Kayfiyat. SHaxsning xatti-harakatlariga va ayrim ruhiy jarayonlariga muayyan vaqt davomida tus berib turuvchi emotsional holat kayfiyat deb ataladi. SHaxsning hayoti va faoliyati davomida shodonlik, hazilkashlik, umidsizlik, jur’atsizlik, zerikishlik, qayg‘urishlik singari his-tuyg‘ular uning ruhiy holatini umumiy tizimiga aylanadi. Ushbu vaziyat ba’zi emotsional taassurotlarning vujudga kelishiga qulay zamin hozirlaydi, boshqasi uchun esa qiyinchilik tug‘diradi. Inson xafa, ma’yus hissiy holat hukmronligida bo‘lsa, u holda tengdoshlarining haziliga, keksalarning o‘git-nasihatlariga, mas-lahatlariga quvnoq kayfiyat chog‘dagiga nisbatan mazmun, sifat jihatidan boshqacharoq tusda munosabat bildiradi. SHuning uchun ishlab chiqarish va xalqta’limi tizimi jamoalarida, rasmiy, real guruhlarida ishchanlik, o‘zaro yordam, hamkorlik, hamdardlik, iliq ruhiy muhit yaratish, samimiy muomala maromini shakllantirish ham jismoniy, ham aqliy mehnat samaradorligini oshirishning kafolatidir.
Kayfiyat nihoyatda xilma-xil, uzoq va yaqin manbalar negizida vujudga keladi. Uni barqarorlashtirib turadigan asosiy manbalardan biri shaxslarning ijtimoiy jamiyatda hukmronlik qilayotish umumiy nuqtai nazarlari, hayotning turli jabhalarida aks etuvchi ta’sirlar, chunonchi mehnat muvaffaqiyati va ta’lim yutug‘i, rahbar va xodim, o‘qituvchi va saboq oluvchi o‘rtasidagi munosabatlari, oiladagi shaxslararo muomala maromi, har xil vaziyatlarda paydo bo‘lgan turmushdagi qarama-qarshiliklar, shaxsning ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari va ta’blarining qondirilishidan qanoat hosil kilishlik yoki qanoat hosil qilmaslik kayfiyatning manbalari bo‘lib xisoblanadi. SHaxsning ma’lum muddat ruhi tushib, noxush, zaif kayfiyatda yurishi uning turmushida muammolar yuzaga kelganligidan xalovat, tinchlik buzilganligidan dalolat beradi. Bunday vaziyatlar namoyon bo‘lganida shaxsga oqilona mulohaza mahsulidan kelib chiqqan holda xushtavozelik bilan ijobiy ta’sir o‘tkazish, ruhini te-tiklashtiruvchi vositalarni qo‘llash, kayfiyatini buzibturgan omil-larni batamom bartaraf etish maqsadga muvofiq.
Inson kayfiyatining paydo bo‘lishiga va o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi ikkita omilni tahlillash mutlaqo shart. Ulardan bittasi ob’ektiv va sub’ektiv xususiyatli vaziyatdir: a) tabiiy omillarga taalluqli bo‘lgan vaziyat (havoning sovuqligi yoki issikligi, bioritmika o‘zgarishi), b) shaxslararo munosabatning noqulayligi va boshqalar. Ikkinchi bir manba sifatidagi talqin qilish mumkin — bu ob’ekt va sub’ektiv shart-sharoitlardir. Masalan, mehnat va o‘qish faoliya-tiga kerakli vositalarning mavjudligi (ish dastgohi, mehnat quro-li, yorug‘lik, auditoriya, partalar va boshqalar). Ikkinchidan, sub’ek-tiv munosabatlar: ilk psixologik muhit, muloqotmandlik maromi, rag‘batlantirish, muloqot o‘rnatish uslubi, shaxsiyatga tegmaslik, teng huquqlilik, hamkorlik, demokratiya prinsiplariga rioya qilishlik, o‘zaro tushunish, shaxsning psixologik xususiyatlarini hisobga olish va hokazo.
Psixologiya fanida asosiy hissiyotlar atamasi ko‘chma ma’noda qo‘llanilib kelmoqda. Tadqiqotlar ichida K. Izartning tasnifi muayyan qiziqish uyg‘otadi, lekin his-tuyg‘ularning barchasini o‘zida qamrab olmaydi. K. Izartning talqinicha: 1) qiziqish — malaka va ko‘nikmalar shakllanishiga, o‘qishga moyillik uyg‘otadigan bilim-larni egallashga yordam beruvchi ijobiy hissiy holatdir; 2) quvonch qondirilishi dargumon bo‘lgan stakchi (hukmron) ehtiyojning qondi-rilishi mumkinligi bilan bog‘liq ijobiy hissiy holatdir; 3) hay-ratlanish — favqulodda ro‘y bergan holatlardan hissiy jihatdan ta’-sirlanishning ijobiy yoki salbiy jihatdan ifoda etilmagan belgisidir; 4) iztirob chekish — hozirgacha qondirilish ehtimoli ozmi yoki ko‘pmi mavjud tasavvur qilingan, muhim hayotiy ehtiyojlarning qondirilishi mumkin emasligi to‘g‘risida ma’lumot olinishi-ga bog‘liqsalbiy hissiy holatdir; 5) g‘azablanish — ob’ektiv tarzida kechadigan, shaxs uchun g‘oyat muhim ehtiyojni qondirish yo‘lida to‘siqlarni engib chiqadigan salbiy hissiy holatdir; 6) nafratlanish -ob’ektlarga yaqinlashuv sub’ektning ma’naviy yoki estetik ideallar-ga zid kelib qolishi oqibatida ro‘y beradigan salbiy hissiy holat-dir; 7) jirkanish — shaxslararo munosabatlarda ro‘y beradigan va shaxsning hayotiy nuqgai nazarlari, qarashlari va xulq-atvoriga no-mutanosibligi oqibatida hosil bo‘ladigan salbiy hissiy holatdir; 8) qo‘rquv — shaxs o‘zining xotirjam hayot kechirishiga ziyon etishi mumkinligi unga real tahdid solayotgan yoki tahdid solishi mavjud xavf-xatar to‘g‘risidagi xabarni olish bilan paydo bo‘ladigan salbiy hissiy holatdir; 9) uyalish — o‘zining ezgu maqsadlari, xatti-hara-katlari va tashqi qiyofasi, nafrati katta muhit kutilmasiga mos kelmaganligi bilan emas, balki o‘ziga loyiq xulq-atvor hamda tashqi siymosi shaxsiy tasavvurlarga ham mos emasligini anglashda ifoda-lanadigan salbiy hissiy holatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |