5-Mavzu: Qonning shaklli elementlari
Reja Eritrositlar Leykositlar Trombositlar Gemoglabin 5Qon guruhlari. Immunitet.
Qonning shaklli elementlariga eritrositlar, leykositlar va trombositlar kiradi (3, 4 va 5 rasmlar).
Eritrositlar, yoki qizil qon tanachalari odamda va sut emizuvchilarda yadrosiz bo’lib, ularning shakli o’rtasida ikki tomonidan botiq yumaloq kulchalarni eslatadi. Shaklining bunday bo’lishi ularning sathini kattalashtiradi. Eritrosit – hujayra asosi stroma va yuza qavat – qobiqdan iborat. Eritrosit qobig’i lipoid-oqsil komplekslaridan tuzilgan bo’lib, kaliy va natriy ionlarini o’tkazmaydi, ammo xlor anionlarini, shuningdek H+ va OH- ionlarini bemalol o’tkazadi.
Eritrositlar va plazmaning mineral tarkibi bir xil emas,: odam eritrositlari yadrosiz bo’ladi. 1 mm3 qonda 4-6 milion, o’rtacha 5 million dona eritrositlar bo’ladi. Yangi tug’ilgan chag’aloqlarda eritrositlar katta odamlarga nisbatan ko’p bo’ladi.
Qondagi eritrositlar miqdori o’zgarib turadi. Masalan, barometrik bosim past bo’lganda (balandlikka ko’tarilganda), jismoniy mashg’ulotlar vaqtida, emosional holat davrida, shuningdek organizm ko’p suv yo’qotganda eritrositlar miqdori oshib ketadi. Qondagi eritrositlar miqdorining ko’payishi turlicha vaqt davom etishi mumkin. Lekin bu organizmda eritrositlarning umumiy miqdori ortib ketganligidan dalolat beravermaydi, chunki qattiq terlash oqibatida ko’p suv yo’qotilganda qon qisqa vaqt quyuqlashadi. Shu sababli organizmdagi eritrositlarning mutlaq miqdori garchi o’zgarmasa ham, hajm birligidagi eritrositlar soni ko’payadi.
Turli hissiyotlar jarayonida, sport bilan shug’ullanish paytida va jismoniy ish vaqtida qondagi umumiy eritrositlar miqdori ko’payadi. Eritrositlar miqdorining ortib ketishi haqiqiy eritrositoz, kamayib ketishi esa eritropeniya deb ataladi. eritrositlarning soni va ular tarkibidagi gemoglobin miqdorining kamayishiga kamqonlik (anemiya) kasalligi deyiladi.
Eritrositlarlarning hosil bo’lishi va soni me’yor miqdorda bo’lishi kishining sog’ligiga, ovqatlanishiga, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishiga, quyoshning ultrabinafsha nurlarini yetarli qabul qilishiga bog’liq. Ayniqsa, ovqat tarkibida oqsillar, temir moddasi, B guruhga kiruvchi vitaminlar yetarli miqdorda bo’lishi zarur.
Suyak ko’migidan hosil bo’lib, qonga o’tgan eritrositlar 120 kun atrofida yashaydi. So’ngra ular jigarda va taloqda parchalanib temir moddasi suyak ko’migida yosh eritrositlar hosil bo’lishi uchun sarflanadi. Parchalangan eritrositlarning gemoglobini tarkibidagi gem moddasi jigarda bilirubin moddasiga aylanib, ut suyuqligi (pegmenti) hosil bo’lishi uchun sarflanadi.
Eritrositlarning asosiy vazifasi organizmning barcha hujayralarini kislorod bilan ta’minlashdan iborat. Ular tarkibidagi gemoglobin o’pka alveollaridan kislorodni o’ziga biriktirib oksigemoglobin (HbO2) hosil qiladi va hujayralarga yetkazadi, ularda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan karbonat angidridni (bikarbonatlarni) hosil qiladi va yana o’ziga biriktirib o’pkalarga olib boradi.
Shunday qilib, qonda eritrositlar juda ko’p bo’ladi. Hamma eritrositlarning umumiy sathi 3500m2 dir. Eritrositlarni qondan ajratib olib, zanjirga o’xshatib chizilsa, ular kurrai zaminni ekvatori bo’ylab uch marta aylantirib olishga yetgan bo’lur edi. Bu misol odamdagi eritrositlar miqdori haqida bir qadar tasavvur beradi. Eritrositlar taxlab chiqilsa, 6200 km balandlikdagi ustun vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |