Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: Barcha ta`lim yo`nalishlari uchun


Ambivalent (ikkiyoklama) hissiyotda



Download 1,52 Mb.
bet53/140
Sana31.12.2021
Hajmi1,52 Mb.
#209974
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   140
Bog'liq
умум пс мажмуа 2021 eff615df2eeef9c87188ec402fe119d4

Ambivalent (ikkiyoklama) hissiyotda rohatlanish bilan azoblanish tuyg‘ulari o‘zaro qo‘shilib ketish bilan cheklanibgina qolmasdan, balki uyg‘unlashgan, aralashgan holda ularning kechishi muhim xususiyatla-ridan biri bo‘lib hisoblanadi. Masalan, rashk hissida muhabbat bilan nafrat bir-biri bilan uzviy bog‘lanib ketadi. Xo‘randa qorni ochligi uchun sho‘r ovqatni eb biologik ehtiyojni qondirib, bir tomondan rohatlanishi, ikkinchi tomondan esa noxush hisni kechirishi mumkin. Tashnalikdan iliq suvni ichib ham rohatlanishi, ham noxushlikka berilishi kuzatiladi. Kiyimi yupun shaxsga qalinroqto‘n berilsa, birtomondan quvonadi, ikkinchi tomondan esa uyaladi. Oshiq-larda sevish va o‘zidan nafratlanish holati kechadi yoki hijron shirin qayg‘u, lekin yoqimli istirob tarzidagi kechinmalar ikkiyoklama hissiyotga yorqin misoldir.

SHaxsning emotsional dunyosi uzluksiz tarzdagi ziddiyatlar, nizolar va ularning hal qilinishi, oldining olinishini aks ettirishdan iborat jarayonlar majmuasidir. Asosan ijobiy, salbiy va ik-kiyoklama hissiyotni keltirib chiqaradigan omillar quyidagilardan iboratdir: 1) shaxs bilan muhit o‘rtasidagi (tabiiy muhit, ijtimoiy muhit orasidagi) har xil mazmun hamda shakldagi munosabatlar; 2) tana a’zolari, ichki organizm tarkiblari muhitidagi munosabatlarning nisbiy muvozanati o‘zgarib turishi; 3) favquloddagi vazi-yatlar tufayli yuzaga keladigan har xil kechinmalar va boshqalar.

Xis-tuyg‘ularning yana bitta (to‘rtinchi) sifati shaxsning hissiyot ob’ektlariga nisbatan emotsional munosabatlarining qisqa muddatli aks etishini ta’minlovchi tashqi ta’sirining noaniqligi ifodalanishidir. SHuningdek, ob’ektlarning taassurotlari uzoq mud-datli xususiyatga ega bo‘lsa, bunday emotsional holatlar munosabat-larning sifati bo‘lishi mumkin; SHaxs o‘ziningturmush tajribasiga noma’lum, yap-yangi narsalarga duch kelsa, bu voqelik uni to‘lqinlan-tirishi, hayratlantirishi, unda havas va qiziqish uyg‘otishi mum-kin. Bu hissiy voqelik (hodisa) yangi taassurotni anglashning his-siy jabhasi bo‘lib hisoblanadi. Tabiiy va ijtimoiy muhitning anglab olish chigal hodisasi ehtiyoj bilan bog‘lanishdan hamda muay-yan barqaror munosabat yuzaga keltirishdan oldin hissiy holatning predmetiga aylanadi. SHuning uchun ma’lum kechinmalarning negizi-da tanho «bu nima refleksi»ni tushunish ehtiyoji yotadi. Bilish fa-oliyati bilan uyg‘unlasha borgan anglash hissi beqarorligi, qisqa muddatliligi bilan tafovutlanadi hamda ob’ektga nisbatan engil-roq salbiy yoki ijobiy munosabat sifatiga aylanadi.

Hissiyotning mazmuni turli-tuman bo‘lib, u shaxsning hayoti va taraqqiyoti imkoniyatlari bilan bog‘liq ob’ektlarga, hatto bevosita rohatlanish (azoblanish) hislarini yuzaga keltiruvchi narsalarga nisbatan munosabatlarida ifodalanadi. Demak, shaxsning hissiyot-lari turlicha moddiy va madaniy ehtiyojlariga asoslanadi, ularni qondirishga yordam beradigan omil ijobiy emotsiyani yuzaga keltira-di, so‘ng barqaror hissiyot singari mustahkamlanadi. Inson ehtiyo-jini qondirishga xalaqit beradigan narsa salbiy emotsional holat-ni vujudga keltiradi hamda hissiyot tariqasida mujassamlashadi.

Hissiyotning mazmuni to‘g‘risida mulohaza yuritilganda shu narsani eslatib o‘tish joizki, his-tuyg‘ular barqarorligi, maqsadga muvo-fiqligi: birinchidan, shaxsga hech qanday xavf-xatar, tahdid solma-yotganligini, ikkinchidan, insonning hayoti va faoliyatida uni baxt-omad kutayotganligini, uchinchidan, shaxslararo munosabati, jamiyatda tutgan mavqeini, to‘rtinchidan, tana a’zolarining salomatligini ro‘y rost aks ettiradi. Bu ko‘rinishlarning barchasi ijobiy sifat-lar ustuvorlik qilayotganligidan darak beradi, binobarin, yutuq-larga erishish ehtimoli darajasi yuksakligi, ijtimoiy yoki shaxsiy kutilma esa kafolatlanganligini anglatadi. SHaxs shaxslararo mu-nosabatning mahsuli bo‘lganligi tufayli undagi hissiyotlarning mazmuni, inson kamol topishi bilan uzviy bog‘liq tarzda, ko‘lami kengayib boradi, buning natijasida emotsional holatlar shaxsiy tor doiradan tashqari chiqib, tabiat hodisalari, jamiyat muammolari (iqtisodiy, siyosiy, tarixiy, ma’naviy jabhalar)ga taalluqli muno-sabatlarni o‘zida ma’naviy, mazmuniy, shakliy jihatdan mujassam-lashtiradi. Xuddi shu bois mas’uliyat valoqaydlik, muloqotmandlik va odamovilik, g‘azab va shavq, simpatiya va antipatiya, optimizm va pessimizm, xursandlik va xafalik, qahramonlik va qo‘rqoqlik, quvonch va qahr, ishtiyoq va zerikish, egoistlik va alturistlik, sofdillik va g‘arazgo‘ylik, mehnatsevarlik va dangasalik, samimiylik va lagan-bardorlik kabilarning barchasi kelib chiqishi (genezisi) jihatidan ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, quyidagi jabhalari bilan ajralib turuvchi: a) shaxsning shaxsiy nuqtai nazari; b) ijtimoiy hayotda egal-lagan mavqei; v) hayot va faoliyatda faolligi; g) jamiyatdagi hamkor-lik faoliyatda qatnashishi; d) guruh yoki jamoada shakllangan shaxs-lararo munosabatlari bilan bog‘liq hissiyotlardir. SHuni ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, shaxsning ba’zi his-tuyg‘ulari ularni ro‘yobga chiqa-ruvchi omillarning takroran ta’siri natijasida mustahkamlanib, uning (insonning) hukmron, ustuvor, barqaror emotsional xususiya-tiga aylanadi. SHu sababdan shaxslarning xushfe’l yoki jaholatli, qiziquvchan yoki sovuqqon, qo‘rqoq yoki jasur, mehribon yoki bag‘ri-tosh, xushmuomala yoki qo‘pol, kamgap yoki mahmadona degan yo‘sinda inson (shaxs) sifatida tavsiflash, baholash mumkin. Milliy tarbi-yaning, milliy g‘oyaning asosiy vazifalaridan biri mamlakatimiz fuqarolarida milliy istiqlol g‘oyalariga sodiqlik, fidoiylik, va-tanparvarlik, mas’uliyatlilik ruhidagi yuksakhis-tuyg‘ularni shakl-lantirishdan iboratdir. Mustaqillik ideallariga munosib shaxs-larni kamol toptirish uchun, vatan ishqi bilan yonuvchi faol, shijo-atli, irodasi bukilmas, barqaror motivatsiyaga ega bo‘lgan insoniy sifatlarni ularda shakllantirish maqsadga muvofiq.

SHuni eslab o‘tish lozimki, hissiyot o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, uning kuchayishi yoki susayishiga qarab qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan bashorat qilish yoki payqash mumkin. SHaxs-ning his-tuyg‘ularida ham barqaror, ham o‘zgaruvchan jabhalari birga-likda hukm suradi.

SHu sababdan shaxsning hissiyotida hukmron, ustuvor his-tuyg‘ular mavjud bo‘lishiga qaramay, ular vaziyat, sharoit yangilanish bois kes-kin o‘zgarishlarga uchraydi, dinamik stereotiplar zaiflasha bosh laydi. SHuning uchun psixologiyada hissiyot o‘zgarishining dinamika-si degan atamalar birikmasi uzluksiz ravishda qo‘llanilib kelina-di. SHaxsda namoyon bo‘layotgan hissiyot asta-sekin jadallashib borga-ni evaziga u ruhiy kechinma sifatida mustahkamlanib qolishi mum-kin. Masalan, jahon xalqlarida er kurrasining u yoki bu joylarida qo‘poruvchilik ko‘rinishlariga jirkanch nazar bilan qarash tuyg‘usi uyg‘ongan bo‘lsa, keyinchalik terrorizmga (lotincha {eggog — kuch ishla-tish bilan qo‘rqitish demakdir) qarshi shafqatsiz kurash, nafrat umumiy militarizmga (lotincha tPNalz harbiylashtirish ma’nosini anglatadi) yo‘naltirildi. Xalqparda narkotik (yunoncha pagkoPkov — miyani aynitadigan) moddalarga nisbatan jirkanch tuyg‘u kuchayib bo-rishi, dinamikasi sababli narkobiznes (inglizcha ‘i$te$$ foyda de-gani) bilan ayovsiz kurash insoniyat genini (zotini) buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikka o‘sib o‘tdi. SHaxs kechirayotgan his-tuyg‘ular mazmundor, aks ettirilayotgan hodisalar rang-barang, o‘zaro ta’sirlar, aloqalar, munosabatlar serqirra, ko‘pyoklamalik xususiyat kasb etsa, u holda hissiyot dinamikasiga puxta negiz hozirlaydi.

Lekin shuni ham ta’kidlash ma’qulki, hissiyot dinamikasi har xil kechishi, uning xususiyati, yo‘nalishi bir oz o‘zgarishi mumkin. CHunki hissiyot bir yo‘nalishda kuchayib borish bilan bir qatorda uning susayishi, hatto so‘nib borishi, haddan tashqari zaiflashuvi ham kuzatiladi. Masalan, intizomni buzgan xodimni «haydash» bilan qo‘rqitish emotsional ta’sirini yo‘qotadi, agarda biror jazo chorasi qo‘llanilmasa, mabodo talabani dars qoldirishi po‘pisa qilish bilan cheklansa, unda qo‘rqinch ruhiy holati yo‘qoladi. Ana shunday hodisalar va nomutanosibliklarningtakrorlanishi sababli emotsi-onal moslashuv (adaptatsiya) jarayoni vujudga keladi, demak, hissiyot-da o‘zgarish sodir bo‘lmaydi. Agarda hissiyot ob’ektining (narsa, hodi-sa, holat kabilarning) mazmuni, ma’nosi shaxsda qiziqish uyg‘ota olmasa, bunday holda emotsion to‘yinish yuzaga keladi, oldin qiziq tuyulgan narsa keyinchalik zerikarli, yoqimsiz, noxush kechinmalar hosil qila boshlaydi. SHaxs bir necha marta surunkasiga axborot, qo‘shiq, hangoma eshita bergach, unda hayajonlanish, rohatlanish, kay-fiyat ko‘tarilishi paydo bo‘lmaydi, aksincha insonda zerikish hissi uyg‘onadi, ularni eshitish esa jahl chiqazadi. SHuning uchun xohma’-lumot, xoh yumor bo‘lishdan qat’i nazar yangilik alomatlarisiz insonda qiziqish yo‘qoladi.




Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish