Mehnat ta’limi



Download 61 Kb.
Sana09.04.2017
Hajmi61 Kb.
#6349
Mehnat ta’limi

Barkamol shaxs tarbiya­sida, albatta, mehnat ta’li­mining ham alohida o‘rni bor. Ushbu o‘quv fani o‘quv­chilarda aqliy va jismoniy mehnat turlari, mehnat ja­rayonlari haqida keng tushuncha hosil qilish, mehnatga oid ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish kabi ta’limiy maqsadlarga xizmat qiladi. Shuningdek, yoshlarni mehnat va kasb­larni qadr­lashga o‘rgatish, ijtimoiy hayotda ularning ahamiyatini tushuntirish, kasb asoslari (texnologiyasi) haqida bilim hosil qilish hamda maktab davridan bolada kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish mehnat ta’limi fani o‘qituv­chilarining asosiy vazifasiga kiradi. Xususan, mehnat qurollari, vositalari, jarayonlari, hududiy ishlab chiqarishning asoslarini o‘rgatish, texnika va texno­logiyalar asosida egalla­nayotgan kasb-hunar sohasi xususiyatlari, shu sohaning ilg‘or vakillari faoliyati bilan tanishtirish hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim mak­tablarida mehnat ta’limi fanining asosiy maqsadidir. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun mehnat ta’­limi o‘qi­tuvchilari fan yo‘na­lishi bo‘yicha yil davomida amalga oshiri­ladigan ishlarni belgilab olishlari lozim.

An’anaviy Avgust ken­gashlarining mehnat ta’limi fani bo‘yicha sho‘ba yig‘i­lishlarida, avvalo, o‘quv dasturiga ki­ritilgan o‘zga­-rishlar, ta’lim jarayonidagi mavjud yutuq va kamchiliklar hamda muam­molar yechimi bo‘yicha pe­dagoglar uchun tavsiyalar, yo‘riqnomalar ishlab chiqilishi lozim.

Ma’lumki, 2012—2013-o‘quv yili uchun tasdiqlangan tayanch o‘quv rejaga asosan mehnat ta’limi fani tarkibiga “Din tarixi” kursidan (1—4-sinf) 4 ta mavzu, “Iqtisod va soliq alifbosi” (1—4-sinf) kursidan ja’mi 8 ta mavzu, “Iqtisod va soliq saboqlari” (5-, 6-, 7-, 9-sinf) kursidan 14ta mavzu, “Sog‘lom avlod asoslari” o‘quv kursidan 14ta mavzu hamda “Hayot xavfsizligi” (5—9-sinf) kursidan 11 ta mavzular singdirildi.

Jumladan, 1-sinf “Qishloq xo‘jalik mehnati” mavzusi tarkibiga “Din tarixi” o‘quv kursi mavzularidan “Ilm va hunarning hosiyati haqida donolar o‘gitlari” mavzusi; 2-sinf “Xalq hunar­mand ustalarining ish namu­nalariga qarab plastilin yoki loydan o‘yinchoqlar yasash” mavzusi tarkibiga “Ustoz va shogird” mavzusi, 3-sinf “8-mart bayrami tabriknomasini yasash” mavzusi tarkibiga “Savob ishni har kim har kuni qilishi kerak” mavzusi, 4-sinf “Mustaqillik bayramiga tabrik­noma tayyorlash” mavzusi tarkibiga “Farovonlik — hayot ko‘rki” mavzulari;

Iqtisod va soliq alifbosi” (1—4-sinf) o‘quv kursidan 1-sinf “Pazandachilik kasbi haqida tushuncha” mavzusi tarkibiga; “Odamlar nima uchun mehnat qiladilar?” mavzusi “Kasblar haqida ma’lumot. Quruvchilik kasbi” mavzusi tarkibiga “Kasb va hunarlar”, “Kimlar qayerda ishlaydi?” mavzulari, “Bahorgi dala ishlari” mavzusi tarkibiga “Mehnatning mahsuli — mah­sulot va uning turlari” mavzusi; 2-sinf “Xalq hunarmand ustalari ishlagan ish namunalariga qarab plastilin yoki loydan o‘yinchoqlar yasash” mavzusi tarkibiga “Tovar nima? Hamma mahsulot ham tovar bo‘ladimi? Xizmatlar va ularning turlari” mavzulari; 3-sinf “Yumshoq o‘yinchoq tikish haqida umumiy tushuncha. Yumshoq o‘yinchoq tikish” mavzusi tarkibiga “Tadbir­korlar kimlar? Ular nimasi bilan boshqalardan ajralib turadi? Tadbirkorlar nima bilan shug‘ullanadilar?” mavzulari; 4-sinf “Duradgorlik asboblari” mavzusi tarkibiga “Ustaxona jihozlari”, “Usta­xonada tayyor­lanadigan mahsulotlar” mav­zulari, “Gul­larni parvarish qilish” mavzusi tarkibiga “Suv uchun haq to‘lash. Elektr uchun haq to‘lash” mavzulari, “Ijodiy ish” mavzusi tarkibiga “O‘z kuchi bilan ko‘rgazmali o‘quv qurollari yasash” kabi mavzulari kiritilgan bo‘lsa, “Iqtisod va soliq saboqlari” o‘quv kursidan 5-sinf “Ehtiyojlar va ularning turlari” mavzusi “Metallarning turmushda va xalq xo‘jali­gidagi ahamiyati, tuzilishi, turlari, sohalari. Metallarning tashqi ko‘rinishi va o‘ziga xos belgilari” mavzusi tarkibiga, “Ishlab chiqarish”, “Ehtiyoj­larning cheksizligi” mavzulari “Duradgorlik bu­yum­lari detallarini tayyorlash” mavzusi tarkibiga, “Tabiiy, kapital, mehnat resurslari”, “Ta­biatdagi jami resurslar chegara­langanligi” mavzulari “Yog‘­ochning turmushda va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, tuzilishi, turlari, sohalari.



Yog‘ochning tashqi ko‘rinishi va o‘ziga xos belgilari” mavzulari tarkibiga, “Bozor­ning turlari: iste’mol tovarlari bozori; ishlab chiqarish vositalari bozori” mavzulari “Xalq hunar­mandchiligi haqida umumiy ma’lumot” mavzusi tarkibiga, “Natural xo‘jalik”, “Ayir­boshlash”, “Barter”, “Tovar”, “Tovar xo‘jaligi” mavzulari “Yog‘ochga ishlov berishda qo‘llaniladigan xalq hunar­mandchiligi elementlari” mavzulari tarkibiga, “Mehnat”, “Insonning mehnatga bo‘lgan ehtiyoji” mavzulari “O‘zbek milliy oshxonasining o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi” mavzusi tarkibiga singdirildi. 6-sinf “Qandolatchilikda is­h­latiladigan texnologik jihoz­lardan foydalanish qoidalari” mavzusi tarkibiga “Mehnat unumdorligi”, “Zamonaviy texnika va texnologiyalar” mavzulari, “Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi asosida uy-ro‘zg‘or buyumlarini tayyor­lash” mavzusi tarkibiga “Ishlab chiqarish omillari: tabiiy omil, mehnat omili, kapital omili va tadbirkorlik” mavzulari, “Elektr enegriyasini tejamli ishlatish usullari. Elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatishga oid kasb-hunarlar to‘g‘risida ma’lumot” mavzulari tarkibiga “Mehnat taqsimoti va kasblar”, “Soha va tarmoqlar”, “Ixtisoslashuv”; 5-sinf, “Hayot xavfsizligi asoslari” o‘quv kursidan “Uy-ro‘zg‘or ishlari va xavfsizlik, san­chiladigan o‘tkir tig‘li buyum­­-lar — bolalar uchun o‘yin emas” mavzusi “Turli chokidan so‘kilgan buyumlarni ta’mir­lash” mavzusi tarkibiga, “Metallarga ishlov berishda xavfsizlik” hamda “Yog‘och o‘ymakorligida xavfsizlik” mavzulari esa “Metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirilgan xalq hu­narmandchiligi texnologiyasi” mavzusi tarkibiga, “Texnika xavfsizligi” mavzusi “Traktor va mashina bilan ishlashdagi xavfsizlik” mavzusi tarkibiga, “Kesadigan buyumlar bilan ishlash xavfsizligi” mavzusi “Elektr montaj ishlarida ish o‘rnini tashkil qilish” mavzusi tarkibiga, “Elektr asbob-moslamalari­dan foydalanishda xavfsizlik” mavzusi “Elektr o‘tkazish simlarining turi” mavzusi tarkibiga singidirildi. 6-sinf “Sovutgich va muz­latgich, termos, mikroto‘lqinli elektr pechlarning tuzilishi va ahamiyati, foydalanish texno­logiyasi” mavzusi tarkibiga “Elektr asboblari — favqulod­da vaziyat manbai” mavzusi, “Elektr go‘sht maydala­gichning tuzilishi, vazifasi, ishlash prinsiplari. Xavfsizlik texnik talablari” mavzusi tarkibiga “Elektr go‘sht may­dalagichdan foydalanishda xavfsizlik” mavzusi; 7-sinf “Elektr go‘sht mayda­lagichning tuzilishi, vazifasi, ishlash prinsiplari. Xavfsizlik texnik talablari” mavzusi tarkibiga “Elektr go‘sht maydalagichdan foydalanishda xavfsizlik” mav­zusi; “Sog‘lom avlod asoslari” o‘quv kursi 5-sinf mavzularidan “Ovqat­lanishga qo‘yiladigan gigiyena talablari” mavzusi “O‘zbek milliy oshxonasi. Sabzavotlardan salat tayyor­lash” mavzusi tarkibiga, “Zaharli moddalar va tok­sikomaniya haqida tushuncha” mavzusi “Yelimlarni ishga tayyorlash” mavzusi tarkibiga, “Sanitariya va gigiyena haqida tushuncha” mavzusi “Pazan­dachilik o‘quv xonasi haqida ma’lumot. Sanitariya va gigiyena haqida tushuncha” mavzusi tarkibiga; 6-sinf “Beldan kiyiladigan kiyim turlari. Yubka haqida ma’lumot” mavzusi tarkibiga “O‘zingni angla!” mavzusi, “O‘zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyasi” mav­zusi tarkibiga “Oila gigiyenasi — oila madaniyati” mavzusi; ­
7-sinf “Kiyim haqida umumiy ma’lumot” mavzusi tarkibiga “O‘smirlik davrida fiziologik o‘zgarishlarning namoyon bo‘lishi” mavzusi, “Go‘sht va go‘sht mahsulotlari. Baliq va baliq mahsulotlari” mavzusi tarkibiga “Ekstrogenital kasal­liklar haqida tushuncha”, “Sabzavot va mevalarni kon­servalash” mavzusi tarkibiga “Vitaminlar va mikroelementlar” mavzusi; 9-sinf “Kasb tanlashda shaxs, kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarni e’tiborga olish” mavzusi tarkibiga “O‘smir va muomala psixologiyasi” mavzusi, “Kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik” mavzusi tarkibiga “Yaxshi ko‘rish va sevgi tushunchalari” mavzusi, “Kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish” mavzusi tarkibiga “O‘smir va oilaviy hayot haqidagi tasavvurlar” mavzusi, “Kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullari” mavzusi tarkibiga “Ziddiyatlar va ularni hal etish yo‘llari” mavzusi, “Kasb tanlashga doir reja tuzish” mavzusi tarkibiga “Maktab o‘quvchilarining salomatligi va kasb tanlashda qo‘yiladigan talablar” kabi mavzular uyg‘un­lashtirilgan holda singdirildi.

Mehnat ta’limi fani o‘quv dasturlari tarkibiga “Din tarixi”, “Iqtisod va soliq alifbosi”, “Iqtisod va soliq saboqlari”, “Sog‘lom avlod asoslari” hamda “Hayot xavfsizligi” kurslaridan kiritilgan yuqo­ridagi mavzularni o‘quv­chilarga tushuntirishda interfaol usul­lardan, axborot-kommuni­katsiya texno­logiya­laridan samarali foydalanishga e’tibor qaratish muhim. Dars jarayonida qo‘llaniladigan har bir metod, shakl, vositaga yondashuv o‘qituvchidan ijodkorlikni talab etadi.

Shu o‘rinda, Xalq ta’limi vazirligining http://pedagog.uz saytiga joylashtirilgan 5-sinf “Egovlarning turlari va tuzilishi”, “Milliy o‘yinchoq (qo‘g‘irchoq) turlari, ishlatiladigan asbob, moslamalar, gazlama va ularning turlari”, “Kashtachilik ranglari va rang tanlash. Kashta choklaridan namunalar tikish”, “Dazmol bilan ishlash usullari”, 8-sinf “Mehnat predmetiga ta’sir etish (gazlamalarning olinishi, ularni bichish-tikish, pardozlash, mahsulotlarga birinchi va ikkinchi ishlov berish, yarim fabrikatlar va h. k.) orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar”, 7-sinf “Metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg‘un­lashtirilgan xalq hunar­mandchiligi texnolo­giyasi”, 6-sinf “Elektr o‘tkazgichlarni montaj qilish, izolyatsiyalash ishlari. Elektr asboblari. Sohaga oid kasb-hunarlar to‘g‘risida ma’lumot” kabi ko‘plab dars ishlanmalariga ijodiy yondash­gan holda foydalanish tavsiya etiladi.

Shu bilan birga, mehnat ta’limi darslari samaradorligini oshirishda innovatsion peda­gogik texnologiyalar bo‘yicha ishlab chiqilgan va amaliyotda qo‘llanilib samarali natijalarga erishilayotgan, “Modifikat­siyalashgan ta’lim”, “Munosa­bat” texnologiyasi (yangi mavzu bayonida), “Bumerang texno­logiyasi” (darsni mustah­kam­lashda), “Skarabey texnolo­giyasi” (yangi mavzuni o‘r­gatishda, mustahkamlashda), “Tarozi texnologiyasi”, “Yel­pig‘ich texnologiyasi” (yangi mavzuni o‘rgatishda, mustah­kamlashda), “Tarmoq­lash” metodi, “Muammoli vaziyat” (mustahkamlash, uyga vazifani aniqlash), “Muayyan holat, vaziyatni o‘rganish”, “Tanqidiy tafakkur”, “Nuqtai nazaring bo‘lsin”, “Venn diag­rammasi” (yangi mavzu bayo­nida, darsni mustahkamlashda, uyga vazifani so‘rashda), “Blits- so‘rov”, “Qanday-qanaqa?”, “Nilufar guli”, “Insert” (uyga vazifani so‘rashda) kabi ko‘plab metodlardan foy­dalanish maqsadga muvo­fiqdir.

Mehnat ta’limi fanining o‘qi­tilish samaradorligini oshirishda amaliy mashg‘ulotlar asosiy o‘rin­ni egallaydi. Avgust ken­gashlarining sho‘ba yig‘ilish­larida o‘qituvchilarga amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish yuzasidan yo‘riqnoma berish asosiy vazifalardandir.

Amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilar bevosita ishlab chiqarish jarayonida qatnashish orqali (sanoat, qishloq xo‘jalik va umumiy ovqatlanish korxo­nalari, ustaxonalar, tashkilot, muassasalarda yoki hunar­mand usta­lar huzurida) bozor munosa­batlari qoidalarini o‘r­ganishi ham asosiy vazifa bo‘­lishi kerak.

Amaliy mashg‘ulotlar quyi­dagilarni o‘z ichiga oladi:

1. Ekskursiyalar uyushtirish (tarixiy-geografik, ishlab chiqarish ob’yektlari, muzey­larga yoki kinolavha, video­roliklar orqali);

2. Ustaxonada yog‘och va metaldan, tikuv materiallaridan uy jihozlari tayyorlash.

Dars jarayonida o‘tkazi­ladigan amaliy mashg‘ulotlar quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1) Maktab o‘quv ustaxo­nasida olib boriladigan mash­g‘u­lotlar mazmuni — yog‘och va materiallarni qo‘lda ishlashda qo‘llaniladigan asbob-usku­nalar bilan muomala qila bilishni o‘rgatish. Amaliy faoliyatni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish;

2) Maktab tajriba yer may­donida olib boriladigan mash­g‘u­lotlar mazmuni — o‘simlik va hayvonlar hayoti, ularning yashash tarzi va rivojlanishlarini chuqurroq o‘rganish, turli mazmunda tajribalar o‘tkazish orqali amaliy mehnat qilish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish;

3) Maxsus jihozlangan xona­larda olib boriladigan mashg‘u­lotlar mazmuni — turli asbob-uskuna hamda kimyoviy mod­dalar yordamida tabiatda ro‘y beradigan hodisalar mohiya­tini o‘rganish, o‘zlash­tirilgan nazariy bilimlarni qo‘llay olish borasida ko‘nikma va malaka­larini hosil qilish.

Barcha fanlarda bo‘lgani ka­bi mehnat ta’limi fanining o‘qitilishida ham axborot-kom­muni­katsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorlikka xizmat qiladi. Jumladan, meh­nat ta’limi darslarida axborot majmui — ma’lumotnomalar, multimediyalar, mavzularga oid texnologik xaritalar, ish qobiliyatini tashkil etishga oid filmlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar, sxemalar, rasmlar, chizmalar, animat­siyalar, matnlar, tasviriy axborotning statistik va dinamik ifodalari, ovozli obrazlardan (yozilgan ovoz, musiqa va boshqalar) foydalanish mumkin.

Elektron taqdimot darsda slaydlardan ko‘rgazmali mate­rial sifatida foydalanish o‘qitu­v­chi uchun keng imkoniyat yaratadi. Hozirgi kundagi yangiliklardan xabardor bo‘lish va ulardan ta’lim samara­dorligini oshirishda foydala­nishda internet tarmog‘i muhim rol o‘ynaydi.

Quyida berilgan saytlardan mehnat ta’limi darslarini tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rishda foydalanish mumkin.

 http://www.uzedu.uz – Xalq ta’limi vazirligining rasmiy sayti.

 http://www.rtm.uz – Respublika ta’lim markazining rasmiy sayti.

 http://pedagog.uz

 http://www.ziyonet.uz

Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan masalalarga sho‘ba yig‘ilishi qatnashchilari e’tiborini tortish va o‘zaro muhokama qilish lozim.

Shuningdek, sho‘ba yig‘i­lishlarida quyidagi mavzularda ilg‘or tajribalarni tinglash, bahs-munozara yuritish, o‘zaro fikr almashish, kelgusi rejalarni belgilab olish tavsiya etiladi:

1. O‘quvchilarda grafik savodxonlik elementlarini shakllantirish usullari haqida tushuncha berish.

2. Instruksion – texnologik xaritalar tayyorlash va undan foydalanishning qulay yo‘llari.

3. Ishlab chiqarish soha­laridagi yangiliklar bilan tex­nika elementlarining uyg‘un­lashtirilgan usullari.

4. Mehnat ta’limi darslari doirasida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishning samarali usullari.

5. Mehnat ta’limi fanini o‘qi­tishda maktab, oila, mahalla hamkorligi.

6. “Ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lar” mavzusi asosida fan xonasini jihozlash yo‘llari.

7. Darsdan tashqari o‘tka­ziladigan to‘garak mashg‘ulot­larining o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda tutgan o‘rni.

8. Mehnat ta’limi fanidan “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” va “Qishloq xo‘jalik asoslari” yo‘nalishlari bo‘yicha (5—9-sinf) taqvim mavzu reja tahlili hamda murakkab mavzularni o‘qitish­da ilg‘or pedagogik texnolo­giyalardan foydalanish usullari.



9. Mehnat ta’limi fanining dars shakl va vositalari (mahorat mashg’uloti usulidan foydalanish).

10. Mehnat ta’limi fanidan nazorat ishlarini o‘tkazish usullari.
Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish