Uzluksiz kimoshdi savdosi
. Savdolarni yuritishning bunday
usuli savdo-sotiqning katta hajmiga ega bo‘lgan Yevropa
fond birjalarida qo‘llaniladi. Bunday bozorlar xarid qilish
uchun buyurtmalar va sotish haqidagi takliflarning uzluksiz
oqimiga ega bo‘lib, bu buyurtma va takliflar ro‘yxatga olish
vakolatiga ega bo‘lgan, sotuvchilar hamda xaridorlar top-
shiriqlarini o‘zaro munosabatga keltiruvchi shaxslar tomo-
nidan ro‘yxatga olinadi (masalan, Nyu-York fond birjasida
bu «mutaxassislar»). Yangitdan kelib tushgan buyurtmalar
ilgari ro‘yxatga olinganlari bilan solishtiriladi, agar ular mos
kelsa, u holda kelib tushish ketma-ketligi bo‘yicha qanoat-
lantiriladi. Bordi-yu ular bir vaqtda kelib tushgan bo‘lsa,
summa jihatdan katta bo‘lgan topshiriqlar bajariladi. Agar
kelib tushgan topshiriqni bajarish mumkin bo‘lmasa, u holda
topshiriqni bergan shaxs yo narx shartlarini o‘zgartiradi va
boshqatdan uni bajarish uchun taqdim etadi, yoki uni baja-
rilmagan topshiriq sifatida ro‘yxatga oladi hamda ushbu top-
shiriqni bajarilmagan topshiriqlar navbatiga kiritadi. Bozor-
ning ishlash mexanizmi shu yo‘sinda yo‘lga qo‘yilganki, qim-
matli qog‘ozlar xaridori narx shartlarini o‘zgartirgan holda
yanada yuqori narxlar tomonga, sotuvchi esa – bitimning
narx shartlari ikkala tomonni ham qanoatlantiradigan darajaga
kelgunga qadar yanada past narxlar tomonga qarab harakat
qiladi.
Dilerlik bozorlari
. Mazkur bozorlarda sotuvchilar takliflar
narxlari va qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish joylariga kirish
tartibi haqida ochiqcha e’lon qilishadi. Narx takliflari va
sarmoyalashning boshqa shartlariga rozi bo‘lgan xaridorlar
o‘z maqsadlarini bildirishadi hamda qimmatli qog‘ozlarni
sotib olishadi. Sotuvchilar o‘zi e’lon qilgan narxlar bo‘yicha
istalgan shaxs bilan bitim tuzish majburiyatiga ega.
Dilerlik bozorlari quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
— qimmatli qog‘ozlarning birlamchi joylashtirilishi cho-
g‘ida;
— tender takliflari vaqtida (yirik sarmoyadorning qim-
matliqog‘ozlarni, masalan, emitent ustidan nazoratni qo‘lga
kiritish yoki boshqa ko‘lamli moliya operatsiyasini amalga
oshirish maqsadida aksiyalarni o‘rtacha bozor narxidan yuqori
narxlarda xarid qilish haqida ochiqcha taklifi chog‘ida).
Qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish texnologiyalarining
barcha turlarini ikkita katta guruhga birlashtirish mumkin:
kimoshdi savdosi bo‘yicha savdo-sotiq, bunga oddiy kimoshdi
savdosi, gollandcha kimoshdi savdosi va qo‘shaloq kimoshdi
savdosi kiradi hamda qimmatli qog‘ozlar bilan tartibsiz savdo
qilishni va dilerlik bozorini o‘z ichiga olgan kimoshdi savdosi
bo‘lmagan bozorlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |