqichma-bosqich tayyor bo‘lib bordi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarida ko‘p ukladli iqtisodiyot negizlarini yaratish muhim masala hisoblanadi.Respublikamiz hukumati iqtisodiyot tarmoqlarini isloh qilishga, ularning shaklan va mazmunan yangi tuzilmasini yaratishga asosiy e’tiborni qaratmoqda. Bu borada Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrni ilgari surganlar: «Iqtisodiyotimizda asosiy va yetakchi tarmoqlarda, xususan, qishloq xo‘jaligida tuzilmaviy o‘zgarishlarni amalga oshiribgina, biz mahsulotlarimiz eksporti ko‘payishiga, to‘lov balansida ijobiy qoldiqni ta’minlashga va shu yo‘l bilan iqtisodiy mustaqilligimizni kafolatlashga erisha olamiz».Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o‘zining ma’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘z mavqeyini mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Biroq o‘z o‘rnida ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv va globallashuvning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda ma’lum ziddiyatli jihatlari ham mavjud. Jumladan, turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi, dunyo mamlakatlari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jihatidan tafovutning, ekologik tahdidlarning kuchayib borishi, turli mamlakatlarda aholi sonio‘zgarishining keskin farqlanishi kabi holatlar jahon xo‘jaligining yaxlit tizim sifatida barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, mazkur jarayonlarning yana bir xususiyatli jihati – jahonning bir mamlakatida ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi hisoblanadi. Mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror iqtisodiyotni amalga oshirish borasidagi keng ko‘lamli islohotlar bugungi kunda, ayniqsa, hozirda hukm surayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida, o‘zining natijalari bilan naqadar samarali va to‘g‘ri ekanligi o‘z tasdig‘ini topmoqda. Xususan, qisqa muddat ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirildi, aholi daromadlarining o‘sishi ta’minlandi, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlari kuchaydi, qishloq xo‘jaligi isloh qilindi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi barqaror rivojlantirilmoqda, moliya-bank tizimi mustahkamlandi va hokazo. Bularning barchasi O‘zbekistonning jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qarshi turishining asosiy omillari sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shunga ko‘ra, biz mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi chora-tadbirlarini belgilashda jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarining ta’sirini har tomonlama hisobga olishimiz, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta’siri nuqtayi nazaridan shakllantirishimiz va ularni izchil amalga oshirishimiz taqozo etiladi. Globallashuv jarayonlarining kengayishi jahon mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning yanada takomillashuviga olib keladi. Jumladan, globallashuv natijasida transmilliy korporatsiyalar, ularning turli ko‘rinishdagi xalqaro birlashmalari faoliyatining tarkib topishi va kengayishi, xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajaga o‘tishi, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining yanada kuchayishi ro‘y beradi. Umuman olganda, globallashuv jarayonlari jahon xo‘jaligining yaxlit iqtisodiy tizim sifatida rivojlanishida sifat bosqichi hisoblanib, yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Biroq globallashuv jarayonini mutlaqlashtirish va unga bir tomonlama qarash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki mazkur jarayon o‘zining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda ziddiyatli tomonlariga ham ega. Jahonning bir mamlakatida ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi ana shulardan biri hisoblanib, bugungi kunda ro‘y berayotgan moliyaviy inqiroz ham aynan shu ma’noda globallashuv jarayonlarining oqibati hisoblanadi.
1. Asosiy vositalar bilan ta’minlanish darajasining tahlili
Ma’lumki, asosiy vositalarsiz hozirgi zamon ishlab chiqarishini tashkil etish
mumkin emas. Ularning mavjudligi, sifati, unumdorligi ishlab chiqarishning
samarasini hal qilishda asosiy o’rinni egallaydi. Xo’jaliklarda mavjud vositalar ikki
katta guruhga bo’linadi. Bular asosiy va aylanma fondlardir.
Asosiy vositalar bir necha ishlab chiqarish jarayonida qatnashadi, o’zining
qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo’lib-bo’lib o’tkazadi. Bu eskirgan
qiymat, amortizatsiya shaklida namoyon bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonlarida
ishtirok etib, tamomam eskirib bo’lganda ham o’zining fizik shaklini
o’zgartirmaydi. Ana shu xususiyatlarga ega va talablarga javob beradigan vositalar
asosiy vositalardir. Bularga imorat va inshoatlar, mashinalar (kombaynlar,
traktorlar va h.q.), transport vositalari, asbob – uskunalar, ko’p yilllik daraxtzorlar,
uzumzorlar, mahsuldor chorva mollari va ishchi hayvonlar kiradi. Asosiy vositalar
asosiy vositalarning qiymat ko’rinishiga ega qismi bo’lganligi uchun ham asosiy
ishlab chiqarish vositasi bo’lgan yer asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi. Ishlab
chiqarishda qatnashishiga qarab asosiy vositalar ikkiga, ya’ni ishlab chiqarishga
tayin etilgan va ishlab chiqarishga tayin etilmagan asosiy fondlarga bo’linadi.
Ishlab chiqarishga tayin etilmagan asosiy fondlarga ijtimoiy sohaning asosiy
fondlari kiradi.
Fermer xo’jaliklari o’z balanslarida mavjud asosiy fondlardan
foydalanishning holatini ko’rsatkichlar tizimi bilan aniqlab boradi. Qishloq
xo’jaligi korxonalarining fond bilan ta’minlanish darajasi. Bu ko’rsatkich
xo’jalikda mavjud asosiy fondlarning o’rtacha yillik qiymatini yer moydonlariga
(qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar, haydaladigan yerlar, ekin maydonlari) bo’lish
yo’li bilan aniqlanadi.
Fermer xo’jaliklari barcha turdagi yaroqli va sifatli asosiy vositalar bilan
yetarli darajada ta’minlansa va ulardan samarali foydalansa, albatta mahsulot
ishlab chiqarish jarayoniga ijobiy ta’sir qiladi, natijada moddiy ne’matlar
yetishtirish ko’payadi, sifati yaxshilanadi, sof foydasi ko’payib, iqtisodiyoti mustahkamlanadi, oqibatda milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga, hamda xalqning
turmush darajasining o’sishiga sababchi bo’ladi.
Shu nuqtai nazardan xo’jalikning asosiy vositalardan foydalanish
samaradorligini uzluksiz ravishda tahlil qilib turish va ular asosida mavjud
imkoniyatlarni aniqlash hamda ularni jalb qilish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab
chiqish katta ahamiyatga egadir.
Fermer xo’jaliklarining asosiy vositalar bilan ta’minlanganligini o’rganishda
tahlilning vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
− xo’jalik subyektlarining asosiy vositalar bilan yetarli darajada
ta’minlanganlik holatiga baho berish;
− asosiy vositalarning tarkibi, tuzilishi va dinamik o’zgarishlariga baho berish;
− korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik holatini yaxshilash
bo’yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash va ularga baho berish;
− asosiy vositalarning texnik holatiga baho berish;
− asosiy vositalarning harakat ko’rsatkichlarini o’rganish va ularga baho
berish;
− asosiy vositalardan samarali foydalanganlik darajalariga baho berish;
− xodimlarning asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajalariga baho berish;
− asosiy vositalar samaradorligini oshirish bo’yicha mavjud imkoniyatlarni
ko’rsatib berish va hakozo.
Fermer xo’jaliklarining asosiy vositalarini tahlil etishda asosiy axborot
manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
• Fermer xo’jaliklarining biznes reja ma’lumotlari;
• “Buxgalteriya balansi” (1-shakl);
• “Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi” hisobot (3-shakl).
Fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarishni zamon talabiga mos holda
rivojlantirish ko’p jihatdan asosiy vositalar bilan ta’minlanish darajasiga va
ulardan samarali foydalanish darajasiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham
xo’jalikning asosiy vositalar bilan ta’minlanish darajasini hamda ulardanfoydalanish ahvolini o’rganish va iqtisodiy tahlil qilish katta ahamiyatga egadir,
chunki tahlil tufayli asosiy vositalar bilan ta’minlanish darajasini yaxshilash va
ulardan samarali foydalanish darajasini oshirish imkoniyatlari aniqlanadi. Shuning
uchun ushbu jarayonda ham tahlilni uzluksiz ravishda tashkil qilish zarur.
Ushbu bo’limda Payariq tumani “Ziyaboy Ortiqov” fermer xo’jaligining
asosiy vositalar bilan ta’minlanish ko’rsatkichlarini hisoblash va tahlil qilish tartibi
bayon qilinadi.
Fermer xo’jalikning asosiy vositalar bilan ta’minlanish ko’rsatkichlari bo’lib
quyidagilar hisoblanadi:
1. Fermer xo’jalikning fondlar bilan ta’minlanish koeffisiyenti
FT =AIF / M
2. Fermer xo’jalikning energetik resurslar bilan ta’minlanish koeffisiyenti
ET =EQ / M
3. Fermer xo’jaligida mehnatning fondlar bilan qurollanish koeffisiyenti
MFQ =AIF / T
4. Fermer xo’jaligida mehnatning energetik resurslar bilan qurollanish
koeffisiyenti
MEQ=EQ / T
Payariq tumani “Ziyaboy Ortiqov” fermer xo’jaligining asosiy ishlab
chiqarish vositalari bilan ta’minlanish darajasining tahlilini ko’rib chiqamiz:
FTD =AIF / M
bunda,
FTD – xo’jalikning asosiy ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlanish
darajasi;
AIF – asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymati;
M – fermer xo’jalikning yer maydoni.
Ushbu formuladan ko’rinib turibdiki, xo’jalikning fondlar bilan ta’minlanish
darajasining o’zgarishiga ikki omil ta’sir ko’rsatgan:
1. Xo’jalik yer maydoni hajmining o’zgarishi;
2. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymatining
o’zgarishi.
Omillarning ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usuli quyidagi 3 ta zanjirli
bog’lanish ko’rsatkichlarini aniqlab olamiz:
1. Bazis yilidagi fondlar bilan ta’minlanish koeffitsiyenti:
2. Shartli fondlar bilan ta’minlanish koeffitsiyenti:
3. Hisobot yilidagi fondlar bilan ta’minlanish koeffitsiyenti:
Hisobot yilidagi fondlar bilan ta’minlanish koeffisiyentidan bazis yilidagi
ta’minlanish darajasini ayirib tashlab, uning umumiy o’zgarishi aniqlaymiz:
Asosiy ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlanish darajasining umumiy
o’zgarishiga xo’jalikning yer maydoni hajmining o’zgarishini ta’sirini aniqlash
uchun shartli fondlar bilan ta’minlanish darajasidan bazis yilidagi fondlar bilan
ta’minlanish darajasini ayiramiz:
Asosiy vositalar bilan ta’minlanish darajasining umumiy o’zgarishiga asosiy
vositalarning o’rtacha yillik qiymatining o’zgarishini ta’sirini aniqlash uchun
hisobot yilidagi fondlar bilan ta’minlanish darajasidan shartli fondlar bilan
ta’minlanish darajasini ayiramiz:
Mazkur omillar ta’sirlarining yig’indisi fermer xo’jaligining fondlar bilan
ta’minlanish darajasining umumiy o’zgarishiga teng kelishi kerak.
Payariq tumani “Ziyaboy Ortiqov” fermer xo’jaligining keyingi uch yillik
hisobot ma’lumotlari asosida asosiy vositalari bilan ta’minlanish darajasi
dinamikasining tahlilini ko’rib chiqamiz (4.2.1-jadval).