18-Mavzu. Muvaffaqiyat sirlari
Reja:
O’z ishiga nisbatan fidoiylik.
Asosiy tamoyillarni o’rganishga sadoqat ko’rsatish.
Maqsadga erishish, vazifalar yechimini topish va rejalarni bajarish.
Muvaffaqiyat sari olti qadam
Tayanch so’z va iboralar: Muvaffaqiyatga yo’l, fidoiylik, sadoqat, maqsad, psixologik zona, qatiylik.
Muvaffaqiyatga yo’l-bu ta’lim olish yo’li. Nafaqat g’alabalardan, balkim o’z xatolaridan ham o’rganishadi. Boshqalarning tajribasidan o’rganing!
Keyingi yetti tavsifnoma, qanday qilib, nafaqat sportda, o’qish, biznes va siyosatda ham, chempion bo’lish mumkinligini tushunishga yordam beradi.
O’z ishiga nisbatan fidoiylik
Har qanday faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun fidoiylik kerak. Shuning uchun siz nimaga butun hayotingizni, afsuslanmay, baxshida etishingiz mumkinligini aniq belgilashingiz kerak. Aks holda intilishlaringizga jo’shqinlik yetishmaydi.
Bunday mashg’ulot siz uchun zerikarli bo’lmaydi. Siz unga sutkaning 12-15 soatini baxsh etishingiz mumkin. Charchoq to’g’risida so’z bo’lishi mumkin emas.
Jo’shqinliksiz yettita tavsifnomaning birontasi ham ma’no kasb etmaydi.
Asosiy tamoyillarni o’rganishga sadoqat ko’rsatish
Yangi metodlarni o’rganish, yangi bilim, ko’nikma va salohiyatlarga ega bo’lish sizning faoliyatingizni mukammal darajaga yetkazishga imkon beradi. Bu xususiyat timsoli sportchilar uchun tavsiflidir. Musobaqalarga tayyorlanishda sportchi bita mashqni mukammallashtirgandan keyingina boshqasiga o’tadi, kuchlarini taqsimlaydi, raqibini baholaydi. Natijalarning doimiy tahlili, doimiy yangi harakatlar qayta aloqa va yana tahlil.
Maqsadga erishish, vazifalar yechimini topish va rejalarni bajarish
Muvaffaqiyat qozonish uchun maqsad va unga erishish vositalarini ko’ra bilish zarur. Rejani yaxshilab o’ylab ko’ring va uni bajarishga kirishing.
Yaxshilab o’z-o’zini tahlilni amalga oshirish kerak. O’zingizning kuchli va kuchsiz tomonlaringizni aniqlang. O’zingizga nisbatan maksimal halol ish yuriting. Bu punktdagi muvaffaqiyatga mas’ullik sizning zimmangizda yotadi. Kuchli tomonlarni mustahkamlash va kuchsiz tomonlarni bartaraf qilish, yuzaki emas, sifatli amalga oshirilishi kerak. Faqat mana shunday yo’lgina rejalarni amalga oshiringizning yangi bosqichiga o’tish imkoniyatini beradi. So’ngra komponentlarning har birini alohida takomillashtirish masalasini qo’yish mumkin. Agar chempion qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida qat’iyatli bo’lsa, unga yetishish uchun doim o’ylansa, u yangi metod va yo’llarni izlab topadi. U maqsadiga erishadi chunki u bu haqda 24 soat o’ylaydi.
Qat’iyatlilik
Maqsadga erishish harakatsiz, intilishsiz bo’lmaydi. Hamma narsa bo’lishi mumkin. Go’yo maqsadlarning jiddiyligini tekshirmoqchi bo’lganday, hayotda turli-tuman muammolar, imtihon va sinovlar bor. Agar siz barcha qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli bartaraf etsangiz, xatolar sizning kayfiyatingizni buzmaydi. Siz har safar yiqilganingizdan keyin o’rningizdan turasiz, xulosalar qilasiz, olg’a intilasiz va nihoyat manzilingizga yetasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |