Asosiy adabiyotlar:
1. G‘oziev E.G. Ontogenez psixologiyasi. Toshkent, 2010
2. Ivanov F.I, Zufarova M.E Umumiy psixologiya.T.,2018
3. David G. Myers Psychology, USA , 2010
4. Nemov.R.S.Psixologiya. Kniga1, 2,3. Vlados.: 2000
5. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2010
6. A.SHamshetova, R.N.Melibaeva, X.Usmanova, I.Haydarov. Umumiy psixologiya. T. 2018
11-mavzu: Hissiyot
Reja:
Hissiyot to‘g‘risida umumiy tushuncha.
Hissiyotning o‘ziga xosligi.
Emotsiya, hissiyotning impressiv tomoni, emotsional harakatlarning ekspressiv tomoni, dinamik stereotip, ambivalentlik.
Hissiyot va emotsional holatlarning fiziologik asoslari.
Odam va hayvon emotsiyalari.
1. Hissiyot tug‘risida umumiy tushuncha
Hissiyot borliqqa, turmushga, shaxslararo munosabatga nisbatan shaxsni sub’ektiv kechinmalarining aks ettirilishidir. SHaxs tirik mavjudod bo‘lishi bilan birga jamiyat a’zosi hamdir, shuningdek, yakkahol (individual) inson sifatida tevarak-atrofdagi narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlarini xolisona (ob’ektiv) aks ettiradi, in’ikos qiladi.
Aks ettirish jarayoni favqulodda o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: a) shaxsning ehtiyojini qondirish imkoniyatiga egalikni; b) qondirishga yordam beradigan yoki qar-shilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishni; v) uni harakat qildiruvchi, bilishga intiltiruvchi munosabatlarini va hokazo. Sub’ektiv munosabatlarning inson miyasida his-tuyg‘ular, emotsional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi his-siyot va emotsiyani yuzaga keltiradi. Hissiyot — yaqqol voqelikning ehtiyojlar sub’ekti bo‘lmish shaxs miyasida ob’ektlarga nisbatan uning uchun qadrli, ahamiyatli bo‘lgan munosabatlarining aks ettirilishi-dir. Mulohazalardan ko‘rinibturibdiki, munosabat atamasi bir necha marta matnda qayd qilindi, shuning uchun unga ayrim izohlar berish maqsadga muvofiqdir. Psixologiyada hali bir talay terminlar, atamalar, tushunchalar mavjudkim, ularga mohiyat, ma’no, ko‘lam, sifat, shakl jihatidan qo‘llanilishi yuzasidan ba’zi bir tuzatishlar kiri-tilishi ayni muddao bo‘lar edi.
Psixologiya fanida munosabat tushunchasi ikki xil ma’noda qo‘llanilib kelinadi: 1) sub’ekt (shaxs) bilan ob’ekt (narsa) o‘rtasida tabiiy holda (tarzda) yuzaga keladigan o‘zaro aloqa o‘rnatish (ob’ek-tiv munosabatlar); 2) o‘rnatilgan aloqalarningaks ettirilishi (ularning kechinmasi), xususiy sub’ektning ehtiyojlari va ularning ob’ekt-lararo munosabati (sub’ektiv munosabatlar), binobarin, namoyon bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga shay turgan narsalar bilan odam o‘rtasidagi munosabat ma’nosida ishlatiladi. Hissiyot tushunchasi kundalik turmushda va ilmiy psixologik manbalarda har xil ma’noda qo‘llaniladi. Jumladan, hissiyot o‘rnida sezgilar, anglanilmagan mayllar, anglanilmagan xohishlar, tilaklar, maqsadlar, talablar tushunchalardan foydalaniladi. Bu holatlar o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashlikka asoslanib ishlatilishi kundalik turmush voqealari bo‘lib hisoblanadi, xolos. Ilmiy nuqtai nazardan kelib chiqib taxlil qilinganda «Hissiyot», odatda, tirik mavjudodlar miyasida, ya’ni shaxslarning ehtiyojlarini qonliruvchi va unga monelik qiluvchi ob’ektlarga nisbatan uning (odamning) munosabatlarini aks ettirish ma’nosida qo‘llaniladi.
Jahon psixologiyasida «hissiyot» bilan «emotsiya» terminlari (ayniqsa, chet mamlakatlarda) bir xil ma’noda ishlatiladi, lekin ularni aynan bir xil holat deb tushunish mumkin emas. Bunday nuqson ommabop adabiyotlarda, chet ellarda chop etilgan darsliklarda aksa-riyat hollarda uchraydi. Odatda, tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo‘ladigan his-tuyg‘ularni ichki kechinmalarda ifodalanishdan iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiq. Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning ta’-bassumlanishi, lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgi, yigi, g‘amginlik, ikkilanish, sarosimalik va boshqalar emotsiyaning ifodasidir. Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas’uliyat, vijdon, mehr-oqibat, sevgi-muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish g‘ayritabiiy hodisa hisoblanar edi. Ushbu hissiy kechinmalar o‘zining mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, ta’sirchanligi, yo‘nalganligi bilan bir-biridan keskin farq qilish-lariga qaramay, ularni emotsiya sifatida talqin qilish oddiy safsataga aylanib qolgan bo‘lar edi. SHu boisdan ularning o‘zaro eng muhim farqi shundaki, birisi ijtimoiy (hissiyot), ikkinchisi esa (emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi.
Ta’kidlab o‘tilgan mulohazalarga qaramasdan, hissiyot bilan emotsiyaning o‘zaro bir-biridan qat’iy cheklab qo‘yish ham ba’zi anglashilmovchilikni keltirib chiqarishi mumkin. Faoliyat, xulq-atvor, muomala sub’ekti o‘zining shaxsi hamda jamiyati uchun ahamiyati hisoblangan narsalar va hodisalarni aks ettiruvchi munosabati hissiyotda mujassamlashadi. SHaxsning individual hayoti va faoliyatiga aloqador (xohfoydali, xohzararli bo‘lishdan qat’i nazar) omillar, qo‘zg‘ov-chilar, turtkilarni ifodalovchi hamda kelib chiqishi instinktlar, shartsiz reflekslar, irsiy belgilar (ovqatlanish, jinsiy, himoya-lanish, qo‘rqish va boshqalar) bilan bog‘liq sodda hissiy holatlar «emotsiya» deyiladi. Emotsiyalar nafaqat insonlarga, balki jonli rivojlangan mavjudodlarga ham taallukli ruhiy (psixik) holatlardir. Hayvonlardagi emotsiyalar o‘zgarishi murakkab bo‘lgan tabiiy-lik (irsiy) alomatlarga asoslanuvchi sodda tuzilishga egadir. Odam bilan hayvon emotsiyalari o‘zlarining mohiyati, tuzilishi, ta’sir-chanligi, jadalligi, sifati, shakli bilan keskin tafovutlanadi. Emo-siyalar tashqi ko‘rinishga xosligi bilan, muvaqqat xususiyatga ega ekanligi bilan hissiyotdan farqlanadi. SHuni aytib o‘tish joizki, xissiyot hayvonot olamiga xos kechinma emas, u akl-zakovat sub’ekti sanalmish hazrati insongagina xos, xolos, chunki empatik (hamdard-lik) his-tuyg‘ular shaxsning mukammallik bosqichiga ko‘tarilishiga kafolat negizidir.
Hissiyot bilan emotsiya (uning yuksak darajalari nazarda tutiladi) inson shaxsining ijtimoiy-hayotiy shart-sharoitlarida yuzaga kelgan, odamning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida shakllangan (evolyusion yo‘sinda), muayyan ijtimoiy muhitda (jamiyatda) istiqomat qiluvchi kishilar tomonidan o‘zlashtirilgan g‘oyalar, me’yorlar, qonun-qoidalar, nizomlar, qadriyatlarni aks ettiruvchi anglanilgan his-tuyg‘ular, murakkab ichki kechinmalarni vujudga kelish jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |