18
19
Sobiq Ittifoq davridagi adabiyotlarda kapitalistik davlat
kreditining mavjudligi tegishli mamlakatlar hukumatlari
tomonidan o‘zining harbiy va boshqa noishlab chiqarish
xarajatlarini qoplash zarurati bilan bog‘liq, deb ko‘rsatilar
edi. Bunday hollarga deyarli hamma yillarda bir xil salbiy
baho berilar edi. Shuni ta’kidlash lozimki, yuqorida aytilgan
xarajatlar har qanday davlat budjetining majburiy unsuri
hisoblanadi.
Davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini tashkil qilish va uning
rivojlanishi o‘zining salbiy holatlari bilan birga, deyarli hamma
yilda iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar uchun kreditdan
davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning manbasi sifatida
foydalanish va bu bilan xo‘jalikni moliyalashtirishning resurs
salohiyatini kengaytirish imkonini berdi.
Davlat qimmatli qog‘ozlari bilan turli operatsiyalar qilish,
masalan, ularni kredit tizimi ishtirokida ochiq bozorda sotib
olish yoki sotish yordamida ko‘pchilik zamonaviy kapitalistik
davlatlar iqtisodiyotini pul – kredit jihatdan tartibga solishga
erishiladi. Aholi hamda korxonalar uchun davlat maj-
buriyatlarini xarid qilish o‘z omonatlari va jamg‘armalarini
nisbatan ishonchli saqlash shakli hisoblanadi. Bu qandaydir
darajada o‘zini inflatsiya jarayonlari ta’siridan chegaralash
imkonini beradi.
O‘zbekiston davlat obligatsiyalari – bu respublika ichki
qarzlari obligatsiyalaridir. Bunday obligatsiyalarni chiqarish
to‘g‘risidagi qaror hukumat tomonidan qabul qilinadi.
Mustaqil O‘zbekiston tarixida davlat obligatsiyalarining ikki
xil turi chiqarilishiga yo‘l qo‘yildi. Birinchisi – 1992-yil
mayda – 12 foizli ichki yutuqli zayom. Bu sobiq Ittifoqning
parchalanishi munosabati bilan sodir bo‘lgan keskin inflatsiya
va sobiq Ittifoq hukumati tomonidan qog‘oz pul belgilarining
muomalaga me’yoridan ortiq darajada chiqarilishi tufayli
aholi uchun juda muvaffaqiyatsiz tugadi. Ikkinchisi – 1996-
yil martda – korxona va tashkilotlar uchun davlat qisqa
muddatli obligatsiyalari (DQMO) ko‘rinishidagi obligatsiya
zayomi, u mamlakat xazinasi va sarmoyador korxonalarga
daromadlar keltirgan holda juda muvaffaqiyatli amal qilib
turibdi.
O‘zbekistonda DQMOning dastlabki kimoshdi savdosi
1996-yil 28-martda bo‘lib o‘tdi. Moliya vazirligi obliga-
tsiyalarning emitenti hisoblanadi. Obligatsiyalar emissiyasi
davriy ravishda alohida nashrlar shaklida amalga oshiriladi.
Har bir nashr, odatda, bir oyda bir marta chiqariladi.
Obligatsiyalar 3, 6 va 12 oy muddatlarga chiqariladi.
Obligatsiyalarni ularni sotishga vakolat berilgan tashkilot
(diler)lar orqali xarid qilgan yuridik shaxslar obligatsiya-
larning egasi bo‘lishi mumkin. Obligatsiyalar nashrlarining
kimoshdi savdosi, savdolari, hisob-kitoblari va ularga ko‘rsa-
tiladigan boshqa xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi valuta
birjasida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: