Toshkent «noshir» 2017


Qimmatli qog‘ozlarning milliy bozori



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/100
Sana10.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#767807
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   100
Bog'liq
kimmatli kogozlar

Qimmatli qog‘ozlarning milliy bozori 
deganda, fond
boyliklari bilan davlat doirasida savdo qilish sohasi tushu-
niladi. Mazkur bozorlar rezidentlarning o‘zaro qimmatli
qog‘ozlar bilan (rezidentlar hamda norezidentlar tomonidan
chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bilan) savdosini qamrab oladi.
Turli mamlakatlardagi qimmatli qog‘ozlarning milliy bo-
zorlari boshqalardan farq qiluvchi xususiyatlarga va, shu


56
57
bilan birga, umumiy belgilarga ega. Masalan, AQSH va
Germaniya bozorlari bir-biridan boshqarish hamda tartibga
solishdagi mutlaq turli yondashuvlar, bozorga bank muas-
sasalarining ishtirokiga ruxsat etish imkoniyatlari, moliyaviy
dastaklar soni, amalga oshiriladigan operatsiyalarning hajmi
va hokazolar bilan farq qiladi. Ayni paytda, fond bozorlari
faoliyat ko‘rsatishining nazariyasi va amaliyoti mazkur mam-
lakatlarda qimmatli qog‘ozlarning barcha nashrlari majburiy
ro‘yxatga olinishi, emitentlarni nazorat qilish, professional
ishtirokchilarga majburiy tarzda litsenziya berish va ular
faoliyatini nazorat qilish, sarmoyadorlar huquq va man-
faatlarini himoya qilish kabi ko‘pgina o‘xshash mavqelarga
ega. Qimmatli qog‘ozlar milliy bozorlari mamlakatning
barcha hududlarida amal qiluvchi yagona qonunchilikka
asoslanadi. Ular o‘zlarining modellari, tizimlari, rivojlanish
konsepsiyalari bilan tavsiflidir. Mintaqaviy fond bozorlari
ularning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlar
milliy bozorining xalqaro kapital bozoriga integratsiyalashuvi
darajasi uning muhim tavsifi bo‘lib xizmat qiladi.
Qimmatli qog‘ozlarning xalqaro bozori
– bu jahon
miqyosida qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish (nore-
zidentlar o‘rtasida qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha
operatsiyalar bajarish) sohasidir. Bunday savdoning mum-
kinligi, birinchidan, ushbu sohada hukumatlararo (ikki to-
monlama yoki ko‘p tomonlama) kelishuvlarning mavjudligi
bilan, ikkinchidan, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni
amalga oshirish (bitimlarni tuzish va ro‘yxatga olish, bitim,
kliring, pul hisob-kitoblarining ko‘rsatkichlarini taqqoslash,
qimmatli qog‘ozlarni boshqa shaxsga o‘tkazish)ning yagona
qoidalari mavjudligi bilan ifodalanadi. Qimmatli qog‘ozlar
bilan xalqaro savdo qilish natijasida kapital bir mamlakatdan
ikkinchisiga oqib keladi. Bunda emitentlar va sarmoyadorlar,
bitim ishtirokchilari sifatida, ham bir tomondan, ham ikkinchi
tomondan, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, dav-
latning o‘zi qatnashishi mumkin. Yevroobligatsiyalar va
yevroaksiyalar bilan savdo qilish qimmatli qog‘ozlarning
xalqaro bozoriga misol bo‘lishi mumkin. Xalqaro kelishuvlar
bo‘yicha bitimlar chet el qimmatli qog‘ozlari bilan savdo
qilish uchun maxsus seksiyalarga ega bo‘lgan fond birjalarida,
shuningdek, birjadan tashqari bozorda tuziladi. Nyu-York,
London, Tokio, Frankfurt shaharlari qimmatli qog‘ozlar
bilan xalqaro savdo qilishning eng yirik markazlari hi-
soblanadi.
Xalqaro bozorda o‘zlashtirilgan sarmoya mablag‘lari
umumiy hajmining katta qismi obligatsiyalarga to‘g‘ri keladi.
Valuta tarkibiga ko‘ra xalqaro obligatsiya bozorining 50
foizdan ko‘p qismi amerika dollari va Yaponiya ienasiga
to‘g‘ri keladi.
Qimmatli qog‘ozlarning xalqaro bozori birlamchi va
ikkilamchi bozorlarga bo‘linadi. Birlamchi bozorda bir
mamlakatning emitenti qimmatli qog‘ozlarni boshqa mam-
lakatda joylashtiradi. Yaponiya, Angliya va AQSH davlatlari
obligatsiya zayomlari bo‘yicha eng yirik zayom egalari
hisoblanadi. Zayomni joylashtirish uchun yetakchi menejer
tanlab olinadi. Obligatsiyalar chiqarishning kafolat guruhi
va sotish guruhi tuzilib, ular qimmatli qog‘ozlar obunasini
hamda ushbu qimmatli qog‘ozlarning keyinchalik o‘zlarining
mijozlari bo‘lgan sarmoyadorlarga sotilishini ta’minlaydi.
Birinchi toifali zayom egalari uchun tashkilotchilarga to‘-
lanadigan vosita haqining miqdori, shu jumladan, sotish,
joylashtirish kafolati va agentlik vosita haqi jami zayom
summasining 1,5 foizidan 2,5 foizigacha bo‘lgan qismini
tashkil qiladi.
Ikkilamchi bozorda qimmatli qog‘ozlar maxsus moliya
muassasalari orqali qayta sotiladi. Turli mamlakatlarning
yirik sug‘urta kompaniyalari, tijorat va markaziy banklari
obligatsiyalar ikkilamchi xalqaro bozoridagi bitimlarning
ishtirokchilari bo‘lib xizmat qiladi.


58
59

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish