Toshkent «noshir» 2017


Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi bozori



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/100
Sana10.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#767807
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   100
Bog'liq
kimmatli kogozlar

Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi bozori
– bu qimmatli
qog‘ozlar emissiyasini va birlamchi joylashtirilishini amalga
oshirish, ya’ni qimmatli qog‘ozlarni emitent yoki uning vakili
tomonidan dastlabki sarmoyadorga sotish bozoridir. Emitent
tomonidan qimmatli qog‘ozlarning takroriy chiqarilishi (ma-
salan, ustav fondini oshirish maqsadida) yoki ikkilamchi
emissiyasi ham birlamchi bozor doirasiga kiradi. Birlamchi
bozorning eng muhim tavsifi, emitentlar tomonidan axborot-
ning oshkor etilishidir. Bunda emitent haqida to‘liq ma’-
lumotlar beriladigan emissiya risolasini yoki qimmatli qo-
g‘ozlarni muomalaga chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
e’lon qilishdan tortib, to fond bozori sohasida nazorat vazi-
falarini amalga oshiruvchi maxsus davlat idoralariga taqdim
etiladigan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish haqidagi hiso-
botgacha oshkor etiladi. Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi
sotilishi ommaviy axborot vositalarida emitent to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni e’lon qilgan holda qimmatli qog‘ozlarni xarid
qilishni ochiq taklif etish shaklida (istalgan imkoniyatli sar-
moyador uchun) hamda yopiq obuna shaklida – faqat tegishli
davlat boshqaruvi idorasiga ma’lum qilgan holda qimmatli
qog‘ozlarni shaxslarning cheklangan doirasi o‘rtasida joylash-
tirish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozori
– bu ilgari
chiqarilgan va hech bo‘lmaganda bir marta xarid qilingan
qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi (muomalasi) amalga oshi-
riladigan bozordir. Aynan qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi
bozorining rivojlanish darajasiga qarab, ushbu mamlakatda
qimmatli qog‘ozlar bozorining taraqqiy etish darajasi to‘g‘-
risida mulohaza yuritish mumkin. Ikkilamchi bozorning
asosiy ko‘rsatkichlaridan biri likvidlilik hisoblanadi. Bozor-
ning likvidliligi – bu ma’lum yil oralig‘ida bozor narxlarining
kam miqdorda o‘zgarib turgani holda qimmatli qog‘ozlarning
katta qismini yuqori sur’atda aylanishini ta’minlash imko-
niyatidir.
Birlamchi va ikkilamchi bozorlar o‘rtasidagi o‘zaro mu-
nosabat iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganligiga, fond
bozorining shakllanganligiga, uning «yoshi»ga, shuningdek,
muomalada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar har xil turlarining
tarkibiga (strukturasiga) bog‘liq. Masalan, iqtisodiyoti nis-
batan barqaror bo‘lgan, qimmatli qog‘ozlar bozorining tarixi
esa, bir necha yuz yillarni qamrab olgan rivojlangan kapi-
talistik mamlakatlarda qimmatli qog‘ozlarning deyarli barcha


50
51
turlari bo‘yicha ikkilamchi savdo ustun turadi. Birlamchi
bozordagi qimmatli qog‘ozlar aylanmasi ushbu mamlakat-
larda ikkilamchi bozor aylanmasining 5–10 foizini tashkil
etadi, holos. Odatda, ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlar fond
birjalarida qimmatli qog‘ozlarning birlamchi joylashtirilishi
amalga oshirilmaydi, shuning uchun u yerlarda uzoq muomala
muddatiga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar baholanadi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish