66
67
3-MAVZU
AKSIYADORLIK JAMIYATI FOND BOZORINING
SUBYEKTI SIFATIDA.
XUSUSIYLASHTIRISH, UNING BOSQICHLARI,
USULLARI VA IQTISODIYOTDAGI O‘RNI
Xususiylashtirish – bu davlat mulki bo‘lgan obyektlarnimg
yoki aksiyalarning jismoniy va nodavlat yuridik shaxslar
tomonidan sotib olinishidir.
Xususiylashtirish – bu jamiyatni har tomonlama sog‘lom-
lashtirish maqsadida ilg‘or siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islo-
xotlarni amalga oshirayotgan mamlakatlarga xos bo‘lgan zarur
jarayon hisoblanadi. O‘zbekistonda xususiylashtirishga 1991-
yil noyabrda, ya’ni «Davlat tasarrufidan chiqarish va xusu-
siylashtirish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingan vaqtdan bosh-
lab kirishildi. Davlat korxonalari xususiy korxonalarga, mas’u-
liyati cheklangan jamiyatlarga, ijara korxonalariga va aksiya-
dorlik jamiyatlariga aylantirila boshlandi. Bunda dastlab ushbu
jarayon qimmatli qog‘ozlar bozoriga qandaydir jiddiy ta’sir
ko‘rsata olmadi, chunki aksiyadorlik
jamiyatlaridan boshqa
endigina tashkil etilgan yangi mulkchilik shaklidagi korxo-
nalar o‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va sotishni amalga
oshirmas edi. Aksiyadorlik jamiyatlari esa yopiq turda tashkil
etilib, ularning aksiyalari quyidagi ulushlarda taqsimlandi:
51 foizi – davlatga va 49 foizi – mehnat jamoasi a’zolariga.
Agar mehnat jamoasining a’zosi o‘z aksiyasini sotishni xoh-
lasa, u buning uchun bir yilda bir marta chaqiriladigan
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining
ruxsatini olishi lozim
edi. Shunday qilib, aksiyalarni tashqi sarmoyadorlarga sotish
va bu bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bitimini amalga
oshirish imkoniyati deyarli yo‘qqa chiqarilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil yanvar
va martdagi Farmonlarining qabul qilinishi bilan davlat
korxonalari negizida ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarini
tashkil etish, ilgari barpo etilgan yopiq turdagi aksiyadorlik
jamiyatlarini ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylan-
tirish, bir vaqtning o‘zida davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar
ulushini qisqartirish, fond bozorini
tashkil etish va unda
xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini joylashtirish,
qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish yo‘li bilan aholini
iqtisodiy islohotlar jarayoniga keng jalb etish hamda aholi
tomonidan o‘z mablag‘larining aksiyalarga samarasiz qo‘yi-
lishi tufayli sodir bo‘ladigan yo‘qotishlar xatarini kamaytirish
maqsadida investitsiya fondlari tizimini yaratish davlat tasar-
rufidan chiqarish va xususiylashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
sifatida tan olindi.
Davlat korxonalarini xususiylashtirish
jarayonida barpo
etilgan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining ustav sar-
moyasini shakllantirishda quyidagi aksiyalar paketlarini shakl-
lantirish nazarda tutildi: davlat, mehnat jamoasi, horijiy ham-
kor, fond birjalari va qimmatli qog‘ozlarning boshqa bozor-
larida erkin sotilishga mo‘ljallangan aksiyalar paketlari.
Aynan 1994-yilning bahoridan boshlab O‘zbekistonda
davlat mulkchiligi shaklidagi korxonalarning butun maj-
mualari va guruhlarini qisqa muddatlarda aksiyalashtirishni
nazarda tutuvchi keng ko‘lamli
xususiylashtirish jarayoni
boshlandi.
Keng ko‘lamdagi xususiylashtirish dasturining maqsadi
quyidagilardan iborat bo‘ldi: jamiyatni iqtisodiy isloh qilish
jarayoniga aholining keng qatlamini jalb etishga yo‘naltirilgan
siyosiy maqsadlar; aksiyalar paketlarini
sarmoyadorlar turli
toifalarining ma’lum guruhlari o‘rtasida joylashtirish yo‘li
bilan mol-mulkni adolatli taqsimlash usullarini qidirishdan
68
69
iborat bo‘lgan ijtimoiy maqsadlar; bozorni va iqtisodiyotdagi
raqobatni rivojlantirish maqsadida katta miqdordagi korxona-
larning jadal sur’atlarda xususiylashtirilishini ta’minlovchi
iqtisodiy maqsadlar.
O‘zbekistonda xususiylashtirish jarayoni o‘ziga xos xususi-
yatlariga ega. Dastavval u o‘zining bosqichma-bosqich amalga
oshirilayotgani bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: