Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: Barcha ta`lim yo`nalishlari uchun



Download 1,52 Mb.
bet56/140
Sana31.12.2021
Hajmi1,52 Mb.
#209974
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   140
Bog'liq
умум пс мажмуа 2021 eff615df2eeef9c87188ec402fe119d4

Asosiy adabiyotlar:
1. G‘oziev E.G. Ontogenez psixologiyasi. Toshkent, 2010

2. Ivanov F.I, Zufarova M.E Umumiy psixologiya.T.,2018

3. David G. Myers Psychology, USA , 2010

4. Nemov.R.S.Psixologiya. Kniga1, 2,3. Vlados.: 2000

5. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2010

6. A.SHamshetova, R.N.Melibaeva, X.Usmanova, I.Haydarov. Umumiy psixologiya. T. 2018


12-mavzu: Hissiyot

Reja:


  1. Hissiy holatlarning ifodalanishi.

  2. Hissiy kechinmalarning shakllari.

  3. Hissiy ton, kayfiyat, affekt, stress xolatlari. YUksak hislar. Praksik hislar, ahloqiy hislar, estetik hislar, intellektual hissiyotlar.

  4. SHaxs fidoyilik tuyg‘usini psixologik baxolash.

  5. Vatanparvarlik his-tuyg‘usini baholash mezonlari.


1.Hissiy holatlarning ifodalanishi

Hissiyotlar shaxs faoliyatining muhim jabhasi sifatida insonni keng emotsional sohasini rang-barangligi, ko‘pqirraligi haqida hissiy ton (yunoncha tonos zo‘riqish, urg‘u berish ma’nosini bildiradi), emotsiyalar (lotincha emovere qo‘zg‘atish, hayajonlash demakdir), affektlar (lotincha affektus ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros ma’nosini anglatadi), stress (inglizcha stress zo‘riqish deganidir) va kayfiyat kabi tushunchalar muayyan tasavvur bir imkoniyatga ega.

Hissiy ton (tus). Hissiyot aksariyat hollarda faqat emotsional tus sifatida ruhiy jarayonning o‘ziga xos sifat (sifatiy) jihati tariqasida vujudga keladi. Hissiyot bu o‘rinda o‘ziga o‘zi emas, balki bilishga intilayotgan, o‘zgartirayotgan, egallayotgan shaxsda ma’lum munosabatni namoyon qiluvchi narsalar, hodisalar va harakatlarning alohida xossasi, xislati hamda xususiyati ma’nosida gavdalanadi. Mazkur narsalarga nisbatan inson shaxsining sub’ektiv munosabat-lari to‘g‘risida mulohaza yuritilayotganini odam hamisha ham payqay olmaydi. Masalan, yoqimli muloqotdosh, kulgili hangoma, badbo‘y hid, behayo kino, ishtiyokdi mashg‘ulot, iboli qiz, yaramas xulq, xushchaqchaq yigit, xotirjamlantiruvchi xabar, zahmatli mehnat va boshqalar.

Emotsional ton yoki hissiy tus (masalan, affektiv ton) ba’zi hollarda barcha shaxslarda tug‘ma, nasliy xususiyat kasb etishi mumkin. Jumladan, og‘riq hissi va boshqa xususiyatli kuchli qo‘zg‘atuvchi-lar bir davrda aks etgan yoqimsiz (noxush) hissiy ton bilan ajralib turadi. Masalan, merkaptan (lotincha tegs simob, sargapz egallovchi Degan ma’no anglatadi), ya’ni simob bilan boshqa organik moddalar oirikmasidan tarqalgan hidlar har qaysi ruhan sog‘lom insonlar uchun yoqimsiz, jirkanch taassurot uyg‘otadi. SHuningdek, ba’zi rang-lar birikmasi (omixtasi), shilimshiq pardalarning qo‘zg‘alishi, qamishlarning ishqalanishi, egovning ovozi ham xuddi shunday iz qoldiradi. SHu bilan birga idrok obrazlari va tasavvurlarining aksariyat hissiy tonlari (tuslari) oldingi emotsional jarayonlari-dan sakdanib qolgan izlar, turmush tajribaning saboqlari ((aks sadolari) insonlarda o‘xshashligi tufayli «tug‘ma» deb baholanishi mumkin. Hissiy ton shaxsning ehtiyojlarini atrofdagi narsalar va vaziyatlar qoniqtirishi yoki qoniqtirmasligi, faoliyatning esa mu-vaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz kechishini yaqqol namoyish eti-shiga xizmat qiladi. SHaxsning psixologik xislatlariga binoan hissiy ton (tus) o‘ziga xos idiosinkraziya (yunoncha idios o‘ziga xos, synrasis qorishmoq, qorishuv ma’nosini bildiradi) xususiyatini kasb etadi, bunday ta’bli odam boshqalar uchun befarq tuyulgan narsalarga ham jirkanch munosabatini namoyish qiladi, masalan, duxobaga tegish-ni, baliq, yog‘, gul hidlarini yoqtirmaydi.

SHuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, ko‘rish, eshitish, hidlash, kinestetik (harakat) sezgilarga hamda idroklarga taallukli hissiy ton muhim amaliy ahamiyatga ega. Masalan, xonalar, ish joyi, transport vositalarining rangi (tusi) taassurotidan vujudga kelgan yoqimli va yoqimsiz hissiy ton mehnat samaradorligiga, xizmatchi-larning kayfiyatiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Kimyoviy o‘g‘itlar, sabzovotlar yoqimsiz hidi, ishlab chiqarishdagi shovqinlar, tovush-lar hissiy ton jihatidan mehnat unumdorligini pasaytiradi. Xo-tirjamlik, yoqimsiz musiqa, iliq shaxslararo munosabatlar, muomala maromi, ahillik muvaffaqiyat kafolati, ijtimoiy taraqqiyot omili hisoblanadi.


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish