Технологик таълим факультети
Технологик таълим кафедраси
Доценти С.А.Болтабоев
“Технология ва дизайн” фанидан
“Ризина материаллари” мавзусида ўтказган
ОЧИҚ ДАРС ИШЛАНМАСИ
12.10.2020 й
12.10.2020 й
Тошкент – 2020
Mavzu.Rezina materiallari.
Reja.
1.Rezina haqida tushuncha.
2.Rezina buyumlar ishlab chiqarish
3.Rezina ishlab chiqarishdagi asosiy jarayonlar
4.Rezina aralashmasini tayyorjlash
5.Rezina aralashmasini shakillash.
1.Rezina haqida tushuncha.
Rezina ko’p komponetli material bo’lib , kompozitsion material hisoblanadi ,u ozigina kuch ta’sirida osonlik bilan deformasiyalanishi mumkin va o’zining shaklini deformasiyadan so’n qaytadan tiklash xususiyatiga ega.Rezina buzilmasdan, uzilmasdan , qoldiq deformasiyasi deyarli qolmasdan 500 – 1000% nisbiy chozilishi mumkin .Ma’lumki ,po’lat cho’zilish jarqayonida uning cho’zilishi qayishqoqligining atigi 1% ini tashkil etadi. Rezinaning bunday xususiyati yuqori elastic xususiyati deb ataladi. Bu ko’rsatkich katta ahamiyatga ega .
Bundan tashqari, rezinzning muhim xarakteristikasi uning qattiq emasligidur.Bu ko’rsatgich uning deformatsiyasi – qayishqoqlik xususiyatiga ega bo’lishi undan har hil valiklar yasashda unga ten keladigan material yo’qligidan dalolat beradi.
Rezina yuqori ishqalanish konffitsiyentiga egadur. Suv va gaz o’tgazuvchanligi , agressiv muhit ta’siriga chidamligi bilan boshqa materiallardan ajratilib turadi. Rezina ko’p komponentli sistema , unui tayyirlash va undan buyum olish ancha murakkab va ko’b energiya talab qilmaydigan jarayondur .Rezina tayyorlash uchun yuqori molekulali polimerlar qo’llaniladi . Ulardan asosan , qattiq ( shishasimon, kiristal ) holatdan yuqori elastic holatga o’tishda past (uy haroratidan past) hatoratni tashkil qiladiganlari foydalaniladi. Rezina tayyorlash uchun qo’laniladigan elastomerlar odatda kauchuklar deb ataladi.
Ko’pincha kauchuklar rezinaga aylanishi natijasida ularning makromolekulalari orasida kimyoviy bog’ , yani to’rsimon bog’ hosil bo’ladi .Kauchukdan tashqari rezina olishda har xil qoshimchalar (ingridiyentlar) ishlatiladi .Bular kauchukni qayta ishlash vaqtida kimyaviy o’zgarishlarga sabab bo’ladi (plastikligini oshirish , choklash va h.k) va rezina buyumlar maxsus xossalarga ega bo’ladi. Ingridiyentlar (qorishmaning tarkibiy qismi ) o’zlarining ta’siri bo’yicha quyidagilarga bo’linadi :
-vulkanlovchi agentlar
-vilkanlashni tezlashtruvchilar
-aktivlovchilar
- to’ldirgichlar
-plastifikatlar
- eskirishdan saqlovchilar yani har xil kimyoviy moddalar.
Ingridiyentlarning qiymati kauchukka nisbatan birdan to o’nlab foizlarni tashkil etadi.
Rezinaning fizik – mexanik xossalarini yaxshilash uchun uning ishqalanishiga chidamliligini, qattiqligini , mustahkamligini va boshqa xossalarini yaxshilash uchun tarkibiga oz miqdorda texnik uglerod (qurum) kukun holida qo’shiladi.
Ko’p rezina buyumlar faqat rezinadan tayyorlanmasdan , tarkibida mato va armirlovchi materiallar kiritiladi .Misol uchun ,avtomobil shinasini olsak ,unda mato ( kord )ning miqdori 15 – 35 % ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |