76
77
mulkning bir qismini olish huquqiga ega. Bu, odatda, mulkni
musodara qilish jarayonining cho‘zilib ketishiga va ko‘pincha
ishtirokchiga qaytarilayotgan ulushning miqdoriga doir uzoq
bahslashuvlarga olib kelishi mumkin. Chunki bu yerda
mulkning umumiy qiymatini baholash va uning musodara
qilinadigan qismini ajratish zarur bo‘ladi.
Agar, masalan, xususiy korxonaning egasi biznes bo‘yicha
kontragentlar oldida o‘zlarining bor mol-mulki, shu jumla-
dan, shaxsiy mulki bilan javobgarlikka ega bo‘lsa, aksiya-
dorlik kompaniyasining bahamjihat egalari bo‘lgan aksiya-
dorlarning javobgarligi aksiyalar qiymati miqdori bilan
chegaralangan. Aksiyadorlik jamiyati tugatilgan hollarda u
aksiyadorlar oldida ular tomonidan joylashtirilgan qimmatli
qog‘ozlarning nominal qiymatidan past bo‘lmagan miqdor-
dagi mablag‘larining but saqlanishiga mas’ul hisoblanadi.
Aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha javob
berishmaydi va o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymati chega-
rasida jamiyat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan zararlarni ko‘rish
xatariga ega.
Aksiyadorlik jamiyatini boshqarish boshqa tashkiliy
shakldagi korxonalarni boshqarishdan o‘zining murakkabligi
va ko‘p bo‘g‘inliligi (aksiyadorlar yig‘ilishi, kuzatuv kengashi,
boshqaruv)
bilan farq qiladi, bu unga o‘zini o‘zi nazorat
qilish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Boshqa tashkiliy
shakldagi korxonalardan farqli o‘laroq, aksiyadorlik jamiyat-
lari boshqaruvning ancha samarali tizimiga ega, chunki faqat
aksiyadorlik jamiyatigina nazoratning bir necha darajasiga
ega. Birinchi daraja bu jamiyatning ijroiya organi faoliyatini
nazorat qiluvchi kuzatuv kengashidir. Ikkinchi daraja – bu
jamiyatning ijroiya organi va kuzatuv kengashining faoliyatini
nazorat qiluvchi aksiyadorlar yig‘ilishi. Bundan tashqari,
jamiyat aksiyadorlari safidan
tuzilgan taftish komissiyasi
faoliyat ko‘rsatadi. Boshqa tashkiliy shakldagi korxonalardan
farqli ravishda, aksiyadorlik kompaniyasi majburiy tarzda
(qonun bo‘yicha) mustaqilauditorni yollashi shart, u aksiya-
dorlik jamiyatining hisobot davridagi ishini baholaydi.
Jamiyatning boshqaruvi yirik bitimlar, shuningdek, affila-
tsiyalangan shaxslar manfaatdor bo‘lgan bitimlarni kuzatuv
kengashi yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bilan majburiy
ravishda kelishishi lozim. Shunday qilib, boshqa tashkiliy –
huquqiy shakldagi korxonalarga qaraganda, aksiyadorlik
jamiyatlari turli xil (ishlab chiqarish, moliyaviy, tashkiliy va
h.k.) xatarlardan ko‘proq himoyalangan. Aksiyadorlik shakli-
ning ustunligi shundan iboratki, u global miqyosdagi masa-
lalarda korxonaning faoliyatini tashkil etish va uni boshqarish
sohasida bir tomonlama qarorlarning qabul qilinishi
ehtimolini eng kam (minimal) holatga keltiradi. Barcha eng
muhim masalalar aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qabul
qilinadi. Har bir aksiyador u yoki bu qaror uchun o‘z ovozini
berish va aksariyat hollarda u yoxud bu masala bo‘yicha
o‘zining fikrini bildirish imkoniyatiga ega. «Aksiyadorlik
jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoyalash to‘g‘-
risida»gi qonunda keng doiradagi huquqlar hamda ak-
siyadorlar manfaatlarini himoyalovchi muassasalar nazarda
tutilgan.
Boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalarga qara-
ganda, aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarni chiqarish yo‘li
bilan katta pul va boshqa mablag‘larni
safarbar qilish,
shuningdek, korxona sarmoyasini shakllantirishga har xil
sarmoyadorlarni (eng katta sarmoyadorlardan tortib, to mayda
sarmoyadorlargacha) jalb etish imkoniyatiga ega. Aksiya-
larning qo‘shimcha emissiyasini amalga oshirish yo‘li bilan
sarmoyani doimiy ravishda ko‘paytirib borish imkoniyati
ham aksiyadorlik jamiyatlarining o‘ziga xos muhim xusu-
siyatlaridan sanaladi. Ular bankka murojaat etmasdan turib,
obligatsiyalar chiqarish yo‘li bilan ustav sarmoyasining 20
foizi miqdorida kredit olishi mumkin. Aksiyadorlik kompa-
niyalarining muassislari va aksiyalar yirik paketlarining egalari
78
79
ularning korxonasi ishlab chiqarish
samaradorligini oshiri-
shidan manfaatdordir. Shu sababli ular o‘z korxonasini turli
yo‘llar bilan qo‘llab-quvvatlashadi.
Aksiyadorlik shaklining eng muhim ijobiy farqi shuki,
mehnat jamoasining har bir a’zosi – korxona aksiyadori –
ish haqi bilan bir qatorda dividend ko‘rinishida qo‘shimcha
daromad olishi mumkin. Ushbu holat aksiyadorni o‘zining
mehnati natijasidan yanada manfaatdor bo‘lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: