Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: Barcha ta`lim yo`nalishlari uchun


Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari



Download 1,52 Mb.
bet67/140
Sana31.12.2021
Hajmi1,52 Mb.
#209974
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   140
Bog'liq
умум пс мажмуа 2021 eff615df2eeef9c87188ec402fe119d4

4.Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari.

Iroda asosini kishini harakatlanishiga sabab bo`ladigan ehtiyojlari tashkil etadi. Harakatga undovchi sabab motiv deb aytiladi. Psixologiyada motivlashtirish deganda psixologik hodisalarning o`zaro mustahkam bog`langan, lekin bir-biriga to`la mos kelmaydigan nisbatan mustaqil uchta turi tushuniladi.

Bu birinchidan, individning ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan faoliyatga undovchi sifatida namoyon bo`ladigan motivlardir.

Ikkinchidan, motivlashtirish faollik nimaga qaratilganligini, nima uchun aynan shunisi tanlanganligini izohlab beradi. Bu shaxs yo`nalishini tashkil etadi.

Uchinchidan, motivlashtirish kishi axloqi va faoliyatni o`zi boshqaradigan vosita hisoblanadi. Bu vositalarga emotsiyalar, istaqlar, qiziqishlar va boshqalar kiradi.

Irodaviy aktda motivlashtirishning barcha uchta tomoni - faollik manbai, uning yo`nalganligi va o`z-o`zini boshqarish vositalari namoyish qilingandir.

Murakkab irodaviy harakatlar strukturasida uch bo`g`in – maqsad quyish, fikran rejalashtirish va ularni amalga oshirish- ijro bo`g`inlari bir-biridan farq qilinadi.

Odamlarning uz oldilariga ongli suratda qo`ygan maqsadlari zamirida ularning biror narsaga bo`lgan ob’ektiv ehtiyoji bo`ladi. Ehtiyoj moddiy va ma’naviy, shaxsiy va ijtimoiy bo`lishiga qarab irodaviy akt strukturasi mazmunan o`zgarishi mumkin.

Maqsad qo`yish odamning shu maqsadga bo`lgan o`z motivlarini anglab olishi bilan bog`liqdir. Maqsad ravshan aniqlangandan keyin uni amalga oshirishning fikran rejasi tuzib olinadi. Odam oldida endi yangi vazifalar paydo bo`ladi- maqsadga erishishning eng to`g`ri yo`lini topish, qiyinchiliklarni engish usullarini belgilash vazifasi turadi.

Kishida turli ehtiyojlar ahamiyatining o`zgarishi munosabati bilan bir qator hollarda motivlar, masalan, g`arazli manfaatlar bilan to`qnashuvi mumkin. Shundan keyin motivlar kurashi paydo bo`ladi. Muhokama yoki motivlar kurashi natijasida qaror qabul qilinadi. Ya’ni muayyan maqsad va unga erishish usuli tanlanadi.

Irodaviy hatti-harakatning so`nggi jihati ijrodir. Unda qaror harakatga aylanadi. Ijroda, irodaviy hatti-harakatlarda yoki ishlarda kishi irodasi namoyon bo`ladi. Kishining irodasi haqida atigi birgina yuksak motivlarga va qahramonona qaror va niyatlarga qarab emas, balki ishlarga qarab hukm chiqarish kerak. Irodaviy harakatning eng muhim bo`g`inlari - qaror qabul qilish va uni ijro etish - ko`pincha alohida hissiy holatning-irodaviy zo`r berish sifatida tavsiflanadigan holatning kelib chiqishiga sabab bo`ladi.

Irodaviy zo`r berish bu hissiy hayajon shakli bo`lib, kishining harakatga qo`shimcha motivlarni vujudga keltiruvchi, gohida yo`q bo`luvchi, yoki etarli bo`lmagan ichki resurslarini (xotirasi, tafakkuri, xayoli va boshqalarni) safarbar etuvchi va ancha zo`rayish holati kabi boshdan kechiriladigan sabablardir.

Irodaviy zo`r berish natijasida bir xil motivlarning harakatini to`xtatib qo`yib, boshqalarning harakatini haddan ziyod kengaytirish mumkin bo`ladi. Irodaviy kuch-g`ayrat ishlatish natijasida dangasalik, qo`rquv, charchash kabilar ustidan qozonilgan g`alaba anchagina hissiy zavq beradi, o`z xohishining ustidan erishilgan g`alaba kabi boshdan kechiriladi. Irodaviy kuch-g`ayrat odamlarning barcha qahramonlik ishlariga zarur qism bo`lib kiradi.
5.Iroda borasidagi nazariyalar. Irodaviy akt va uning tuzilishi. Maqsad, tilak-havaslar, harakat motivlari va motivlar kurashi, qarorga kelish, qarorni ijro etish, irodaviy zo‘r berish.

Iroda tushimchasiga nisbatan adabiyotiarda turlicha ta'rifiar uchraydi. Jumladan, A.V.Petrovskiy darsligida iroda - bu kishimng o’z oldiga ,qo'ygan maqsadlariga erishishidaqiyinchiiiklami yengib o’tishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli ravishda tashqil qilishi va o’z-o’zini boshqarishi demakdir, deb ta'riflanadi. Q.Turg’unov muallifligidagi lug’atda ta'riflanishicha, iroda - shaxsning ongli harakatlarida, o’z-o’zini bilishida ifodalanadigan, ayniqsa maqsadga erishish yo’lida uchraydigan jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni yengib chiqishda namoyon bo’ladigan ixtiyoriy faolligidir. M.Vohidov flkricha, iroda deganda biz oldindan belgilagan, qafiy bir maqsad asosida amalga oshiriladigan va ayrim qiyinchiliklarni, to’siqlarni yengish bilan bog’liq bo’lgan harakatlarni tushunaiBiz. Professor E.g’.G'ozievning "Umumiy psixologiya " darsligida iroda~bu tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengishni taiab qiladigan qiiiqiarni va harakatlarni inson tomonidan oagli boshqarilishidir, deb keltiriladi



Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish