O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
QIMMATLI
QOG‘OZLAR BOZORI
Kasb-hunar kollejlari uchun
o‘quv qo‘llanma
Qayta nashr
TOSHKENT
«NOSHIR»
2017
Ta qr iz c h il a r:
E. Nosirov
– Toshkent Moliya instituti
“Loyihalarni moliyalashtirish” kafedrasi mudiri,
iqtisod fanlari nomzodi, dotsent;
K. Xomitov
– Toshkent Bank kolleji “Bank ishi” kafedrasi mudiri,
iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
3
1
Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz
farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Prezident Islom Karimovning 2010-
yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga
mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bagishlangan O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasidan.
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv metodik birlashmalar
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash nashrga tavsiya etgan.
Mu a l l i f l a r j a m o a si:
Sh.Sh. Shoxa’zamiy, F.A. Xamidova,
F.T. Muhamedov, I.O. Madaminov
KIRISH
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillari va
uning keyingi bosqichlarida ustuvor yo‘nalishlarning belgilanishi,
ayniqsa ijtimoiy-siyosiy hayotni, jumladan iqtisodiyotni erkin-
lashtirish, mulkdorlar sinfini shakllantirishdan kelib chiqqan holda
bir qancha sohalarni, jumladan moliya va qimmatli qog‘ozlar
bozorini ham isloh qilishni taqozo etadi. Chunki, so‘nggi yillarda
jahonda hukm surgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz natijasida
dunyodagi deyarli barcha mamlakatlarning iqtisodiyoti, jumladan
qimmatli qog‘ozlar bozori chuqur retsessiyani boshidan kechirdi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, rivojlangan mamlakatlarning
fond bozorida keskin pasayish ro‘y bergan bir paytda davlatimiz
olib borgan oqilona siyosat natijasida moliyaviy-iqtisodiy inqiroz
va undan keyingi davrda O‘zbekiston iqtisodiyotida makroiqtisodiy
jihatdan barqaror o‘sish sur’atlari saqlanib qolindi. Ushbu fikrni
tasdiqlash uchun 2010-yil yakunlari bo‘yicha mamlakatimiz yalpi
ichki mahsuloti (YaIM)ning o‘sishi 108,5% ni tashkil etganligi
bilan izohlashimiz mumkin.
1
Ushbu barqarorlik qimmatli qog‘ozlar
bozorida ham kuzatildi.
Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida qimmatli
qog‘ozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirish hamda ular faoli-
yatini isloh qilish, undagi barcha muammolarni bartaraf etishga
qaratilgan faoliyat olib borilmoqda. Moliya bozori, ayniqsa uning
qimmatli qog‘ozlar sektorini rivojlantirish davlatimizning strategik
Do'stlaringiz bilan baham: |