Miokard infarkti
Miokard infarkti -
yurak
tomir
kasalligi; koronar
qon
aylanishining buzilishi (arteriyalar
aterosklerozi,
trombozi
, spazmi) natijasida yurak muskulida infarkt hosil boʻladi. Miokard
infarktining rivojlanishiga gipertoniya kasalligi, qandli diabet, semirib ketish, kashandalik, kam
harakat qilish, jismoniy va ruhiy zoʻriqish sabab boʻladi. Juda koʻp hollarda miokard infarkti
stenokardiya zaminida roʻy beradi. Miokard infarktining asosiy belgilaridan biri yurak muskulining
maʼlum bir qismiga birdan kam qon borishi natijasida shu joyda kislorod va oziq moddalar
miqdorining kamayib ketishi tufayli koʻkrak sohasida uzoq muddatli qattiq ogʻriq paydo
boʻlishidir. Asosan, koʻkrak qafasining markazi (toʻsh orqasi) yoki chap yarmida achchiq
(kuydiruvchi), qisuvchi davomli ogʻriq tutadi va u koʻpincha yuqoriga, oʻngga, chap qoʻlga yoki
ikkala qoʻlga, orqaga, pastki jagʻ sohasiga tarqaladi. Ogʻriq bir necha soat, baʼzan hatto bir sutka
davom etadi, boʻshashish, muzdek ter bosishi, oʻlim vahimasi, hansirash, yurak faoliyatining
buzilishi, qonda va elektrokardiogramma (EKG)da oʻzgarishlar roʻy beradi. Ogʻriq xurujlari bilan
kechadigan boshqa kasalliklarda ham EKG da oʻzgarishlar boʻlishi mumkin. Shuning uchun faqat
vrach bemorni tekshirib natijalarini tahlil qilib, xulosa chiqarishi kerak. Miokard infarkti, koʻpincha,
yurak ishemik kasalligining zoʻrayish davrida yuz beradi, bunda
stenokardiya
xurujlari kuchayib va
tez-tez takrorlanib turadi. Buni infarkt oldi davri deyilib, bir necha kundan bir necha haftagacha
davom etadi. Shu davrda darhol vrachga murojaat etilsa, miokard infarktining oldini olib qolish
mumkin.
Miokard infarkti
Chap koronar arteriya (LCA) bekilib qolishidan (1) keyingi old devor sohasidagi miokard infarkti
(2)
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos
Kardiologiya
KXK
-
10
I
-
I
KXK
-
9
410 (http://www.icd9data.com/getICD9Code.a
shx?icd9=410)
DiseasesDB
8664 (http://www.diseasesmatnbase.com/ddb
8664.htm)
MedlinePlus
000195 (http://www.nlm.nih.gov/medlineplus/e
ncy/article/000195.htm)
eMedicine
med/1567 (http://www.emedicine.com/med/to
pic1567.htm)
emerg/327 (http://www.emedic
Toʻsh ostida qattiq ogʻriq paydo boʻlganda nitroglitserin naf bermasa, zudlik bilan tez tibbiy
yordamni chaqirish zarur. Miokard infarktida nitroglitserin ogʻriqni oxirigacha qoldirmasada, uni
qayta qabul qilib turish lozim. Yurak sohasiga, toʻsh ustiga gorchichnik, oyoqqa grelka qoʻyish,
qoʻlni isitish bilan bemor ahvolini bir oz boʻlsada yengillashtirish mumkin. Bemorni iloji boricha
tezroq kasalxonaga yotqizish, dastlabki kunlari tibbiyot xodimlari uni uzluksiz nazorat qilib
turishlari lozim. Kasallik juda ogʻir, hayot uchun xavfli hisoblansa ham, oʻz vaqtida toʻgʻri davo
qilinsa, bemor butunlay sogʻayib ketishi mumkin.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Tibbiyotga
oid ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?t
itle=Miokard_infarkti&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
ine.com/emerg/topic327.htm)
ped/2520 (htt
p://www.emedicine.com/ped/topic2520.htm)
Patient UK
Miokard infarkti (http://patient.info/doctor/acu
te-myocardial-infarction)
Manbalar
Soʻnggi tahrir 6 yillar avval
Ximik1991
tomonidan amalga oshirildi
title=Miokard_infarkti&oldid=1920
919
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |