Kompyuter grafikasi haqida. Kompyuter grafikasi kompyuter va maxsus dasturlardan foydalanib tasvirlar yaratiladi, mavjudlari raqamli ko’rinishga o’tqaziladi, qayta ishlanadi, saqlanadi, va qulay ko’rinishda tasvirlanadi. Kompyuter grafikasi XX asrning yarmidan keyin kashf etilgan, taxminan 70-80-yillarda ommalashishni boshlagan. Rangli kompyuter grafikasi kashf etilishidan oldin, faqat qora va oq ranglardan iborat bo’lgan grafik tasvirlar kashf etilgan va ishlatilgan. Bunday faqat qora va oq ranglardan tashkil topgan grafik tasvirlar hozirda deyarli ishlatilmaydi. Sabab bunda faqat qora va oq rang mavjud va bunda faqat qora va oq rangni tasvirlashimiz mumkin, ya’ni biz bunday grafik tasvirda monitorlar bilan faqat qora va oq ranglarni ko’rishimiz mumkin. Bundan boshqa ranglarni ko’ra olmaymiz. Rangli tasvirlarni qora va oq grafikali tasvirlarga o’tqazish mumkin, ammo teskasi emas. Sabab Bunda yetarli ranglar kombinatsiyasiga ega emas. Hozirda kunda ishlatiladigan rangli grafik tasvirlarda biz juda ko’p ranglarni hosil qilishimiz mumkin. Bu ranglarning hammasi uchta rang kombinatsiyasi natijasida hosil qilinadi. Boshqa ranglarni hosil qiluvchi bu uchta ranglar quyudagilar: qizil, yashil va ko’k. Bular qisqartirib RGB deb yuritiladi. Ushbu so’z yuqorida aytib o’tilgan uchta rangning ingliz tilidagi so’zlarining bosh harfi hisoblanadi. Red - qizil, Green – yashil va Blue – ko’k. Bu so’zlar RGB qisqartma so’zini tashkil qiladi. Har bir rang 0 da 255 gacha bo’lgan sonlardan kodlanishi mumkin va har biri kodlashishi mumkin bo’lgan ranglar sonini quyudagicha hisoblab topishimiz mumkin bo’ladi. RGB =256*256*256=16777216 ta ranglar majmuasi hisoblanadi. Har bir kod o’zida belgilangan rangni ifodalaydi va tur xil kod yozib bir xil rangni tasvirlab bo’lmaydi. Har bir kod takrorlanmasdan bir rangni ifodalaydi. Masalan: R=0, G=0, B=0 qora rangni ifodalaydi. R=255, G=255, B=255 oq rangni ifodalaydi. Boshqa ranglar ham shunday hosil qilinadi.
Rang – moddalar chiqargan yoki qaytargan nurlanish spektriga mos ravishda yorugʻlikning muayyan koʻrish tuygʻusini hosil qilish xossasi. Nurlanishning yorugʻlik energiyasi atrofidagi buyumlardan qaytib, koʻz qorachigʻi orqali koʻzning sezgir hujayraviy qabul qiluvchi pardasiga tushib, unga faol taʼsir qiladi. Modda qaysi R.dagi nurni yutsa, oʻsha R.dagi nurni oʻzidan chiqaradi. R.ning spektri moddani tashkil etuvchi atom va molekulalar xususiyatlariga qarab oʻzgarishi mumkin. Spektrni tashkil etuvchi nurlar energiyasining zichligi bir-biriga yaqin boʻlganda oq R. hosil boʻladi. Yorituvchanlik yoki yoritilganlikning kamayishi natijasida moddalarning rangi noaniqlashadi.
Animatsiya — Tasvirning o’zgaruvchanligini ifodalaydi. Tasvir bir qancha grafik o’zgaruvchan tasvirlarni o’z ichiga oladi va undagi tasvirlar o’rin almashinib tasvirlanadi.