Toshkent «noshir» 2017


-MAVZU QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/100
Sana10.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#767807
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100
Bog'liq
kimmatli kogozlar

2-MAVZU
QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI.
QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI TUSHUNCHASI
XX asrning iqtisodiy taraqqiyoti shuni to‘liq tasdiqladiki,
faqat bozor iqtisodiyotigina xalq xo‘jaligi samaradorlik
ko‘rsatkichlarining eng yuqori darajasini ta’minlaydi. Bozor
mexanizmining samaradorligi ko‘p jihatdan iqtisodiyotning
tovar-pul munosabatlari bilan qanchalik to‘liq qamrab
olinganligiga bog‘liq. Bu tovar bozorlari bilan bir qatorda
moliya bozorini, jumladan, qimmatli qog‘ozlar bozorini
shakllantirish zarurligini anglatadi. Bozor iqtisodiyoti qim-
matli qog‘ozlarning rivojlangan aylanmasisiz amal qilishi
mumkin emas.
Qimmatli qog‘ozlar bozori
— yuridik va jismoniy shaxs-
larning qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va
ularning muomalasi bilan bog‘liq munosabatlari tizimi. Har
qanday bozor makonini ikki qutbga bo‘lish mumkin. Ulardan
birida kapital yetkazib beruvchilar – bo‘sh pul mablag‘lariga
ega bo‘lgan va ularni saqlash hamda ko‘paytirishni istovchi
yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, davlat turadi. Ikkin-
chisida esa – yangi ishlab chiqarishni boshlash, ishlar, xiz-
matlar ko‘rsatish yoki ishlab turgan quvvatlarni zamona-
lashtirish, kengaytirish, qayta ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan
boshlang‘ich yoki qo‘shimcha kapitalga muhtoj bo‘lgan bozor
subyektlari turadi. Kapitalning iste’molchilari sifatida kor-
xonalar, tashkilotlar, aholi, shuningdek, davlat ham ishtirok
etishi mumkin.
Mablag‘larni jalb etish maqsadida kapital iste’molchilari
qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqaradi va ularni sotish
natijasida ishlab chiqarish (savdo-sotiq, moliyaviy faoliyat
va h.k.) jarayonini amalga oshirish uchun mablag‘ oladi.
Kapital iste’molchilari (emitentlar) va yetkazib beruvchilari
(sarmoyadorlar) o‘rtasidagi munosabatlar qaytarilish,
to‘lovlilik yoki mol-mulkka egalik qilish huquqini o‘tkazish
shartlari bilan amalga oshiriladi.
Biroq emitentlar yoki sarmoyadorlar bir-birlarini «to-
pishlari» uchun ushbu jarayonda yordamchi bo‘lsada, ammo
juda muhim rol o‘ynovchi emitentlar, sarmoyadorlar, shu-
ningdek, tashkilotlar va yakka tadbirkorlarning oqilona o‘zaro
munosabatlarini ta’minlovchi, infratuzilma, deb nomlanuvchi
yordamchi subyektlarning ancha murakkab muassasaviy (ins-
titutsional) tizimi zarur.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining muassasaviy infratuzilmasi
umumiy va maxsus tabaqalarga bo‘linadi. Umumiy infra-
tuzilmani namoyon qiluvchi tashkilotlarga qimmatli qog‘ozlar
bilan operatsiyalar qilishda umumiy yordamchi vazifani
bajaruvchi, muassasalar kiradi. Ularsiz qimmatli qog‘ozlar
bozori ishtirokchilarining faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘l-
magan yoki murakkablashgan bo‘lar edi. Bularga axborot
agentliklari, nashriyot, gazeta va jurnallar (matbuot), tele va
radiokompaniyalar, tijorat banklari, auditorlik tashkilotlari,
notarial, yuridik hamda advokatlik idoralari, sug‘urta
kompaniyalari kiradi. Qimmatli qog‘ozlar bilan tuziladigan
bitimlarga xizmat ko‘rsatishga ko‘maklashuvchi vazifalarni
bajarish uchun ularga qimmatli qog‘ozlar bozorida profes-
sional faoliyatni amalga oshirishga ruxsat beruvchi maxsus
litsenziyalarning zarurati yo‘q. Ayni paytda bunday tashki-
lotlar davlat boshqaruvi organlarining, xususan, Markaziy
bank (tijorat banklari), Moliya vazirligi (auditorlik va sug‘urta
kompaniyalari), Adliya vazirligi (advokatlik, yuridik va
notarial idoralar), Davlat matbuot qo‘mitasi (nashriyotlar,
gazetalar, jurnallar)ning maxsus faoliyat turini amalga oshirish
uchun litsenziyalariga ega bo‘lishni kerak. Mazkur subyekt-


44
45
larning faoliyati ushbu holatda qimmatli qog‘ozlar bozori
ishtirokchilariga kredit–hisob-kitob xizmatlari ko‘rsatish,
emitentlar hisobi va moliyaviy hisobotlarining ishonchliligi
hamda umumiy belgilangan me’yorlarga mos kelishini
tasdiqlash, qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdisi, almashuvi,
sovg‘a qilinishi shartnomalarini tasdiqlash, ular bilan baja-
riladigan operatsiyalarni sug‘urtalash, sarmoyadorlarni va
fond boyliklari bilan professional faoliyat yurituvchi shaxs-
larni bozordagi vaziyatdan xabardor qilish va hokazolardan
iborat bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida birja faoliyatini amalga
oshiruvchi tashkilotlar (fond birjalari, tovar-xomashyo,
valuta va boshqa birjalarning fond bo‘limlari) hamda inves-
titsiya muassasalari maxsus infratuzilmani o‘zida namoyon
qiladi.
Investitsiya muassasalariga investitsiya vositachilari (bro-
kerlar–dilerlar), investitsiya maslahatchilari, investitsiya fond-
lari, boshqaruvchi kompaniyalar, qimmatli qog‘ozlar egala-
rining reestrlarini saqlovchilar, depozitariylar, hisob-kitob
kliring palatalari, qimmatli qog‘ozlarning nominal egalari
kiradi. Sanab o‘tilgan tashkilotlardan har biri qimmatli
qog‘ozlar bozorida qat’iy ixtisoslashgan faoliyat turini bajarishi
lozim, shunga qaramay, ayrim faoliyat turlarining qo‘shilib
ketishiga ruxsat etiladi. Mazkur tashkilotlar qimmatli qog‘oz-
lar bozorida birja faoliyatini ko‘rsatish yoki mamlakat fond
bozori holatiga javob beruvchi davlat idorasi nomidan inves-
titsiya muassasasi sifatida operatsiyalarni amalga oshirish
uchun majburiy tarzda litsenziyaga ega bo‘lishi kerak. Qim-
matli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha bitimlar fond birjalarida
va birjadan tashqari bozorlarda amalga oshiriladi.
Birjalarda bevosita bozorlarga chiqarilmaydigan, hujjatlar
bilan tasdiqlangan aniq sifat va miqdor xususiyatlariga hamda
talab va taklif asosida belgilanadigan narxga ega bo‘lgan
ayrim fond boyliklari sotiladi va xarid qilinadi. Birjaga sav-
doda ishtirok etishni xohlovchi barcha shaxslarga emas, faqat
uning a’zosi bo‘lgan professional ishtirokchilarga ruxsat eti-
ladi. Qimmatli qog‘ozlar bilan birja savdolari har bir birja
tomonidan maxsus ishlab chiqilgan qimmatli qog‘ozlar bozo-
ridagi qonunchilikka qat’iy rioya etilishini, birja savdolarining
barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratilishini, birja
savdolariga kiritilgan qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risida ishonchli
va to‘liq ma’lumotlarning e’lon qilinishini, tuzilayotgan bi-
timlar to‘g‘risida axborotning oshkor etilishini va hokazo-
larni nazarda tutuvchi qoidalar asosida olib boriladi. Birjada
oddiy qimmatli qog‘ozlar bilan emas, faqat alohida talablarga
javob beradigan qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilinadi.
An’anaviy tarzda fond birjasi – bu eng yaxshi qimmatli
qog‘ozlarning bozoridir.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda fond birja-
lariga kam miqdordagi – faqat moliyaviy xo‘jalik ahvoli
juda ham barqaror bo‘lgan emitentlarning aksiyalari kelib
tushadi. Masalan, AQSHdagi mashhur Nyu-York fond
birjasida faqat ikki mingtadan sal ko‘proq kompaniyaning
aksiyalari baholanadi. Ayni paytda qimmatli qog‘ozlar emis-
siyasini ro‘yxatdan o‘tkazgan tashkilotlarning soni mazkur
mamlakatda yuz minglabni tashkil etadi. Qimmatli qog‘oz-
larning aksariyat qismi birjadan tashqari bozorlarda xarid
qilinadi va sotiladi (muomalada bo‘ladi). Moliyaviy xo‘jalik
holati birja mezonlari bo‘yicha tanlab olish tadbiriga dosh
berolmaydigan emitentlarning qimmatli qog‘ozlari aynan
ushbu bozorlarda muomalada bo‘ladi. Bir emitentning qim-
matli qog‘ozlari bir yilning o‘zida ham fond bozorida, ham
uning tashqarisida muomalada bo‘lishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar bilan savdolar birja bozorida ham,
birjadan tashqari bozorda ham mazkur bozor ishtirok-
chilarining o‘zlari ishlab chiqqan va qonuniy tartibda mustah-
kamlangan tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Bunday
tamoyillarga quyidagilar kiradi:


46
47
— qimmatli qog‘ozlar bozorida tuziladigan bitimlarning
ixtiyoriyligi;
— aniq yuzaga kelgan talab va taklif asosida narxlarni
belgilash;
— qimmatli qog‘ozlar bozoriga oid qonun hujjatlariga
qat’iy rioya qilish;
— qimmatli qog‘ozlar, ularning emitentlari, narxlari, birja
va birjadan tashqari bitimlar haqidagi axborotlarni majburiy
ravishda oshkor etish;
— sarmoyadorlar huquqlari va manfaatlarini himoyalash;
— qimmatli qog‘ozlar bozorida tovlamachilik va nayrang-
bozliklarning taqiqlanishi va ta’qib qilinishi.
Har qanday bozor tartibsiz, boshqarib bo‘lmaydigan yoki
tartibga solinadigan, boshqariladigan bo‘lishi mumkin. Turli
mamlakatlar qimmatli qog‘ozlar bozorlari rivojlanishining
tarixi boshqarilishning turli saviyasi va darajasini biladi. Bosh-
qarilish fond boyliklari bilan savdo qiluvchilarga qulay sha-
roitlar (masalan, fond birjasi yoki qimmatli qog‘ozlar bo-
zorining professional ishtirokchilarining uyushmasi) yaratish
bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi o‘zini o‘zi boshqa-
ruvchi tashkilot darajasida o‘rin tutishi mumkin. U tarmoq
va ma’muriy-hududiy darajada amalga oshiriladi. Biroq ushbu
mamlakat uchun umumiy xususiyatga ega bo‘lgan qimmatli
qog‘ozlar bozorining davlat tomonidan tartibga solinishi eng
katta ahamiyatga ega.
Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi tartibsizlik, istalgan boshqa
bozordagi kabi, uning ishtirokchilariga ham, davlatga ham
juda qimmatga tushishi – qimmatli qog‘ozlarning mayda
egalari tomonidan o‘z jamg‘armalarining yo‘qotilishidan
tortib, to muqarrar iqtisodiy larzalar bilan birjaning barbod
bo‘lishigacha olib kelishi mumkin. Mazkur salbiy jarayonlar
ehtimolini eng kam (minimum) holatgacha tushirish, qim-
matli qog‘ozlar doimiy aylanmasi, qo‘ldan-qo‘lga o‘tishi
uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratish – bu fond bozorini
tashkil qilish va tartibga solish jarayonida doimiy ravishda
hal etiladigan asosiy vazifalardir.
Sobiq Ittifoq iqtisodiy adabiyotida turli iqtisodiy vositalar
va ularning iqtisodiyotga ta’sirini ko‘rib chiqishda an’anaviy
tarzda fond birjasiga katta e’tibor qaratilardi. Faqat fond
birjasi qimmatli qog‘ozlar bozoridan ajratilgan holda ko‘rib
chiqilar edi. Qimmatli qog‘ozlar bozorining asosiy muassasasi
sifatida fond birjasining roli bir tomonlama talqin qilindi
va, odatda, yirik kapitalistlarning tanqislik davrida o‘rta va
mayda kapitalistlar hisobidan boyib ketishi bilan, shuningdek,
umuman iqtisodiyot uchun yuzaga kelgan salbiy oqibatlar
bilan bog‘lanardi. Darvoqe, bunday nuqtayi nazar to‘liq
haqiqatga mos kelmaydi, chunki fond birjasi faqat qimmatli
qog‘ozlar bozori, deb nomlanuvchi tizimning (ahamiyatli
bo‘lishiga qaramay) unsurlaridan biri hisoblanadi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, qimmatli qog‘ozlar bozori
u yoki bu davlatning iqtisodiyotiga turlicha ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. U to‘g‘ri tashkil etilib, davlat tomonidan ustalik
bilan tartibga solinsa, fond bozorining xalq xo‘jaligiga ta’siri
ijobiy bo‘ladi.
2010-yil yakunlari bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar bozo-
rining umumiy aylanmasi (aksiyalar va korporativ obliga-
tsiyalar) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish