Toshkent «noshir» 2017


Davlat obligatsiyalari bozori



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/100
Sana10.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#767807
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   100
Bog'liq
kimmatli kogozlar

Davlat obligatsiyalari bozori
. Fond bozorining mazkur
segmenti bitimlari bo‘yicha aylanmalar bir yilda bir necha
o‘nlab milliardgacha yetadi. Ushbu bozorga tovarni bitta
shaxs – davlat chiqaradi. Xaridorlar bu yerda juda ko‘p –
yuz minglabni tashkil etadi. Bu birlamchi va ikkilamchi
bozor bo‘lib, faqat birja bozoridir. Unda faqat yuridik shaxs-
lar – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari ishtirok etishi
mumkin. Operatsiyalar faqat bir joyda – Respublika valuta
birjasining fond bo‘limida amalga oshiriladi. Sarmoyadorlar
mazkur bozorda obligatsiyalarni faqat dilerlar orqali sotib
olishi mumkin. Dilerlar vazifasini, odatda, banklar bajaradi.
Davlat qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirilishining kafolatini ta’-
minlaydi, shuning uchun bu bozor eng likvidli sanaladi.
Davlat obligatsiyalari bozori Moliya vazirligi tomonidan
tartibga solinadi, qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish, ularning
muomalada bo‘lishi va ular narxining to‘lanishi Markaziy
bank yordamida amalga oshiriladi. Bu bozorning afzalligi
shundaki, unda tranzaksiyalarga xizmat ko‘rsatuvchi o‘zaro
bog‘langan savdo, depozitar va hisob-kitob tizimlari mavjud.
Korxonalar obligatsiyalari bozori (korporativ obliga-
tsiyalar)
. Bu nisbatan yosh bozor bo‘lib, uning hajmi ancha
kichiq, chunki unda faqat bir necha emitentlar o‘zlarining
obligatsiyalarini muomalaga chiqaradi. Mazkur qimmatli
qog‘ozlarning ikkilamchi bozori yaxshi rivojlanmagan. Ushbu
bozorda faqat O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari
ishtirok etadi. Korxonalar obligatsiyalari birjadan tashqari
bozorda ham, fond birjalarida ham sotilishi va xarid qilinishi
mumkin.


60
61
Banklarning depozit va jamg‘arma sertifikatlari bozori
.
Bu uncha katta bo‘lmagan bozor hisoblanadi. Bu yerda
qimmatli qog‘ozlarning emitentlari tijorat banklaridir. Ular-
ning soni bir nechagina, holos. Sarmoyadorlar – yuridik va
jismoniy shaxslar bo‘lib, ular bir necha mingtani tashkil
etadi. Bank sertifikatlarining ikkilamchi bozori yo‘q. Davlat
mazkur bozorda tartibga soluvchi sifatida ishtirok etadi. Bu
birjadan tashqari bozordir. Depozit va jamg‘arma sertifikat-
larining bozori Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi.
Qimmatli qog‘ozlarning ayrim turlari bozorlaridagi va-
ziyatning tahlili haqidagi batafsil ma’lumotlar «Birja» ga-
zetasida e’lon qilinadi.
Biz yuqorida faqat bozorlarning yiriklashgan segmentlarga
bo‘linishini ko‘rib chiqdik. Segmentlar ham o‘z navbatida
kichiq segmentlarga bo‘linishi mumkin. Masalan, aksiyalar
bozorini oddiy va imtiyozli aksiyalar, egasining nomi yozil-
gan va ko‘rsatuvchi egalik qiladigan aksiyalar, yopiq va
ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari, yangi tashkil
etilgan kompaniyalar va xususiylashtirish natijasida davlat
korxonalari negizida barpo etilgan kompaniyalar aksiyalari
bozorlariga bo‘lish mumkin.
Iqtisodiy adabiyotda bozorlarning boshqacha tasniflanishi
ham ko‘rib chiqiladi, jumladan:
— muddatlar bo‘yicha – qisqa muddatli, o‘rtacha mud-
datli, uzoq muddatli va muddatsiz qimmatli qog‘ozlar bozorlari;
— emissiyada davlatning ishtiroki bo‘yicha – davlat qim-
matli qog‘ozlari bozorlari va korxonalar qimmatli qog‘ozlari
bozorlari;
— emitentlarning kelib chiqishiga ko‘ra – yangi tashkil
etilgan aksiyadorlik jamiyatlari qimmatli qog‘ozlari bozorlari
va xususiylashtirilgan davlat korxonalari negizida barpo etilgan
aksiyadorlik jamiyatlari qimmatli qog‘ozlarining bozorlari;
tarmoqlar, hududiy tamoyil bo‘yicha va h.k. O‘zbe-
kistonda, masalan, 90-yillarning boshida butun fond bozori
ikkita tarkibiy qism: tijorat banklari aksiyalari bozori va
yangi tashkil etilgan ko‘p ixtisosli aksiyadorlik jamiyatlari
aksiyalari bozorining yig‘indisini o‘zida namoyon qildi.
To‘laqonli qimmatli qog‘ozlar bozorini barpo etish, uning
barcha tarkibiy qismlarining mutanosibligini ushlab turish
maqsadida ushbu bozorni tartibga solish va nazorat qilish
faqat alohida olib qaralgan moliyaviy vositaning amal qilishi
nazariyasi va amaliyotining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur
o‘rganib chiqqandagina mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari,
keskin raqobat tufayli nisbatan kichiq va o‘rta investitsiya
muassasalarining faoliyati faqat ularning alohida moliyaviy
vositalar bilan operatsiyalar qilishga tor ixtisoslashuvi
sharoitida muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish