O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti Fizika – matematika fakulteti Fizika ta’limi yo’nalishi
Bog'liq Turli shakldagi tirqish va to\'siqdagi difraksiya. Aylanma (doira) shakldagi triqish va to’siqdagi hamda chiziqli tirqish va to’siqdagi difraksiya.Ularga doir tajribalar va fizika praktikumlari
O ’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti Fizika – matematika fakulteti Fizika ta’limi yo’nalishi 2-bosqich 202 -guruh talabasi Teshaboyev Sirojidinning Optika fanidan
Mavzu: Turli shakldagi tirqish va to'siqdagi difraksiya. Aylanma (doira) shakldagi triqish va to’siqdagi hamda chiziqli tirqish va to’siqdagi difraksiya.Ularga doir tajribalar va fizika praktikumlari
MUSTAQIL ISHI
Andijon-2022
Turli shakldagi tirqish va to'siqdagi difraksiya. Aylanma (doira) shakldagi triqish va to’siqdagi hamda chiziqli tirqish va to’siqdagi difraksiya.Ularga doir tajribalar va fizika praktikumlari
REJA :
1 . Yorug`lik difraksiyasi , Gyuygens prinsipi , Frenel zonalari usuli 2 . Doiraviy teshikdan hosil bo`ladigan Frenel difraksiyasi. 3 . Тirqishdan hosil bo`ladigan Fraungofer difraksiyasi. 4 . Yorug`likni qaytishda va sinishda qutblanishi.Bryuster qonuni. 5 . Ikkilanma nur sindirishdagi qutblanish. Xulosa Foydalanilan adabiyotlar .
1.Yorug`lik to`lqinlarining to`siqlarni aylanib o`tib geometrik soya sohasiga burilish hodisasi yorug`lik difraksiyasi deyiladi. Тo`lqin uzunligi to`siq o`lchami bilan o`lchovdosh kattaliklar bo`lganda, ya’ni da kuchli difraksiya kuzatiladi. Тo`lqinlar difraksiyasi hodisasi Gyuygens prinsip yordamida tushuntirilishi mumkin. Gyuygens prinsipiga binoan to`lqin harakat yetib borgan har bir nuqta ikkilamchi to`lqinlar uchun markaz bo`lib xizmat qiladi, bu to`lqinlarning o`rab olgan egri chiziq keyingi momentdagi to`lqin frontining vaziyatini beradi. Frenel Gyuygens prinsipini ikkilamchi to`lqinlar interferensiyasi haqidagi tushuncha bilan to`ldirdi. Biror S manbadan tarqalayotgan yorug`likning to`lqin sirtining har bir elementi ikkilamchi sferik to`lqinning manbai bo`lib u to`lqinning amplitudasi r masofa ortgan sari 1/ r qonun bo`yicha kamayib boradi. Demak to`lqin sirtining har bir ds elementidan R nuqtaga quyidagi to`lqin keladi: Difraksiya hodisasi ikki xil bo`ladi. Agar yorug`lik manbai va kuzatish nuqtasi R nuqtaga boruvchi nurlar deyarli parallel dastani hosil qilsa, Fraungofer difraksiyasi yoki parallel nurlardagi difraksiya kuzatiladi. Aks holda Frenel difraksiyasi kuzatiladi. Bir jinsli muxitda nuqtaviy S manbadan tarqaluvchi sferik to`lqin R nuqtada uyg`otadigan yorug`lik tebranishining amplitudasini topish uchun GyuygensFrenel prinsipini tatbiq qilamiz. Bunday sferik to`lqinning to`lqin sirti SR to`g`ri chiziqqa nisbatan simmetrik bo`ladi. Frenel to`lqin sirtni shunday xalqasimon zonalarga ajratganki, har bir zonaning chetidan P nuqtagacha bo`lgan masofalar bir-biridan 2 ga farq qiladi. m-nchi zonaning tashi chetidan P nutagacha bo`lgan dm masofa quyidagicha ifodalanadi Ikki o`shni zonaning bir xil nuqtalaridan P nuqtaga keluvchi tebranishlar qaramaqarshi fazali bo`ladi. Shuning uchun P nuqtadagi natijaviy yorug`lik tebranishining amplitudasi. Frenel zonalari P nuqtada uyg`otadigan tebranishlarining amplitudalari monoton kamayuvchi ketma-ketlikni hosil qiladi: Demak butun to`lqin sirtining ta’siri markaziy zona ta’sirining yarmiga teng. Markaziy zonaning o`lchovlari millimetrning ulushlari tartibida bo`lganligi uchun yorug`lik S nuqtadan P nuqtaga go`yo juda ingichka to`g`ri chiziqli kanal chegrarasida tarqaladi.Agar yorug`lik to`lqinining yo`liga hamma juft nomerli yoki to nomerli zonalarni to`suvchi plastinka qo`yilsa, P nuqtada tebranish amplitudasi keskin ko`payib ketadi. Bunday plastinka zona plastinkasi deb ataladi. 2 . Sferik yorug`lik to`lqinining yo`liga r0 radiusli doiraviy teshigi bo`lgan shaffofmas to`siq qo`yamiz. Ekranni shunday joylashtiramizki, S yorug`lik manbaidan tushirilgan perpendikulyar teshikning markaziga to`g`ri kelsin. Тeshikning r0 radiusi d va do uzunliklardan juda kichik bo`lganda, d ni S manbadan to`siqqacha bo`lgan masofaga teng deb, d ni esa to`siqdan P nuqtagacha bo`lgan masofaga teng deb hisoblash mumkin. Agar d va do masofalar shartni qanoatlantirsa, teshik P nuqta uchun aniqlangan Frenel zonalaridan to`ppa-to`g`ri birinchi m tasini ochiq qoldiradi. Ochiq Frenel zonalarining soniFrenel zonalarining soni - juft yoki toq son ochiq bo`lishiga qarab, P nuqtaning o`zida intevsivlik maksimumga yoki minimumga erishadi. Misol uchun bu son 3 ga teng bo`lsin. U holda difraksion manzaraning markazida intensivlikning maksimumi hosil bo`ladi . Demak doiraviy teshikdan hosil bo`ladigan difraksion manzara navbatmanabat joylashgan yorug` va qoramtir konsentrik xalalardan iborat bo`ladi. Manzaraning markazida yo yorug` (m-toq son), yo qora (m-juft) dog` bo`ladi.