Qimmatli qog‘ozlarning uyushgan va
uyushmagan bozorlari
Qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozori
– bu qimmatli
qog‘ozlarning muomalada bo‘lishi sohasi bo‘lib, unda qim-
matli qog‘ozlar operatsiyalari ushbu bitimlar ishtirokchilari
uchun qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchisi to-
monidan belgilangan tadbirlar va shartlar bilan tartibga
solingan.
Qimmatli qog‘ozlarning uyushmagan bozori
– bu qimmatli
qog‘ozlarning muomalada bo‘lishi sohasi bo‘lib, unda qim-
matli qog‘ozlar bilan operatsiyalar savdolar tashkilotchi-
larining ushbu bitim predmeti va uning ishtirokchilariga
nisbatan qo‘ygan talablariga rioya etilmagan holda amalga
oshiriladi.
Qimmatli qog‘ozlarning uyushmagan bozori
– bu shunday
bozorki, unda bitimlar tuzish, qimmatli qog‘ozlar va ish-
tirokchilarga qo‘yiladigan talablarning qoidalari belgilan-
magan, savdolar sotuvchi va xaridorning shaxsiy aloqasi
orqali ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Mazkur bozorlarda
tuzilgan bitimlar haqidagi axborotni tarqatish tizimi mavjud
emas. Bundan tashqari, bitimlar ishtirokchilarning qandaydir
muhofaza va sug‘urta mexanizimlaridan foydalanmagani
holda amalga oshiriladi (masalan, sotuvchi tomonidan qim-
matli qog‘ozlarning maxsus hisobraqamlarda oldindan aks
ettirilishi, qimmatli qog‘ozlar xaridorlari tomonidan pul
mablag‘lari bir qismining oldindan to‘lanishi va h. k.), odatda,
bunday hollar birja savdolarida o‘rinlidir. Shu bilan bir yilda,
bitimlar maxsus ro‘yxatga oluvchilar tomonidan qonun bilan
belgilangan umumiy tartibda rasmiylashtiriladi. Ushbu bozor
«ko‘cha» yoki «tartibsiz» bozor, deb nomlanishiga qaramay,
u mutlaqo chalkash va tartibsiz bozor emas, chunki bitimda
ishtirok etayotgan tomonlardan qaysidir birining
tovlamachilik qilgani aniqlangan hollarda, tartibga soluvchi
davlat idorasi tergov ishini olib boradi. Bunday bozorda
sifatli qimmatli qog‘ozlar ham, ular bo‘yicha yo katta
dividendlar olish, yoki barcha qo‘yilgan mablag‘larni
yo‘qotish mumkin bo‘lgan daromadli qimmatli qog‘ozlar
ham, shuningdek, emitentlari murakkab moliyaviy ahvolda
yoxud bankrotlik yoqasida bo‘lgan yaroqsiz, deb nomlanuvchi
aksiyalar ham sotilishi mumkin. Bizning mamlakatimizda
uyushmagan bozorda yangi barpo etilgan, shuningdek, xu-
susiylashtirilgan korxonalarning birlamchi va ikkilamchi
emissiyalari aksiyalari, bank hamda tijorat veksellari sotiladi
va xarid qilinadi. O‘zbekistonda XIFlar aksiyalarining bevo-
sita XIFlarning o‘zlari tomonidan amalga oshirilgan yoki
Xalq banki bo‘limlari orqali birlamchi sotilishi bunday
bozorlarga misol bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |