16-Mustaqil ishi. Kompyuter grafikasi


Kompyuter grafikasi turlari



Download 86,82 Kb.
bet2/3
Sana28.02.2022
Hajmi86,82 Kb.
#475388
1   2   3
Bog'liq
Kompyuter grafikasi

Kompyuter grafikasi turlari.

Kompyuter grafikasi 3 turga bo’linadi:


1. Rastrli grafika
2. Vektorli grafika
3. Fraktal grafika


Rastrli grafika – Rastrli grafika nuqtalar(qog’ozda), piksellar(ekranda) hosil qilinadi. Rastrli grafikada asosiy tushuncha piksel(pixel) dan iborat bo’ladi. Piksel o’zida rangni ifodalaydi. Har bir piksel RGB kombinatsiyasi-dan rangni hosil qiladi. Ekranning piksellari qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi. Sababi qancha ko’p piksel bo’lsa, tasvir sifati shunchalik aniq tasvirlanadi. Piksellarni o’lchami turli xil ekran(monitor) larda turli xil bo’ladi. Televizorlarda piksellar o’lchami katta bo’lsa, telefonlarda juda kichik bo’ladi. Sababi telefon ekrani kichik bo’ladi. Albatta kichik bo’lganidan keyin ko’p pikseldan iborat bo’lishi uchun piksellar o’lchamini kichik qilishga to’g’ri keladi. Unda shu piksellarni kam qilib ishlansa bo’lmaydimi? degan savol tug’uladi. Bo’ladi. Biroq yuqorida aytganimdek tasvir aniqligi past bo’ladi. Shuning uchun iloji boricha ekrandagi piksellar sonini ko’p bo’lishiga ahamiyat beriladi. Ma’salan matnlarni misolida olsam: Piksellari ko’p bo’lgan ekran 12-shriftdagi matnni piksel miqyosida olsak qanchadir marta kichiklashtirib ko’rsata oladi. Piksellari kamroq bo’lgan ekran 12-shriftdagi matnni piksel miqyosida olsak, piksellari ko’proq bo’lgan ekranga nisbatan kam marta kichraytirib ko’rsatishi mumkin. Agar piksellari ko’p bo’lgan ekran bilan bir xil o’lchamda tasvirlamoqchi bo’lsak, unda piksellari kam bo’lgan ekranda matn xira, tushunarsiz yoki ko’rinmay qoladi. Misolni bir xil o’lchamga ega bo’lgan ekranlar uchun yozdim. Rastrli grafikada piksel zichligi degan kattalik ishlatiladi. Piksel zichligi bir dyum2 ga to’g’ri keladigan piksellar soni bilan dpi(dots per inch) o’lchov birligida o’lchanadi. Qancha piksel ko’p bo’lsa, shuncha piksel zichligi yuqori bo’ladi. Endi yuqoridagi gapni davom ettirsam. Televizor ekranini o’lchami katta va piksel zichligi kam. Ammo telefonni ekranini o’lchami kichik va piksel zichligi katta. Bunda ikkalasida bogliqlik bor. Bunday bo’lishiga sabab televizor ekrani katta va uni ekrani katta bo’lgani uchun piksel zichligi past qilinadi . Sabab: ekrandagi tasvirni uzoqdan ko’rish uchun qilinadi. Piksel zichligi past va ekran o’lchami katta bo’lsagina, ekrandagi tasvirni uzoqdan ko’rish mumkin bo’ladi. Chunki piksel zichligi yuqori bo’lsa ekrandagi tasvir uzoqqa ko’rinmaydi va aksincha ekran kichik bo’lsa ham ekrandagi tasvir uzoqqa ko’rinmaydi. Televizordagi tasvir odatda uzoqdan ko’riladi., televizorni ekranini yoniga borib qarasangiz bemalol undagi piksellarni ko’z bilan ko’rishingiz mumkin bo’ladi. Ammo kompyuterni monitor qurilmasida piksel zichligi yuqori bo’ladi va ekranini o’lchami kichik bo’ladi. Sabab: kompyuterni yonida o’tirib ishlanadi va tasvirga qaraladi, tasvir aniq ko’rinishi uchun shunday qilingan. Bundan tashqari kompyuterda ishlashda tasvir aniqligi muhim ahamiyatga ega. Televizorda ham muhim, ammo kompyuterdagi kabi muhim emas. Telefonlarda ham muhim piksel zichligi past bo’lsa undagi tasvir aniqligi past bo’ladi. Shuning uchun unda piksel zichligi yuqori qilinadi. Qisqasi qaysidir ekranda ikki parameter ham past bo’ladi, qaysidadir ikkalasi ham yuqori bo’ladi, qaysilaridadir yana boshqa xil bo’ladi.

Piksel zichligi va o’lcham birgina ekranlarda ishlatilmaydi, balki boshqa qurilmalarda ham ishlatiladi. Masalan: Printer va skanerlarda ham ishlatiladi. Printer tasvirni qog’ozga qanchalik aniq chiqara olishi piksel(nuqta) zichligi orqali aniqlanadi. Bunda o’lcham qog’ozning o’lchami bo’ladi. Masalan: A3, A4, A5 va boshqalar. Printerlarda o’lcham emas, piksel(nuqta) zichligi muhim. Rastrli grafika bilan ishlaydigan printerlarga lazerli printerni misol qilib keltirish mumkin. Skanerlar ham qog’ozdagi tasvirni kompyuterga qanchalik aniq kirita olishini piksel(nuqta) zichligida o’lchashimiz mumkin. Skanerlar tasvirni kompyuterga rastrli grafika ko’rinishida kiritadi. Bunda o’lcham qog’ozning o’lchami bo’ladi. Masalan: A3, A4, A5 va boshqalar. Skanerlarda ham o’lcham emas, piksel(nuqta) zichligi muhim hisoblanadi. Rastrli grafikaning kamchiligi unda tasvirlarni mashtablashtirib bo’lmasligidir. Agar tasvir mashtablanadigan bo’lsa, uning sifati buziladi. Buning natijasida tasvir ko’rimsiz holga ham kelishi mumkin.




Vektorli grafika – Vektorli grafikada tasvirning asosiy elementi sifatida chiziq qaraladi. Chiziq sifatida to’g’ri chiziq yoki egri chiziq bo’lishi mumkin. Vektorli grafikada tasvirlar yaratishda nuqtaga nisbatan umumiyroq bo’lgan chiziqlardan foydalaniladi va shuning hisobiga tasvirlar aniqroq bo’ladi. Vektorli grafikaning ixtiyoriy tasviri chiziqlardan tashkil topadi va oddiy chiziqlardan murakkablari hosil qilinadi. Ko’pincha vektorli grafikani ob’ektga mo’ljallangan grafika deyish mumkin. Vektor grafikasidan chizmalar, animatsiyalar yaratishda keng foydalaniladi.

Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tasvirlami yaratishga mo'ljallangan. Bunday vositalar reklama agentliklarida, dizaynerlik byurolarida va nashriyotlarda qo'llaniladi.




Fraktal grafika – Vektorli grafika ham hisoblanuvchi grafika bo’lib, uning vektor grafikadan farqi shundaki, unda hech qanday ob’ektlar kompyuter xotirasida saqlanmaydi. Chunki tasvirlar tenglamalar yoki ularni sistemalaridan hosil qilinadi. Fraktal so’zi lotincha fractus so’zidan olingan, maydalangan, bo’lib chiqilgan degan ma’noni bildiradi. Fraktallar deb o’ziga o’xshash qismlardan iborat bo’lgan geometrik shakllarga aytiladi.

Fraktal atamasi fanga 1975-yil kiritilgan. Fraktallar oddiy matematik formulalar yordamida ajoyib tasvirlar yaratish imkonini beradi. Ular yordamida daraxtlar, o’rmonlar, bulutlar kabi tasvirlarni yaratish mumkin. Fraktallardan virtual borliq, animatsiya, kompyuter o’yinlari va matematik modellashtirishda keng ishlatiladi.


Tasvirlar bilan ishlaydigan dasturlar Grafik dasturlar deyiladi. Rastrli(Vektorli, Fraktal) grafika bilan ishlaydigan dasturlar rastrli(vektorli, fraktal) grafika bilan ishlaydigan dasturlar deb ataladi. Rastrli grafika bilan ishlaydigan dasturlarga misol sifatida Paint, Paint.net, Adobe Photoshop ni keltirish mumkin. Vektorli grafika bilan ishlaydigan dasturlarga misol sifatida Adobe Illusator, Corel Draw ni keltirish mumkin. Fraktal grafika bilan ishlaydigan dasturlarga misol sifatida Mathcad, Autocad ni keltirish mumkin.





Download 86,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish