Ш QISM.
TU PRO Q LA R N IN G XUSUSIYATLARI, TASNIFI,
TA SHXISI VA UNUM DORLIG I
I BOB. TUPROQLARNING MORFOLOGIYASI, TARKIBI,
TUZILMASI VA XOSSALARI
1.1. Tuproqlam ing morfologiyasi va kimyoviy tarkibi
Tuproqda ona jins tarkibida bo‘lmagan
bir qancha modda va
birikmalar ham paydo boiadi. Shu bois tuproq o‘z ona jinsidan
faqat unumdorligi bilangina emas, balki o‘zining tashqi ko‘rinishi
(morfologiyasi) bilan ham farqlanadi. Demak, u tog4 jinslaridan
hamda bir-birlarida tusining boshqachaligi bilan ham farqlanadi.
Tuproqlar geografiyasi jihatidan bu muhim ahamiyatga ega. Chunki
tuproq morfologiyasini o‘rganish
bilan tuproq hosil qiluvchi
jarayonlaming yo‘nalishi va darajasi to‘g‘risida aniq tasavvurlar
vujudga keladi - boyiydi.
Tuproq morfologiyasiga oid usullar ham bevosita V.V.Doku-
chayevning dala ilmiy tadqiqotlari bilan bogiiq.
Tuproq qoplamining o‘ziga xos morfologik belgilari quyida-
gilami o‘z ichiga oladi: tuproqning genetik qatiamlari, tuproq
qoplami
qalinligi, tuproq tusi, mexanikaviy tarkibi, tuzilmasi,
qovushmasi, yangi yaralmasi va qo‘shilmasi.
Tuproqning genetik qatlami, uning bir qancha (haydalma
o‘rmon qiyi, torfli, chirindili, akkumuliyativ, elyuvial yoki yuvilma,
oikuvchi - oraliq yoki illyuvial - shimilma, tuproq osti) qatlamdan
tashkil topganligini bildiradi.
Tuproq qoplami qalinligi - barcha
genetik qatlamlar yigindisi
bo iib (40-150 sm, ayrim hollarda - 300 sm), tuproqning agronomik
sifatlari va tuproqlar geograflyasining ayrim qonuniyatlarini
aniqlashga yordam beradi.
Tuproqning tusi uning kimyoviy tarkibi (chirindi, kremniy,
temir) va gumus miqdoriga bogiiq tarzda o‘zgarishi aniqlangan.
45
Tuproqning mexanik tarkibi uning tarkibidagi qum, loy
miqdorlariga qarab aniqlanadi.
Tuproq tuzilmasi tuproq tarkibidagi mayda mineral zarra-
chalaming, biokimyoviy omillar ta’sirida bir-birlari bilan yopishib,
donador holga (tuzilma agregatlari) o‘tishidan vujudga keladi. Ana
shu donadorlik holati tuzilmani tashkil etadi.
Tuproq qovushmasi tuproq qatlamlaridagi zarra va bo‘lak-
chalar evaziga yuzaga keladi.
Yangi yaralmasi tuproq paydo bo‘Iishida
qatlamlarda
to‘plangan shakli va kimyoviy tarkibi turlicha bo‘lgan moddalardir.
Ular genetik jihatdan: kimyoviy va biologik guruhlarga boiinadi.
Tuproq qo‘shilmasi unga u hosil boMgandan so‘ng qo‘shilgan,
asosan turli qoldiqli moddalar majmuasidir.
Tuproq tarkibining deyarli 90
%
ini mineral moddalar tashkil
etgan bo‘lib, unda barcha kimyoviy elementlarning mavjudligi
aniqlangan. Biroq, litosfera bilan tuproq tarkibida ularning nisbati
turlicha (III.1.1.1.1 -jadval).
Litosfera va tuproq tarkibidagi kimyoviy elementlarning
nisbati, % hisobida (A.P.Vinogradov bo‘yicha)
Ш.1.1.1.1-jadval
№
Ele
mentlar
Lito-
sferada
Tup
roqda
№
Ele
mentlar
Lito-
sferada
Tup
roqda
1
О
47,2
49,0
8
Mg
2,10
0,60
2
Si
27,6
2,0
9
Ti
0,60
0,46
3
A1
8,8
7,13
10
H
0,15
Г 5,40
4
Fe
5,1
3,80
11
С
0,10
2,0
5
Ca
3,6
1,37
12
s
0,09
0,085
6
Na
2,04
0,63
13
p
0,08
0,09
7
К
2,60
1,36
14
N
0,01
0,10
Tuproq tarkibidagi azot, uglerod
va fosfor elementlarining
ko‘pligi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu elementlar tuproq hosil
bo‘lish jarayonida to‘planib borgan.
Tuproqlar geografiyasi nuqtayi nazaridan qaralganda tuproq
laming kimyoviy tarkibi ona jinslar tarkibi bilan bog‘liq. Tuproq
46
turlari hamda genetik qatlamlarda ham kimyoviy eiementlar miqdori
farqlanadi. Umuman tuproqlaming kimyoviy tarkibi uni hosil
qiladigan tabiiy omillar xarakteri va nurash mahsulotlarining
tarkibiga hamda tuproq paydo boiishiga ko‘ra o‘zgarib turadi.
1.2. Tuproq tuzilmasi
Har qanday tizimlar tuzilma (struktura)si -
bu uning qismla-
rining o‘zaro munosabati bilan bog‘liqdir. Har xil shakl va oicham-
dagi tuproq element (qism, agregat)lari yigindisidan tuproq
tuzilmasi vujudga keladi. Tuproq qancha donador boisa
Do'stlaringiz bilan baham: