Toshkent «noshir» 2017


Qimmatli qog‘ozlarning birja va birjadan



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/100
Sana10.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#767807
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100
Bog'liq
kimmatli kogozlar

Qimmatli qog‘ozlarning birja va birjadan
tashqari bozorlari
Qimmatli qog‘ozlarning birja bozori 
– bu qimmatli qo-
g‘ozlar bilan fond bozori doirasida uyushgan tarzda savdo
qilish sohasidir. Fond birjasi qimmatli qog‘ozlar bilan fond
birjasi doirasida savdo qilish uchun shart-sharoitlarni ta’min-
lovchi alohida muassasa bo‘lib, unda savdo faqat qimmatli
qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan
maxsus qoidalar bo‘yicha olib boriladi. 
Fond birjasi 
– bu
eng yaxshi qimmatli qog‘ozlar bozoridir. Birja savdolarida


52
53
ishtirok etish uchun faqat ma’lum yil mobaynida barqaror
moliyaviy-xo‘jalik mavqeiga, salmoqli nizom jamg‘armasi
va aktivlar hajmiga ega bo‘lgan, shuningdek, birja tomonidan
belgilangan ayrim boshqa talablarga javob beradigan emi-
tentlarning aksiyalariga ruxsat etiladi. O‘zbekistonda qim-
matli qog‘ozlarning birja bozori ikkita muassasa orqali amalga
oshiriladi. Bular – «Toshkent» Respublika fond birjasi va
uning viloyatlardagi 13 ta bo‘linmasi, u korporativ qimmatli
qog‘ozlar savdosini tashkillashtiradi hamda Respublika valuta
birjasining fond bo‘limi, u davlat qisqa muddatli obliga-
tsiyalarining savdosi bo‘yicha ixtisoslashgan. O‘zbekiston-
dagi aksiyalar birja bozorining o‘ziga xos xususiyati shundan
iboratki, uning katta qismini davlat korxonalarini xusu-
siylashtirish natijasida barpo etilgan aksiyadorlik jami-
yatlarining qimmatli qog‘ozlarini birlamchi sotish bo‘yicha
tuzilgan bitimlar tashkil etadi.
Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari bozori
– bu
fond birjasidan tashqarida qimmatli qog‘ozlar bilan savdo
qilish sohasidir. Birjadan tashqari bozor uyushmagan bozorni
(u haqda yuqorida hikoya qilindi) va uyushgan bozorning
bir qismini o‘z ichiga oladi. Qimmatli qog‘ozlarning birjadan
tashqari uyushgan bozori – bu qimmatli qog‘oz bilan, odatda,
o‘rta va kichiq kompaniyalar qimmatli qog‘ozlari savdolariga
kirishga ruxsat etilgan maxsus kompyuter tizimlari doirasida
savdo qilishdir.
Birjadan tashqari uyushgan bozorlarga misol tariqasida
NASDAQ (National Association of Securities Dealers Auto-
mated Quotations – Investitsion dilerlar milliy assotsia-
tsiyasining avtomatik kotirovkasi tizimi) Investitsion dilerlar
milliy assotsiatsiyasi tizimini (AQSH), SESDAQ (Singapore
Stock Exchange Dealing and Automated Quotation Sistem)
Singapur fond birjasi qoshidagi avtomatik kotirovka va diling
tizimini, «XETRA» Angliya–Germaniya tizimini keltirish
mumkin. O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlarning birjadan
tashqari uyushgan bozori 1998-yil 1-iyunda amalga kiritilgan
«Elsis – Savdo» – birjadan tashqari elektron tizimi orqali
amalga oshiriladi. «Elsis – Savdo» – birjadan tashqari
savdolar elektron tizimi qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish
va sotish uchun tushgan buyurtmalarni jamlash hamda bajarish
tamoyiliga asoslanib faoliyat yuritadi. Savdolarda u yoki bu
emitentning aksiyalariga qimmatli qog‘ozlar bilan tuziladigan
eng katta hajmdagi bitimlarni ta’minlovchi yagona narx
belgilanadi. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, aksiyalarning
xarid va sotish narxlari bitta savdo bitimi davomida barcha
xaridorlar uchun teng bo‘ladi. Birjadan tashqari savdolarning
elektron tizimi O‘zbekistonning har qanday fuqarosiga fond
bozorida brokerni chetlab o‘tgan holda, mustaqil ishlash
imkonini beradi. Bunday tizimlarning kompyuter savdo
majmualari topshirilgan ko‘rsatkichlar (miqdor, narx, yet-
kazib berish shartlari va b.)ga muvofiq mavqeni qidirishning
avtomatik usullari asosida ishlaydi. Shuningdek, birjadan
tashqari uyushgan bozorlar, o‘zlarining qimmatli qog‘ozlarni
savdoga kiritilishiga ruxsat berish, ishtirokchilarni tanlab
olish mezonlari va savdo-sotiqning alohida qoidalariga ega.
Birjadan tashqari, uyushgan bozorlar 70-yillarning boshida
paydo bo‘lib, kuchli taraqqiy etdi va hozirga kelib, fond
birjalari bilan jiddiy raqobatlashmoqda. Qator mamlakatlarda
bunday bozorlarning aylanmasi fond birjalari aylanmasidan
ancha yuqori.
80-yillarda bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lgan deyarli barcha
mamlakatlarda eng yaxshi qimmatli qog‘ozlar bozori sifatida
faoliyat ko‘rsatuvchi fond birjalari va sifatsizroq qimmatli
qog‘ozlar aylanmasini o‘zida mujassamlantirgan birjadan
tashqari bozorlar ichida o‘rtacha mavqega ega bo‘lgan, qim-
matli qog‘ozlarning birjalar qoshidagi bozorlari paydo bo‘la
boshladi. Ushbu bozorlar fond birjalarining fond savdosining
tartibga solingan birjadan tashqari tizimlarining hamon o‘sib
boruvchi ta’siriga bo‘lgan munosabati sifatida birja va


54
55
uyushgan birjadan tashqari bozorlar o‘rtasidagi raqobat
natijasida vujudga keldi. Ular «ikkinchi», «uchinchi» bozorlar
(Angliya, Fransiya, Italiya, Germaniya), «fond birjalarining
ikkinchi seksiyasi» (Yaponiya), «muvoziy bozor» (Shvetsiya,
Gollandiya) va hokazolar ko‘rinishida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shu tariqa, fond birjalari «mijozlarni» yo‘qotmaslik va o‘z
faoliyatini kengaytirishga intilib, o‘zlariga o‘rta va kichik
korxonalarning qimmatli qog‘ozlari bilan savdo qilishni bog‘-
lagan holda, o‘zlari qoshida qimmatli qog‘ozlar sifatiga kam
talab qo‘yiladigan savdo tizimini barpo etadi. O‘zbekistonda,
masalan, qimmatli qog‘ozlarning birja qoshidagi bozori
«Toshkent» Respublika fond birjasida qimmatli qog‘ozlar
bilan operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga muvofiq
listingga kirish arafasida turgan va listingga kiritilmagan kom-
paniyalar qimmatli qog‘ozlari seksiyalari, shuningdek, xusu-
siylashtirilayotgan korxonalar aksiyalari seksiyasining mav-
judligi bilan taqdim etilgan. «Toshkent» RFBda listing tadbiri
kompaniyalarni tanlab olishning qat’iy mezonlarini nazarda
tutganligi hamda listinglar safiga bor-yo‘g‘i bir necha aksiya-
dorlik jamiyatlari kirganligi bois, «Toshkent» RFBning savdo
zalida tuziladigan bitimlarning katta qismini birja qoshidagi
bozorga tegishli deyish mumkin.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish