5. Odam va hayvon emotsiyalari
SHaxsning emotsional holatlari va kechinmalarining psixologlar va fiziologlar tomonidan eksperimental tarzda tadqiqot qilinishiga qaraganda, yuksak darajada tashkil topgan hayvonlar emotsiyalarining fiziologik mexanizmlaridan insonniki juda katta tafovut qilmaydi. Lekin muammo hissiyotning mazmuni, sifati, shakli, ifodalanishi nuqtai nazaridan tahlil qilinganda inson bilan hay-von emotsiyasi (hissiyot) orasida keskin farq mavjudligi namoyon bo‘ladi. Tabiatshunos va insonshunos olimlar hayvonlarda emotsio-nal reaksiyalar, holatlar mavjudligini tan olsalarda, biroq ularda murakkab hissiyot, yuksak his-tuyg‘ular borligiga shubha bilan Qaraydilar yoki inkor qiladilar. Bu fikrga to‘liq qo‘shilish mumkin, chunki insonlarda shunday his-tuyg‘ular borki, bunday hissiyot Hayvonlarda bo‘lishi mumkin emas, vaholanki g‘azablanish, qo‘rqish, jinsiy mayl, qiziquvchanlik, xursandlik, g‘amginlik har ikkalasi da uchraydi, ammo ular sifat va mazmun jihatdan bir-birlaridan keskin tafovutlanadi.
Inson emotsiyalari ijtimoiy hayotning shart-sharoitlariga mos-lashtirgan (patologik hollar istisno qilinganda), «ongli zot»ga taalluqli tabiat va jamiyatga nisbatan munosabatlarida namoyon bo‘ladi, maqsadga muvofiqlashtirish hamda boshqarish xususiyatiga ega. Ochlik hissi, jinsiy mayl va boshqa instinktlar sohalardagi emotsiyalar hayvon bilan insonda o‘xshash bo‘lsada, lekin ularning ifodalanishida farkdanishi mavjud. Bularning barchasi instinktiv harakat bo‘lishi bilan birga insoniylashidan iborat uzoq evolyusion, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan, murakkab qiyin-chiliklarni engish evaziga mazkur ko‘rsatkichga erishgan.
Inson hissiyotining ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari mavjud bo‘lib, ulardan eng asosiysi sababiy bog‘lanishlarga (determinirlashgan) egalikdir. Xuddi shu bois inson hissiyotlarining biologik va fiziologik tahlili, ularning tub mazmunini ochib bermaydi, shuningdek, hissiyotlar inson shaxsning ongli va ongsiz xatti-harakatlarini amalga oshiruvchi kuchga, ya’ni motivga o‘sib o‘tish yo‘lla-rini izohlab berishga qodir emas. Ma’lumki, emotsiyalarning «insoniylashuvi» hissiyotlar ichidan kechishi mazmuni va sifatlari jihatidan hayvonlarniki bilan qiyoslanganda o‘zining rang-barangli-gi, murakkabligi bilan shaxsniki ustuvordir. Insonlarning mehnat, ma’naviyat, siyosat. oila, ishlab chiqarish bilan o‘zaro munosabatlari, shuningdek, tabiat bilan odamlar orasidagi, shu bilan birga shaxslararo munosabatlar bir qator insoniy hissiyotlarning va ularni ifodalash, tatbiqetish vositalarini vujudga keltiradi SHaxs yuz ifodalari, boshini tebratish bilan, xo‘rsinish orqali o‘zgalarga hamdardlik (empatiya) tuyg‘usini bildiradi. Bolalarga odob bilan javob berishni, suhbatdoshiga iliq, samimiy jilmayishni, qariya va nogironlarga hurmat bilan joy bo‘shatishni, kichkintoylarga mehribonlikni shakllantirish lozim. SHaxs o‘z his-tuyg‘ularini o‘zi boshqaradi, ularni me’yoriy hujjatlar, ijtimoiy turmush qoidalari, etnik rasm-rusumlar, odatlar, an’analar, protsessual qonunlar nuqtai nazaridan goh ma’qullaydi, goh qoralaydi. SHu bilan birga insonlar kuchli va jo‘shqin emotsiyalari kechishida tashqi xotirjamlikni sakday biladilar. Ularning ba’zilari o‘z hissiyotlarini berkitish uchun o‘zlarini befarq tutadilar, salbiy emotsiyalarni ifodalashga intiladilar. SHaxs o‘zining mimika va pantomimikalarini boshqarish imkoniyatiga ega, lekin organlardagi tabiiy o‘zgarishlarni ushlab turish mumkin emas. Masalan, nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ko‘z yoshlarini ushlab turish, rangni qizartirish, oqartirish va hokazo.
Emotsiyalarning ifodalanishi quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin:1) ifodali harakatlar (mimika va pantomimikalar); 2) organizmdagi turli hodisalar (ichki a’zolar faoliyati va holatining o‘zgarishi; 3) gumoral xususiyatdagi o‘zgarishlar (organizmning qon tarkibidagi, suyuqlikdagi kimyoviy o‘zgarishlar, modda almashish va hokazo). Emotsiyalarning tashqi ifodasiga mimika, imo-ishora, vajohat, qaddi-qomat o‘zgarishi, tashqi sekretsiya bezlari faoliyati (yosh, so‘lak, ter ajralishi), xatti-harakatlar (tezligi, kuchi, yo‘nali-shi, muvofiqlashuvi), nutqning xususiyatlari va boshqalar. Emotsiyalar, his-tuyg‘ular mazmuni, sifati, shakli jihatidan etnopsixologik xususiyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |