II. Moddalarning kimyoviy va tuzilish formulari
Moddalarning tarkibini element belgilari va indekslar bilan ifodalanishi- moddaning kimyoviy formulasi deyiladi.
Moddalarning kimyoviy formulalarini ifodalashda, elementlarning valentliklariga e’tibor qaratiladi. Valentlik nima? Valentlikni 1852-1853-yillarda E. Franklend fanga olib kirdi va quyidagicha tarifladi.
Eduard Franklend
( 1813-1891 y)
Ayni element atomi boshqa element atomlarinig nechtasini biriktira olishi yoki nechtasi bilan almashana olsa, o’sha son ayni elementning valentligini ko’rsatadi.
Masalan 1ta kalsiy atomiga 2 ta vodorod atomi birikadi, 1ta alyuminiyga 3ta vodorod atomi birika oladi. 1ta kislorodga 2 ta vodorod atomi birikadi.
Ca+ H2 CaH2 2Al+ 3H2 2AlH3 H2+O2 2H2O
Davriy sistemaning I A, IIA, IIIA guruhchalaridagi elementlarning valentliklari o’zgar- mas bo’lib, guruh raqamlariga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |