RUSTAMOV SHERZOD
TELEGRAM MANZIL: @ONATILI14
ONA TILI VA ADABIYOT SABOQLARI
OTA-ONANGNING SENDAN UMIDI KATTA EKANLIGINI UNUTMA!!!
FONETIKA
( UNLI VA UNDOSH TOVUSHLAR BO’YICHA TEST )
1. Qaysi so’z(lar) tarkibida birgina jarangsiz tovushdan iborat qo’shimcha mavjud?
1) ozaymoq; 2) qizarmoq; 3) dumaloq; 4) yig’loqi; 5) gapirmoq.
A) 2, 3, 5
B) faqat 3
C) 1, 2, 4
D) 1, 5
2. Til va lab undoshlari yonma-yon kelgan so’zlarni belgilang.
1) blok; 2) drama; 3) sabr; 4) fransuz; 5) boks; 6) aft; 7) psixolog; 8) barcha; 9) baxsh; 10)
dafn.
A) 1, 4, 5, 6, 8, 9, 10
B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 9
C) 1, 3, 4, 6, 7, 10
D) 2, 3, 4, 7, 8, 9, 10
3. Qaysi gapda portlovchi tovush orttirilgan?
A) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo’lmaydilar.
B) Bog’ingni zog’dan saqlamoqchi bo’lsang, unga e’tiborda bo’l.
C) Mehnat qilsang, ko’nglingga yorug’lik tushadi.
D) Odamlar sening chiroyingga, kiygan kiyimingga qarab emas, balki qilgan ishinga qarab baho
beradi.
4. Mikroelement so’zi tarkibida qanday til undoshlari mavjud?
A) 1 ta til orqa, 4 ta til oldi undoshlari
B) 2 ta til orqa, 2 ta til oldi undoshlari
C) 2 ta til orqa, 3 ta til oldi undoshlari
D) 1 ta til orqa, 1 ta chuqur til orqa, 4 ta til oldi undoshlari
5. Qator undoshli so’zlar berilgan javobni belgilang.
A) ikki, million, metal
B) traktor, paxta, o’simlik
C) paxta, nimcha, chaqqon
D) stol, go’sht, do’st
6. Qaysi qatordagi so’zlarning undoshlari jarangli lab tovushlaridan iborat?
A) ibo, bambuk, brvafo
B) ivi, bibi, vafo
C) beibo, beva, vabo
D) bob, bobo, betob
7. Qaysi yasama so’z tarkibida sirg’aluvchi undosh tovush mavjud?
A) kechikmoq
B) ulg’aymoq
C) changimoq
D) shoshilmoq
8. O’zbek tilida lab undoshlarining nechtasi jarangli sirg’aluvchi undosh sanaladi?
A) bittasi
RUSTAMOV SHERZOD
TELEGRAM MANZIL: @ONATILI14
ONA TILI VA ADABIYOT SABOQLARI
OTA-ONANGNING SENDAN UMIDI KATTA EKANLIGINI UNUTMA!!!
B) ikkitasi
C) uchtasi
D) to’rttasi
9. Ko’nikma so’zida ishtirok etgan undoshlar haqidagi qaysi fikr ( lar ) noto’g’ri?
1) so’zda faqat jarangli undoshlar ishtirok etgan;
2) so’zdagi barcha undoshlar til tovushlari;
3) so’zdagi barcha undoshlar hosil bo’lish usuliga ko’ra portlovchi.
A) 1, 2
B) 1, 3
C) 2
D) 1, 2, 3
10. Undoshlar qaysi xususiyatiga ko’ra til, lab va bo’g’iz undoshiga bo’linadi?
A) un paychalarining ishtirokiga ko’ra
B) hosil bo’lish o’rniga ko’ra
C) hosil bo’lish usuliga ko’ra
D) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra
11. Berilgan so’zlarning qaysi biri bo’g’iz undoshi bilan boshlanishi kerak?
1) …o’plam; 2) …attot; 3) …alovat; 4) …andalak; 5) …aloyiq; 6) …urpaymoq.
A) 1, 3, 4, 6
B) 1, 2, 4, 5
C) 3, 4, 5, 6
D) 1, 3, 4
12. Unli va lab undoshlaridan tashkil topgan yasama so’zni toping.
A) basavlat
B) ommabop
C) vafoli
D) pirpira
13. Yam-yashil so’zida nechta unli va nechta undosh tovush bor?
A) 3 ta unli, 3 ta undosh
B) 5 ta unli, 5 ta undosh
C) 3 ta unli, 5 ta undosh
D) 4 ta unli, 4 ta undosh
14. Sirg’aluvchi j tovushini ifoda etuvchi so’zlar qatorini belgilang.
A) jimjit, g’ijjak
B) jo’yak, ajdod
C) vijdon, garaj
D) jumla, janob
15. Quyidagi berilgan so’zlarning qaysi birida faqat til oldi, sirg’aluvchi undoshlar ishtirok etgan?
1) muvozanat; 2) larza; 3) faylasuf; 4) shoira; 5) shovul; 6) salla.
A) 2, 5, 6
B) 2, 4, 6
C) 1, 2, 3
D) 4, 5, 6
RUSTAMOV SHERZOD
TELEGRAM MANZIL: @ONATILI14
ONA TILI VA ADABIYOT SABOQLARI
OTA-ONANGNING SENDAN UMIDI KATTA EKANLIGINI UNUTMA!!!