Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: Barcha ta`lim yo`nalishlari uchun



Download 1,52 Mb.
bet58/140
Sana31.12.2021
Hajmi1,52 Mb.
#209974
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   140
Bog'liq
умум пс мажмуа 2021 eff615df2eeef9c87188ec402fe119d4

Affektlar. Haddan ziyod tez kechirishi bilan miyada paydo bo‘luvchi, shaxsni tez qamrab oluvchi, jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga kelti-ruvchi, jarayonlar ustidan irodaviy nazoratlarning buzilishiga etaklovchi (o‘zini o‘zi boshqarishni zaiflashtiruvchi), organizm a’zolari funksiyasini izdan chiqaruvchi emotsional jarayonlarga affektlar deb ataladi. Affektlar qisqa muddatli bo‘lib, ular favquloddagi yong‘inga, yarqiragan portlashga, to‘satdan kelgan do‘lga, to‘fonga, kutilmagan silkinishga o‘xshab ketadi. Mabodo emotsiya ruhiy to‘lqinlanish deyilsa, unda affekt holatlari turli bosqichlardan tuzilgan bo‘lib, ular o‘zaro o‘rin almashib turadi. Ma’lumki, vahimaga, tahli-kaga, sarosimaga tushib qolgan, o‘ta quvongan, kulgi nashidasi bilan band bo‘lgan, umidsizlik tuzog‘iga ilingan inson turli vaziyatlarda borliqni bir tekis aks ettira olmaydi. CHunki u mazkur sharoitlarda o‘z kechinmalarini har xil ifodalaydi, o‘zini turli darajada ushlaydi, harakatlarini esa turlicha boshqaradi. Bunda oraliq miya va miya katta yarim sharlari po‘stlog‘idagi ma’lum markazlarning kuchli qo‘zg‘alishi va boshqa markazlarning tormozlanishi me’yordan chiqib ketishi tufayli o‘zaro almashinib qoladi. Harakatchanlikning asta-sekin ko‘tarilishidan iborat stenik holat astenik holat bilan al-mashinadi (kuchli holat kuchsiz bilan aralashib ketadi), lekin qayta tiklanishga ulgurmaydi. Masalan, jo‘shqin harakatda, ko‘z yaltirashi-da, yuz qizarishida vujudga kelayotgan kuchli jahl ko‘rinishlari ko‘zning xiralanishi, yuz oqarishi, rang o‘chishi bilan bog‘lik qattiq g‘azabga aylanishi mumkin. Umidsizlik kechinmasida organizmning jo‘shqin reaksiyasi ba’zan hushidan ketib qolish holati bilan almashinadi. Ushbu vaziyat lotincha “stupos” stupor, ya’ni serrayib qolish, karaxt holati deb psixologiyada qo‘llaniladi.

Affekt holati boshlanishida shaxs insoniy qadriyatlarning barchasidan uzoqlashib, o‘z hissiyotining oqibati to‘g‘risida ham o‘ylamaydi, hatto tana o‘zgarishlari, ifodali harakatlar unga bo‘ysunmay boradi. Kuchli zo‘riqish natijasida mayda, kuchsiz harakatlar barham topadi. Tormozlanish miya yarim sharlari po‘stini to‘la egallay boshlaydi, qo‘zg‘alish po‘stloqosti nerv tugunchalarida, oraliq miyada avj oladi, xolos. Buning natijasida shaxs hissiy kechinmasiga(dahshat, g‘azab, nafratlanish, umidsizlik va hokazolar) nisbatan o‘zida kuchli xohish sezadi.

Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, ko‘pincha hissiyotlar affektiv shaklda o‘tishi tajribalarda sinab ko‘rilgan. Jumladan, 1) teatr tomoshabinlarida, 2) tantana nashidasini surayotgan olomonlarda, 3) es-hushini yo‘qotgan, telbanoma sevgi afsonalarida, 4) ilmiy kashfiyot lahzasida, 5) tasodifiy qizg‘in uchrashuvlarda jo‘shqin shodliklar mujassamlashadi.

Affektlar vujudga kelishining dastlabki bosqichida har bir shaxs o‘zini tutushini, o‘zini ko‘lga olishni uddalash qurbiga ega bo‘ladi. Ularning keyingi bosqichlarida irodaviy nazorat yo‘qotiladi, irodasiz harakatlar amalga oshiriladi, yo‘lanmasdan xatti-harakat qilinadi. Affektiv holatlar mas’uliyatsizlik, axloqsizlik, mastlik alomatida sodir bo‘ladi, lekin shaxs har bir xatti-harakati uchun javobgardir, chunki u akl-zakovatli insondir. Affektlar o‘tib bo‘lganidan keyin shaxsning ruhiyatida osoyishtalik, charchash holati hukm suradi. Ba’zi hollarda holsizlanish, jamiki narsaga loqayd muno-sabat, harakatsizlik, faollik barham topishi, hatto uyquga moyillik yuzaga keladi. SHu bilan birga affektiv shok (fransuzcha choc zarba degan ma’no anglatadi) holati ham sodir bo‘ladi, buning oqiba-tida organizmning ichki a’zolari funksiyasi buziladi, hatto yurak xuruji (infarkt lotincha arctus - «xavf to‘ldirg‘ich», miokard yunoncha mys tomir, kardia yurak degan ma’no bildiradi) yuzaga keladi. SHuni ham unutmaslik kerakki, affektiv qo‘zg‘alish muayyan davrgacha davom etishi, ba’zan o‘qtin-o‘qtin kuchayishi yoki susayishi (pasayishi) sodir bo‘lib turishi mumkin.



Stresc. Stress inglizcha stress so‘zidan olingan bo‘lib, jiddiylik, keskinlik, zo‘riqish degan ma’no anglatadi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab keskin vaziyat tufayli vujudga keladigan emotsional holatlarni tadqiq etish psixologiya, fiziologiya, tibbiyot fanlarida keng qo‘lamda amalga oshirila boshlandi. Stress - og‘ir jismoniy va murakkab aqliy yuklamalar, ishlar me’yoridan oshib ketib, xavfli vaziyatlar tug‘ilganida zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga keladigan hissiy zo‘riqish-lar. Mana shunday sharoitlar va vaziyatlarning barchasini biron-bir emotsiya turi ro‘yobga chiqaradi. Stress emotsional holatining paydo bo‘lishi hamda kechishining psixologik xususiyatlarini aniklash nafaqat uchuvchilar, kosmonavtlar, dispetcherlar (inglizcha dispatcher ishlab chiqarishni muvofiqlashtiruvchi ma’nosini anglatadi) uchun, balki sudyalar, korxona rahbari, ta’lim tizimi xodimlari uchun alohida ijtimoiy-psixologik ahamiyat kasb etadi.

Psixologiya faniga stress tushunchasini olib kirgan olim kanadalik fiziolog G. Sele (1936) sanaladi. U stressni tadqiq qilishda moslashuv alomati (adaptatsion sindrom yunoncha syndrome — belgi, alomat, ko‘rinish moslashuvi demakdir) masalasiga, uning faoliyatga ijobiy hamda salbiy ta’sir etishiga alohida ahamiyat bergan. SHuningdek, ekstremal (lotincha extremus favquloddagi holat, eng oxirgi vaziyat ma’nosini anglatadi) vaziyatlardagi, murakkab jarayonlardagi stressning o‘ziga xosligi, faoliyatni qayta tashkil qilishgacha (dezorganizatsiya lotincha, de organisation fransuzcha tashkilot, tuzilma ma’nosini bildiradi) olib borishi, shunga o‘xshash sharoitlarda shaxs xulqini bashorat etish (prognoz yunoncha prognosis - bashorat ma’nosini anglatadi) imkoniyatlari G. Sele tomonidan o‘rganilgan.

Tadqiqotchi U. Kennonning gomeostazis (yunoncha o‘xshashlik stasis ma’nosini bildiradi) haqidagi ta’limotida stress holati har tomonlama o‘rganilgan. Ushbu terminni u psixologiyaga 1929 yilda olib kirgan. Gomeostazis mexanizmda moslashish xususiyatlari yaqqol o‘z ifodasini topadi. Uning mulohazasicha, faoliyat shakllarini amaliyotga tatbiq etish jarayonida nerv sistemasi va miya funksiyasini oqilona ta’minlab turishda hamda sakdashda gomeostazis muhim rol o‘ynaydi.

Stress holatida shaxsning xatti-harakatlari o‘ziga xos tarzda o‘zgaradi, unda qo‘zgalishning umumiy reaksiyasi paydo bo‘ladi, uning harakatlari tartibsiz ravishda amalga oshiriladi. Stressning kuchayishi esateskari reaksiyaga olib keladi, natijada tormozlanish, sustlik, zaiflik, faoliyatsizlik ustuvorlik qila boshlaydi. Lekin stress holatida fiziologik o‘zgarishlar tashqi tomonidan qariyb ko‘zga tashlanmasligi mumkin. Biroq muammoni echishdagi qiyinchilik, diqqatni taqsimlashdagi sarosimalik stressning tashqi ifodasi deb taxmin qilinsa bo‘ladi. SHaxs stress holatida telefon nomerini adashtiradi, vaqtni chamalashda yanglishadi, ong faoliyati engil tormozlanadi, idrok ko‘lami torayadi va boshqalar.

Stress holatida shaxsning psixologik xususiyatlari, turmush tarbiyasi, shakllangan malakasi muhim rol o‘ynaydi. Keskinlikning oldini olishda shaxsning oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Undagi yuksak his-tuyg‘ular (mas’uliyat, burch, javobgarlik, vatanparvarlik, sadoqat va hokazo) stress holatida xatti-harakat buzilishining oldini olishga xizmat qiladi.


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish