X.O.Eshchanov
KIMYO
QO’LLANMA
2019-yil
Asosiy qonunlar va umumiy tushunchalar bo’limi
I.Kimyoda atom –molekular ta’limot.
Kimyoyiy element. Oddiy va murakkab moddalar.
Allotropiya.
Kimyo –arabcha-“qora” degan ma’noni anglatadi.
Atom-molekulyar ta’limotni 1741-yilda M.V.Lomonosov yaratdi.
Molekula va atomlar harakatini birinchilardan bo’lib 1827-yilda Broun aniqlagan. Molekula va atomlar harakatiga “Broun” harakati deb atladi.
Molekulalarning doimiy harakati tufayli turli modda molekulalari bir-birlari orasiga kirib aralashib boradi.
Difuziya hodisasiga misol qilib qandning suvda erishi, atir hidini xonada tarqalishi aytish mumkin.
Bir xil yadro zaryadiga (protonlar soniga) ega bo’lgan atomlar turiga kimyoviy element deyiladi.
Atomlar bir-biridan o’z og’irliklari, kattaliklari va ta’rkibidagi zarralar soni bilan farq qiladi. Misol: vodorod atomi nisbiy og’irli 1 bo’lsa, kislorod atominiki 16 ga teng. Demak vodorod atomi massasi kislorodnikidan 16 marta kichik ekan. Bu ko’rsatgichlar elemementlar- ning davriy sistemasida ko’rsatib o’tilgan. Har bir elementning belgilanishi ham davriy sistema- da ko’rsatilgan bo’lib, elementlarning lotincha nomlarini bosh va keyingi harflaridan foydalanilgan. Bunday belgilash usulini 1813-yilda shved olimi Y.Y.Berselius fanga olib kirgan. Elementlarning nomi turli minerallar, geografik joy, afsonaviy qahramonlar, olimlar nomlaridan va xossalaridan kelib chiqqan holda qo’yilgan. Masalan: Vodorod-Hydrogenium- H-( suv hosil qiluvchi), kumush-Argentium-Ag-(Argentina davlati sharafiga), Galliy-Gallium-Ga-(Fransiya- ning qadimiy nomi), Xrom- Chromium-Cr-( rangli ), Toriy-Thorium-Th-( skandivaniyaliklar mabudi Odenning o’g’li Tor sharafiga), Mendeleviy-Mendelevium-Md-( Mendeleyev sharafi -ga), Selen-Selenium- Se-(Oy nomiga atab), Tellur-Tellerium-Te-(yer nomiga atab).
Kimyo fanida birikmalar formularini yozishda eng ko’p foydalaniladigan elementlar quyidagilar.
H-vodorod B-bor Ca-kalsiy Ag-kumush As-mishyak
O-kislorod Al-alyuminiy Mg-magniy Au- oltin Cr-xrom
N-azot S-oltingugurt Be- berilliy Hg-simob Fe-temir
Na-natriy P-fosfor Ba-bariy Pb-qo’rg’oshin Ni-nikel
K-kaliy Si-kremniy Zn-Rux Sn-qalay C-uglerod
Li-litiy Cl-xlor Cu-mis Sb- surma I-yod
Moddalar ta’rkibiga ko’ra oddiy va murakkab moddalarga bo’linadi. Oddiy moddalar bir xil element atomlaridan, murakkab moddalar esa har xil element atomlaridan tashkil topgan.
Oddiy moddalar: Olmos-uglerod (C ) atomlaridan tashkil topgan. Oq fosfor – fosfor atomlaridan (P) iborat. Kislorod-O2 , vodorod gazi-H2 , ozon-O3 , oltin-Au, temir-Fe, grafit-C, oltingugurt-S.
Do'stlaringiz bilan baham: |