4. Hissiyot va emotsional holatlarning fiziologik asoslari
Emotsional holatlar boshqa ruhiy jarayonlar singari miya faoliyatining natijasi yoki mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Emotsional holatlarning yuzaga kelishiga tabiatda va jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zga rishlar, munosabatlar, aloqalar, taassurotlar asosiy sababchidir. O‘zgarishlar o‘z navbatida, birinchidan, shaxs hayoti va faoliyatining jadallashi yoki pasayishiga, ikkinchidan, insondagi ayrim ehtiyojlarning paydo bo‘lishiga yoki yo‘qolishiga, uchinchidan, odam ichki organlari funksional holatlarining beqarorlashuviga olib kela-di. His-tuyg‘ular uchun eng xususiyatli fiziologik jarayonlar negizi sifatida shartsiz va shartli reflekslar xizmat qiladi va ularning muayyan tizimi bosh miya katta yarim sharlari po‘stida yuzaga keladi hamda shu joyda mustahkamlanadi. Murakkab shartsiz reflekslar esa: 1) yarim sharlarning po‘stloqosti bo‘shliqlari; 2) miya stvoliga te-gishli ko‘rish tepachalari (do‘ngliklari); 3) nerv qo‘zg‘alishlarini miyaning yuqori bo‘limlaridan vegetativ tizimiga o‘tkazib beruvchi markazlari orqali amalga oshiriladi. SHaxsda his-tuyg‘ularning ke-chishi hamisha miya po‘sti bilan po‘stloqosti markazlarining birlik-dagi (hamkorlikdagi) faoliyati natijasida ro‘yobga chiqadi
SHaxs ruhiy olamida, uni qurshab turgan tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar (xohtabiiy, xohsub’ektiv bo‘lishidan qat’i nazar) kechinmalar sub’ekti (inson) uchun qanchalik qadr-qiymat, yuksak ahamiyat kasb etsa, hissiy holatlarning mazmuni shunchali purma’no bo‘ladi. Buningta’sirida yuzaga keladigan muvaqqat bog‘-lanishlar tizimining qayta qurilishi qo‘zg‘alish jarayonini hosil qiladi. Mazkur jarayon miya katta yarim sharlari po‘stida tarqa-lib, so‘ng po‘stloqosti markazlarini egallab oladi. Katta yarim sharlar po‘stidan pastda turuvchi miya bo‘limlarida organizm fizi-ologik faoliyatining turli markazlari {nafas olish, ovqat hazm qilish va hokazo) joylashgan. SHu sababdan po‘stloqosti markazla-rining qo‘zg‘alishi ba’zi ichki a’zolar faoliyatining kuchayishiga olib keladi. Jumladan, nafas olish ritmikasining o‘zgarishi (hayajonlanganda bo‘g‘ilib qolishni, og‘ir va tartibsiz nafas olish-ni yuzaga keltiradi), yurak faoliyatining buzilishi (yurak urishi-ni tezlashtiradi), organizmni qon bilan ta’minlash izdan chiqishi (uyalgandan qizarishni, qo‘rqqandan oqarishni keltirib chiqa-radi, ichki sekretsiya bezlari ishining nuqsonlari ko‘z yoshining oqizadi, hayajonlanganda og‘izini quritadi, qo‘rqqanda «sovuq» ter chiqaradi va hokazo.)
Ilmiy manbalarda talqin qilinishicha, miya katta yarim sharlarining po‘sti mo‘‘tadil sharoitida po‘stloqosti markazlariga bosh-qaruv va tormozlov yo‘sinida ta’sir ko‘rsatadi hamda hissiyotining tashqarida ifodalanishiga yo‘q qo‘ymaydi. Miya po‘sti kuchli darajada qo‘zg‘alsa, uning ta’sirida boshqaruvchanlik funksiyasi buziladi. SHaxs qattiq charchasa yoki kuchli mast bo‘lsa, irradiatsiya oqibatida po‘stloqosti markazlari ham qo‘zg‘aladi, natijada harakatni nazorat qilishi yo‘qoladi.
Miya faoliyatining elektrofiziologik tadqiqotlari emotsiyalarning paydo bo‘lishida gipotalamolimbik (yunoncha hypothalamus — bosh miya bo‘limi nomi) tizimi va retikulyar formatsiya (lotincha retikulum to‘rsimon, farmatio bog‘lam ma’nosini anglatadi)ning roli ko‘rsatib o‘tilgan. Ma’lumotlarda ko‘rsatilishicha, emotsional holatlarning fiziologik mohiyati katta yarim sharlar po‘stining va po‘stloqosti tizimi markazlarining funksiyasigina emas, balki ular: a) miya mexanizimlari faoliyatini faollashtiruvchi retikulyar formatsiya-ning, b) miyaning, talamus (ko‘rish do‘ngliklari)ning, gipotalamus-ning (do‘nglikosti qismining), v) yarim sharlar yangi po‘stlog‘i orasidagi limbik sistemaning funksiyalaridir.
Emotsional holatlar uchun po‘stloqosti tugunchalarining tarkibiga kiruvchi (miya katta yarim sharlarining oq moddasi bilan birlashuvi kulrang modda yig‘indisi) markazlar ham muhim ahamiyatga ega. Agarda miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i harakatlarini birlashti-rib, sezgilarni va sa’y-harakatlarni nozik ifoda qilib tursa, miya formatsiyalari tashqi hamda ichki muhitda sodir bo‘ladigan o‘zgarish-larga organizmning javob reaksiyalarini boshqaradi.
Ma’lumotlarga qaraganda, miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i shi-kastlansa, tashqi olamdan hamda ichki organlardan keladigan qo‘zg‘ov-chilarning nozik tahlil qilinishi zaiflansa ham emotsional holat-lar saqlanib qolaveradi. Masalan, hayvonlar limbik tizimga, do‘ngosti (gipotalamus) qismiga, ko‘rish tepaliklariga yo‘nalgan elektr qo‘zg‘atuvchilarga, retikulyar formatsiyasining qo‘zg‘alishlariga xursand-lik yoki diqqinafaslik, darg‘azablik yoki qo‘rqoqlik, lazzatlanish yoki azoblanish, rohatlanish yoki ko‘ngilxijillik sifatida javob reaksiyasi hosil bo‘ladi.
Psixofiziologolimlarning ma’lumotlariga qaraganda, miyaning muayyan joylaridan elektrod yordamida biotoklarni yozib olishning ko‘rsatishicha, sut emizuvchilarning gipotalamuslarida ham «rohatla-nish», ham «azoblanish» markazlari mavjud ekan. Tajribada «rohat-lanish» markazi qo‘zg‘atilganda yoqimli hislar uyg‘ongan, elektr toki bilan «azoblanish» markazi qo‘zg‘atilganda esa hayvonlar qaltirab, o‘zini har tomonga tashlagan. Keyinchalik sut emizuvchilar azoblan-tiruvchi emotsiyadan qochishga harakat qilganlar.
YUqorida ta’kidlanganidek, ijobiy va salbiy his-tuyg‘ularning shunga o‘xshash markazlari bosh miyaning boshqa bo‘limlarida joylashganligiga qaramay, shartli ravishdagi rohatlanish va azoblanish markazlari ham mavjuddir.
Emotsiyalar bir-biriga yaqin masofada faoliyat ko‘rsatadilar. Tajribada qo‘sh (juft) markazlaridan birida elektrod bilan hosil qilingan qo‘zg‘alish ehtiyojdan kelib chiqqan holda salbiy yoki ijobiy emotsiyadan faqat bittasini vujudga keltirgan, xolos. Ba’zida yondosh joylashgan markazlarda qo‘zg‘alish tarqalgan bo‘lsa, u holda ambiva-lent yoki ikkiyokdama reaksiya ro‘yobga chiqadi. SHartli ravishda nom-langan markazlar (rohatlanish, azoblanish) bir-biriga yaqin joyla-shishiga qaramasdan, har xil tuzilishga ega ekanligi aniqlangan. Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, «azoblanish» markazlari miyaning turli bo‘limlariga joylashsada, lekin ular yagona tizim bilan bosh-qariladi. Salbiy emotsiyalardan farqli o‘laroq ijobiy his-tuyg‘u-lar va «rohatlanish» markazlari bir-birlari bilan jips aloqaga ega emas. Ta’kidlab o‘tilgan mulohazalar emotsiyalar juft hamda qara-ma-qarshi xususiyatga ega ekanligidan dalolat bermokda. SHuninguchun har qaysi emotsiya qarama-qarshi turkumiga ega deb qat’iy ishonch bilan aytish mumkin, jumladan, sevgi-nafrat, yoqimli-yoqimsiz, xo-tirjamlik-bezovtalanish mas’uliyatlik-loqaydlik va boshqalar.
I. P. Pavlov, CH. SHerrington, P. K. Anoxin, N. A. Bernshteyn, E. N. Sokolov, T. V. Simonov, D. Lindsley, R. U. Liper, B. I. Dodo-nov, U. Jems va boshqalarning tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha, tah-lil qilingan markazlarning qo‘zg‘atilishi shartli reflekslari hosil qilinishini mustahkamlovchi omil hisoblanadi. Buning natijasi-da elektr qo‘zg‘ovchi yordami bilan miya katta yarim sharlarining po‘stida bilish jarayonlari va xatti-harakatlar stereotiplarining negizini tashkil qiluvchi muvaqqatbog‘lanishlarhosil qilinadi. SHartli ref-lekslarningso‘nishi,tormozlanishi, po‘stloqningtanlash (selektiv) tizimi miya stvolining uzunasi bo‘yicha tepalikosti va po‘stloqosti nerv tugunlaridagi «markazlar»ning faoliyatiga bog‘liqdir. I. P. Pavlov o‘sha davrdayoq, «dinamik stereotip»ni hosil qilgandan keyin oliy nerv faoliyatida uni buzilish salbiy hissiyotlar kechi-shi uchun negiz bo‘ladi, dinamik stereotipni oldindan tayyorlab, so‘ng uni o‘zgarishi ijobiy his-tuyg‘ularni paydo qiladi, deb qat’iy ishontirgan edi.
Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, miyaning tepalikosti qismida (gipotalamusda)gi markazlar rohatlanish yoki azoblanish vaziyatlari ko‘p marta takrorlansa ham hech o‘zgarmasligi mumkin, lekin miya katta yarim sharlari po‘stloqosti nerv tugunchalari bo‘ylab yoyilgan mar-kazlar qo‘zg‘atilishi natijasida emotsional reaksiyalar kuchsizlanishi, hatto so‘nishi ham kuzatiladi. Bu voqelik shu bilan izohlanadi-ki, akdiy faoliyat va axloqiy kechinmalar emotsional tusi o‘zining o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Binobarin, organizmning birlamchi ehtiyojlari yuzasidan signal beruvchi emotsional reaksiya-lar takroran qanoatlantirgandan keyin ham so‘nmaydi. SHuningdek, organik jarohattufayli og‘riq kamaymaydi, muayyan reaksiyalar o‘zgarmaguncha jismoniy mashqdan maroqlanish shaxs ko‘ngliga tegmaydi. Buning uchun albatta, salbiy, ijobiy, aralash (ambivalent) signallar insonning hayoti va faoliyatida o‘z ahamiyatini yo‘qotishi kerak. Turli markazlarni qo‘zg‘atganda yuzaga keladigan rohatlanish yoki azoblanish emotsiyalarining sifatiga, darajasiga va barqarorligiga asoslangan holda har bir sharoitda hissiy ifodalangan shartli ref-lektor aloqalar bir marta mustahkamlanganda hosil bo‘lishini, boshqa vaziyatda mustahkamlanish uchun ko‘p urinishga qaramay aloqa-ni tiklash mushkul ekanligini izohlash mumkin. Bu o‘rinda shaxsning barqaror emotsional yo‘nalganligi, mayllar mustahkamligi ru-hiy hodisasini, uningturmush tarzini, hayotiy ideallarni tushuntirish mumkin. Masalan, mayxo‘r (alkogol) yoki narkoman uchun rohatlanish bilan bog‘liq xatti-harakat birlamchi bo‘lganligi tufayli tur-li ijtimoii voqealar (oiladagi judolik, ishxonadagi ko‘ngilsiz-lik, tabiiy ofat va boshqalar) uni bu yo‘ldan to‘xtatib qololmaydi, lekin muvaqqat holat vujudga kelishi mumkin (aytaylik bir necha daqiqa o‘zini tiyib turish), biroq tezda tabiiy ehtiyojga mutelik qilib, «tarki odat - amri mahol» yo‘sinda ish tutaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |