Murakkab moddalar: Suv-H2O, shakar-C12H22O11, metan-CH4, soda-Na2CO3, etil spirt-C2H5OH, karbonat angidrid-quruq muz-CO2, is gazi-CO, ohak tosh-CaCO3, potash-K2CO3,
lyapis-AgNO3.
Oddiy moddalar o’z navbatida 2 ga metallar va metallmaslarga bo’linadi. Metallar o’ziga xos yaltiroqlikka, elektr va issiqlik o’tkazuvchanlikka va metal kristall panjarada erkin elektronlarga ega bo’lgan oddiy moddalardir. Metallar ichida eng qattiqi xrom, eng ko’p tarqalgani alyuminiy-Al, suyuq metall simob-Hg, elektrni eng yaxshi o’tkazuvchi kumush, eng plastik metall oltin, eng qiyin suyuqlanuvchi metall volfram-W.
Kumush Oltin
Alyuminiy Simob
Metallmaslarda metallar xossasini teskarisi kuzatiladi. Metallmaslar va barcha moddalar ichida eng qattiqi olmos hisoblanadi. Yagona suyuq metallmas brom, havo ta’rkibida eng ko’p uchrovchi metallmas azot-N2.
Do'stlaringiz bilan baham: |