Asosiy qism Yo`lovchi tashish shartnomasi



Download 183 Kb.
Sana27.02.2020
Hajmi183 Kb.
#41042
Mavzu: Yo’lovchi va Yuk tashish shartnomasi. Uning mazmun va mohiyati.

Reja:



  1. Kirish




  1. Asosiy qism

1. Yo`lovchi tashish shartnomasi
2. Yuk tashish shartnomasi
3. Yo`lovchining hayoti yoki sog`lig`iga shikast

etkazilganligi uchun tashuvchining javobgarligi

4. Tashishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bo’yicha

javobgarlik
5. Transport tulari. quruqlik transporti


  1. Xulosa



  1. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Shartnoma huquqiy tartibga solish vositalari ichida eng universal,
demokratik vosita hisoblanadi. Shartnomalar orqali huquqiy munosabat
tartibga solinganda, undagi barcha ishtirokchilarning manfaati eng koʻp
darajada ta’minlangan boʻladi. Odatda har qanday shartnoma ixtiyoriylik
asosda vujudga keladi va shartnomalarda huquq va majburiyatlarni
belgilashda mulkiy manfaatlar va shaxsiy ne’matlarni taqsimlashda oʻziga
xos muvozanat, uygʻunlik oʻz mujassamini topadi. Garchi shartnomalar
qadim-qadimdan fuqarolik huquqida, oila huquqida, mehnat huquqida va
xalqaro huquqda qoʻllanilib kelinayotgan boʻlsa ham, bugungi kunda
undan huquqni boshqa tarmoqlarida ham foydaydalanish holatlari
kuzatilmoqda. Jumladan, jinoyat huquqida yarashuv, jinoyat protsessida
sud bilan guvoh oʻrtasidagi, sud bilan sudlanuvchi oʻrtasidagi kelishuvlar
buni yaqqol misoli hisoblanadi.

FKning 8-moddasi talabiga koʻra, shartnomalar taraflar oʻrtasida
fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asoslaridan biridir.
Shubhasiz, bugungi kunda shartnomalarga alohida ahamiyat berilmoqda.
Chunki shartnomalarda boshqa yuridik faktlarga qaraganda, taraflarning
erki-irodasi toʻla ifodalanadi. Shartnomaga kirishuvchi shaxslar kim bilan,
qancha, qachon shartnoma tuzishni u tufayli yetkazib berilishi lozim
boʻlgan pul, tovar, ashyolarni qaysi muddatlarda, qanday transportlarda
yetkazilishini, toʻlov amaldagi qanday shakllarda boʻlishini mutlaqo
oʻzlari, mustaqil hal qiladilar. Ular shartnomalar tuzishda erkindirlar,
shartnoma tuzishga majburlashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Shartnoma erkinligi tamoyili nafaqat fuqarolik huquqini, balki milliy


huquq tizimini yetakchi tamoyillaridan biri deb aytish mumkin. Shartnoma
erkinligi tamoyili asosida quyidagi qoidalar yotadi:

-fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar;


-shartnoma tuzishga hech kim majbur qilishga yoʻl qoʻyilmaydi,
shartnoma tuzish burchi FK (358-modda), boshqa qonunda (Avtotransport
vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalash
toʻgʻrisidagi qonun, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy
sugʻurtalash toʻgʻrisidagi qonun) yoki olingan majburiyatda (FK
361-moddasi) nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
-taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan istalgan
shartnomalarni tuzishlari mumkin (distribyutorlik shartnomasi,
volontyorlik shartnomasi, tansoqchi xizmati boʻyicha fuqarolik
shartnomasi, tolling (xom ashyoni qayta ishlash uchun topshirib,
birlamchi, ikkilamchi tayyor mahsulotlarni oʻziga qaytarib olish haqida
shartnoma), agentlik shartnomasi, konsignastiya shartnomasi, notijorat
hamkorligi shartnomasi va boshqalar);
-aralash shartnomalar tuzishga taraflar haqliligi;
-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imperativ shartlardan tashqari
qolgan shartlar erkin belgilanadi.

Shartnoma ikki yoki undan ortiq shaxsning fuqarolik huquqlari va


burchlarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan oʻzaro
kelishuvidir.
Shartnoma atamasi uch ma’noda: yuridik fakt; biror-bir yuridik
faktga asoslangan, moddiy manfaatlar toʻgʻrisidagi huquqiy munosabat;
shaxslar (fuqarolar va tashkilotlar) oʻzaro kelishuvini aks ettiruvchi,
ifodalovchi hujjat ma’nosida ishlatiladi. Bu oʻrinda u oʻzining birinchi
ma’nosi–yuridik fakt sifatida koʻriladi va oʻrganiladi.
Yuridik harakatlar, oʻz navbatida. huquq yoʻl qoʻygan harakatlar
sifatida bir tomonlama va ikki tomonlama bitimlar (shartnomalar) dan
iboratligi koʻrsatilgan edi. Ikki tomonlama bitimlarning hammasi (oldisotdi, ijara, qarz va boshqalar) shartnoma hisoblanadi.
Shartnoma tushunchasidagi asosiy belgi va shart – taraflarning
muayyan natijaga erishishga qaratilgan oʻzaro kelishuvlaridir. Taraflarning
har biri tomonidan shartnoma boʻyicha olinadigan huquq va burchlar har
xil boʻlsa ham, ular oqibatida yagona huquqiy natija beradi, masalan,
biror-bir narsaga nisbatan egalik huquqi oʻtkaziladi yoki biror-bir
ashyodan foydalanish huquqi olinadi.

Shartnoma unda ishtirok etayotgan taraflar oʻrtasida huquq va


majburiyatlarning oʻzaro taqsimlanishiga qarab bir tomonlama, ikki
tomonlama
va koʻp tomonlama shartnomalarga boʻlinadi.
Bir tomonlama shartnomada ishtirok etayotgan taraflarning birida
faqat huquq boʻlib, hech qanday majburiyat boʻlmaydi, ikkinchi tarafda
esa faqat majburiyat boʻladi.

Ikki tomonlama shartnomada esa har ikki taraf ham mustaqil huquq
va majburiyatga ega boʻladi. Bunday shartnomaga oldi-sotdi shartnomasini
misol qilib keltirish mumkin. Bu shartnoma boʻyicha sotuvchi sotilgan
ashyoning haqini talab qilish huquqiga ega boʻlib, sotilgan ashyoni
oluvchiga topshirishga majbur, oluvchi esa –olayotgan ashyoning bahosini
toʻlashi zarur boʻlib, sotib olingan ashyoni talab qilib olishga haqli.


  1. Yo`lovchi, bagaj va yuk tashishning umumiy qoidalari

Yo`lovchi, bagaj va yuk tashish (quyida tashish deb yuritiladi) tashish shartnomasi asosida amalga oshiriladi.

Tashishning umumiy shartlari ushbu Kodeks, transport ustavlari va kodekslari, boshqa qonunlar va ularga muvofiq chiqarilgan qoidalar bilan belgilanadi Transportning ayrim turlarida yo`lovchi, bagaj va yuk tashish shartlari, shuningdek taraflarning ularni tashish bo`yicha javobgarligi, agar ushbu Kodeksda,transport ustavlari va kodekslarida, boshqa qonunlarda va ularga muvofiq chiqarilgan qoidalarda boshqacha tartib belgilanmagan bo`lsa, taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi.

Yo`lovchi tashish shartnomasi

Yo`lovchi tashish shartnomasi bo`yicha tashuvchi yo`lovchini, yo`lovchi bagaj topshirgan bo`lsa - bagajni ham belgilangan manzilga еltib berish hamda bagajni olishga vakolat berilgan shaxsga topshirish majburiyatini oladi. Bunda yo`lovchi belgilangan yo`l haqini, bagaj topshirgan bo`lsa, bagaj tashish haqini ham to`lash majburiyatini oladi.

Yo`lovchi va bagaj tashish shartnomasi tuzilganligi tegishli chipta va bagaj pattasi bilan tasdiqlanadi.

Yo`lovchi tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda:

o`zi bilan bolalarni bepul yoki boshqa imtiyozli shartlarda olib yurish;

belgilangan miqdor doirasida o`zi bilan bepul bagaj olib yurish;

belgilangan miqdor doirasida bepul, miqdordan ortiqchasi uchun еsa - tarif bo`yicha haq to`lab, tashish uchun bagaj topshirish huquqiga еga.


  1. Yuk tashish shartnomasi

Yuk tashish shartnomasi bo`yicha yuk tashuvchi yuk jo`natuvchi tomonidan o`ziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan manzilga yetkazib berish va uni olishga vakolat berilgan shaxsga (oluvchiga) topshirish, yuk jo`natuvchi еsa yukni tashib berganlik uchun belgilangan haqni to`lash majburiyatini oladi.

Yuk tashish shartnomasi tuzilganligi tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan hujjat (transport yukxati, konosament yoki yukka doir boshqa hujjat)ni tuzish va uni yuk jo`natuvchiga topshirish yo`li bilan tasdiqlanadi.




Charter (fraxtlash) shartnomasi

Charter (fraxtlash) shartnomasi bo`yicha bir taraf (fraxtchi) ikkinchi tarafga (fraxtlovchiga) haq еvaziga bir yoki bir necha transport vositasi sig`imining hammasini yoki bir qismini yo`lovchi, bagaj va yuk tashish uchun bir marta yoki bir necha marta qatnashga berish majburiyatini oladi.

Charter (fraxtlash) shartnomasini tuzish tartibi, uning shakli va turlari transport ustavlari va kodekslarida belgilab qo`yiladi.

Bir yo`nalishda har xil transportda tashish

Har xil transportda yagona transport hujjati asosida yo`lovchi, bagaj va yuk tashilganida (bir yo`nalishda har xil transportda tashish) transport tashkilotlarining o`zaro munosabatlari, shuningdek bunday tashishni tashkil qilish tartibi bir yo`nalishda har xil (aralash) transportda tashishga doir qonun hujjatlariga muvofiq tegishli turdagi transport tashkilotlari o`rtasidagi kelishuv bilan belgilanadi.

Umumiy foydalanishdagi transportda tashish

Tijorat tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan tashish, agar qonun hujjatlaridan yoki ushbu tashkilotga berilgan ruxsatnomadan (litsenziyadan) uning har qanday fuqaro yoki yuridik shaxs murojaatiga muvofiq yo`lovchi, bagaj va (yoki) yuk tashishi shartligi anglashilsa, umumiy foydalanishdagi transportda tashish deb е’tirof еtiladi.

Umumiy foydalanishdagi transportda tashish shartnomasi ommaviy shartnomadir.

Kira haqi

Agar qonun hujjatlarida boshqa hol nazarda tutilgan bo`lmasa, yo`lovchi, bagaj va yuk tashiganlik uchun taraflar kelishuvi bilan belgilangan miqdorda haq olinadi. Umumiy foydalanishdagi transportda yo`lovchi, bagaj va yuk tashiganlik uchun olinadigan haq transport ustavlari va kodekslarida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan tariflar asosida joriy еtiladi.

Tashuvchi tomonidan yuk еgasining talabi bilan bajariladigan va tariflarda nazarda tutilmagan ish va xizmatlar uchun taraflarning kelishuviga muvofiq haq to`lanadi.

Agar qonun hujjatlarida, tashish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, tashuvchi tashish uchun topshirilgan yuklarni o`ziga tegishli kira haqini va tashish bo`yicha boshqa to`lovlarni ta’minlash maqsadida ushlab turish huquqiga еga.


716-modda. Transport vositalarini berish, yuk ortish (tushirish)

Tashuvchi yuk jo`natuvchiga tegishli yukni tashishga yaroqli shay holdagi transport vositalarini jo`natuvchidan qabul qilingan talabnoma (buyurtma)da, tashish shartnomasida yoki tashishni tashkil еtish to`g`risidagi shartnomada belgilangan muddatda yuk ortish uchun berishi shart.

Berilgan transport vositalari tegishli yukni tashishga yaroqsiz bo`lsa, yuk jo`natuvchi bunday transportni rad еtishga haqli.

Yuk ortish (tushirish) transport tashkiloti yoki jo`natuvchi (oluvchi) tomonidan tashish shartnomasida nazarda tutilgan tartibda transport ustavlari, kodekslari hamda ularga muvofiq chiqarilgan qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.

Yuk jo`natuvchi (oluvchi)ning kuch va vositalari bilan amalga oshiriladigan yuk ortish (tushirish) ishlari tashish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda, agar bunday muddatlar transport ustavlari va kodekslarida hamda ularga muvofiq chiqarilgan qoidalarda belgilab qo`yilgan bo`lmasa, bajarilishi kerak.


Yo`lovchi, bagaj va yukni еltib qo`yish muddati

Tashuvchi yo`lovchi, bagaj yoki yukni belgilangan manzilga transport ustavlari, kodekslari yoki shartnomada nazarda tutilgan tartibda belgilangan muddatda, bunday muddat bo`lmagan taqdirda еsa, oqilona muddatda еltib qo`yishi shart.


Tashishni tashkil еtish shartnomalari

Tashuvchi bilan yuk еgasi muntazam tashishni amalga oshirish zarur bo`lganida tashishni tashkil еtish haqida uzoq muddatli shartnomalar tuzishlari mumkin.

Yuk tashishni tashkil еtish shartnomasi bo`yicha tashuvchi shartlashilgan hajmdagi yuklarni belgilangan muddatlarda qabul qilib olish, yuk еgasi еsa - topshirish majburiyatini oladilar. Yuk tashishni tashkil еtish shartnomasida tashish uchun beriladigan transport vositalarining va topshiriladigan yuklarning hajmi, ularni topshirish muddatlari va boshqa shartlari, hisob-kitob qilish tartibi, shuningdek tashishni tashkil еtishning boshqa shartlari belgilab qo`yiladi.


Yuk tashishga nisbatan talab va da’volar

Tashuvchiga nisbatan yuk tashishdan kelib chiqadigan da’voni qo`zg`atishdan oldin unga tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda talab qo`yilgan bo`lishi shart.

Agar yuk tashuvchi talabni qondirishni to`liq yoki qisman rad еtsa yoki o`ttiz kunlik muddat ichida talabga javob qaytarmasa, yuk jo`natuvchi yoki yuk oluvchi tashuvchiga nisbatan da’vo qo`zg`atishi mumkin.

Yuk tashishdan kelib chiqadigan talablar bo`yicha da’vo qo`zg`atish muddati ushbu Kodeksning 154-moddasiga muvofiq belgilanadigan paytdan boshlab bir yil qilib belgilanadi.

Ushbu moddaning qoidalari yo`lovchi yoki bagaj tashishdan kelib chiqadigan talablarga taalluqli еmas.

3. Yo`lovchining hayoti yoki sog`lig`iga shikast



etkazilganligi uchun tashuvchining javobgarligi

Yo`lovchining hayoti yoki sog`lig`iga shikast yetkazilganligi uchun tashuvchining javobgarligi, agar qonunda yoki shartnomada kuchaytirilgan javobgarlik nazarda tutilgan bo`lmasa, ushbu Kodeksning 57-bobi qoidalari bo`yicha belgilanadi.


Fuqarolik Kodeksi 57-BOB:


(“Фуқаронинг ҳаёти ва соғлиғига етказилган зарарнинг ўрнини қоплаш

1005-модда. Шартномаларга оид ёки бошқа мажбуриятларни бажаришда фуқаронинг ҳаёти ёки соғлиғига етказилган зарарнинг ўрнини қоплаш

Шартнома мажбуриятларини бажаришда, шунингдек ҳарбий хизмат мажбуриятларини, ички ишлар органларидаги хизматни ва бошқа шунга ўхшаш мажбуриятларни бажаришда фуқаронинг ҳаёти ёки соғлиғига етказилган зарар, агар қонунда ёки шартномада жавобгарликнинг анча юқори миқдори назарда тутилмаган бўлса, ушбу боб қоидаларига мувофиқ қопланади.

1006-модда. Соғлиққа шикаст етказилганлиги туфайли кўрилган зарарнинг ўрнини қоплаш ҳажми ва хусусияти

Фуқаро майиб қилинганда ёки унинг соғлиғига бошқача шикаст етказилганда жабрланувчи оладиган ёки муайян равишда олиши мумкин бўлган йўқотилган иш ҳақи (даромадлари), шунингдек саломатлигига шикаст етказилиши туфайли қилган қўшимча харажатлари, шу жумладан даволаниш, қўшимча овқатланиш, дори-дармонлар сотиб олиш, протез қўйдириш, бировнинг парваришида бўлиш, санаторий-курортда даволаниш, махсус транспорт воситаларини сотиб олиш, бошқа касбга тайёргарликдан ўтиш харажатлари, агар жабрланувчининг ана шу ёрдам ва парвариш турларига муҳтожлиги ҳамда уларни бепул олиш ҳуқуқига эга эмаслиги аниқланса, ўрни қопланиши лозим.

Йўқотилган иш ҳақини (даромадларни) аниқлашда жабрланувчига майиб бўлиши ёки соғлиғига бошқача шикаст етиши сабабли тайинланган ногиронлик пенсияси, худди шунингдек соғлиғига зарар етказилмасидан олдинги ва ундан кейинги бошқа турдаги пенсиялар, нафақалар ва бошқа шунга ўхшаш тўловлар эътиборга олинмайди ва зарарни қоплаш миқдорини камайтиришга сабаб бўлмайди (зарарни қоплаш ҳисобига киритилмайди). Зарарни қоплаш ҳисобига, шунингдек жабрланувчи соғлиғига шикаст етказилганидан кейин оладиган иш ҳақи (даромади) ҳам киритилмайди.

Қонун ҳужжатлари ёки шартнома билан ушбу моддага мувофиқ жабрланувчига тегадиган тўлов ҳажми ва миқдори кўпайтирилиши мумкин.”)

Koʻpchilik stivilist olimlar fuqarolik-huquqiy javobgarlikni


majburiyatlarni buzgan yoki boshqalarga zarar yetkazgan subyektlar uchun
noqulay salbiy oqibatlarni vujudga keltirish va qoʻllash ma’nosida talqin
qilishadi. Odatda, huquq nazariyasida javobgarlik sanksiyasini qoʻllash
jarayoni fuqarolik-huquqiy javobgarlikning yakuni sifatida tavsiflanadi.
Biroq fuqarolik-huquqiy munosabatlar xarakteridan kelib chiqqan holda
fuqarolik-huquqiy javobgarlik konstruksiyasi huquq nazariyasida
belgilangan huquqiy javobgarlik konstruksiyasi va repressiv huquq
sohalarida qat’iy belgilab qoʻyilgan huquqbuzarlik tarkibiga (masalan,
jinoyat, ma’muriy huquq va shu kabilar) aynan mos kelavermasligini
ta’kidlash lozim.
Hozirgi davrda qoʻllanilayotgan fuqarolik-huquqiy ta’sir choralari
nafaqat moddiy zararni qoplash, balki moddiy zararni toʻlaqonli ravishda
qoplash (boy berilgan foydani hisobga olgan holda) va ayni paytda
ma’naviy zararni qoplash koʻrinishida namoyon boʻladi. Ma’naviy zararni
qoplash xarakteri moddiy zararni qoplash xarakteri bilan aynan mos
kelmaydi va ularni bir xil ma’noda qoʻllash mumkin emas. Jabrlanuvchiga
yetkazilgan zarar pul koʻrinishida qoplanganda, jismoniy ogʻriq va ruhiy
iztiroblar oqibatlari toʻliq bartaraf etilmasligi mumkin. Bunda, ma’naviy
zararni pul koʻrinishida qoplash, ushbu oqibatlarni yumshatadi holos, lekin
toʻliq bartaraf etmaydi. Ma’naviy zararni qoplash fuqarolik-huquqiy
munosabatlarda keng qoʻllanayotgan hozirgi sharoitlarda buni hisobga
olmagan holda fuqarolik javobgarlik mohiyatini toʻliq ochib berish
mumkin emas.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik oʻzida mujassam etadigan elementlar:
-davlat majburlov chorasi ekanligi va ayni paytda ixtiyoriy ravishda
ijro etishi mumkinligi;
-qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutilishi;
-huquqbuzar yoki qonun hujjatlarida javobgarlik zimmasiga
yuklatilgan subyektlar uchun salbiy oqibatlar yuzaga kelishi;
-huquqbuzarlik uchun yetkazilgan zararni qoplash, huquqbuzarlik
oqibatlarini bartaraf etish yoki yumshatishga qaratilgan boʻlishi;
-huquqbuzar uchun muayyan subyektiv huquqlardan maxrum boʻlish
yoki qoʻshimcha fuqarolik majburiyatlarini yuklash yoki boshqa noqulay
oqibatlar vujudga kelishida namoyon boʻlishi bilan bogʻliq ta’sir
choralarini qoʻllashda oʻz mujassamini topadi.

Fuqarolik-huquqiy javobgarlik deb, fuqarolik qonun hujjatlari
yoki shartnomalarda nazarda tutilgan, ixtiyoriy amalga oshirilmagan




taqdirda davlat majburlov kuchi bilan ta’minlangan, fuqarolik
huquqbuzarligi oqibatlarini bartaraf etishga, shu jumladan, zararlarni
toʻliq qoplashga yoxud ushbu oqibatlarni yumshatishga qaratilgan,
huquqbuzar yoki qonun hujjatlarida javobgarlik zimmasiga yuklatilgan
subyektlarni muayyan subyektiv huquqlardan maxrum qilish yoki
qoʻshimcha fuqarolik majburiyatlarini yuklash yoxud boshqa noqulay
salbiy oqibatlarni vujudga keltirishda namoyon boʻladigan huquqiy
ta’sir choralarning qoʻllanilishidir.

Ushbu ta’rif umumiy universal xarakterga ega boʻlib, u shartnomaviy
majburiyatlar sohasiga hamda delikt sohasiga ham toʻlaqonli taalluqli
boʻladi. Ayni paytda nafaqat mulkiy ta’sir choralarini, balki nomulkiy
shaxsiy ta’sir choralarini ham javobgarlik ta’sir choralari sifatida
qoʻllanilishini istisno etmaydi.

FKning 985-moddasi boʻyicha javobgarlik asoslari sifatida
quyidagilar belgilangan: a) zararning mavjudligi, b) zarar yetkazuvchi
aybining mavjudligi, d) zarar yetkazuvchi harakatlarining huquqqa
xilofliligi, e) zararni qoplash majburiyati zimmasiga yuklatilgan
subyektning mavjudligi.
Bu oʻrinda shuni ta’kidlash lozimki, FKning 985-moddasi boʻyicha
javobgarlik asoslari oʻzining parodaksal qirralariga ham ega. Bu yerda
javobgarlikning mutloq asosi sifatida faqat zarar mavjud boʻlishi kerak.
Qolgan elementlar mavjud boʻlmasligi mumkin. Masalan, zarar
yetkazuvchining aybi boʻlmasligi, zarar yetkazuvchi harakatlarini huquqqa muvofiq
boʻlishi, muayyan qonunlar yoki qonun hujjatlarida belgilangan hollarda javobgarlik
qoʻllanilmasligi uchun asos boʻla olmaydi. (masalan, oshiqcha xavf manbaidan zarar
yetkazilganda oshiqcha xavf egasi aybidan qat’i nazar javob beradi yoki davlat
hokimiyati organlari tomonidan davlat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olinishi
munosabati bilan fuqaroning turar joyi buzilishi hollarida garchi hokimlik oʻz
vakolat doirasida qonunga muvofiq tarzda harakat qilgan boʻlsa ham, baribir turar
joy buzilishi natijasida yetkazilgan zararni qoplashi shart). Zarar yetkazuvchi
subyekt zimmasiga javobgarlikni yuklashga qonun yoʻl qoʻymasligi (14 yoshgacha
boʻlgan bolalar tomonidan zarar yetkazilganda) holatlari ham mavjud.
Boshqacha aytganda, qonunda nazarda tutilgan muayyan hollarda
javobgarlik zarar yetkazuvchi shaxsga emas, balki boshqa shaxs
zimmasiga ham yuklanishi mumkin. Biroq yuqoridagi holatlardan
umumlashma xulosa chiqarib, fuqarolik javobgarlik asoslari umuman yuridik javobgarlik asoslariga mutlaqo toʻgʻri kelmaydi, degan xulosa
chiqarish mumkin emas. Yuqoridagi umumiy qoidadan istisnolar juz’iy
xarakterga ega. Ularni qoʻllashdan maqsad fuqarolik javobgarlik asoslarini
mavjud real voqelikka, hayotga mosligini ta’minlash, shuningdek,
javobgarlikni qoʻllashda adolat, oqilonalik tamoyillarini oʻzida
mujassamlashtirish hisoblanadi. Umuman olganda, aksariyat koʻp hollarda
majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlikda ham, zarar yetkazganlik
uchun javobgarlikda ham fuqarolik javobgarlik asoslari umumiy yuridik
javobgarlik asoslariga muvofiq keladi.
Real voqeilikda muayyan huquqbuzarlik va uning oqibatlari uchun
bir paytning oʻzida ikki va undan ortiq javobgarlik shakllarini qoʻllash
yoxud javobgarlikni muqobillik asosida qoʻllash masalasi yuzaga keladi.
Shuni ta’kidlash oʻrinliki, ijtimoiy adolat va oqilonalik nuqtai nazaridan
olganda ommaviy huquq tarmoqlarida (jinoyat huquqi, ma’muriy huquq,
bojxona huquqi) bir qilmish uchun bir javobgarlik tamoyili amal qiladi.
Biroq ommaviy huquqiy javobgarlik va fuqarolik javobgarlik qoʻllash
holatlarida bir qilmish uchun ikki javobgarlik shaklini qoʻllash holatlari
uchrab turadi. Masalan, muayyan sodir etgan jinoyat uchun jinoyatchiga nisbatan
ozodlikdan maxrum qilish jazosini qoʻllanilishi uni jabrlanuvchi hayoti va sogʻligiga
yetkazilgan zarar uchun fuqarolik javobgarlik qoʻllashdan aslo ozod qilmaydi. Ba’zi
holatlarda esa bir qilmishga nisbatan ham jinoyat huquqiy javobgarlik, ham
fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qoʻllash imkoniyatlari mavjud va qonun talabiga
koʻra muqobillik asosida jabrlanuvchi birini tanlashi lozim boʻladi.

Agar jinoiy javobgarlik qoʻllash rad etilsa, unda fuqarolik javobgarlikni
qoʻllashni talab qilish huquqi istisno etilmaydi. Masalan, amnistiya orqali
javobgarlikdan ozod qilish, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish
imkoniyatini istisno etmaydi.


Fuqarolik-huquqiy javobgarlikda qoʻllaniladigan fuqarolik ta’sir
choralari.

Umumiy qoida boʻyicha fuqarolik javobgarlik choralari zararni


qoplash, neustoyka toʻlash, zakalatdan maxrum boʻlishda namoyon
boʻladi. Ayni paytda, bundan tashqari ham fuqarolik javobgarlik ta’sir
chorasi sifatida baholanishi mumkin boʻlgan huquqiy ta’sir choralari tizimi
mavjud. Biroq ushbu tizim kengaytirilgan holda ham talqin etiladi.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik choralarini nafaqat zararni qoplash,
neustoyka toʻlash, balki musodara xarakteridagi choralar, shuningdek,
alohida notipik xarakterdagi choralar koʻrinishida boʻlishi ham mumkin.
Notipik choralar jumlasiga, masalan, badnom qiluvchi ma’lumotlar
boʻyicha raddiya berish, asarga haqiqiy muallif muallifligini inkor etgan
huquqbuzar tomonidan muallifni e’tirof etish va shu kabilar kiradi.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlar doirasi nihoyatda keng, demak ta’sir
choralari doirasi nihoyatda keng boʻladi.
Odatda, fuqarolik javobgarlik usullari bilan himoya usullari
farqlanadi. Fuqarolik-huquqiy himoya usullari koʻp hollarda
huquqbuzarlikni oldini olishga, huquqbuzarlikka yoʻl qoʻymaslikka
yoʻnaltirilgan boʻladi. Biroq, ba’zi holatlarda fuqarolik huquqlarini himoya
qilmish usuli va javobgarlik chorasi, shakli aynan bir xil boʻlishi mumkin.
Fuqarolik javobgarlik choralari FK, fuqarolik qonun hujjatlarida va
boshqa normativ hujjatlarda, shuningdek, lokal normativ hujjatlarda
belgilab qoʻyilgan boʻlishi lozim. Sud tomonidan fuqarolik javobgarlik
chorasini qoʻllashda ushbu qoida imperativ xarakterga ega boʻladi. Chunki
FK ning 5-moddasi 3-qismiga koʻra, fuqarolik huquqlarini cheklaydigan va
javobgarlik belgilaydigan normalarni oʻxshashlik boʻyicha qoʻllanishga
yoʻl qoʻyilmaydi.
Bunda normativ manbalarida koʻrsatilgan fuqarolik ta’sir choralari
qat’iy yopiq roʻyxat asosida belgilab qoʻyilgan degan xulosaga kelish
oʻrinli boʻlmagan boʻlur edi. Bu asosan ta’sir chorasi sud tomonidan emas
taraflarning ixtiyoriy kelishuvi asosida qoʻllanilishiga nisbatan taaluqlidir.
Amaldagi FKda belgilangan fuqarolik ta’sir choralari fuqarolik
huquqi bilan tartibga solinadigan munosabatlar doirasining kengayishi
bilan oʻzini universal xarakterini zaiflashtirishi mumkin.
Soʻngi vaqtlarda fuqarolik huquqi munosabatlari bilan tartibga
solinadigan shaxsiy munosabatlar doirasi, turlari kengaymoqda. Muayyan
shaxsiy huquqlarni vujudga kelishi, ularni amalga oshirish xususiyatlari
doirasi va shartlari, qonun hujjatlarida belgilab qoʻyish holatlari
uchramoqda. Masalan, fuqaroning nomiga boʻlgan huquq va boshqalar.
Bundan tashqari fuqarorlik munosabatlari doirasi kengayib, oʻziga
xos xususiyatlarga ega boʻlgan tashkiliy-huquqiy xarakterdagi korporativ
munosabatlar kirib kelmoqda. Umuman olganda hayotning rang barangligi
va mudom rivojlanishda ekanligi, fuqarolik huquqida erk muxtoriyati va
taraflarning tashabbuskorlik ustuvorligining mavjudligi javobgarlik
choralarini normativ asosda qat’iy belgilanishini istisno etadi. Demak,
kelgusida shaxsiy, mulkiy va tashkiliy munosabatlar boʻyicha, shu
munosabatlarning xarakteridan kelib chiqib, taraflarni huquqiy
munosabatda insofli boʻlishga, oʻz majburiyatlarini oʻz vaqtida tegishli
tartibda bajarishini ragʻbatlantiradigan va majbur qiladigan huquqbuzar
uchun noqulay va huquq egasi (jabrlanuvchi) uchun “taskin toptiruvchi”,
qoʻshimcha imkoniyatlar vujudga keltiruvchi ta’sir kuchiga ega boʻlgan
dispozitiv xarakterdagi javobgarlik choralari belgilanishi mumkin.
4.Tashishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bo`yicha javobgarlik
Tashishdan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmagan yoki tegishli suratda bajarmagan taqdirda, taraflar ushbu Kodeksda, transport ustavlari va kodekslarida, shuningdek taraflarning kelishuvida belgilangan tarzda javobgar bo`ladilar.

Transport tashkilotlarining yo`lovchilar va yuk еgalari bilan tashuvchining qonunda belgilab qo`yilgan javobgarligini cheklash yoki bartaraf еtish haqidagi kelishuvlari haqiqiy еmas.



Majburiyatlarni bajarish tushunchasi va tamoyillari
Majburiyatlarni bajarish deb, qarzdor tomonidan kreditor talabiga
muvofiq, muayyan bir harakatning qilinishi yoki harakatdan saqlanish
tushuniladi. Qarzdorning majburiyatni bajarishi – kreditorga ashyoni
topshirish, ma’lum ishni bajarish, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni
qoplash, asossiz olingan mulkni qaytarish muayyan harakatdan
saqlanganlik kabilardan iborat.
Davlat, yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan olingan
majburiyatlarning oʻz vaqtida bajarilishi xalq xoʻjaligida muhim
ahamiyatga ega boʻlib, ishlab chiqarishni rivojlantirish, mulkiy
munosabatlarni mustahkamlash, jamiyatning tobora oʻsib borayotgan
moddiy va madaniy talablarini qondirishda katta rol oʻynaydi.
Majburiyatlar FKning 236-moddasida aytilganidek, majburiyat
shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va
talablar boʻlmagan taqdirda esa ish muomalasi odatlariga yoki odatda
qoʻyiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak.
Bunda taraflarning har biri oʻz majburiyatlarini ancha tejamli bajarishi,
ikkinchi tomonga uning oʻz majburiyatlarini bajarishda har tomonlama
yordam koʻrsatishi lozim.
Majburiyatlar davlat hujjatlari va shartnomalardan kelib chiqqan
boʻlsa, ularda koʻrsatilgan talab va shartlarga muvofiq bajarilishi kerak.
Agar qonun hujjatlarida majburiyatni bajarish sharti koʻrsatilmagan boʻlsa,
majburiyatlar oʻzaro kelishib qoʻyiladigan talablarga muvofiq lozim
darajada bajarilishi zarur. Majburiyatni bajarishda har ikki tomon xoʻjalik
aloqalarining rivojlanishini koʻzlab, tejamlilik bilan va oʻzaro hamkorlikda
zarur harakatlarni qilishlari talab etiladi.
Majburiyatning bajarish predmeti yuklangan majburiyatning
xarakteriga qarab faol harakatni amalga oshirish yoki harakatdan saqlanish
hisoblanadi. Odatda FKda koʻproq faol harakatdan iborat majburiyatlar
oʻrin olgan.
Majburiyatlarni bajarish bir qator tamoyillarga asoslanadi. Ular:
majburiyatlarni lozim darajada bajarish, kelishilgan va maqbul usulda bajarish, majburiyatni tegishli shaxs uchun bajarish, aniq bajarish,
tejamlilik va oʻzaro hamkorlikda bajarish kabilardir.
Majburiyatlarni lozim darajada bajarish tamoyili deganda,
majburiyatlar qoʻyilgan talablarga toʻliq javob beradigan darajada, bekamu
koʻst va belgilangan muddatda bajarilishi nazarda tutiladi. Huquqiy
munosabatlarda qatnashuvchi shaxslar oʻz majburiyatlarining lozim
darajada bajarilishidan bab-baravar manfaatdor boʻlishlari, bir-birlariga
koʻmaklashishlari faraz qilinadi.
Mazkur tamoyil yuklatilgan majburiyatlarni majburiyat shartlariga va
qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar
boʻlmaganida esa - ish muomalasi odatlariga yoki odatda qoʻyiladigan
boshqa talablarga muvofiq bajarilishini ta’minlaydi.
Majburiyatlarning lozim darajada bajarilishi jamiyat manfaati hamda
uning tobora oʻsib borayotgan moddiy va madaniy talablarini qondirishga
qaratilgan boʻlishi lozim.
Bozor munosabatlari sharoitida majburiyatlarni lozim darajada
bajarilishidan nafaqat majburiyat oʻz foydasiga bajarilayotgan subyekt,
balki oxir-oqibatda jamiyatning har bir a’zosi manfaatdor boʻladi. Chunki
barcha xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan oʻz majburiyatini lozim
darajada bajarmasligi boshqa subyektlar uchun ham, garchi ular bevosita
bunda kreditor sifatida qatnashmasalarda, salbiy oqibatlar keltirib
chiqarishi mumkin.
Majburiyatlarni lozim darajada bajarish ularni qonun hujjatlariga,
shartnoma shartlariga, ish muomalasi odatlariga, odatda qoʻyiladigan
talablarga muvofiq ravishda shartnoma narsasining sifati, miqdori, hajmi
boʻyicha oʻz vaqtida bajarilishini anglatadi.
Majburiyatlarni bajarishning yana bir tamoyili – bu majburiyatlar
kelishilgan va taraflar uchun maqbul usulda bajarilish tamoyilidir
.
Majburiyatni bajarish usuli, agar bu usul majburiyatning mohiyati
anglashilmasa va qonun bilan belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, shartnomada
koʻrsatilgan boʻlishi kerak (FK 238-modda). Ushbu tamoyil mazmuniga
koʻra oʻz navbatida majburiyatlarni real (asl holicha) bajarilishi, uni
bajarishda tejamli usullardan foydalanish, majburiyat bajarilishida
taraflarning hamkorlik qilish haqidagi qoidalarini anglatadi. Bu qoidalarni
ham shartli ravishda, garchi qonunda bevosita sanab oʻtilmagan boʻlsa-da, majburiyatlarni bajarish tamoyillari sifatida qarash mumkin.

Majburiyatlarning aniq bajarilishi tamoyili – shartnomada
koʻrsatilgan harakatning aynan oʻzi bajarilishining, topshirilishi lozim
boʻlgan narsaning (mahsulotning) asl holatida topshirilishini bildiradi. Bu
tamoyil ayrim adabiyotlarda “majburiyatlarni asl holatda bajarish
227
tamoyili” deb ham nomlanadi. Bu FK ning 330-moddasi mazmunidan kelib
chiqib belgilangan.
Majburiyatning qarzdor aybi bilan kechiktirilishi yoki lozim darajada
bajarilmasligi hollarini nazarda tutib, belgilangan neustoyka (jarima,
penya)ning ham majburiyatning lozim darajada bajarilmasligi natijasida
kelib chiqqan zararning undirilishi – majburiyatni asl holida bajarishdan
qarzdorni ozod qilmaydi.
Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari majburiyatni bajarishda
bir tomonlama bosh tortish va shartnoma shartlarini bir tomonlama
oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi (FK 237-modda). Ammo bu qoida
yuqorida aytilganidek, qonunda nazarda tutilgan ayrim hollarda ba’zi
majburiyatlar uchun qoʻllanilmaydi. Chunonchi, topshiriq shartnomasi
boʻyicha topshiriq beruvchi bergan topshirigʻini har vaqt bekor qila oladi,
topshiriq olgan shaxs xohlagan vaqtida topshiriqni bajarishdan bosh torta
oladi. Temir yoʻl va boshqa turdagi transport vositasida yoʻlovchilar
tashish munosabatida ham yoʻlovchi talabi bilan shartnoma har qachon
bekor qilinishi mumkin.
Majburiyatlarni bajarishda tejamlilik qoidasiga muvofiq majburiyatni
bajarishda taraflar kam xarajat bilan koʻp foyda keltirishga qaratilgan
harakatlarni qilishlari lozim. Bu qoida kreditor va qarzdorga majburiyatni
bajarish jarayonida eng qulay hamda eng foydali usuldan foydalanish
lozimligini belgilaydi. Chunonchi, pudrat shartnomasi boʻyicha pudratchi
ishni buyurtmachi materialidan bajarishda materialni tejamlilik bilan
sarflashi va u notoʻgʻri ishlatilishi uchun javobgar boʻlishi belgilangan.
Yuk tashish shartnomasiga asosan yuk tashuvchi yukni eng qisqa yoʻldan
tashishi koʻrsatilgan.
Majburiyatlarni bajarishda oʻzaro hamkorlik va tejamkorlikda
bajarish tamoyillari
ham mavjud. Majburiyatlarni bajarishda oʻzaro
hamkorlik tamoyiliga binoan har ikki tomon majburiyatni bajarishda birbirlariga zarur boʻlgan yordamni koʻrsatishlari lozim. Chunonchi, kreditor
majburiyatning bajarilishini talab qilish huquqiga ega boʻlishi bilan birga
qarzdorning oʻz majburiyatini bajarishda unga yordam berishga,
koʻmaklashishga ham majbur. Masalan, kontraktatsiya shartnomasiga
muvofiq qishloq xoʻjalik mahsulotlarining davlat yoʻli bilan xarid
qilinishida tayyorlovchi (mahsulot qabul qiluvchi) tashkilotlar qishloq
xoʻjalik korxonalariga mahsulotlar yetishtirishda, mahsulotni tashishni
tashkil qilishda yordam koʻrsatishi zarur.

Majburiyatlarni tegishli shaxs uchun bajarish tamoyili Fkning
240-moddasida oʻz ifodasini topgan. Bunga asosan, agar taraflarning

kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa va ish muomalasi


odatlaridan yoki majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, qarzdor
majburiyatni bajarish chogʻida ijroni kreditorning oʻzi yoki bu ish uchun u
vakolat bergan shaxs qabul qilayotganligini isbotlashni talab qilishga haqli
boʻladi va bunday talabni qoʻymaganlik oqibatlari xavfi uning zimmasida
boʻladi.

Majburiyatlarni bajaruvchi subyektlar (shaxslar)
Majburiyatni oʻz nomidan ijro etuvchi va ijroni qabul qilib oluvchilar
majburiyat ijrosining subyekti hisoblanadilar. Ijro subyektlari majburiyat
subyektlariga hamma vaqt ham mos kelmasligi mumkin. Majburiyat
subyektlari barcha hollarda qarzdor va kreditor boʻladi. Ijro subyektlari esa
ayrim hollarda qarzdorlari uchun majburiyatni bajaruvchi boshqa biror
shaxs boʻlishi, kreditor uchun ijroni qabul qiluvchi uchinchi bir shaxs
boʻlishi ham mumkin.
Ammo ba’zi hollarda majburiyat kreditor uchun uning koʻrsatmasiga
binoan, boshqa shaxsga ham ijro etilishi mumkin. Masalan, mahsulot
oluvchi ulgurji savdo bazasi manziliga kelishi lozim boʻlgan mahsulot
(tovar)ning bevosita savdo korxonalariga yuborilishi toʻgʻrisida mahsulot
yetkazuvchi bilan kelishishi mumkin.

5.Transport.
Temir yo’l transporti xalqaro yuk va yo’lovchi aylanmasida xissasi qisqarib
borayotganligiga qaramay muxim transport vositasi bo’lib qolmoqda va sezilarli
ravishda sifat o’zgarishlarni (elektrlashtirish va tez yurar temir yo’llar qurilishi)
boshdan kechirmoqda. Dunyo bo’yicha temir yo’llarning umumiy uzunligi 1,2
mln.km. bo’lib buning 200 ming km. elektrlashtirilgandir.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar va bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan
mamlakatlarda temir yo’llarni elektrlashtirish, monorelьsli va magnit osilmali
yo’llar qurish davom etmoqda. Dunyodagi 140 dan ortiq mamlakatda temir
yo’llar bo’lishiga qaramay, 50% temir yo’llar «o’nlikka» kiruvchi mamlakatlar -
AqSH, Rossiya, Kanada, Xindiston, Xitoy, Avstraliya, Argentina, Frantsiya, GFR
va Braziliyada joylashgan. Mavjud temir yo’llarning 650 ming km yoki 54%
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga, 31% (380 ming km) bozor iqtisodiyotiga
o’tayotgan mamlakatlarga va 29% (320 ming km) rivojlanayotgan mamlakatlar
xissasiga to’g’ri keladi.
Temir yo’l tarmoqlarining zichligi jixatidan Yevropada Belgiya, ( 100
km2 xududga 25 km), Lyuksemburg, GFR, Buyuk Britaniya, SHveytsariya,
Daniya, Niderlandiya, Frantsiya, Avstriya, Italiya, Vengriya, CHexiya va
Slovakiya, Polsha, Osiyoda - Yaponiya oldingi o’rinda turadi. Turli
mamlakatlarda temir yo’l liniyalari orasidagi masofalar xam turlichadir. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda mavjud temir yo’llarning 2F3 qismi -1435mm, SHarqiy Yevropa mamlakatlarida xam 1435 mm, MDX xududida esa-1524mm,
Janubi - SHarqiy Osiyo mamlakatlarida esa 1000 mm.dir.
Transkontinental temir yo’llar katta axamiyat kasb etadi. Yevropada
bunday yo’llar: a) Kale-Parij-Lion-Marsel-Italiyaning janubiy portlariga;
b)Gamburg-Myunxen-SHveytsariya-Italiya; v) kenglik bo’yicha Madrid-ParijBerlin-SHarq. Buyuk Britaniya parom aloqasi orqali (Duvr-Dyunkerk) Belgiya
va Frantsiya bilan bog’langan. Daniya esa parom aloqasi (Katta Belt va Eresund)
orqali SHvetsiya, Vernemyunde paromi orqali Germaniya bilan bog’langan.
SHvetsiya Trolleberg-Zasnits paromi orqali kontinent bilan bog’langandir.
Transportning boshqa shakllari. Zamonaviy transport tarmoqlaridan
tashqari o’tmish transporti - kanalardan chekka shimoldagi xalqlar, jilovli
transportdan esa cho’l, va tog’li rayonlardagi xalqlar, eshkakli qayiqlardan daryo
va ko’l bo’yida yashovchi xalqlar foydalanib kelmoqda. Osiyo, Afrika, Lotin
Amerikasidagi mamlakatlarda esa xanuz xammolchilik saqlanib qolgan.

Transport jahon moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining uchinchi muhim


tarmog'idir. U sanoat va qishloq xo'jaligi tarmoqlaridan farqli ravishda biron-bir
xil mahsulot ishlab chiqarmasa-da, ishlab chiqarishning rivojlanishida juda katta
o'rin tutadi.
Tez rivojlanib borayotgan jahon transporti murakkab va o'ziga xos tarmoqlar
tizimini tashkil qiladi. Ular quruqiik (temiryo'l, avtomobil va quvur). suv (dengiz
va daryo) hamda havo transporti tarmoqlariga bo'linadi.
Transportning asosiy tarmoqlar guruhlari quyidagilardir:
Quruqiik transporti tarmoqlari qatoriga avtomobil, temiryo'l va quvur
transportlari kiradi.
Avtomobil transporti eng samarali tadrijiy (dinamik) o'sayotgan tarmoqdir.
XX asr boshlaridan paydo bo'lgan bu transport hozirgi paytda jahonning barcha
mamlakatlarida eng ommaviy harakat vositasi bo'lib qoldi. Uning muhim jihati —
yuklarni manzilning o'ziga — «eshikdan eshikka»cha yetkazib berishidir.
Temiryo'l transporti quraqlikda yuk tashish oborotiga ko'ra eng yirik tarmoqdir.
Bunda uning salmog'i rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa, yuqoridir. Hozirgi
vaqtda jahon temiryo'llarining umumiy uzunligi 1,2 mln. km ni tashkil qiladi.
Ammo temiryo'llar jahon mamlakatlarining atigi 140 tasida bo'lib, yo'llar umumiy
uzunligining yarmi AQSh, Kanada , Rossiya, Hindiston, Xitoy, Germaniya,
Argentina, Avstraliya, Fransiya, Braziliyadan iborat «birinchi o'nlik»
mamlakatlari hissasiga to'g'ri keladi.
Quviir transporti jahonning neft va tabiiy gaz ko'p miqdorda qazib
chiqariladigan va ularni iste'mol qiladigan mamlakatlarda, ayniqsa, rivojlangan.
Jahon neft va gaz quvurlarining umumiy uzunligi 1,5 mln. km dan iborat. Bu
ko'rsatkich yildan-yilga oshib bormoqda. Asosiy neft quvurlari tarmog'i neft
qazib chiqaruvchi va uni iste'mol qiluvchi yirik davlatlar (AQSh,Sobiq Ittifoq
mamlakatlari, Kanada, Xitoy va boshqalar)da, neft eksport qiluvchi (Saudiya
Arabistoni, Iroq, Eron, Jazoir, Liviya, Meksika, Venesuela) va iste'mol qiluvchi
(Fransiya) mamlakatlarida mavjud. Asosiy gaz quvurlari tizimi esa deyarli faqat
rivojlangan mamlakatlarda tashkil topgan.
Suv transport! dengiz va daryo transporti tarmoqlarini o'zida birlashtiradi.
Dengiz transporti jahon transport tizimida alohida o'rin tutadi. Bu tarmoq
awalo bir-birlaridan alohida va uzoqda joylashgan materik va qit'alarni bog'lab
turuvchi, xalqaro mehnat taqsimotini amalga oshiruvchi vosita sifatida
ahamiyatli. Shuningdek, asosan dengiz transporti minglab tonna yukni uzoq
masofalarga tashiydigan bo'lganligi uchun boshqa transport tarmoqlariga nisbatan
xizmat tannarxi eng arzonga tushadi. Har yili barcha xalqaro yuklarning o'nacha
4/5 qismi dengiz transportida tashilmoqda.
Jahon dengiz transporti rivojlanishi va geografiyasida dengiz bo'g'izlari va xalqaro
kanallarning ham ahamiyati katta. Aynan ular jahon dengiz yo'llarining eng
serqatnov chorrahalari hisoblanadi.
Ichki suv (daryo va ko'l) transport tarmoqlari bajaradigan ish hajmiga ko'ra ancha
kichik tarmoqlardandir. Daryo va ko'l transporti yo'llari uzunligiga ko'ra jahonda
Rossiya, Xitoy, AQSh, BraziUya davlatlari oldinda turadi. Ammo mavjud
imkoniyatlardan foydalanish davlatlarning iqtisodiy rivojlanishi darajasiga ko'p
jihatdan bog'liqdir. Shu sababli, hozirgi vaqtda ichki suv yo'llari orqali yuk tashishda
AQSh, Rossiya, Kanada davlatlari yetakchilik qilmoqda.
Havo transporti barcha transport tarmoqlari orasida alohida xususiyatlarga egahgi
bilan ajralib turadi. Boshqa transport tarmoqlaridan uning ustunligi yuk va
yo'lovchilarni uzoq masofalarga juda qisqa vaqt davomida yetkazib qo'yishidir. Shu
sababli ham uning ahamiyati doimo oshib bormoqda. Jahon bo'yicha yo'lovchilar
tashish hajmi so'nggi 40 yil ichida 60 baravarga yaqin o'sdi. Havo transportida
tashilayotgan yuk va yo'lovchilarning 45 foizi ichki va 55 foizi xalqaro aloqalar
hissasiga to'g'ri keladi. Xalqaro aloqalar so'nggi davrlarda, ayniqsa, Yevropa bilan
Shimoliy Amerika davlatlari o'rtasida faol kechmoqda. Hisob-kitoblarga ko'ra
Atlantika okeani ustida bir vaqtning o'zida yuzdan ortiq havo laynerlari har ikki
tomonga qarab harakatda bo'ladi.

Transport tizimining xozirgi rivojlanish jarayonlari
Sanoat, qishloq xo’jaligi bilan bir qatorda transport moddiy ishlab chiqarish
jarayonida markaziy o’rinni egallaydi. Transport iqtisodiy tizimda yuklarni va
yo’lovchilarni tashish orqali ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatadi xamda
aholining xarakatchanligini ta’minlaydi. Transport yangi maxsulotlar yaratmaydi,
balki moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlari tomonidan yaratilgan
maxsulotlarni bir joydan-ikkinchi joyga olib boradi va ishlab chiqarish aloqalarini
rivojlantirish xamda qo’shish orqali yangi ishlab chiqarish tizimini davom etishi
uchun shart-sharoit xozirlaydi. Xuddi shu xususiyat maxsulotlar qiymatida
transport xarajatlari miqdorining ortishiga olib keladi.
Yalpi transport xarajatlarining iste’molchiga kelib tushgan maxsulotning
to’la qiymatiga bo’lgan nisbati maxsulot qiymatining transport tarkibiy qismi
koeffitsienti deb ataladi. Transport tarkibiy qismi xom-ashyo, yoqilg’i maxsulot
ishlab chiqarish uchun sarf bo’lgan yordamchi materiallarni keltirish uchun
ketgan xarajatlardan tarkib topadi xamda uni iste’mol rayonlariga yetkazib berish
uchun sarf bo’lgan xarajatlarni xam o’z ichiga oladi. Transportga ketgan
xarajatlar miqdori qancha kam bo’lsa, iste’molchiga yetib borgan muayyan
maxsulotning to’la narxi shuncha past bo’ladi. SHuning uchun xududiy faktor,
ya’ni ishlab chiqarish kuchlarini xududiy tashkil qilinishi va transport-iqtisodiy
aloqalarning oqilona bo’lishi yuk tashish uchun ketgan xarajatlarning
kamayishiga olib keladi.
Yuk tashishning xajmi, tarkibi va yo’nalishlari, mamlakat va
mintaqalarning iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini ko’rsatsa, transport turi aholi va
ishlab chiqarishning joylashishini ifodalaydi. Transport tarmoqlarining
rivojlanganlik xolati rayonlarning ixtisoslashuviga, xo’jalikni majumali taraqqiy
etishiga muayyan sharoit xozirlaydi. Transport xududiy (geografik) mexnat
taqsimotini yuzaga kelishining moddiy-texnik asosidir.
Ilmiy-texnika inqilobi ta’sirida transport tizimining rivojlanishi ishlab
chiqarish quvvatlari tarkibidagi jiddiy o’zgarishlar, xalqaro tovarlar bozoriga
tashiladigan yuklarga extiyojning o’sishi va transport xizmati sifatiga yangi
talablarning yuzaga kelishi bilan bog’liqdir. Bu yerda keskin raqobat natijasida
asosiy kapitalning yangilanish zaruriyati tobora yaqqolroq namoyon bo’lmoqda.
ITI ning xalqaro transport bozorida xarakterli natijasi-doimiy turli transport turlari
raqobatbardoshligining o’sishi, ularning o’zaro aloqadorligi, saloxiyatining
kuchayishi va integratsion aloqalarning rivojlanishidir.
Transport bozoridagi keskin raqobat kurashi, ayniqsa, quruqlik transport
turlari - temir yo’l, avtomobil, quvur transporti va daryo (yuklarni dengiz portiga
olib beradigan) yo’nalishlarda kuchlidir. SHuningdek, ITI bilan paralel ravishda
transport vositalarining monopollashuvi raqobatni yanada kuchaytirmoqda.
Transport tizimi o’zining texnik darajasi, ko’lami, tashkiliy shakli, xalqaro yuk va
yo’lovchi tashish sifati bo’yicha mijozlarning yangi talablariga moslashmoqda.
Bunda xatto xarajatlarga nisbatan transport xizmati sifati bosh omil rolini
uynamoqda.
Bu yangi talablar quyidagilar bilan bog’liqdir:
 yuk jo’natish ko’lamining ortib borishi, ishlab chiqarish texnologik
jarayonlaridagi xududiy farqlar va yuk tashishdagi mayda partiyalar, yuk
tashishning tabaqalanishini kuchayishiga;
 transport xarajatlari o’sishi tufayli yuk tashish samaradoriligini ko’tarishga
intilish;
 iqtisodiy aloqalar tarkibining o’zgarishiga moslashuv zaruriyati;
 yo’lovchi va yuk tashishni doimiy va bir maromda ta’minlash;
 yuklarni tashishdagi tezkorlik va saqlash darajasining ortishi;
 asosiy transport magistrallari (yo’lak) va transport tugunlarida ishlab chiqarish
va aholining xududiy to’planishi sharoitida intensiv xarakatning o’sib borishida
xarakat xavfsizligini ta’minlash zaruriyati;
 xalqaro yo’lovchi tashish aloqalarida qulayliklariga bo’lgan talabning keskin
ortishi;
 transport turlari rivojlanishiga bo’lgan ekologik talabni xisobga olish
zaruriyati;
 transportni energiya talabligini ozaytirish zaruriyati.
SHunday qilib, xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi shakllarining
rivojlanishi bilan transport xizmat ko’rsatish sifati aloxida axamiyat kasb
etmoqda.
Yuqoridagi omillar o’z navbatida yuk tashishda avtomobil va xavo
transportining ustun darajada rivojlanishiga, xalqaro transport
kommunikatsiyalarining takomillashuviga, infratuzilmalar tizimining
modernizatsiyalashuviga, transport vositalari aylanmasining tezlashuvi,
aloqalarda qayta yuklamay aralash yuk tashish intensivligi ortishiga, transport
vositalari va xizmatlarning mos ixtisoslashuviga, xalqaro axamiyatga ega bo’lgan
yirik ixtisoslashgan transport-taqsimlash markazlarini tashkillanishiga olib
kelmoqda.
Transport tizimida yuqoridagi o’zgarishlar asosida yuk tashish tarkibida
jiddiy siljishlar iste’molchi tovarlari qiymati tarkibiga o’z ta’sirini o’tkazmoqda.
Transport tizimi rivojlanish jarayonida 2 bosqich mavjud:
a) kapitalning dastlabki jamg’arilish davri va industrial rivojlanish
bosqichida yuk tashish xajmida nisbatan arzon yuklar 30-40% va undan ko’proq
bo’lib, transport tarmoqlarining asosiy vazifasi transportda yuk tashish xarajatlari
xissasini pasaytirishdan iborat edi. Bunga transport vositalari yuk ko’tarish
quvvatlarini oshirish va yuk xajmlarini iqtisod qilish orqali erishildi;
b) postindustrial bosqichga o’tish transport tarmoqlari oldiga mutlaqo yangi
vazifalarni qo’ydi. Bundan tashqari, transport tizimini tubdan o’zgartirmay uni
taqsimlash - logistika tizimiga aylantirmay dunyo xo’jaligining postindustrial
bosqichga o’tishi mumkin emas.
Bu jarayon - ishlab chiqishni takomillashtirilishi va tabaqalanishi, xalqaro
savdoda tovarlar tarkibi modernizatsiyasi bilan, ya’ni qazib beruvchi tarmoqlar va
ishlov beruvchi sanoatning birinchi tarmoqlari xamda qishloq xo’jaligi
maxsulotlari xissasining qisqarishi bilan bog’liq. Ayni vaqtda yuksak
texnologiyaga asoslangan ishlov beruvchi sanoat maxsulotlari qiymati keskin
ortib bormoqda, tobora ko’proq-aniqlik, ishonchlilik, kompaktlilik, xavfsizlik,
transport to’rining istagan joyida ma’lumotlar olish, transport xizmatining
javobgarligi va moslanuvchanligi, yuklarni yetkazib borish vaqtini
optimallashtirish, jo’natish oraliqlari kabi omillar xatto ishlab chiqarish
xarajatlarini xam ikkinchi o’ringa surib qo’ymoqda. Yuk tashishning aniq o’z
vaqtida amalga oshirish tamoyili tufayli mijoz talabining ustuvorligi
ta’minlanmoqda.
Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilmasidagi tashkiliy o’zgarishlarda doimiy
rivojlanib va murakkablashib borayotgan bozor extiyojlariga moslanuvchan
kichik va o’rta biznesning (ishlab chiqarish va noishlab chiqarish) roli katta
bo’lmoqda. Ana shu o’zgarishlar ta’sirida shakllangan transport-logistika tizimi
o’zida intermodel (tarmoqlararo) tizimni ifoda etadi, ya’ni aniq yukni bir yoki
bir nechta transport turida eltib beradi. SHuning uchun unchalik katta bo’lmagan
partiyada qimmatbaxo yukni oldingi ommaviy yuk tashishda bo’lgani kabi arzon
tashib bergan xolda yukning but saqlanishini ta’minlash masalasi xam yuzaga
keladi. Xilma-xil yuklarni standartizatsiyalash orqali transport yuklarning yangi
tarkibiga moslashdi. 50-60 yillardagi ommaviy yuklarni tashishda yuqori samara
bergan «ko’lamdagi iqtisod» tamoyilini bosh yuklarni tashish standartizatsiyasiga
tadbiq qilish yuk jo’natishlarni yiriklashuvi va oqimlarining barqarorlashuviga
olib keldi. Konteynerlardan foydalanish standart transport vositalariga amalda
transport jarayonlari uchun yangi talablarni qo’ydi. SHunday qilib, konteynerlar
asosida transport vositalari va jixozlarini standartizatsiyalash butun transport
tizimini, qolaversa, dunyo xo’jaligini qayta qurishga olib keldi.
Dunyo bo’yicha 90-yillarning o’rtalarida konteynerlar 7,5 mln. dona bo’lib,
buning 3,4 mln.donasi 6 m.uzunligida, 4 mln.donasi - 12 m.uzunlikdadir.
Konteynerlashtirishga - yirik transport tugunlari, ayniqsa dengiz portlari katta
ta’sir ko’rsatdi. Transport tizimi ishlab chiqarish va taqsimlash tizimining
integratsiyasini va intermodelь transport xizmatiga bo’lgan extiyojning
qondirilishi va samaradorligini ta’minlamoqda.Shunday qilib, intermodelizm
bugungi kunda xalqaro bozor tizimining markaziy bo’g’ini bo’lib qolmoqda.
 Dunyo xo’jaligi tizimida iqtisodiy aloqalarni rivojlanishida transport yetakchi
mavqega egaligi bilan ajralib turadi. Yuk tashishning xajmi, tarkibi va yo’nalishlari,
mamlakat va mintaqalarning iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini ko’rsatsa, tarnsport to’ri
aholi va ishlab chiqarishning joylashishini ifodalaydi. Transport tarmoqlarning
rivojlanganlik darajasi mintaqalarning ixtisoslashuviga xo’jalikni majmuali taraqqiy
etishga muayyan sharoit xozirlaydi. Transport xududdiy (geografik) mexnat taqsimotini
yuzaga kelishining moddiy-texnik asosidir.

 XX asr oxiri va XXI asr boshlarida dunyo xo’jaligida juda katta o’zgarishlar


ta’sirida transport-logistika tizimi shakllandi va o’zida intermodelь (tarmoqlararo)
jarayonni ya’ni aniq yuklarni bir yoki bir nechta transport turida eltib bera boshladi.
Yuklarni konteynerlarda tashishni yo’lga qo’yilishi transport vositalari va jixozlarini
standartizatsiyalash butun transport tizimi qolaversa, dunyo xo’jaligini qayta qurishga
olib keldi.

 Xalqaro yuk tashishda dengiz transporti asosiy o’rin tutadi va xalqaro yuk


aylanishining 62% to’g’ri keladi xamda bu ulush o’zgarmay qolmoqda. SHuningdek,
xalqaro yuk aylanishida temir yo’l transporti xissasi keyingi 45 yil ichida 17,2% ga
qisqargani xolda avtomobil transporti xissasi 2,8% ga, neft quvurlari xissasi 4,8% ga,
gaz quvuri xissasi 3,2% ga o’sdi. Xavo transportida yuk tashish xajmi ortganligiga
qaramay, uning xissasi o’zgarmay qolmoqda. Yo’lovchilar tashishda esa avtomobil
transporti, ikkinchi o’rinda xavo transporti va uchinchi o’rinda temir yo’l transporti
turadi.

Xalqaro transport tizimida SHimoliy Amerika, Farbiy Yevropa, MDX va


Boltiq bo’yi davlatlari, SHarqiy Yevropa, Xorijiy Osiyo (MDXga nisbatan), Lotin
Amerikasi, Afrika va Avstraliya mintaqaviy tizimlari shakllangan.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, yo`lovchi tashish shartnomasi bo`yicha tashuvchi yo`lovchini, yo`lovchi bagaj topshirgan bo`lsa - bagajni ham belgilangan manzilga еltib berish hamda bagajni olishga vakolat berilgan shaxsga topshirish majburiyatini oladi. Bunda yo`lovchi belgilangan yo`l haqini, bagaj topshirgan bo`lsa, bagaj tashish haqini ham to`lash majburiyatini oladi.

Yo`lovchi va bagaj tashish shartnomasi tuzilganligi tegishli chipta va bagaj pattasi bilan tasdiqlanadi.

Yo`lovchi tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda:

o`zi bilan bolalarni bepul yoki boshqa imtiyozli shartlarda olib yurish;

belgilangan miqdor doirasida o`zi bilan bepul bagaj olib yurish;

belgilangan miqdor doirasida bepul, miqdordan ortiqchasi uchun еsa - tarif bo`yicha haq to`lab, tashish uchun bagaj topshirish huquqiga еga.


Yuk tashish shartnomasi bo`yicha yuk tashuvchi yuk jo`natuvchi tomonidan o`ziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan manzilga yetkazib berish va uni olishga vakolat berilgan shaxsga (oluvchiga) topshirish, yuk jo`natuvchi еsa yukni tashib berganlik uchun belgilangan haqni to`lash majburiyatini oladi.
Yuk tashish shartnomasi tuzilganligi tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan hujjat (transport yukxati, konosament yoki yukka doir boshqa hujjat)ni tuzish va uni yuk jo`natuvchiga topshirish yo`li bilan tasdiqlanadi.

Tashuvchiga nisbatan yuk tashishdan kelib chiqadigan da’voni qo`zg`atishdan oldin unga tegishli transport ustavi yoki kodeksida nazarda tutilgan tartibda talab qo`yilgan bo`lishi shart.

Agar yuk tashuvchi talabni qondirishni to`liq yoki qisman rad еtsa yoki o`ttiz kunlik muddat ichida talabga javob qaytarmasa, yuk jo`natuvchi yoki yuk oluvchi tashuvchiga nisbatan da’vo qo`zg`atishi mumkin.

Yuk tashishdan kelib chiqadigan talablar bo`yicha da’vo qo`zg`atish muddati ushbu Kodeksning 154-moddasiga muvofiq belgilanadigan paytdan boshlab bir yil qilib belgilanadi.Ushbu moddaning qoidalari yo`lovchi yoki bagaj tashishdan kelib chiqadigan talablarga taalluqli еmas.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


1. O'zbekiston respublikasining fuqorolik kodeksi - 01.03.1997yil

2.O'zbekiston respublikasi Fuqorolik kodeksiga sharh – 1-jild 2010y

3.I.B.Zokirov – Fuqorolik huquqi:TDYuI 2005 yil

4.Fuqorolik huquqi darslik – TDYuI 2016 yil

5.Internet ma'lumotlari(norma.uz, lex.uz, wikipedia…)
Download 183 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish