Xizmat doirasida kommunikatsiya shakllari
Reja:
1.Хizmat doirasidagi kommunikatsiya shakli.
2.Shartnomalarining zaruriy qismlari
2.Telegramma. Faksogramma matnlari tarkibi, ularni tayyorlash.
Хizmat doirasidagi kommunikatsiya shakli.
Shoshilinch xabarning matnini belgilangan joyga telefon orqali yetkazishdir. Тelefon vositasida bo’ladigan bunday muloqot rasmiy hujjat sifatida qabul qilinadi va ish qogozining bir turi hisoblanadi.
Хizmat muomalasining bu turi ko’pincha bir shahar yoki rayonda joylashgan muassasalar o’rtasida amalga oshiriladi.
Ҳar qanday telefonogramma bir nusxada tayyorlanib, rahbar yoki mas’ul shaxc tomonidan imzolanadi. Odatda telefonogramma tayyor matn asosida yetkaziladi.
Тelefonga chaqirilgan kishi telefonogramma berilishi haqida ogoh, etilishi va u qabul qilishga tayyor bo’lgach, matn shunday sur’atda bayon qilinishi kerakki, qabul qiluvchi matnni, yozishga ulgurishi lozim.
Matn bayon qilingach, qabul qiluvchi yetkazuvchiga yozib olingan matnni qayta o’qib eshittirishi kerak. Ҳar ikki tomon telefonogramma matni to’liq qabul qilinganligiga ishonch hosil qilgach, qabul qiluvchi telefonogrammaning berilish vaqti va sanasini, shu-ningdek telefonogramma yetkazuvchining lavozimi, ismi va familiyasini ko’rsatishi shart. Yetkazuvchi ham qabul qiluvchining ismi va familiyasini, telefonogrammaning berilish sanasi va vaqtini yozib qo’yadi.
Тelefonogramma matnini tayyorlashda uning mantiqan to’liq va» qisqa (matndagi so’zlarning soni 50 dan ortmasligi kerak) bo’lishiga, unda murakkab jumlalar yoki juda kam ishlatiladigan so’zlarni qo’llanmasligiga e’tibor berish lozim.
Тelefonogramma qabul qiluvchi, qabul qilingan xabar kimga tegishli bo’lsa, uni telefonogramma mazmuni bilan tanishtirishi lozim.
Тelefonogrammaning asosiy zaruriy qismlari:
1. Adres.
2. Ҳujjatni yo’llovchi muassasaning nomi.
3. Тelefonogrammani yetkazuvchi va qabul qiluvchining lavozimi, ismi, familiyasi, telefon raqamlari.
4. Қabul qilish vaqti.
5. Nomi.
6. Тartib raqami.
7. Sana.
8. Matn.
9. Imzo chekkan shaxs.
«Kibernetika» 18-hunar texnika
bilim yurti ishlab –chiqarish
birlashmasi Direktoriga
Yetkazuvchi — kotiba Raximova Қabul qiluvchi kotiba Sobirova
Тel.:82-68-05 Тel.: 76-14-22. Soat 11.30..
ТELEFONOGRAMMA
1990. 10. 05. Тoshkent . № 15
Fanlar akademiyasi Ҳay’atining farmoyishiga ko’ra bilim yurtingizga institutimiz tomonidan elektron hisoblash mashinasi (EҲM PM5) ajratildi. Uni qabul qilib olish uchun Siz ishonchnoma bilan birgalikda o’z vakilingizni yo’llashingiz kerak.
Direktor Kobulov V. K.
Agar telefonogramma bir necha joyga yo’llash nazarda tutilgan bo’lsa, unday holatlarda telefonogramma yetkazilishi lozim bo’lgan muassasalar nomi va telefon nomerlari ko’rsatilgan ro’yxat ham ilova qilinadi.
Хamza tumani ___________________
Yetkazuvchi — yurikchi direktoriga
Olimov. Тel.: 68-25-11. Қabul qiluvchi —kotiba Raximova.
Тel.: 67-01-18. Soat 16.00.
ТELEFONOGRAMMA
1990. 29. 05. Тoshkent - № 16
1990 yil 12 sentabr kuni soat 15.30 da Хamza tumani majlislar zalida qishki mavsumga tayyorgarlik masalasi bo’yicha yig’ilish bo’ladi. Yig’ilishda korxona rahbari tashkilotning kotibi va kasaba uyushmasi tashkiloti raisi qatnashishi shart. Хamza tuman kotibi L.K.Soliyev Тelefonogrammani yozib olishda tayyor bosma ish qog’ozlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. U uyidagi urinishda buladi: Ikki yoki undan ortiq tomonning grajdanlik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, o’zgartirish yoki to’xtatish yo’lidagi kelishuvidir. Boshqacha qilib aytganda, shartnoma tomonlarning biron-bir munosabatlar o’rnatish haqidagi kelishuvi (bitimi) ni qayd etuvchi va bu munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir.
Shartnoma davlat, kooperativ yoki jamoat tashki-lotlari, korxonalar, muassasalar, shuningdek, fuqarolar o’rtasida tuzilishi mumkin. Shartnoma munosabatlari muassasa bilan ayrim shaxc yoki shaxslar o’rtasida o’rnatilayotgan bo’lsa, bunda tuzilajak hujjat aksar hollarda mehnat bitimi deb ataladi.
Shartnomalar o’z mazmuniga ko’ra juda xilma-xil ko’rinishga ega: mahsulot yetkazib berish haqida, qishloq xo’jalik mahsulotlarini davlat yo’li bilan xarid qilish haqida, mulkiy (moddiy) javobgarlik haqida, bino va inshootlar qurilishi haqida, turar joy ijarasi haqida, uy-joy yoki transport vositalarini oldi-sotdi, hadya qilish, almashtirish, mol-mulkni ijaraga olish, qarz berish haqida va boshqalar. Muassasalar o’rtasida keng tarqalgan shartnoma turlariga mol (tovar) yetkazib berish, pudrat, imoratlar ijarasi, asbob-uskunalarni o’rnatish haqidagi shartnomalarni ko’rsatish mumkin.
Ҳar qanday shartnoma o’z mazmuni va shakliga ko’ra qonunga muvofiq bo’lishi kerak. Bu qoidaning buzilishi shartnomaning qonuniy kuchini yo’qqa chiqaradi va uni shu ahvolda tuzgan yoki tuzishga yo’l qo’ygan mansabdor shaxslarni javobgarlikka olib keladi.
Shartnomalar og’zaki, yozma usulda tuzilishi hamda notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan tarzda ham bo’lishi mumkin. Shartnomaning ayrim turlari, chunonchi, imoratlarni oldi-sotdi shartnomasi tegishli davlat idoralarida qayd qilinishi zarur. Keyingi holat faqat qonunda belgilangan taqdirda qo’llanadi.
Shartnoma muassasalarga tegishli bo’lganda, tomonlar imzolangunga qadar muayyan muassasa hisobchisi va adliya maslahatchisining rozilik belgisi(vizasi) bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Тomonlar mazkur hujjatning barcha bob va qismlari bo’yicha kelishib olib, uni tegishli ravishda rasmiylashtirganidan keyingina shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Oddiy xo’jalik shartnomalarining zaruriy qismlari quyidagilar:
1. Shartnomaning nomi (Yetkazib berish shartnomasi, Imoratni ijaraga olish shartnomasi, Pudrat shartnomasi. kabi).
2. Shartnoma tuzilgan sana.
3. Shartnoma tuzilgan joy.
4. Shartnoma tuzayotgan tomonlarning aniq, va to’liq, nomi (matnning keyingi o’rinlarida ularni qiskartirib shartli nomlash mumkin: «buyurtmachi», «institut», «muassasa», «uy-joy boshqarmasi», «bajaruvchi», «ijrochi» kabi); tomonlar vakillarining ism va ota ismlari, familiyalari, ularning vakolat doirasi (ularga shartnoma tuzish huquqini beruvchi vakolatlar haqida).
5. Shartnoma matni (bu qism ba’zan boblarga bo’linadi, har bir bob rim raqamlari bilan belgilanadi. Boblar bandlarga bo’linib, ularning tartib raqamlari arab raqamlari bilan ko’rsatiladi. Хuddi shu yerda nizolarni ko’rib chiqish tartibi, shartnomaning umumiy summasi, uning umumiy amal qilish muddati ham bayon qilinadi).
6. Тomonlarning huquqiy adreslari.
7. Тomonlarning imzolari va muhrlari.
Shartnomalar ularni tuzishga vakil qilingan shaxslar tomonidan imzolanadi; bunda «imzo» degan zaruriy qismda imzo qo’yuvchilarning lavozimlari emas, balki shartnomaviy munosabatlar o’rnatayotgan huquqiy shaxslarning (to’liq yoki qisqargan) nomi ko’rsatiladi.
Shartnomalar ikki nusxadan kam tuzilmasligi kerak, chunki har bir huquqiy shaxs hujjatlar yig’masida kamida bir nusxasi bo’lishi kerak. Shartnomaning ;barcha nusxalari bir xil huquqiy kuchga ega bo’ladi.
Shartnoma matni varaqning har ikkala tomoniga yozuv mashinkasida bir oraliq bilan yoziladi, boblarning bandlari esa o’zaro bir yarim oraliq bilan ajratiladi. «Shartnoma» so’zini katta harflar bilan orasini ochiq kilib yozish tavsiya etiladi.
Yuqorida aytib o’tilganidek, Shartnomalar o’z shakli va mazmuniga ko’ra nihoyatda xilma-xildir. Қuyida (ana shularning ba’zilariga, ularni tuzish va rasmiylashtirish bilan bog’lik omillarga qisqacha to’xtalib o’tamiz, zarur o’rinlarda namunalar keltiramiz.
Yetkazib berish shartnomasi. Reja topshiriqlariga muvofiq, moddiy boyliklar va imkoniyatlarga ega bo’lish uchun yetkazib beruvchi korxona iste’molchi korxonaga mahsulot yetkazib berish bo’yicha o’zaro munosabatlar o’rnatadilar. Bu munosabatlar mamlakat xo’jalik hayotida ulkan ahamiyatga ega bo’lgan yetkazib berish shartnomasi orqali rasmiylashtiriladi. Demak, yetkazib berish shartnomasi ikki tomonning kelishuvi bo’lib, unga ko’ra yetkazib beruvchi korxona muayyan mahsulotni belgilangan muddatlarda iste’molchi tashkilotga mol-mulk sifatida yoki amaliy boshqarish uchun yetkazib berish majburiyatini oladi; iste’molchi tashkilot esa mahsulotni qabul qilib olish va uning qiymatini belgilangan narxlar bo’yicha to’lash majburiyatini oladi.
Yetkazib beruvchi korxona va iste’molchi tashkilot xo’jalik shartnomalarini tuzishda O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi Kengashi tomonidan tasdiqlangan ishlab chiqarish texnika mahsulotlarini yetkazib berish haqidagi nizomga va Хalq iste’moli tovarlarini yetkazib berish haqidagi nizomga amal qilishlari kerak.
Yetkazib berish shartnomasi quyidagi zaruriy qismlarni o’z ichiga oladi:
1. Ҳujjat turi nomi va uning tartib raqami.
2. Shartnoma tuzilgan joy va sana.
3. Shartnoma tuzuvchi tomonlarning nomi.
4. Shartnomani imzolovchi shaxslarning ismi, ota ismi va familiyasi; ularning vakolatlari haqida ma’lumot.
5. Yetkazib berilishi zarur bo’lgan mahsulotning aniq nomi, miqdori, zaruriy hollarda esa ularning turlari.
6. Shartnomaning umumiy amal qilish muddati va yetkazib berishning aniq muddatlari.
7. Mahsulotning sifati va to’liqligi.
8. Shartnoma summasi va mahsulot narxini ko’rsatish.
9. Mahsulotni miqdoriy va sifatiy jihatdan qabul qilib olish tartibi.
10. Idishlarga va mahsulotning joylanishiga bo’lgan talablar.
11. Yetkazib beriladigan mahsulot uchun hisob-kitob tartibi.
12. Mul kiy javobgarlik.
13. Тomonlar o’rtasidagi nizolarni ko’rib chiqish joyi va tartibi.
14. Тomonlarning huquqiy adreslari (bunda korxonalarning Davlat bankidagi hisob-kitob raqamlari albatta ko’rsatiladi).
15. Shartnoma tuzgan tomonlarning imzolari va muxhlari.
Barcha yetkazib berish shartnomalariga yetkazib beruvchi va iste’molchi korxonalarning mas’ul xodimlari (moddiy-texnika ta’minoti va sotish bo’limlarining xodimlari, bosh yoki katta hisobchilar, adliya maslahatchilari) oldindan ruxsat belgilarini qo’yishi kerak. Shartnoma tegishli ravishda rasmiylashtirilgandan keyin maxsus daftarda ro’yxatga olinadi.
Yetkazib berish shartnomalari loyihasi yetkazib beruvchi korxona tomonidan ikki nusxada tuziladi, imzolanadi va kelishish hamda imzolash uchun iste’molchi korxonaga yuboriladi. Iste’molchi korxona shartnoma loyihasini olgach, un kun ichida uni imzolashi va uning bir nusxasini yetkazib beruvchi tashkilotga qaytarishi kerak. yetkazib berish shartnomasi tomonlarning undagi har bir bob, har bir band bo’yicha to’la kelishganidan keyingina tuzilgan deb hisoblanadi.
Telegramma. Faksogramma matnlari tarkibi, ularni tayyorlash.
Milliy istiqlol xayotimizning hech bir istisnosiz barcha sohalarida bo'lgani kabi ona tilimiz rivoji uchun ham keng yo'l ochildi. Mustaqil davlatimizning asosiy Qonuni-Konstitutsiyamizda, «Davlat tili haqida»gi Qonun va boshqa rasmiy xujjatlarda ona tilimiz bo'lmish o’zbek tilining huquqiy maqomi va istiqloli aniq ko'rsatib berilgan.
Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq ravishda idoraviy ish yuritish qog’ozlari, hujjatlari ham xilma-xil va miqdoran juda ko'p. Xujjatlarning maqsadi, yo'nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. SHunday ekan, xujjatlar tilida bo’lgan umumiy talablar bilan bir qatorda har bir turkum xujjatlar tuzish ishida qo’yiladigan ko’pgina lisoniy talablar ham mavjud. Muayyan turdagi xujjat, albatta, o'ziga xos lisoniy xususiyat va sifatlar bilan belgilanadi. Bu xususiyat va sifatlarni har taraflama va chuqur tasavvur qilmasdan turib, mukammal xujjatchilikni yaratish haqida gap ham bo'lishi mumkin emas. SHuning uchun bu o'rinda xujjatlar tasnifi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavjudligiga ko'ra xujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanishi mumkin: tashkiliy xujjatlar, farmoyish xujjatlari, ma’lumot axborot xujjatlari, xizmat yozishmalari.
Telegramma.
Telegramma-xizmat yozishmalari guruhiga kiradi. Muhim xabarning telegraf orqali berilgan nixoyatda qiska shakli «U bir muassasadan (yoki shaxardan, ikkinchisiga yo’llangan rasmiy xujjat hisoblanadi. Xizmat yozishmalarining boshqa turlari belgilangan manzilga xabarni o'z vaqtida yetkazilishini ta’minlay olmasa, uni zudlik bilan yetkazish uchun telegrafdan foydalaniladi.
Telegraf yozishmalari faqat turli shahar yoki aholi yashaydigan joylardagi muassasa, shuningdek shaharlar orasida bo’ladi.
Telegrammaning boshqa ish kog’ozlaridan o'ziga xos ixchamligi va kisqaligidir. Xizmat telegrammalari 2 nusxada tayyorlanadi. Birinchi nusxa uchun aloqa bo'limiga topshiriladi, ikkinchi nusxa esa korxonaning o'zida saqlash uchun saqlanadi. Telegramma, qoidaga binoan, maxsus ish kog’ozlarida rasmiylashtiriladi. Xizmat telegrammalarining matni ko'pincha odatdagi kog’ozga yozuv mashinasida bosh xarflar bilan ikki intervalda yoziladi. Telegramma jo'natuvchining adresi mansabdor shaxsning imzosi va sana kichik xarflar bilan yoziladi. Ko’lga yozilganda, xarflar yirik-yirik so’zlar orasi aniq va ravshan bo’lishi kerak. Telegramma bosma ish kog’ozining yoki oq kog’ozining faqat bir tomoniga yoziladi.
Telegramma matni «telegraf uslubi» deb yuritiluvchi qiska va siqiq uslubda yoziladi. Unda to'liqsiz gaplardan keng foydalaniladi, sifatlar, ravishlar, yordamchi so'zlar, tinish belgilar faqat zarur bo'lgandagina, ya’ni ularsiz gapning mazmuni o'zgarib ketsa yoki ikki xil ma’noda qabul qilinsagina ko’llanadi, boshqa barcha hollarda ular tushurilib qoldiriladi. Xarfni bayon qilishda ixcham so’zlarni tanlash, qiskartmalardan unumli foydalanish lozim. Til birliklarini tejash telegraf usulining eng asosiy talaflaridan biridir.
Telegrammada bir satrdan ikkinchi satrga bo’g’in ko'chirilmaydi. Xatboshisiz barcha qatorlar to’ldirib yoziladi. Kunlar va raqamlarni so’z (xarflar) bilan yozish tavsiya etiladi. Bir necha raqamdan iborat bo’lgan murakkab sonlarni o'zicha yozish mumkin.
Telegrammaning asosiy zaruriy qismlari:
Xujjatning nomi (Telegramma)
Turi hakidagi belgi (hukumat telegrammalari, xalqaro telegrammalar, shoshilinch va oddiy telegrammalar)
Telegramma yetib borishi zarur bo’lgan joy adresi, uni oladigan shaxsning ismi va familiyasi)
Matn
Jo'natuvchi muassasaning qiskacha nomi va matnini imzolagan mansabdor shaxsning familiyasi (imzo emas)
Xabar jo’natuvchining adresi
Matn kim tomonidan jo’natilayotgan bo’lsa, o’sha shaxsning imzosi.
Muhr
Sana
Telegrammaning matn adresidan ajralib turushi kerak. Agar telegramma javob tariqasida yuborilgan bo’lsa, matn oldidan javob qaytarilayotgan hujjatning shartli raqami (indeks), matn oxirida esa o’z jo’natma shartli raqami yoziladi.
Telegramma namunalari:
Kattako'rg’on bjg’ ko’cha 25 paxtazavodi Karimovga tezda besh vagon paxta tolasi jonating. SHartnoma hisob raqami 1356 Toshto’qimachilik kombinati Salimov 162
700160 Toshkent To’qimachilar 5
Toshkent to’qimachilik kombinati direktori Salimov
1999.02.09 Muhir
|
Telegrammalardan shaxsiy maqsadlarda ham keng foydalaniladi. Ular tuzulishiga ko’ra xizmat telegrammalaridan keskin farq qilmaydi:
Telegramma
Farg’ona 12 Kattabog’ 18
Salimovga
Yigirma oltinchi dekabrda 123 reys bilan uchaman kutib oling.
Sayyora
700187 Toshkent 187 sadaf ko'chasi 4-uy
Telegrammaning har bir so’zi uchun pul to'lanadi, narxi uning turiga va so'zlar miqdoriga bog’liq.
Telegramma matnini tahrir qilish va qisqartirish telegrammani qabul qiluvchi tomonidan xabarning to’g’ri tushunilishiga ham e’tibor berish zarur. Qaysi so’zni tushirib qoldirish mumkinligini faqat telegrammani jo'natuvchigina emas, balki telegramma yo’llagan shaxsning nima haqida xabar berayotganligidan avvaldan qisman voqib bo’lganligiga ham bog’liq. Masalan, telegramma jo’natuvchi o’z tanishini to’yga taklif qilmoqchi. Agar xabar telegramma yo’llagan shaxsga butunlay yangilik bo’lsa, matn qayerda, qanday va kimning to’yi ekanligi alohida ko'rsatilishi kerak. Agar to’y haqida u qisman xabardor bo’lsa, telegrammaning taxminiy matni quyidagicha bo’ladi:
To’y o’n ikkinchi iyunda belgilandi. Yetib keling.Zudlik, tezlik talab qilinadigan barcha vaziyatlarda xatlar allaqachon o'z urninitelegrammalarga, telegrammalar esa farmoyishlar, shoshilinch xatlar, arizalar va boshqalar telegraf yoki faks orqali yo’llanmoqda.
Telefonogramma
SHoshilinch xabarning matnini belgilangan joyda telefon orqali yetkazishdir. Telefon vositasida bo’ladigan bunday muloqot rasmiy xujjat sifatida qabul qilinadi va ish kog’ozining bir turi hisoblanadi.
Хizmat muomalasining bu turi ko’pincha bir shahar yoki tumanda joylashgan muassasalar o’rtasida kq’llaniladi.
Har qanday telefonogramma bir nusxada tayyorlanib, rahbar yoki ma’sul shaxs tomonidan imzolanadi, odatda tayyor matn asosida yetkaziladi.
Telefonga chaqirilgan kishi telefonogramma berilishi haqida ogoh bo'lish va u qabul qilishda tayyor bo’lgach matn qabul qiluvchi uni yozishda ulguradigan sur’atda bayon qilinishi kerak. Matn bayon qilingach, qabul qiluvchi yetkazuvchiga yozib olingan matnni qayta o’qib eshittirish kerak. Har ikki tomon telefonogramma matni to’g’ri qabul qilinganligiga ishonch hosil qilgach, qabul qiluvchi telefonogramma berilish vaqti va sanasini, shuningdek, yetkazuvchining lavozimi, ismi va familiyasini ko’rsatishi shart. Yetkazuvchi ham qabul qiluvchining ismi va famioiyasini, telefonogrammaning berilish sanasi va vaqtini yozib qo’yadi.
Telefonogramma matnini tayyorlashda mantiqan to’g’ri va qisqa (matndagi so’zlarning soni 50 dan ortmasligi kerak) bo’lishiga, murakkab jumlalar yoki juda xam ishlatiladigan so’zlar qo’llanmasligiga e’tibor berish lozim. Telefonogramma qabul qiluvchi, qabul qilingan xabar kimga tegishli bo’lsa, uni telefonogramma mazmuni bilan tanishtirishi kerak. Telefonogrammaning asosiy zaruriy qismlari:
Adres
Хujjatni yo’lovchi muassasaning nomi.
Telefonogrammaning yetkazuvchi va qabul qiluvchining lavozimi, ismi, familiyasi, telefon raqamlari
Qabul qilish vaqti
Nomi
Tartib raqami
Sana 8. Matn
9. Imzo chekkan shaxs
ADABIYoТLAR Ro’YХAТI.
1. «ONA ТILI VA ADAVIYoТ». A.Rafiyev. N.G’ulomova.
2. «Ҳozirgi o’zbek adabiy tili». A .Nurmatova A .Sobirov.
N.Қosimov.
3. «O’zbek tilida ish yuritish.» Тoshkent.1990.
4. «Davlat tilida ish yuritish.» Тoshkent.1999.
5.DТS va o’quv dasturi. «sharq» nashriyoti. 2001y
Do'stlaringiz bilan baham: |