BOB.
Alisher Navoiyning " Etsangiz" radifli gʻazali
Rozi ermasmen, ko’ngul chokini payvand etsangiz,
Qolg’anin ham koshki parkand-parkand etsangiz.
Itlari ollida solibkim meni , ul ko’ydin
Qovmaq istarlar , dame mashg’ulu xursand etsangiz.
Qayd etarda ul pariy ko’yida men devonani,
Itlari zanjiri birla koshki band etsangiz.
So’rmog’imga kelsa Majnun netti , ey ahli junun,
Va’zu pand aytib , meni bir dam xiradmand etsangiz.
Telba itni demangiz mendek, nedinkim or etar,
Aqlu hush ahlini bir majnung’a monand etsangiz.
Eyki debsiz : pandingizdin bodani tark etkamen,
Tark etay , avval meni shoistai pand etsangiz.
Gar achchiq yig’lar Navoiy daf’ig’a , ey sho’xlar ,
Netti ollinda turub bir dam shakarxand etsangiz.
2.2.Tushunilishi qiyin bo’lgan so’zlar lug’ati.
1.Chok-yirtiq, yaralangan , jarohatlangan maftun bo’lgan ;
2.Payvand etsangiz- ulash, biriktirish ;
3.Parkand-parkand- parcha –parcha,mayda-mayda;
4.Ollida- oldida, huzurida;
5.Ko’y- ishqida;
6.Qovmoq-quvmoqlik;
7.Dame-lahza , on , vaqt;
8.Mashg’ul- band, mashg’ul;
9.Junun-oshiqlar
10.Xirandmand- aqlli, dono donishmand ;
11So’rmoq- so’ramoq;
12.Va’z- pand ,nasihat;
13.Aqli hush ahli-aqllilar;
14. Monand-o’xshash;
15. Boda-sharob;
16.Shoistai –loyiq yarashiqli, munosib, muvofiq;
17. pand etmoq-nasihat qilmoq;
18.Daf’ig’a- yo’qotish, uzoqlashtirish,haydash;
19.Shakarxand- chiroyli tabassum qilivchi, shirin tabasum egasi.
20.Sho’xlar-go’zallar.
2.3. G’azalning nasriy bayoni .
Alisher Navoiyning “Favoyid ul- kibar “ asarining 217- g’azali “ Etsangiz”
Radifli g’azali ham yakpora g’azal hisoblanadi. Mavzusiga ko’ra ishqiy g’azaldir. G’azal an’anaviy yetti baytdan ibirat. Radifi sof turkiy so’z. Qofiyalari “payvand”, “ parkand-parkand “, “xursand “, “band”, “xiradmand“, “monand” , “ pand”, “shakarxand” kabi turkiy va forsiy kalimalardan iborat.
Rozi ermasmen , ko’ngul chokini payvand etsangiz,
Qolg’anin ham koshki parkand-parkand etsangiz.
1-baytning nasriy bayoni va tahlili:
Ko’ngil chokini ulasangiz rozi emasman, Koshki qolganini ham parcha-parcha qilsangiz.Navoiy bu baytda ishqdan yuragi parcha-parcha bo’lganini va uni ulamasliklarini qolganini ham parchalashlarini so’raydi. “parkand-parkand”so’zi bilan “payvand etmoq” so’zlari tazod san’atini yuzaga keltirgan.
Itlari ollida solibkim meni, ul ko’ydin
Qovmoq istarlar , dame mashgulu xursand etsangiz.
2-baytning nasriy bayoni va tahlili:
Uning ishqidan quvmoq istarlar, Meni itlari oldida bog’lab xursand qilsangiz.Ushbu baytda Navoiy yorini shu qadar sevishi itlarining oldiga bog’lab qo’ysalar xursand bo’lishidan ko’rinib turadi.Navoiy shunga o’xshash misrani “Qilg’il “ radifli g’azalida ham keltirgan edi.
Takovaringg’a bag’ir qonidin hino bog’la,
Itingg’a g’amzadan jon rishtasin rasan qilg’il.
Ushbu baytda ishq yo’lida qanday qiynashlari , hatto, xo’rlashlariga tayyor ekanini bildirgan. Ikkinchi misrada u yorining g’am chekayotgan joni ipidan o’z itiga arqon qilib olishga ham rozi .
Qayd etarda ul pariy ko’yida men devonani,
Itlari zanjiri birla koshki band etsangiz.
3-baytning nasriy bayoni va tahlili:
Ul pari ishqida men devonani bog’layotganda , Koshki, itlarining zanjiri bilan bog’lasangiz. Bu bayt 2-baytning yaqqol davomi hisoblanadi ushbu baytda sifatlash san’atini ham ko’rish mumkin.
So’rmog’imga kelsa Majnun netti , ey ahli junun,
Va’zu pand aytib ,meni bir dam xiradmand etsangiz.
4-baytning nasriy bayoni va tahlili:
Ey oshiqlar Majnun nima qildi, Va’z aytib meni bir dam donishmand qiling . Ushbu baytda oshiqlarga murojaat qilgan ya’ni, Majnun oshiqlikda ne qildi? ,-deb so’raydi. Ushbu baytda nido san’ ati mavjud. “Majnun” so’zi talmeh san’atini yuzaga keltirgan. “ va’zu pand” so’zlari orqali ta’did san’atini yuzaga keltirgan.
Telba itni demangiz mendek, nedinkim or etar,
Aqlu hush ahlini bir majnung’a monand etsangiz.
5-baytning nasriy bayoni va tahlili:
Telba itni mendek demang , aqllilar ahlini bir devonaga o’xshatsangiz ular or qiladi. Ushbu baytda oshiq o’zini itdan ham past ko’radi. Ya’ni it bilan meni tenglashtirmang ular mendanda aqlli deydi oshiq.Ushbu baytda tashbeh san’ati yuzaga kelgan. Tazod san’ati ham ikkinchi misrada yaqqol ko’rinib turibdi. “telba “ so’zi sifatlash san’atini yuzaga keltirgan.
Eyki debsiz: pandingizdin bodani tark etkamen,
Tark etay, avval meni shoistai pand etsangiz.
6-baytning nasriy bayoni va tahlili:
Nasihatingizdan sharobni tark etaman , Avval meni munosib nasihatga loyiq korsangiz. Ushbu baytda Oshiq nasihatdan song sharobni tark etishini aytadi, Bu baytda tasbe san ‘ati yuzaga kelgan. “ pand” “ pand etmoq” so’zlari ishtiqoq san’atini vujudga keltirgan.
Gar achchiq yig’lar Navoiy daf’ig’a ,ey sho’xlar,
Netti ollinda turub bir dam shakarxand etsangiz.
7-baytning nasriy bayoni va tahlili:
Navoiy yo’qotishiga achchiq yig’lar, ey go’zallar oldimda turib bir chiroyli tabassum qilsangiz. Ushbu baytda Navoiy go’zalning bir tabasummiga sharobdan kechib hatto yig’lashini ham aytadi .
Ushbu g’azalda nido san’ ati mavjud. Tazod san’atini ham yuzaga keltirgan so’zlar mavjud.”achchiq ,” shakarxand” so’zlari o’zaro tazod san’atini yuzaga keltirgan.
G’azaldagi badiiyat salmog’I mazmunan , g’oya , ruhiy ta’sir kuchini teran tushunish uchun xizmat qiladi. Navoiyning ushbu g’azali Navoiyga xos shunday mantiqiy yakun, shoirona ruhbaxsh ohang bilan nihoyasiga yetgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |