III. Faoliyat turlari mohiyatini o‘zida aks ettiruvchi motivlar:
ijtimoiy-siyosiy voqeliklarni mujassamlashtiruvchi motiv-lar;
kasbiy tayyorgarlik va mahoratni o‘zida namoyon etuvchi motiv-lar;
o‘qishga, bilishga (kognitiv),.ijodga (kreativ) oid motivlar.
IV. Paydo bo‘lish xususiyati, muddati, muxdati, barqarorligi bi-
lan umumiylikka ega bo‘lgan motivlar:
doimiy, uzluksiz, longityud xususiyatli motivlar;
qisqa muddatli, bir lahzali, bir zumlik va soniyalik motiv-lar;
uzoq muddatli, vaqt taqchilligidan ozod, xotirjam xatti-harakatlarni talab etuvchi motivlar.
V. Vujudga kelishi, kechishi sur’ati bioquvvat bilan o‘lchanuvchi
motivlar:
kuchli, qudratli, ta’sir doirasidagi shijoatli motivlar;
paydo bo‘lishi, kechishi o‘rta sur’atli motivlar;
yuzaga kelishi, kechishi zaif, bo‘sh, kuchsiz, beqaror motivlar.
VI. Faoliyatda, muomalada va xatti-harakatda vujudga kelishi xu-
susiyati, xislati hamda sifatini aks ettiruvchi motivlar:
aniq, yaqqol, voqe bo‘luvchi real motivlar;
zarurat, yuksak talab va ehtiyojlarda ifodalanuvchi dolzarb mo-tivlar;
imkoniyat (potensiya), zaxira (rezerv), yashirin (latent) xususi-yatlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi motivlar.
VII. Aks ettirish darajasi, sifati nuqtai nazardan ierarxiya vu-
judga keltiruvchi motivlar.
biologik motivlar;
psixologik motivlar;
yuksak psixologik motivlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |